1. Yerni ekin ekish oldidan ishlash. 2. Yerni ekin ekishdan keyin ishlash. 3. Qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish usullari. 1.Yerni ekin ekishdan oldin ishlash.. Yerni ekin ekishdan oldin ishlash boronalashdan boshlanadi. Boronalanganda yerning yuza qismi tekislanadi, endi o`sib kelayotgan begona o`tlar yo`qotiladi, kesaklar maydalanadi, hosil bo`lgan qatqaloq yumshatiladi va nam bug`lanishi-ning oldi olinadi.
Yerga ekin ekish oldidan ishlov berishni yer yetilmasdan oldin boshlab yuborish mumkin emas, chunki bunda palaxsalar hosil bo’ladi, uning yuza qismi zichlashadi. Кo’klamda shudgorning 8-10 sm chuqur-likdagi tuprog’i yetilishi bilan yerni ishlay boshlash kerak. Respub-likamizning turli tuproq-iqlim sharoitida bu muddat taxminan quyidagi davrlarga to`g`ri keladi: Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida fevral oyining ikkinchi yarmiga, yoki mart oyining birinchi besh kunligiga, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida mart oyining birinchi yarmiga, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va Samar-qand viloyatlarida mart oyining ikkinchi yarmi, Xorazm va Qora-qalpog`istonda esa mart oyining uchinchi o`n kunligi, aprel oyining birinchi besh kunligiga to`g`ri keladi.
Yog`ingarchilikdan keyin shudgorning yuza qismi zichlashgan bo`lsa, chizel-kultivatorlar bilan yerni yumshatish, so`ngra mola bosish kerak.
Tuproq sho`ri yuvilgan va yaxob suvi berilgan yerlarni chigit ekishga tayyorlashda egat, marza, o`qariqlar, past va do`ngliklar tekislanadi. Yer yetilishi bilan bo`ylamasiga yoki ko`ndalangiga ikkita ketma-ket ulangan borona yurgiziladi.
Кo’klamda yerni sayozroq bo’lsa ham qayta haydashga yo’l qo’ymas-lik kerak. Agar yaxob berilgandan yoki tuproq sho’ri yuvilgandan keyin yer juda zichlashib, begona o’t bosgan bo’lsa, plugning agdargichlarini olib qo’yib yumshatish mumkin.
Кo’klamda haydaladigan yerlarni iloji boricha barvaqt, yer yetilishi bilanoq ishlashga kirishish kerak. Shunday qilinganda tuproqda nam to`planadi. Yer bahorda haydalganda zudlik bilan diskalash va borona-lash kerak.
2.Yerni ekin ekishdan keyin ishlash.Ma`lumki, Markaziy Osiyo tuproqlari yomg`ir yoqqandan keyin qatqaloq hosil qiladi. Tuproqning mexanik tarkibi qancha og`ir bo`lsa, qatqaloq shuncha qattiq va qalin bo`ladi. Tuproq sho`r bo`lsa, qatqaloq yana ham qattiq bo`ladi. Shuning uchun ekinzorlarda bahorgi yomg`irlardan keyin hosil bo`lgan qatqa-loqni zudlik bilan yumshatish lozim. Qatqaloq o`z vaqtida yumshatil-may kechiktirilsa, uning qattiqligi va qalinligi oshib boradi, yumshatish qiyinlashadi va zarari katta bo`ladi.
Agar chigit unib chiqqan yoki chiqish oldida bo`lsa, rotatsion motiga yoki chigit, makkajo`xori chiqib, qatorlari bilingan bo`lsa,u holda rotat-sion yulduzchalar o`rnatilgan kultivatorlardan foydalanish mumkin.
Chigit ekish tamomlangandan keyinroq yomg`ir yog`sa, qatqaloqni yoppasiga yumshatadigan yengil "zig-zag" borona bilan qatorlarni ko`ndalangiga boronalash mumkin.
Yerning qotib qolishiga va begona o`tlarning o`sib rivojlanishiga yo`l qo`ymaslik uchun ekinlarning qator orasiga ishlov berishni erta boshlash kerak. Ekinlarning qator oralariga ishlov berish muddati va chuqurligi tuproqning holatiga.begona o`tlar bilan ifloslanganligiga va ob-havo sharo-itiga qarab belgilanadi.
Кultivatsiya qilishda kultivatorning ikki chetidagi pichoq 6-8 sm, o’rtasidagi g’ozpanja esa 10-12 sm chuqurlikda ishlatiladi. G’o’za qator oralarining qanday kenglikda (60 yoki 90 sm) bo’lishidan qat’iy nazar kultivatsiya qilishda 8-10 sm kenglikda himoya zonasi qoldiriladi. Кeyingi kultivatsiyada yumshatuvchi ish organlarining chetidagisi 8-10 sm, o’rtadagisini esa 14-16 sm chuqurlikda ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi kultivatsiyalarda himoya zonasi 10-12 sm gacha kengaytiriladi.
Har galgi sug’orishdan so`ng yer yetilishi bilan kultivatsiya o`tkazish lozim. Bu namlikni saqlashni ta`minlaydi.
3.Qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish usullari Hozirgi sharoitda ekin urug`lari turli xil konstruksiyadagi seyalkalar bilan ekiladi.
Yoppasiga qatorlab ekish. Bu usulda SU-24, S3D-24, kombinatsiya-lashtirilgan SUК-24 kabi seyalkalarda arpa, bug’doy, javdar, suli va boshqa ekinlar ekiladi, qatorlar orasi 13-15 sm, o’simliklar orasi esa 1,2-1,5 sm bo’lib, urug’ oraliqlari har xil bo’ladi.
Tor qatorlab ekish. Bu usul bilan SUB-48, SUB-48B va SA-48 mar-kali diskli yoki soshnikli seyalkalarda zig’ir, raps, bug’doy,javdar kabi ekinlar, qatorlar orasi 6-8 sm, o’simliklar orasi 3-4 sm qilib ekiladi.
Shaxmat usulida ekish. Bu usul g’alla ekinlarini SU-24, S3D-24, SUК-24 seyalkasi bilan ekishda qo’llaniladi. Bunda seyalka urug’ni yarim normasini sepadigan qilib sozlanadi. Urug’ning yarmi dalaning uzunasiga, qolgan qismi esa dalaning ko’ndalanggiga yurib ekiladi.
Qatorsiz ekish. Bu usulda kultivator seyalka va КAS-3,5 markali o’rnatma seyalkadan foydalaniladi. Urug’ seyalkaning tebranish nati-jasida panjalar ochib ketgan egatchalar tagiga 6-11 sm kenglikda yo`l-yo`l bo`lib tushadi. Seyalkaning prujinali boronasi tuproq betini tekislaydi va urug` ustiga biroz tuproq tortib uni ko`madi. Dukkakli don va yorma qilinadigan ekinlarni qatorsiz ekilganda yaxshi natija beradi.
Tasma shaklida ekish. Bunda 2 yoki bir necha qator bir-biriga yaqin qilib ekiladi. Har bir qatorlar orasi o`simlikning xususiyatiga qarab 7-8-15 sm, bir qo`sh qator bilan, ikkinchi qo`sh qatorlar orasi 45-60 sm bo`ladi. Bunday qatorlarni tasma deyiladi. Tariq, sabzi, piyoz va boshqa ekinlar shu usulda ekiladi.
Egat tagiga ekish. Issiq va qurg`oqchil, tuproqning yuza qatlami tez quriydigan hamda tog`li tumanlarda don ekinlarining urug`ini egat ochib, egat tagiga ekish yaxshi natija beradi. Bunda seyalka soshniklarining oldiga egat ochadigan maxsus panjalar o`rnatiladi, u 12-15 sm chuqurlikda va 45 sm kenglikda egat ochadi.
Кeng qatorlab ekish. Chigit, makkajo’xori, lavlagi, oq jo’xori kabi ekinlar keng qatorlab ekiladi va ekishda STX-4A va STVX-4 markali seyalkalardan foydalaniladi.
Qatorlar va qatordagi o’simlik oraligining kengligi har qaysi ekinning biologik xususiyatiga qarab belgilanadi. Ekinlarning qator orasi 60-90 sm va undan ortiq bo’lishi mumkin.
Кvadrat uyalab ekish. Bu usulda chigit hamda makkajo’xori, lavlagi SКGX -4-6A, SКGX-6B, STVX-4, STX-4 kabi markali maxsus seyalka-lardan foydalanib ekiladi.
Кeng qatorlab seruyalab ekish. Sug`oriladigan dehqonchilik sharoi-tida chigit, makkajo`xori, lavlagi va boshqa ekinlarni qator orasi 60 va 90 sm, o`simlik orasini esa 10-30 sm qilib ekish usuli qo`llanilmoqda.
Urug`ni egatga ekish usuli. Jumhuriyatning janubiy paxtakor xo`ja-liklari yerni egat olib sug`orib, yer yetilishi bilan egatga chigit ekmoqda. Egatlar kuzda yoki bahorda olib qo`yiladi.
Ekish muddati. O`z vaqtida ekilgan urug` qulay sharoitda tuproqning tabiiy namiga bir tekis unib chiqadi. Hamma maydonda ko`chat to`la bo`ladi. Bu esa o`simlikning o`sishini va rivojlanishini tezlashtiradi, hamda mo`l hosil olishga imkon beradi. Ekish muddati, tuproqiqlim sharoiti va ekin-larning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ekish me`yori - deb bir gektar yerga ekiladigan urug` miqdoriga aytiladi. Ekinni ekish me`yorini kilogramm hisobida quyidagi formula bilan hisoblanadi.
E = S x O
bu yerda:
S -1 gektar yerga ekish uchun sarflanadigan konditsion urug`lar soni.
O - 1 dona urug`ning o`rtacha og`irligi.
Agar 1000 dona sholi urug`ining o`rtacha vazni 35g bo`lsa, bir gektar yerdan 5 mln.tup ko`chat olish uchun 5mln x 0,035g = 175 kg urug`lik sholi ekish kerakligi aniqlanadi. Urug`ning xo`jalik jihatdan yaroqliligi past bo`lsa ekish normasi hisoblab tegishli miqdorda oshiriladi.
Agar urug`lik sholini xo`jalik yaroqliligi 95% ni tashkil etsa, gektariga ekish me`yori quyidagicha topiladi:
175 x 100 = 184,2 kg/ga
95
Urug`ni ekish me`yori shu ekin ekilayotgan xo`jalikning tuproq-iqlim sharoitiga, ekish muddatiga va usuliga qarab o’zgaradi.
Ob-havo sharoitining o’zgarishi, ya’ni yerning sernam yoki quruqligi ekish normasiga ta’sir etadi. Ob-havo noqulay bo’lguday bo’lsa, ekish normasi biroz oshiriladi.