Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko‘rilmagan darajada katta va dahshatli, butun



Yüklə 49,88 Kb.
tarix12.06.2023
ölçüsü49,88 Kb.
#128727
2 jahon urushi oʻzbek iqtisodiyoti


Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko‘rilmagan darajada katta va dahshatli, butun
insoniyat boshiga og‘ir kulfatlarni solgan urush bo‘ldi.
1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo‘shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o‘z girdobiga tortdi.
Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o‘rtasidagi
ixtiloflar, tajovuzkor kuchlarning dunyoga hukmron
bo‘lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni
asosiy bosqinchi davlatlar — fashistlar Germaniyasi va
Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida
Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o‘ynadi.
Fashizm o‘ta agressiv, o‘ta urushqoq siyosiy kuch,
siyosiy partiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashi
bilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi. Fashistik kuchlarni Birinchi jahon urushi yakunlaridan
norozi bo‘lgan, dunyoni qaytadan bo‘lishga va dunyoda hukmron bo‘lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat
korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo‘llabquvvatladilar. Fashistlar ikki jahon urushi o‘rtasida
o‘tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va
nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda
siyosiy hokimiyatni egallaydilar. Germaniya va Italiya
fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shu
tariqa G‘arbda, Sharqda, O‘rta Yer dengizida xavfli
urush o‘choqlari vujudga keladi.
Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doiralari o‘zlarini «nasibasiz» qoldirilgan deb hisoblardilar.
Ular Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatdan, uning
natijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro munosabatlarni o‘zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilan
qaytadan bo‘lish maqsadida urushga tayyorlandilar.
Ularga Angliya, Fransiya va AQSHdan iborat ikkinchi guruh qarama-qarshi turardi. Birinchi jahon
urushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yerlarni saqlab qolishga, hukmron mavqeyini mustahkamlashga va o‘z raqobatchilarini yangidan zaiflashtirishga intilardilar.
Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil
1-sentabrdan 1941-yil 22-iyungacha bo‘lgan davrda
fashistlar Germaniyasi G‘arbiy va Markaziy Yevropada
hukmronlikni qo‘lga kiritdi. Germaniya va Italiya
Yevropadagi 10 davlatni — Polsha, Chexoslovakiya,
Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.
Millatlar ligasi harakatdan to‘xtadi.
Germaniya G‘arbiy Yevropaning harbiy, iqtisodiy
resurslarini qo‘lga kiritgach, 1941-yil 22-iyun kuni
hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzib, urush
e’lon qilmasdan SSSRga xoinona hujum boshladi.
Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini
talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul
qilish edi. Germaniyaning SSSRga qarshi olib borgan
urushi xarakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urush
edi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari — Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham SSSRga qarshi urushga kirdilar.
Sovet hukumati 22-iyun kuni urushning boshlanishi munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaatnoma ishlab chiqdi va u o‘sha kuni radio orqali e’lon
qilindi. Bu murojaatnoma xalqni g‘alabaga erishish
uchun mustahkam jipslashishga, uyushqoqlik va
fidokorlik ko‘rsatishga chaqirdi. «Bizning ishimiz haq
ish! Dushman tor-mor keltirilajak! Biz g‘alaba qilamiz!» deyilgan edi murojaatnomada.
SSSR tarkibiga kirgan barcha respublikalar, muxtor
viloyatlar, okruglar, shu
jumladan, O‘zbekiston xalqlari ham urush girdobiga
tortildi. O‘zbekiston xalqlarining boshiga og‘ir sinovlarUrushning boshlanganligi to‘g‘risidagi shum xabar
yetib kelgan kuniyoq O‘zbekistonning barcha shaharlari va tumanlarida, korxona va muassasalarida mitinglar va yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, ziyolilar, talaba yoshlar o‘z Vatanlarini
himoya qilishga, yuzma-yuz janglarda bosqinchilarni
tor-mor etish uchun urushga borishga, g‘alabani
ta’minlash uchun front orqasida fidokorona mehnat
qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Vaziyat butun mamlakat hayotini urush davri talablariga moslab qayta qurishni, butun kuch va vositalarni safarbar etishni talab qilardi. 23-iyun kuni
VKP (b) MQ Siyosiy byurosi partiya va sovet organlarini urush sharoitiga moslab qayta qurish to‘g‘risida
qaror qabul qildi. Partiya va sovet hukumatining harbiy holat to‘g‘risida, harbiy xizmatga majbur bo‘lgan
kishilarni qizil armiyaga safarbar etish to‘g‘risida,
qurol-aslaha ishlab chiqarish bo‘yicha safarbarlik
rejasini joriy etish to‘g‘risida qarorlari e’lon qilindi.
SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP(b) MQ
1941-yil 29-iyunda mamlakat hayotini urush talablariga moslab qayta qurish dasturi — Front yoni viloyatlarining partiya va sovet tashkilotlariga yo‘1-
yo‘riqlarini tasdiqladi va tegishli tashkilotlarga yubordi. Yo‘1-yo‘riqlarda jangchilardan har bir qarich yer
uchun qattiq jang qilishni, mardlik va jasorat ko‘rsatishni, partiya va sovet tashkilotlaridan harakatdagi
armiyaga har tomonlama yordam berishni uyushtirish,
qurol-yarog‘, o‘q-dori, tanklar va samolyotlar ishlab
chiqarishni butun choralar bilan ko‘paytirish talab
qilingan edi. Front orqasini mustahkamlash, korxonalarning yanada kuchliroq ishlashlarini ta’minlash
vazifalari qo‘yildi. «Hamma narsa front uchun! Hamma narsa g‘alaba uchun!» — yo‘1-yo‘riqning asosiy
talabi, ko‘rsatmasi ana shunday edi.
Mamlakatda hokimiyat, iqtisodiyot, siyosiy va harbiy hayotga rahbarlik qilish 1941-yil 30-iyunda Stalin
boshchiligida tuzilgan Davlat Mudofaa Qo‘mitasi
(DMQ) qo‘lida to‘la ravishda to‘plandi. Uning qarorlari, ko‘rsatmalarini bajarish hamma tashkilotlar
uchun majburiy edi. Harbiy harakatlarni boshqaruvchiOliy Bosh Qo‘mondonlik qarorgohi tuzildi va Stalin
SSSR Qurolli kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni va
SSSR Mudofaa xalq komissari qilib tayinlandi. Sovet
rahbariyati tomonidan ko‘rilgan bu tadbirlarning ijrosi
hayotning barcha sohalarini harbiy izga tushirdi,
mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirdi.
O‘zbekistonliklar frontga otlandilar. Urushnmg birinchi
oyidayoq harbiy komissarliklarga 32 mingdan ko‘p
ishchilar, xizmatchilar, kolxozchilar, yoshlar o‘zlarini
frontga jo‘natishni so‘rab ariza berdilar. Barcha viloyat, shahar va tuman harbiy komissarlari harbiy xizmat majburiyatida bo‘lganlarni safarbar etish bilan
shug‘ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz
minglab vatandoshlarimiz qo‘lga qurol olib frontga
jo‘nab ketdilar.
O‘rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar
va zobitlar tayyorlaydigan o‘choqqa aylantirildi. Bu
okrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo‘lgan
muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy
qo‘shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh
Qo‘mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va
brigada jo‘natdi.
O‘zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy
harbiy qo‘shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar.
1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo‘lgan
davrda 14 ta milliy harbiy qo‘shilmalar, jumladan, 9 ta
o‘qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib
frontga jo‘natildi. Milliy qo‘shilma askarlari va zobitlariga yaxshi harbiy ta’lim berishda, ular bilan frontni
mustahkamlashda O‘zbekistonda tuzilgan zaxiradagi
24-o‘qchi diviziya katta rol o‘ynadi. Diviziyaning boshliqlari va zobitlari tarkibida 178 o‘zbek o‘g‘loni faol xizmat qildi. Bu diviziya urush yillarida 390 ming kishidan
ziyod jangovar kuchlar tayyorladi va frontga jo‘natdi.
1941-yilda O‘zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini
tashkil etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil
etgan bo‘lsa, yaroqli odamlarimizning 50—60 foizi,
aniqrog‘i 1433230 kishi urushga safarbar bo‘lgan. O‘zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov
paytida o‘z farzandlarini frontga jo‘natar ekan, ularga
mard va botir askar bo‘l, qahramonlarcha jang qil,
g‘alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qolardilar.
O‘zbekiston partiya va sovet
tashkilotlari front orqasini
mustahkamlash, xo‘jalikni harbiy izga tushirish,
ko‘plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o‘q-dorilar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar. Bu sohadagi ishlarga VKP(b)
MQ va Davlat Mudofaa Qo‘mitasi topshirig‘iga binoan
ishlab chiqilgan va 16-avgustda tasdiqlangan 1941-yil
4-kvartali va 1942-yil uchun harbiy xo‘jalik ishlar rejasi
asos bo‘lib xizmat qildi. Bu rejada mamlakatning sharqiy mintaqalarida, jumladan, O‘zbekistonda yangi
zavodlar, shaxtalar, konlar qurish hamda qurol-aslaha,
o‘q-dori, ayniqsa ko‘plab tank, samolyot, to‘p va zambaraklar ishlab chiqarishning keng dasturi belgilab
berilgan edi. Dasturda transport ishini qayta qurish,
dushman ishg‘ol qilishi xavfi ostida qolgan joylardagi
sanoat korxonalarini, kolxoz va sovxozlarning molmulklarini, ilmiy muassasalarni sharqqa ko‘chirish va
ularni joylashtirish, yangidan ishga tushirish tartiblari
ham belgilangan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishga
1941-yil 25-avgustda tashkil etilgan U. Yusupov
boshliq maxsus respublika hukumat komissiyasi rahbarlik qildi. O‘zbekistonning iqtisodiy va mehnat
resurslari frontga safarbar etildi. Butun SSSR hududida, jumladan, O‘zbekistonda yangi mehnat rejimi joriy
qilindi, ya’ni ish kuni uzaytirildi, dam olish kunlari va
mehnat ta’tillari bekor qilindi.
O‘zbekiston sanoatchilari 1941-yil oxirigacha 300
ga yaqin korxonani jangovar texnika, qurollar, o‘qdori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar.
Ularda frontga ketgan erkaklar o‘rnini keksalar, xotinqizlar egalladilar.
Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin
toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda,
1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko‘mir koni shaxtalarida ishlashga yo‘l oldilar. Jumladan, 1941-yil iyul oyidan
«Tashselmash» zavodida 220 xotin-qizlar frontga ketgan
otalari, akalari va erlarining o‘rniga ishga kirib fidokorona
mehnat qildilar. Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilan
ta’minlash choralari ko‘rildi. Respubiika oliy va o‘rta
maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari,
fabrika-zavod ta’limi maktablarining faoliyati urush
davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo‘naltirildi. Yakka tartibda va brigada tariqasida hunar
o‘rgatish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Respublikamiz qishloqlarining aholisi frontni va
front orqasini oziq-ovqat, sanoatni xomashyo bilan
ta’minlash uchun oyoqqa turdi. Har bir kolxozchi va
sovxoz ishchisi ikki-uch ish normasini bajarish uchun
fidokorona mehnat qildi.
Urush bo‘layotgan va dushman yaqinlashib kelayotgan hududlardan muhim sanoat korxonalarini,
kolxoz, sovxoz va MTSlarning mulklarini, madaniy
boyliklar va o‘quv maskanlarini Sharqqa, jumladan,
O‘zbekistonga zudlik bilan ko‘chirib keltirish, joylashtirish ishlari boshlanib ketdi. Fashistlar tomonidan
yondirilgan, vayron qilingan shaharlar va qishloqlarning aholisi, otalari urushning dastlabki kunlarida
halok bo‘lgan bolalar, million-million kishilar ulkan
yurtimizga oqib kela boshladi. Kishilik tarixida
ko‘lami jihatidan bunday katta voqea birinchi marta
sodir bo‘ldi. O‘zbekistonga 100 ga yaqin sanoat korxonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall ishlash,
kimyo va boshqa harbiy texnika va mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalari
ko‘chirib keltirildi. O‘zbekiston shaharlarida shoshilinch bo‘shatib berilgan yoki yangidan qurilgan binolarga ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalar zudlik
bilan joylashtirildi va montaj qilindi. Ular ishchi
kuchi, xomashyo, instrumentlar bilan ta’minlandi va
front uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yildi.
O‘zbek xalqining insoniylik, olijanoblik, bolajonlik
fazilatlari urush yillarida
mamlakatning g‘arbiy viloyatlaridan ko‘chirib keltirilgan aholiga, bolalarga ko‘rsatgan ochiqko‘ngilligi,
hamdardligi va g‘amxo‘rligida o‘z ifodasini topdi.
O‘zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya, Boltiqbo‘yi respublikalaridan ko‘chirib keltirilgan bir milliondan ko‘proq
kishilarni, shu jumladan, 200 mingdan ko‘proq yetim
bolalarni o‘z bag‘riga oldi. Ko‘chirib keltirilgan aholini qabul qilib olish, joylashtirish va ularga zarur shartsharoitlar yaratish masalalarini mehnat jamoalarining
yig‘ilishlarida muhokama qilish va amaliy yordam
ko‘rsatish ishlari keng quloch yozdi. 1941-yil 3-dekabrda O‘zbekiston Kompartiyasi MQning ko‘chirib keltirilgan fuqarolarni qabul qilish va joylashtirish yuzasidan maxsus qarori chiqdi. Xalq Komissarlari Soveti
huzurida 1941-yil 10-iyulda tuzilgan maxsus respublika komissiyasi va mahalliy sovetlarning ijroiya qo‘mitalari qoshida tuzilgan alohida bo‘limlar kishilarni hisobga olish va joylashtirish bilan shug‘ullandilar. Ko‘chirib
keltirilganlar shahar va qishloq tumanlariga joylashtirildi. Qisqa muddat ichida Andijon viloyatiga 100 ming,
Samarqand viloyatiga 165 ming, Namangan viloyatiga
53600 kishi joylashtirildi. Ko‘chib kelganlar O‘zbekistonda boshpana topdilar, ish bilan ta’minlandilar.
O‘zbek xalqi o‘z noni, kiyim-kechagi, turar joyini
ko‘chib kelganlar bilan baham ko‘rdO‘zbekiston bo‘yicha 1942-yil bahorigacha ko‘chirib
keltirilgan 716 ming kishi qabul qilib olindi, ishga joylashtirildi, ular uchun kerakli sharoitlar tug‘dirildi.
O‘zbeklar ko‘chirib keltirilgan ota-onasiz yosh
bolalarga alohida g‘amxo‘rlik qildilar, 200000 dan ko‘proq
yetim bolalarni o‘z bag‘riga oldilar.
O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida bolalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus
komissiya tuzildi, uning ishida 30 ta xotin-qizlar
faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston Xalq maorifi komissarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish-taqsimlash markazi tuzildi. Respublikamizning barcha viloyatlari, shahar va tumanlarida bolalarni qabul qilish
punktlari ochildi, ularda o‘qituvchilar kecha-yu kunduz navbatchilik qildilar. Militsiya bo‘limlari qoshida
30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi.
Ko‘chirib keltirilgan bolalar turlicha yoshda edilar.
15 yoshgacha bo‘lgan bolalar bolalar uylari, maktabinternatlarga joylashtirilib, ularda o‘quv-tarbiya ishlari
yo‘lga qo‘yildi. Fabrika-zavod ta’limi maktablari,
hunar va temiryo‘l bilim yurtlarining sobiq talabalari
o‘qishni davom ettirishi uchun respublika zavod-fabrika ta’limi maktablarida o‘qishga jalb etildi. 15 yoshdan katta bo‘lgan bolalar esa ishlab chiqarishga, ishga
joylashtirildi.
1942-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida xotinqizlarning yig‘ilishi bo‘lib, unda respublikamizdagi
barcha ayollarga qarata murojaat qabul qilindi.
Murojaatda yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga olishga
da’vat etiladi. Ko‘plab oilalar boqimsiz qolgan
bolalarni o‘zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutganlarini ular bilan baham ko‘rdilar. O‘zbekiston rahbarlaridan Usmon Yusupov va Yo‘ldosh Oxunboboyevlar
oilasi ham yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldilar.
Jami 200000 dan ortiq yetim bolalar o‘zbekistonliklar
oilasida issiq boshpana, rizq-ro‘z, eng muhimi, mehribonlik
topdilar. Turli millatlarga mansub bo‘lgan 14 bolani farzandlikka olgan toshkentlik temirchi usta Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri Akramovalar oilasi yuksak
insoniylik fazilatlarini ko‘rsatib ko‘pchilikka ibrat bo‘ldi.
Urushdan nogiron bo‘lib qaytib kelgan kattaqo‘rg‘onlik
Hamid Samatovlar oilasi 13 bolani, samarqandlik kolxozchi
ayol Fotima Qosimovalar oilasi 10 bolani o‘z quchog‘iga
olib, mehr qo‘ri bilan ularning qalbini isitdi, dilini yoritdi.
O‘nlab bolalarni farzandlikka olib, tarbiyalab voyaga yetkazgan oilalar respublikamizda anchagina.
Ularning buyuk insonparvarlik, vatanparvarlik jasorati
tahsinga sazovor.
«O‘sha og‘ir yillarda, bir burda non tansiq bo‘lgan yillarda, O‘zbekiston urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab
oilalarga boshpana berdi, non berdi, qanchadan qancha
yetim-yesirlarning boshini siladi. Xalqimizning insonparvarlik va olijanoblik fazilatlari tillarda doston bo‘ldi».
Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3.
Asarlar. T.: O‘zbekiston, 1996, 80—81-betlar.
O‘zbekistonga janglarda yarador bo‘lgan yoki bemor
bo‘lib qolgan minglab jangchilar — askar va zobitlar
ham jo‘natilardi. Ularni qabul qilib olish, gospitalga
joylashtirish, salomatligini tiklash ishlariga alohida
mehribonlik qilindi, respublikamiz sog‘lomlashtirish
markazlaridan biriga aylandi. 1941-yil 1-oktabrgacha
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xalq komissarligi tizimida
14950 o‘ringa ega bo‘lgan 47 gospital barpo etildi vazarur uskunalar bilan jihozlandi. Ayni paytda
Moskvadan, Kalinin, Rostov va boshqa viloyatlardan
15900 o‘rin-karavotga ega bo‘lgan 48 gospital ko‘chirib
keltirilib, joylashtirildi va ishga tushirildi. Harbiy
kasalxonalar qurish keyingi yillarda ham davom etdi.
O‘zbekistonda 39140 o‘ringa ega bo‘lgan 113 ta
gospitalda yarador va bemor jangchilarga tibbiy xizmat
ko‘rsatildi.
Viloyat, shahar, tuman idora organlari gospitaldagilar holidan xabar olib turdilar, gospitallarga xo‘jaliklar tashkil etish va ish yuritish uchun yer maydonlari
ajratib berdilar. Agar 1941-yilda shu maqsadda 385,5
gektar yer ajratilgan bo‘lsa, 1943-yilga kelib ajratilgan
yerlar maydoni 656 gektarni tashkil etardi. 1942-yilda
1513 mehnat jamoalari, shu jumladan, 750 korxona,
kolxoz va sovxozlar gospitallarni otaliqqa olib, ularni
yoqilg‘i, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlab turdilar. Jumladan, 1943-yilda
Buxoro viloyatidagi gospitallar uchun zarur bo‘lgan
yoqilg‘ining 80 foizini otaliq korxonalar yetkazib
berdi. O‘zbekistonlik 18482 nafar donorlar yaradorlarni oyoqqa turg‘izish uchun qon berib turdilar.
Urush yillarida O‘zbekistondagi gospitallarga 164382
yarador va bemorlar joylashtirildi, ularning 87 foizi,
143101 kishi davolanib chiqdilar.
O‘zbekistonliklar sog‘ayganlarga chiroyli xaltachalar tikib berar va sovg‘a-salomlar bilan frontga
kuzatar yoki korxonalarda ishlashga joylashtirardilar.
Nogiron bo‘lib qolganlarga zarur yordam ko‘rsatildi,
holiga yarasha ish bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.
O‘zbekistonliklar orasida
mudofaa fondini tashkil
etish, front uchun issiq kiyimlar to‘plash harakati keng
yoyildi. Ishchilar, kolxozchilar va ziyolilar shaxsiy jamg‘armalarini, qimmatbaho buyumlarini mudofaa tondlariga topshirdilar. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston kolxoz va sovxozlari front uchun 59
ming ot va ularga kerakli yem-xashak to‘plab berdilar.
Mashhur o‘zbek raqqosasi Tamaraxonim mudofaa
fondiga 50 ming so‘m topshirdi. Mudofaa fondiga 650 million so‘m pul, 22 million
so‘mlik qimmatbaho buyumlar, 55 kilogrammga yaqin
oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar to‘plandi.
Bu jamg‘arma hisobiga respublikamizda tank
kolonnalari, aviatsiya eskadrilyalari, bronepoyezdlar
qurilib frontga jo‘natildi. O‘zbekistonliklar jangchilarga eshelonlab issiq kiyimlar, mevalar jo‘natib turdilar. Davlat harbiy zayomlariga yozilish yo‘li bilan
anchagina mablag‘ to‘plandi. Aholidan issiq kiyimlar
tayyorlash uchun jun, qo‘y terilari yig‘ib olindi.
Aholiga davlat zayomi, pul-buyum lotoreyasi sotish
hisobiga 4,2 milliard so‘m mablag‘ yig‘ilib g‘alaba manfaatlari yo‘lida foydalanildi.
Xullas, urushning dastlabki yiliyoq O‘zbekistonning butun moddiy va ma’naviy kuchlari g‘alaba
uchun safarbar etildi, hayot harbiy izga tushirildi, xalq
Vatan himoyasiga otlandi. Urush respublika sanoat tarmoqlarining yo‘nalishini
ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o‘zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi joriy qilindi,
ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi.
Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga
solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar
uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. Qishloq xo‘jalik mashinalari
ishlab chiqarayotgan Toshkent qishloq xo‘jalik
mashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqara
boshladi. Andijondagi «Kommunar», «Stroymashina»
zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar,
Qo‘qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik
fabrikasi harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan bo‘ldi.
1941-yil dekabrigacha Toshkentdagi 137 sanoat
korxonalarining 64 tasi qurol-yarog‘lar, front uchun
zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi.
Respublika bo‘yicha 1941-yil oxirlariga kelib 300 ta
sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi.
O‘zbekiston sanoatchilari korxonalarni harbiy izga
tushirishdek ishlarni ko‘chirib keltirilgan korxonalarnijoylashtirish va ishga tushirishdek yanada og‘irroq ishlar bilan qo‘shib olib bordilar. O‘zbekiston rahbari
Usmon Yusupovning «O‘zbekiston — bu front orqasi
emas, O‘zbekiston — jang maydoni», degan so‘zlarida jon bor edi.
O‘zbekistonliklar frontdagidek harakat qildilar, har
qanday resurslarni izlab topdilar, ular bitta fashist
marazining boshi uchun bittadan aviabomba, bittadan
snaryad va granata, yuzlab o‘q, fashistlardan go‘sht ham,
suyak ham qoldirmaydigan «Katyusha»lar yetkazib berish
uchun mardona mehnat qildilar.
Toshkentda zudlik bilan joylashtirilgan «Rostselmash» zavodi «Katyusha» va minomyot snaryadlari,
aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar, Kolchuginskdan
keltirilgan kabel zavodi harbiy aloqa mahsulotlari
yetkazib bera boshladi.
Odamlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan yetishmovchiliklar sezilardi. Yuk ko‘taruvchi kranlar yo‘q
edi, maxsus asbob-uskunalar, elektr quvvatlari, ko‘mir
va neft kabi yoqilg‘ilar, xomashyo va boshqa materiallar yetishmas edi. 1941-yil 5—7-dekabr kunlari bo‘lib
o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining V plenumida respublika sanoatini harbiy izga
solish, ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joylashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxonalarda qurol-yarog‘larning muhim turlari — samolyotlar, tanklar, bronepoyezdlar, aviabombalar, to‘p va
zambaraklar, granatalar, minalar, snaryadlar ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish vazifasi ilgari surildi. Buning
uchun yetarli darajada metall qirquvchi stanoklar va
aniq o‘lchovchi uskunalar ishlab chiqishni tashkil
etish, nodir metallar qazib olishni kuchaytirish hamda
qora va rangli metallurgiya sanoatini yaratish, elektr
energetika bazasini kengaytirish, neft qazib olishni 2—
3 barobar oshirish, ko‘mir qazib olishni kuchaytirish,
yirik qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, qisqa muddatda 30 ming malakali
ishchilar tayyorlash tadbirlari belgilandi.
Ko‘chirib keltirilgan korxonalar tarixda misli ko‘rilmagan qisqa muddatlarda 4—5 oyda, ayrimlari hatto
1—2 oy davomida qurib bitkazilib, front uchun harbiymahsulotlar bera boshladilar. Ularning eng yiriklari
Chkalov nomli 84-aviatsiya zavodi, Moskva kabel
zavodi, Xarkov elektrostanok zavodi, ko‘tarma kranlar
zavodi, Rostovdan keltirilgan «Êðàñíûé Àêñàé»,
Sulsk nasos zavodi, Vagon-remont zavodi, «Êðàñíûé
ïóòü» zavodi, Kiyev «Òðàíññèãíàë» zavodi va boshqalar edi. Bu korxonalarning har biri o‘rta hisobda 20
foizgacha ishchi va injener-texnik xodimlar bilangina
keltirilgan edi. Qolgan 80 foizi respublikamizning fabrika-zavod ta’limi maktablarida, turli kurslarda tayyorlangan ishchi va texnik xodimlar bilan ta’minlandi.
Harbiy izga tushirilgan respublikamiz korxonalari
ham anchagina kengaytirildi. «Tashselmash» zavodi,
boshqa korxonalardan keltirilgan 438 stanok, 200 dan
ortiq yuqori malakali ishchilar hisobiga kengaydi.
Qodirov, Hakimov, Yusupov, Ismoilov va boshqa
ustalar kunlik normalarini 200—300 foizga oshirib
bajardilar.
Xotin-qizlar, keksalar, yoshlar korxonalardagi turli xil
ishlarga jalb etildi. Urushning bir yarim yili mobaynida
O‘zbekiston sanoatida xotin-qizlar salmog‘i 29 foizdan
ziyod oshdi va 1943-yilda 63,5 foizni tashkil qildi.
Respublika sanoat korxonalari quvvatlarining
kengayishi, ko‘chirib keltirilgan zavodlarning ishga
tushishi birinchi navbatda elektr energiyasi va yoqilg‘i
ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi, mavjud
energetika quvvatlari bunday talabga javob berolmas
edi. O‘zbekiston partiya va hukumati Ittifoq hukumatiga xat yo‘llab bu muammoni hal etishda ko‘mak
so‘radi. Tez orada, 1942-yil 18-noyabrda VKP(b) MQ
va SSSR Xalq Komissarlar Soveti «O‘zbekiston SSRda
beshta gidroelektrostansiya qurilishi to‘g‘risida» qaror
qabul qildi. O‘zbekistonda metallurgiya zavodi qurish,
ko‘mir va neft qazib olishni ko‘paytirish tadbirlari ham
belgilandi. O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalari va
energetika tarmoqlari qurilishi uchun 1 milliard so‘m
ajratildi.
1943-yilda O‘zbekistonning eng yirik gidroelektrostansiyasi — Farhod GESi qurilishi boshlandi,
qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Farhod qurilishi umumxalq qurilishiga aylandibinokorlik ishlari hashar yo‘li bilan bajarildi. 10 oylik
fidokorona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi.
Urush yillarida Bo‘zsuv daryosi o‘zanlarida Tovoqsoy,
Oqqovoq, Salor, Quyibo‘zsuv, Oqtepa, Qibray GESIari,
Samarqand viloyatida Taligulyan GESi, 30 ga yaqin kichik
kolxoz GESIari qurilib ishga tushirildi. O‘zbekistonda
elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 baravarga,
ya’ni 1940-yilda 482 mln kilovatt-soatdan 1945-yilda 1187
mln kilovatt-soatga ko‘paydi.
Yoqilg‘i sanoatini rivojlantirishga ham katta kuch
va mablag‘lar sarflandi. 1940-yil oxirlarida Ohangaron
daryosi oqimidagi Qurama tog‘ tizmasida dastlabki
ko‘mir qazib oladigan shaxta qurilgan edi. Urush
davrida «Angrenugol» ko‘mir konida yana uchta shaxta va ochiq usulda ko‘mir qazib olinadigan karyer
bunyod etildi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida
Qizilqiya ko‘mir koni foydalanishga tushirildi, o‘ta
issiqlik quvvatiga ega bo‘lgan qo‘ng‘ir ko‘mir qazib
olindi.
1940-yilda O‘zbekistonda atigi 3,4 ming tonna ko‘mir
qazib olingan bo‘lsa, 1945-yilda 103 ming tonna ko‘mir
qazib olindi. Natijada respublikada sanoatning yangi tarmog‘i — ko‘mir sanoati barpo qilindi. Neft-geologiya qidiruv tresti, neft tarmog‘i qurilish-montaj tresti, neft qazib oluvchi ikkita trest, neft
qazib chiqarish asbob-uskunalarni ta’mirlash zavodi,
neft mashinasozligi zavodi barpo etildi. Andijon,
Polvontosh, Changartosh, Chimyon neft konlarida
mahsulot ishlab chiqarish ko‘paytirildi.
Urush yillarida Chuqurlangar, Tolmozor, Nayman,
Shahrixon, Xo‘jaobod, Janubiy Olamushuk va boshqa
yangi neft konlari ishga tushirildi. Neft tozalash zavodi,
ozokerit ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Urush yillarida
respublikada neft ishlab chiqarish 4 marta ko‘paydi va
1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi.
Energetika va yoqilg‘i sanoatining o‘sishi mashinasozlik sanoatining rivojlanishiga qulay baza yaratdi.
G‘arbdan ko‘chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta
stanoksozlik, to‘qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Urushdan oldingi respublikamizdagi ko‘pgina zavodlar ham turli asbob-uskunalar,
mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqarishga moslab
qayta qurilgan edi. Bu korxonalarning noni —metall
hisoblanadi. Shu bois metallga bo‘lgan talab tobora
oshib bordi.
O‘zbekiston Xalq Komissarlar Soveti 1942-yil 17-
iyunda Bekobodda metallurgiya zavodi qurishga qaror
qabul qildi. Rossiya va Qozog‘iston sanoat korxonalaridan ko‘plab asbob-uskunalar keltirildi. Metallurgiya
zavodini qurish butun respublika mehnatkashlarining
ishiga aylandi. Sanoat korxonalari zarur miqdorda
mutaxassislar ajratishdi, kolxoz-sovxozlar ishchi kuchi
bilan ta’minlandi. Zavod qurilishida 30 mingdan
ko‘proq kishilar ishtirok etdilar. Beloretsk, Dobryanka,
Guryev, Makeyevka zavodlaridan po‘lat erituvchi
mutaxassislar keldilar. Yuzlab o‘zbekistonlik yigitqizlar Ural va Sibirning sanoat korxonalarida marten
va prokat ishlarini o‘rganib keldilar.
O‘zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi 1944-yil
5-mart kuni dastlabki metall mahsulotlarini bera boshladi
va tez kunlarda zavodning birinchi navbati, 1945-yil fevraldan ikkinchi navbati ishga tushirildi.
Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko‘plab qora va
rangli metall konlari ochildi. Urush yillaridayoq
1Langar, Ingichka, Qo‘ytosh, G‘ortepa, Olmaliq rangli
metall konlari, Oqtosh boksit konini o‘zlashtirish ishlari boshlanib ketdi. Ulardan qazib olingan volfram,
molibden, mis, alyumin va boshqa mahsulotlarni
qayta ishlash korxonalari qurildi.
Kimyo sanoati rivojlandi. 1944-yil yanvaridayoq
Gorkiy va Stalinogorsk kimyo kombinatlaridan ko‘-
chirib keltirilgan uskunalar asosida qurilgan Chirchiq
elektrokimyo kombinatining ikkinchi navbati muhim
kimyo mahsuloti ammiak ishlab chiqara boshladi.
1943-yilda Quvasoy kimyo zavodi, Qo‘qon superfosfat
zavodi, Farg‘ona gidroliz zavodi qurilib ishga tushirildi. Kimyo sanoati mahsulotlari salmog‘i 1940-yilga
nisbatan 1945-yilda 6,1 baravarga ko‘paydi.
Urush yillarida qurilish materiallari sanoati,
to‘qimachilik va poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati,
mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari
amalga oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog‘ zavodi,
3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi.
Sanoat korxonalarining kengayishi, yangi qurilgan
zavod-fabrikalarning ishi, muvaffaqiyati ularni malakali ishchilar bilan ta’minlashga bog‘liq edi. Yuz
minglab kishilarning, xususan, tajribali xodimlarning
frontga safarbar etilishi katta qiyinchiliklar tug‘dirardi.
Keksalar, ayollar, ayniqsa armiyaga chaqirish yoshiga
yetmagan o‘smirlar va qizlar korxonalarga jalb etildi,
ularga hunar o‘rgatildi, respublikada 100 mingdan
ko‘proq malakali ishchilar tayyorlandi. Faqat hunar va
temiryo‘l bilim yurtlari, fabrika-zavod ta’lim maktablari 57 mingdan ziyod yosh ishchi kadrlarni tayyorlab berdilar. Korxonalar zimmasiga yuklangan
katta topshiriqlar kishilardan jismoniy zo‘riqish, hatto
holdan toyguncha ishlashni talab qilardi. O‘zbekistonliklar g‘alaba uchun har qanday og‘irlikni, qiyinchiliklarni yengib o‘tdilar, respublikani qizil armiyaning
qurol-aslahaxonasiga aylantirdilar.
Urush yillarida O‘zbekistonda 280 ta yangi sanoat
korxonalari qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari — aviatsiya, stanoksozlik, og‘ir mashinasozlik,
qora va rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlari vujudgakeldi. 1940-yilda yalpi sanoat mahsulotida og‘ir sanoatning hissasi 13,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1945-yilda
47,5 foizni tashkil etdi.
Toshkent SSSRning eng katta sanoat markazlaridan biri bo‘lib qoldi. Bekobod sanoat shahri sifatida
vujudga keldi. Yangiyo‘l, Chirchiq kabi yosh shaharlar yanada rivoj topdi.
Sanoatchilarimizning fidokorona mehnati tufayli O‘zbekiston sovet armiyasining qurol aslahaxonasiga aylandi.
O‘zbekiston frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 2318
ming aviabomba, 1,7 mingdan ortiq minomyot, 22 mln dona
mina, 560 ming snaryad, milliontacha granata, 330 ming
dona parashyut, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming km dan
ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabellari va boshqa
mahsulotlar yetkazib berdi. Bu o‘zbekistonliklarning fashist
bosqinchilarini tor-mor etishga qo‘shgan ulkan hissasi
sifatida jahon tarixidan munosib o‘rin oldi.
Urushda g‘alabaga erishish
transport ishi bilan bog‘liq
edi. 1943-yil 25-yanvarda «Toshkent temiryo‘li ishi
to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Temiryo‘l harbiy holatga o‘tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etilgan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq
intizomga rioya etish majbur qilib qo‘yildi. Poyezdlar
harakatining qo‘shinlar va harbiy yuklarni birinchi
navbatda o‘tkazib yuborishni ko‘zda tutuvchi harbiy
grafik joriy etildi. Toshkent temiryo‘l transportchilari
ko‘chirib keltirilayotgan korxonalarning asbob-uskunalarini va millionlab kishilarni G‘arbdan Sharqqa,
jangovar texnika va qurol-yarog‘larni Sharqdan G‘arbga o‘z vaqtida to‘xtovsiz o‘tkazib turish topshirig‘ini
bajardilar. Faqat 1941—1942-yillarda O‘zbekiston
temiryo‘lchilari 2700 sostavdagi passajir poyezdlarini,
ko‘chirilgan korxonalarning asbob-uskunalari ortilgan
17600 vagonlarni mo‘ljalga yetkazishdi, o‘q-dorilar,
yoqilg‘i, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar ortilgan minglab
vagonlarni frontga yetkazishdi.
O‘zbekistonda yangi temiryo‘llar qurilishi jadal olib
borildi, 1941—1945-yillarda temiryo‘l liniyalari 2 baravar
uzaydi. Toshkent — «Angren-ugol», Boysun—Otquloq—
Turangli — Toshkent tovar stansiyasi temiryo‘llari qurilib
ishga tushirildi. Aloqa telefon, telegraf xodimlari ham urush talablariga moslashib ishladilar. Aloqa xodimlari O‘zbekistonning Markaz bilan, respublika rahbariyatining viloyat,
shahar, tumanlar, yuzlab sanoat korxonalari bilan
telefon aloqasini yo‘lga qo‘ydilar. Toshkent—Samarqand — Ashxobod, Toshkent — Samarqand—Boku,
Toshkent — Samarqand — Krasnovodsk telefon liniyasi, ikkita Toshkent — Samarqand — Buxoro telefon
aloqa yo‘llari qurildi. 1943-yilda qurib ishga tushirilgan 500 kilometrlik telefon yo‘li Toshkentni
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston bilan bog‘ladi.
Yirik korxonalarning o‘zlarida ham 50—100 o‘rinli
telefon stansiyalari qurildi. Natijada xo‘jaliklarga rahbarlik qilish, ularga o‘z vaqtida ko‘maklashish ishlari
yaxshilandi.
Pochta bo‘limlarida ish hajmlari oshib bordi. Agar
1941-yilda o‘rta hisobda bitta pochta xodimi tomonidan 50 ming xat-xabarlar jo‘natilgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich 1942-yilda 74,5 mingga, 1943-yilda — 77,5
mingga yetdi. Pochta xodimlari frontdagi jangchilar
bilan ularning ota-onalari, rafiqalari, qarindoshlari
o‘rtasida aloqa bog‘lovchi ko‘prik rolini bajardilar.
Urush, respublika qishloq
xo‘jalik xodimlarini qattiq
sinovdan o‘tkazdi. Ular oldida sanoatni xomashyo bilan, aholini oziq-ovqat,
kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan,
murakkab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi
shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq
xo‘jaligi asosan paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan
bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari Ittifoq fondidan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqat keltirish
to‘xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarni
topish zarur bo‘lib qoldi. Ikkinchidan, evakuatsiya
qilingan aholi hisobiga shaharlar aholisining ko‘payishi oziq-ovqatga bo‘lgan talabni yanada oshirdi.
Uchinchidan, kuch-quvvatga to‘lgan dehqonlar frontga va harbiy sanoatda ishlashga safarbar etilgan,
dehqonchilikning mashaqqatli ishlari keksalar, ayollar, o‘smirlar zimmasiga tushgan edi. To‘rtinchidan, MTS va sovxozlarga G‘arbdan yangi traktorlar,
qishloq xo‘jalik mashinalari va ularga ehtiyot qismlar
keltirish to‘xtab qolgan, bugina emas, xo‘jaliklardagi
traktorlar, avtomobillar, otlarning bir qismi qizil
armiya ehtiyojlari uchun olib ketilgan edi.
Qishloq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida qat’iy ish
tartibi belgilandi. Eng kam miqdordagi majburiy
mehnat kunlari 1,5 baravarga oshirildi, o‘smirlar
uchun ham 12 yoshdan boshlab mehnat kunlari belgilandi. Belgilangan miqdordagi mehnat kunlarini
bajarish majburiy qilib qo‘yildi.
Urush yillarida respublika dehqonchiligining strukturasi keskin o‘zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq
sifatida saqlab qolgan holda don, qand lavlagi, kanop,
pilla, sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘-
paytirish tadbirlari ko‘rildi. Birinchi navbatda ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish, irrigatsiya quvvatlarini oshirish ishlari yuksak sur’atlar bilan olib borildi.
1942-yil fevral–martda barpo etilgan Shimoliy Toshkent
kanali 15 ming gektar yerni sug‘orish imkonini berdi.
Kattaqo‘rg‘on, Kosonsoy, Rudasoy suv omborlari, Yuqori
Chirchiq, Shimoliy Farg‘ona, So‘x–Shohimardon, Uchqo‘rg‘on kanallari qurildi. Natijada respublikaning sug‘oriladigan yer maydonlari 454,7 ming gektarga kengaydi.
Usmon Yusupov O‘zKP(b) MQning 1941-yil
dekabrida o‘tgan V plenumida O‘zbekistonda g‘alla
masalasini hal qilish, o‘zimizni o‘zimiz un-non bilan
ta’minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi. Don
ekiladigan sug‘oriladigan yer maydonlari kengaytirildi.
Zarang yerlar, qo‘riqlar, to‘qaylar, lalmikor yerlardan
ham foydalanildi. 1942-yilda 1408,1 ming gektar,
1943-yilda 2090,2 ming gektar yerga g‘alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada don mahsulotlari yetishtirish
ko‘payib, 1941-yilgi 4,8 mln so‘m o‘rniga 1943-yilda
5,3 mln so‘m olindi, respublika ehtiyojlari qondirildi.
Qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston uchun yangi tarmoq — qand lavlagi yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari lavlagi yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilib,
1942-yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70
ming gektardan ortiqroq hosildor yerlarga qand lavla-
gi ekildi. Jizzax, Pastdarg‘om tumanlarida har gektardan 400— 800 sentnerdan lavlagi hosili olindi.
Qand lavlagini qayta ishlash, shakar, qand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, Qo‘qon, Yangiyo‘l qand zavodlari
qurildi. Respublika bo‘yicha 1944-yilda davlatga 1 mln 373
ming so‘mlik, 1945-yilda 1 mln 646 ming so‘mlik qand lavlagi topshirildi. Urush yillarida O‘zbekiston butun Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to‘rtdan bir qismini berdi.
Urush yillarida mehnatkashlar chorvachilik, jun,
qorako‘l teri yetishtirish, pillachilik jabhalarida ham
fidokorona mehnat qildilar. Go‘sht, yog‘, sut, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, meva tayyorlashda ko‘rsatilgan g‘ayrat-shijoat tufayli mustahkam
oziq-ovqat bazasi yaratildi.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi xodimlari urush yillarida
davlatga 1262 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482
ming tonna kartoshka va sabzavot, 57,5 ming tonna meva
va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna
go‘sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar.
Urush yillarida ham paxtachilik qishloq xo‘jaligining muhim sohasi bo‘lib qoldi. Paxtakorlar jonbozlik
bilan ishlaganlariga qaramay, 1942—1943-yillarda
paxta tayyorlash rejasi bajarilmay qoldi. Davlatga 1
ming tonna paxta kam topshirildi. Bunga bir qator
obyektiv holatlar sabab bo‘ldi: paxta ekiladigan maydonlar 1941—1943-yillarda 927650 gektardan 625343
gektarga kamaydi; mexanizatsiya vositalari yetishmasdi; mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i kamaygan edi; yerni haydash, chopiq, sug‘orish, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash ishlarini o‘z vaqtida muntazam olib borish uchun
ishchi kuchi yetishmasligidan paxta yetishtirish agrotexnikasi yomonlashgan edi. Respublika rahbariyati
buni yaxshi tushunardi. Paxta maydonlarini qisqartirish, buning hisobiga don, qand lavlagi va boshqa
oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan ekin maydonlarini ko‘paytirishga majbur bo‘lgan edi.
Biroq Markazdagi rahbarlar bu obyektiv omillarni
hisobga olmadi. Shu bois respublika rahbarlari
Moskvaga chaqirilib muhokama qilindilar, ularni
paxta tayyorlash ishini o‘z holiga tashlab qo‘yishda,
layoqatsizlikda aybladilar. Ulardan har qanday yo‘lbilan bo‘lsa ham paxta tayyorlash rejasini bajarish,
yanada ko‘paytirish talab qilindi. Bu boshqarishning
ma’muriy-buyruqbozlik usullarini yanada kuchaytirishdan boshqa narsa emasdi. Bunday zug‘um natijalari VKP(b) MQning 1944-yil 6-martda qabul qilingan «O‘zbekiston KP(b) MQning ishi to‘g‘risida»gi
qarorida o‘z ifodasini topgandi.
O‘zKP MQning 1944-yil aprel oyida bo‘lgan X
plenumi mazkur qarorni bajarishga doir tadbirlarni ishlab chiqdi. Kolxozlar tashkiliy-xo‘jalik jihatdan mustahkamlandi, brigada va zvenolar qayta tiklandi. Donli
ekin yetishtirishga o‘tib olgan xo‘jaliklarning anchagina
qismi paxtachilikka qaytarildi. Kolxozchilar uchun
majburiy mehnat kunlari soni yana oshirildi. Ittifoq
hukumati O‘zbekiston paxtakorlari uchun 2300 yangi
traktor, 300 yuk avtomobili, 375 ming tonna mineral
o‘g‘it va boshqa qishloq xo‘jalik uskunalari ajratdi.
1944-yilgi paxta tayyorlash rejasi bajarildi, davlatga
1943-yilga nisbatan 325 ming tonna ko‘p paxta topshirildi, 1945-yilda ham paxta tayyorlash rejasi bajarildi.
Urush yillarida respublika paxtakorlari davlatga 4 mln
806 ming tonna paxta xomashyosi yetkazib berdilar.
Urush yillarida ishchilar bilan dehqonlar o‘rtasidagi jipslik, o‘zaro yordam yanada kuchaydi. Sanoat
korxonalari kolxozlarni otaliqqa olib, ularga qishloq
xo‘jalik texnikalari, ehtiyot qismlar bilan yordamlashdilar. Shaharliklar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
yig‘ishtirib olishda faol qatnashdilar. Kolxozchi
dehqonlar esa sanoat sohasidagi umumxalq qurilishlarida faol ishtirok etdilar. Masalan, Farhod GESi
qurilishining o‘zidagina 70 mingga yaqin kolxozchi
qatnashdi. O‘zbekiston ishchilari va dehqonlari jipslashib, fidokorona ishlab, fashistlar ustidan qozonilgan
g‘alabaga salmoqli hissa qo‘shdilar. 160 mingga yaqin
kishi front orqasidagi fidokorona mehnati uchun
«Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.
Urush o‘zbekistonliklarni
og‘ir muhtojlikka duchor
etdi. Hamma narsaning frontga safarbar etilishi natijasida oziq-ovqat tanqisligi vujudga keldi. Shaharlardaoziq-ovqatlarni, sanoat mollarini kartochka asosida
taqsimlash joriy etildi. Ishchi va xizmatchilarga kuniga 400—500 grammdan, oila a’zolariga esa 300
grammdan non berish belgilandi. Amalda esa aholi
belgilangan me’yorlardan ham kam non olardi.
Go‘sht, yog‘, baliq, makaron, yormalar ham me’yorlangan tartibda taqsimlanar, ko‘p hollarda kartochkada ko‘rsatilgan miqdorda berilmasdi.
Qishloq aholisining turmushi yanada og‘irlashdi.
Oziq-ovqat va sanoat mollarini me’yorlangan tarzda
taqsimlash qishloq aholisiga joriy etilmadi. Ular ishlagan mehnat kunlari uchun deyarli haq ololmasdi.
Ularga oziq-ovqat mollari matlubot kooperatsiyasi
do‘konlarida davlatga topshirilgan qishloq xo‘jalik
mahsulotlari miqdoriga qarab qat’iy me’yorlangan
miqdorda berilardi.
Aholini oziq-ovqatlar bilan ta’minlashni yaxshilash
maqsadida sanoat korxonalari qoshida yordamchi
xo‘jaliklar tashkil etishga ruxsat berildi. Ularga vaqtincha foydalanish uchun 53 ming gektar yer ajratildi.
Oziq-ovqat tanqisligi sharoitida pul tobora qadrsizlanib bordi, chayqovchilik avj oldi. Muhtojliklarga
qaramay sanoat va qishloq xo‘jalik xodimlari g‘alaba
uchun fidokorona mehnat qildilar. Qiyinchiliklarga
qaramay frontga ketgan jangchilarning oilalariga har
tomonlama g‘amxo‘rlik qilindi, bolalari yasli va
bog‘chalarga joylashtirildi. Kolxoz va sovxozlar jangchilarning oilalariga oziq-ovqat, ekin ekish uchun yer
ajratib berardi.
Mamlakat ichkarisida urush yillarida mehnat qilgan yuz
minglab vatandoshlarimiz chekkan zahmatlarni, keksa-yu
yosh akalarimiz, opa-singillarimiz qish qahratonida diydirab, saraton olovida yonib, o‘zi yemasdan, o‘zi kiymasdan
topgan nasibasini frontga jo‘natganini, azob-uqubatlar
chekib, fidoyilik ko‘rsatganini esdan chiqarib bo‘ladimi? Urushning dastlabki kunlaridayoq SSSR FAning
O‘zbekiston filiali, respublikada ishlab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu
jumladan, 25 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy
stansiya va boshqalar respublika xo‘jalik hayotini harbiy izga solish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb etildi. Zavod-fabrikalar, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari transport korxonalari bilan bevosita aloqalar o‘rnatildi. Olimlarning tadqiqot ishlarini
muvofiqlashtirish maqsadida 1941-yil 29-noyabrda
O‘zbekiston Ilmiy muhandis-texnika jamiyati tuzildi.
G‘arbiy hududlardagi yirik shaharlardan ko‘plab ilmiy
muassasalar O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. SSSR
FAning tarix, iqtisodiyot va huquq, jahon xo‘jaligi va jahon
siyosati, sharqshunoslik, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat, tuproqshunoslik, seysmologiya institutlari, bir qancha muzeylar va kutubxonalar shular jumlasiga kiradi.
Akademiyaning 375 yirik olimlari va xodimlari ko‘chib
keldilar.
O‘zbekistonlik olimlar ko‘chib kelgan yirik olimlar
bilan yaqin aloqa bog‘ladilar, respublikamizda mavjud
bo‘lgan va ko‘chirib keltirilgan ilmiy muassasalarning
tadqiqot yo‘nalishi qayta ko‘rib chiqildi, urush talablariga moslab o‘zgartirildi. Olimlar o‘zlarining asosiye’tiborini mudofaa sanoati uchun zarur bo‘lgan tabiiy
resurslarni izlab topish va ulardan foydalanishni tashkil etishga qaratdilar. Geolog olim H.M.Abdullayev
va boshqalarning tadqiqotlari natijasida qalay,
volfram, molibden, o‘tga chidamli minerallar,
nodir metallar va boshqa turdagi xomashyo konlari
topildi va o‘zlashtirildi. A. S. Ukionskiy boshchiligidagi geologlar guruhining temir konini topishi, O‘zbek
metallurgiya kombinati qurilishini loyihalashtirish va
ularni foydalanishga tushirishdagi xizmatlari katta
ahamiyatga ega boidi. D. M. Bogdanov va muhandis
G. S. Chikrizovlar Angrenda qidiruv ishlariga boshchilik qildilar va ko‘mir konining boy zaxiralarini topib
yangi shaxtalar qurishga ko‘maklashdilar.
Sirdaryodagi Farhod GESning loyihasini ishlab
chiqishda mashhur irrigatorlar A. N. Askochenskiy,
V. V. Poslavitskiylar faol ishtirok etdilar, loyihachilarga akademiklar G.O.Grafito va B. Y. Vedeneyevlar
qimmatli maslahatlar berdilar.
Kimyogar olimlar neftning suvini ketkazish, oltingugurtdan tozalash, ko‘mirni kokslash, paxta chiqindilaridan xalq xo‘jaligida foydalanishning, etil spirti,
soda, kislota olishning yangi samarali usullarini yaratdilar. Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlar
natijasida aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan turli xil
dori-darmon ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Toshkentda farmatsevtika zavodi qurilib ishga tushirildi.
Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti
paxtaning yangi navlarini yetishtirish sohasida samarali
izlanishlar olib bordi. Seleksionerlar S. S. Kanash va
A. I. Avtonomov boshchiligida vilt kasalligini yuqtirmaydigan yangi navini yaratdilar. S. S. Kanash yaratgan S—460, L. V. Rumshevich yaratgan F—108 yuqori
hosilli navlar, shuningdek, boshqa uzun tolali navlar
paxtachilikning rivojida ulkan hissa bo‘ldi. O‘zbekistonda ekilib kelingan amerika paxta navlarini yangi
navlar bilan almashtirish 1944-yilda tugallandi. Respublika olimlari Samarqandda joylashtirilgan Timiryazev nomidagi qishloq xo‘jalik akademiyasi xodimlari
bilan hamkorlikda g‘o‘za, bug‘doy va qand lavlagini
almashlab ekish usulini joriy etdilar, O‘zbekiston sha-roitida qand lavlagidan mo‘l hosil olishga ko‘maklashdilar.
Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivojlandi. Yirik tarixchi, arxeolog, huquqshunos, sharqshunos, adabiyotshunos olimlar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan O‘zbekiston xalqlari tarixi, madaniyati va
adabiyotining muhim masalalarini ishlab chiqdilar.
V.S.Struve, V. A. Shishkin, Y. E. Bertels, I. K. Dodonov, V. Y. Zohidov, H. Sh. Inoyatov, A. Y. Yakubovskiy, M. Y.Masson, S. P. Tolstov, Y. G‘. G‘ulomov
va boshqalar O‘zbekistonning eng qadimgi va o‘rta asrlar tarixi, moddiy madaniyati va ma’naviyati, O‘rta
Osiyo xalqlarining etnogenezi bo‘yicha qator asarlar
tayyorladilar. Ikki jildlik «O‘zbekiston xalqlari tarixi»ni
tayyorlashga kirishildi. Yozuvchi Aleksey Tolstoy rahbarligida rus va o‘zbek olimlari birgalikda «O‘zbek
adabiyoti tarixi» asarini yaratdilar.
1943-yil 4-noyabrda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
ochildi, uning birinchi prezidenti etib taniqli olim T. N. Qori
Niyoziy saylandi.
Fanlar akademiyasining ochilishi respublika hayotida muhim voqea bo‘ldi, ilm-fanning yanada
taraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor yaratildi.
Tez orada yangi ilmiy muassasalar vujudga keldi. Til,
adabiyot va tarix instituti bazasida Tarix va arxeologiya, Til va adabiyot institutiari, Sharqshunoslik
instituti, Iqtisodiyot, Matematika va mexanika,
Tuproqshunoslik, Fizika-texnika institutiari va boshqa
laboratoriyalar tashkil etildi.
1945-yilga kelib Fanlar akademiyasi tarkibida 23 ta
ilmiy muassasa, shu jumladan, 2 ta ilmiy tadqiqot institutlari, 2 ta laboratoriya, tajriba stansiyalari faoliyat ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining uch faxriy a’zosi, 15
haqiqiy a’zosi, 20 muxbir a’zosi va 1265 ilmiy xodimi, shu
jumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta fan nomzodi ilmiy
tadqiqot ishlari olib bordi. Ular orasida fizika-matematika
fanlari doktorlari T. A. Sarimsoqov va V. I. Romanovskiy,
geolog olim H. M. Abdullayev, fizik olim S. U. Umarov, faylasuf I. Mo‘minov, adib S. Ayniy, yozuvchi Oybek, shoir
G‘. G‘ulom va boshqalar bor edi.
Sharqshunoslik instituti olimlarining Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish asosida tayyorlagan fors, arab
va turkiy tillarda yozilgan qo‘lyozmalar to‘plami
jahondagi eng boy to‘plamlardan biri bo‘lib qoldi.
To‘plam 3 jilddan iborat bo‘lib, ularda 300 ga yaqin
qo‘lyozma tavsiflab va ilmiy jihatdan baholab berildi.
1944-yilda O‘zFA Prezidiumida aspirantura tashkil
etildi va o‘sha yili 60 kishi, shu jumladan, 41 o‘zbek
qabul qilindi. 1944-yilda Akademiya institutlarida 2 ta
doktorlik, 17 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi.
Urush yillarida o‘zbekistonlik olimlar mingdan
ortiq ilmiy ishlarni bajardilar, ularning ko‘pchiligi xalq xo‘jalik va mudofaa ahamiyatiga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston xalq ta’limi,
jumladan, oliy o‘quv yurtlari og‘ir sinovlardan o‘tdi. Ko‘pchilik professoro‘qituvchilar, talabalar frontga safarbar etildi. Samarqand kooperativ instituti bilan Toshkent moliyaiqtisodiyot instituti, Toshkent va Samarqand tibbiyot
institutlari, O‘zbek va O‘rta Osiyo davlat universitetlari
birlashtirildi. Ularning bo‘shagan binolariga harbiy
muassasalar, gospitallar joylashtirildi.
Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va
boshqa shaharlardan 1941—1943-yillarda ko‘chirib keltirilgan 35 oliy o‘quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib
olindi, ularning ba’zilari o‘zaro yoki O‘zbekiston oliy o‘quv
yurtlari bilan birlashtirildi.
O‘z professor-î‘qituvchilari bilan ko‘chirib keltirilgan oliy o‘quv yurtlarining faoliyati respublikada oliy
ta’limning yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir etdi.
Moskvalik va leningradlik olimlar talabalarga yangi
kurslar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar, mahalliy millat
vakillaridan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga
ko‘maklashdilar, yangi mutaxassislik bo‘yicha kadrlar
tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ular xalq xo‘jalik va harbiy
ahamiyatga molik mavzularda tadqiqot ishlarini
uyushtirdilar. Toshkent industriya instituti ilmiy jamoasi, masalan, Bekobodda metallurgiya zavodini qurish, mis va boshqa mahalliy rudalarni eritish usullarini ishlab chiqish, metallar korroziyasiga qarshi
kurashning samarali yo‘llarini topish, yangi zavodlarloyihasini ishlab chiqish va qurish borasida faol qatnashdilar.
O‘zbekiston hukumati oliy o‘quv yurtlaridagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, moddiy ba’zasini mustahkamlash, o‘qituvchilar bilan ta’minlash masalalarida ko‘maklashdi. Ayniqsa, ko‘chib kelgan tajribali
pedagoglar, olimlar 1943—1944-yillarda o‘z shaharlariga qayta boshlagan, urushning dastlabki davrida
vaqtincha yopilgan yoki birlashtirilgan institutlar qayta
tiklanayotgan, yangidan Chimboy va Urganch pedagogika institutlari, Namangan va Marg‘ilon o‘qituvchilar institutlari, Toshkent teatr san’ati instituti
ochilgan, ilmiy-pedagogik kadrlarga muhtojlik ortgan
bir paytda respublika hukumatining oliy o‘quv yurtlariga ko‘magi sezilarli bo‘ldi. Yirik oliy o‘quv yurtlarida doktorantura va aspiranturaga qabul kengaytirildi. Respublika miqyosida ishlab turgan rahbar xodimlar oliy o‘quv yurtlariga ishga yuborildi.
1945-yilda oliy o‘quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan
3 taga ko‘payib 33 tani tashkil etdi, talabalar soni esa 19,1
mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urush yillarida hammasi
bo‘lib 10 mingdan ko‘proq oliy malakali va 3,7 mingga
yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassis tayyorlandi.
Xalq maorifida ham jiddiy qiyinchiliklar bo‘ldi.
Ko‘plab maktablar binolari gospitallar, yotoqxonalar,
harbiy o‘quv yurtlariga berildi. Maktablar birlashtirildi, ko‘p smenali o‘qish joriy etildi. Urushgacha respublika maktablarida ishlayotgan o‘qituvchilarning 74,6
foizini erkaklar tashkil etardi. Ular frontga, ishlab
chiqarish ishlariga ketdi. Buning ustiga darsliklar,
uskunalar, daftarlar yetishmas edi. Qisqa muddatli
kurslar tashkil etilib, boshlang‘ich sinflar uchun o‘qituvchilar tayyorlandi, boshqa ishga ketgan o‘qituvchilarni maktabga qaytarish tadbirlari ko‘rildi, ularning
moddiy-maishiy ahvolini yaxshilashga g‘amxo‘rlik
qilindi. 1944-yilda o‘qituvchilar armiya safidan maktablarga qaytarildi. O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi yaxshilandi. Kundalik o‘qish foydali mehnat
bilan qo‘shib olib borildi. O‘qishdan tashqari vaqtlarida o‘quvchilar gospitallarga otaliq yordami berdilar,
frontdagilarning oilalariga ko‘maklashdilar, temir-ter-sak to‘plab topshirdilar, qishloq xo‘jalik ishlarida qatnashdilar.
Maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash
maqsadida o‘quvchilar bilimini baholashning besh
balli tartibi, boshlang‘ich va yetti yillik maktablarni
tamomlovchilar uchun bitiruv imtihonlari, o‘rta maktabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati —
guvohnomasi uchun imtihonlar topshirish majburiyati, maktab o‘quv dasturlarini a’lo o‘zlashtirgan va
a’lo xulqli o‘quvchilarni oltin va kumush medallar
bilan taqdirlash joriy etildi. Bu tadbirlar dars mashg‘ulotlari saviyasini ko‘tarishga, o‘quvchilar intizomini yaxshilashga olib keldi.
Ko‘chirib keltirilgan muassasalar o‘z joylariga
qaytib keta boshlagach, maktab binolari ham bo‘shatila bordi, o‘quvchilar o‘z maktablari bag‘riga qaytib,
o‘qishlarini davom ettirdilar.
1940/41-o‘quv yilida 5504 ta umumta’lim maktablarida 1368,9 ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1945/46-o‘quv
yilida 4976 ta umumta’lim maktablarida 989,2 ming bola
ta’lim oldi.
O‘zbekiston yozuvchilari va
shoirlari o‘zlarining qaynoq
ijodi bilan xalqni mardonalikka chorlab, fidokorona mehnatga ruhlantirib
g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘z faoliyatini dushmanni tezroq tor-mor etishga qaratdi. Uning
rayosati qoshida tashviqot va targ‘ibot bo‘limi, harbiy
komissiya tuzildi. Ijodiy ziyolilarning radio va matbuotda kishilarni hushyorlikka, vatanparvarlikka,
dushmanga qarshi mardona jang qilishga, front
orqasini mustahkamlashga chorlovchi chiqishlari katta
ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonga vaqtincha ko‘chirib keltirilgan rus,
ukrain, belorus, moldavan va boshqa millatlarga mansub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotida
faol qatnashdilar, o‘zbekistonlik hamkasblari bilan
yaqindan hamkorlik qildilar. «Biz yengamiz!» degan
almanax, «O‘zbekiston shoirlari — frontga» deganantologiya ana shunday hamkorlikning mevasi bo‘ldi.
Hamid Olimjon, Uyg‘un, Sobir Abdulla, Nikolay
Pogodinlar birgalikda «O‘zbekiston qilichi» musiqali
dramasini yaratdilar.
Urush yillarida yaratilgan Oybekning «Navoiy» va
«Qutlug‘ qon» romanlari, Abdulla Qahhorning «Oltin
yulduz» qissasi, «Xotinlar» asari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo‘ldi. She’riyatda ulkan yuksalish bo‘ldi.
Hamid Olimjonning «Qo‘lingga qurol ol», «Sharqdan
G‘arbga ketayotgan do‘stga», «Jangchi Tursun» va
«Roksananing ko‘z yoshlari», G‘afur G‘ulomning «Sen
yetim emassan», «Men-yahudiyman», «Bizning ko‘chada
ham bayram bo‘lajak», Uyg‘unning «Qasam», «Bir qadam
ham orqaga chekinilmasin» va «Maktub», Maqsud
Shayxzodaning «Ona kuzatmoqda» va «Kapitan Gastello»
she’rlari, Sharof Rashidovning «Qahrim» she’rlar to‘plami,
Sulton Jo‘raning «Pulemyotchi ovozi», «Nayzamiz» she’rlari fashizm kirdikorlarini fosh etib, g‘alaba qozonishga
ishonchni kuylab, xalqning jangovar ruhini ko‘tardi.
Ona zamin, Vatanga sadoqat, dushmanga nafrat,
jasorat va mardlikni tarannum etgan bu teran she’rlar
jangovar quroldan qolishmaydigan dahshatli qurol
bo‘lib xizmat qildi.
Urush yillarida respublika
ommaviy axborot vositalari
ommani front uchun, g‘alaba uchun safarbar etishda, xalqni g‘oyaviy-siyosiy
jihatdan tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
O‘sha damlarda O‘zbekistonda 200 ga yaqin gazeta,
shundan 124 tasi o‘zbek tilida, 52 ta jurnal, shundan
19 tasi o‘zbek tilida nashr etilar edi. Gazetalarning bir
gallik adadi 900 ming, shundan 600 ming nusxasi
o‘zbek tilida chiqardi. Gazetalar va jurnallar sahifalarida frontdagi vaziyat, respublika mehnat jamoalarining fidokorona mehnati, qiyinchiliklar yoritilar edi.
O‘zbekistonning bir guruh yozuvchi va jurnalistlari
sovet armiyasi siyosiy boshqarmalari ixtiyoriga yuborildi. Bulardan To‘lqin Rustamov va Rasul Muhammadiy
sovet armiyasi bosh boshqarmasida inspektor, Jalolxon
Azizxonov, Rustam Abdurahmonov, Adham Rahmat,
Sharif Bo‘latov, Muhammadjon Murodov, Yo‘lchiBilolov va boshqalar front gazetalarida muharrir o‘rinbosarlari bo‘lib xizmat qildilar. Nazir Safarov, Mirzakalon Ismoiliy, Zinnat Fatxullin, Meli Jo‘ra,
To‘g‘on Ernazarov, Sulton Jo‘ra va boshqalar harbiy
muxbirlar sifatida va jurnalistikaning boshqa jangovar
sohalarida faoliyat ko‘rsatdilar.
Urush yillarida o‘zbek tilida 14 ta front va 12 ta diviziya
gazetasi nashr etilardi. «Front haqiqati», «Qizil askar
haqiqati», «Qizil Armiya», «Vatan sharafi uchun»,
«Dushmanga qarshi olg‘a» kabi gazetalar nashr etilgan.
Urush yillarida radio xodimlarining, madaniyma’rifiy muassasalarning xizmatlari ham katta bo‘ldi.
Urush yillarida 754 ta kino qurilma, 11 ta muzey, 360
ta qiroatxona, 1044 ta klub, 433 ta kutubxona, 2800 ta
qizil choyxona omma orasida siyosiy, madaniy-ma’rifiy,
tarbiyaviy ishlarni olib borish markazi sifatida xizmat qildi.
San’at front xizmatida Urush yillarida sahna san’ati
rivojlandi. Toshkentda va
Andijonda yangi teatrlar ochildi, respublikada hammasi bo‘lib 36 ta teatr ishlab turdi. Shuningdek,
ko‘chirib keltirilgan 14 teatr ham faoliyat ko‘rsatdi.
Teatrlarda urush mavzusiga bag‘ishlangan «Davron
ota», «Sherali», «O‘zbekiston qilichi» musiqali dramalari, «Ulug‘bek» va «Mahmud Torobiy» operalari,
mardlik, jasorat mavzularida yozilgan Komil
Yashinning «Bosqinchilarga o‘lim», M. Shayxzodaning
«Jaloliddin» pyesalari ko‘rsatildi. Urush yillarida
o‘zbek davlat opera va balet teatri 10 ta, Hamza teatri
16 ta, Gorkiy nomli rus drama teatri 32 ta yangi spektakllarni sahnalashtirdilar. Respublika teatr jamoalari
1942—1944-yillarda 203 ta yangi asarni sahnalashtirdilar, 187568 marta spektakl va konsert namoyish etdilar, ularni millionlab kishilar tomosha qildilar.
Xalq ashulachilarining, talantli bastakorlarning
ijodi zo‘r shuhrat qozondi. To‘xtasin Jalilov va Yunus
Rajabiy xalq musiqa san’atining an’analariga tayanib,
yorqin xalqchil asarlar yaratdilar. M. Ashrafiy, T.
Sodiqov, M. Burhonovlar musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko‘tardilar. Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko‘chib kelgan yirik kinomatograflar bilan hamkorlikda «Ikki jangchi»,
«Nasriddin Buxoroda», «217-raqamli odam», «Vatanga
sovg‘a», «Besh respublikaning film-konserti» nomli
kinofilmlarni yaratdilar.
O‘zbekiston rassomlari zo‘r g‘ayrat bilan ishladilar.
L. Abdullayevning «Qizil Armiyaga kuzatuv» va
«Mukofot bilan tabriklash», O‘. Tansiqboyevning
«Otliqlar hujumi» va «Partizan qiz», Ch. Ahmarovning
«O‘zbekiston — frontga», V. Y. Kaydalovning «Fashist
gazandasi yo‘q qilindi» va «Dushmanga qaqshatqich
zarba» asarlari O‘zbekiston badiiy xazinasidan mustahkam o‘rin egalladi. Urush yillarida O‘zbekiston rassomlari 39 ta ko‘rgazma tashkil etdilar, besh mingdan
ko‘proq badiiy-siyosiy plakatlar yaratdilar.
O‘zbekiston san’at xodimlari mehnatkash xalqqa,
jangchilarga xizmat qilib, ularning ruhini ko‘tarib turdilar.
San’atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq konsert brigadalari frontdagi jangovar harbiy qismlarning askar va zobitlari
uchun 400 dan ko‘proq konsert berdilar, respublika hududida joylashgan harbiy qismlarda 15 mingta, gospitallarda
10 mingta konsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakorlar huzurida doimo xizmatda bo‘ldilar.
Bu tadbirlarda faol qatnashgan atoqli san’atkorlar:
Halima Nosirova, Tamaraxonim, Abror Hidoyatov,
Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto‘rayeva, Abbos
Bakirov, Kommuna Ismoilova va boshqalar xalq hurmatiga sazovor bo‘ldilar.
Ijodkor ziyolilarning asarlari, san’at ustalarining
chiqishlari xalqni ma’naviy jihatdan ko‘tardi, ommani
g‘alaba uchun kurashga safarbar etishda muhim omil
bo‘ldi. O‘zbek ijodkorlari fashizm ustidan qozonilgan
g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar.
Yüklə 49,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin