Oʻzbekiston janubi sharoitida ertagi kartoshka ekish muddatlarini aniqlash



Yüklə 12,92 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü12,92 Kb.
#160236
Turobova

Oʻzbekiston janubi sharoitida ertagi kartoshka ekish muddatlarini aniqlash


Termiz agrotexnologiya va innovatsion rivojlanish instituti
70811901-"Sabzavotchilik va polizchilik " mutaxassisligi magistranti
Turopova Gulbahor Umbar qizi
Tel:+998992953901
Annotatsiya:Ushbu maqolada Oʻzbekiston janubi sharoitida ertagi kartoshkani ekish va uning ekish muddatlarini aniqlashdan asosiy maqsad nafaqat Oʻzbekiston,balki boshqa davlatlardagi aholiga sifatli va yetarli miqdorda kartoshka mahsulotlarini yetkazib berishdan iboratdir.
Kalit soʻzlar: Kartoshka, Sante, Arizona, Kolumb, Sarnav, Umid,Serhosil,PSKOM,SN-4B,KPH-2,8A,KOH-2,8A,KXO-4,ertapishar navlar,almashlab ekishdagi oʻrni va nav tanlash,tuproqni ishlash,urugʻni ekishga tayyorlash,ekish usuli va muddati,ekin parvarishi,oziqlantirish,sugʻorish ,hosil yigʻish,ildiz chirishi(Rhizoctonia solani),fuzarioz soʻlish(Fusarium spp),fitoftaroza(Phytopthora infestans),kuzgi tunlam(Agrotis segetum Den.et Shiff.),simqurtlar(Agriotes meticulosus Cond),Kolorado qoʻngʻizi(Liptinotarsa decemlincata),kartoshka kuyasi(Phihorimaea operculella Zell.),Koragen,Ampligo.
Kartoshka(lotincha:Solanum tuberosum L.) oilasiga mansub tugunak mevali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlikdir.Kartoshka -turli maqsadlarda foydalaniladigan ekin turi.U dunyo miqyosidagi asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan bir qatorda turadi.Kartoshka muhim oziq-ovqat mahsuloti boʻlishi bilan bir qatorda boshqa turli maqsadlarda ham ishlatiladi.
Bugungi kunda kartoshka dunyoning 160 dan ortiq mamlakatlarida jami 19,5 mln.gektar maydonda ekilib,har yili 312 mln.tonnadan ortiq kartoshka hosili yetishtirilmoqda.Kartoshka tugunagi tarkibida 76,3% suv,23,7% quruq modda,17,5% kraxmal,0,5% shakar,1-2% oqsil,1% mineral tuzlar mavjud.Kartoshka Gollandiya,Germaniya,Rossiya,Belarussiya,Ukraina,Latviya,Armaniston,Polsha davlatlarida katta maydonlarida ekib yetishtiriladi.Oʻrtacha hosildorlik dunyo boʻyicha 160s/ga ni tashkil etadi.
Ertagi kartoshkadan barqaror yuqori va sifatli hosil olish imkonini beruvchi,oʻsish davri 75-90 kun boʻlgan,tugunak,shakllanishi jadal boradigan tezpishar oʻrtapishar navlar:Sante,Kolumb,Kondor,Binella,Karatop,Arinda,Arizona,Saviola,Bahro-30,Gala,Nevskiy,Quvonch-16/56m,Red Skarlet,Selvana,Evolyushn,Bogʻizagʻon,Alvara,Almera,Aladin,Volare,Romano,Marfona,Memfis,Kosmos,Roko,Yaroqli-2010.
Bu navlar oʻsish davrining 60-70 kunlari har gektardan 18-20 tonnadan oshib hosil olishni ta'minlaydi.Oʻsish davri 90 kun va undan ziyod oʻrtapishar navlar ertagi kartoshka yetishtirishga yaramaydi.Chunki ularda hosil yigʻish yozning jazirama issiq kunlariga toʻgʻri kelib qoladi.Oʻzbekistonda ekish uchun Davlat roʻyxatiga kiritilgan navlar:Sante,Aqrab,Alvara,Agane,Baqro 30,Beluga,Bimando,Bolero,Viktoriya,Dramant,Quvonch-16/56m,Latona,Marfona,Palma,Umid,Hamkor-1150,Toʻyimli,Fazan,Tresko,Esiprit,Romano,Kordinal,Draga.
Tezpishar navlar 60-65,ertagi-oʻrtacha navlar 70-80,oʻrtapishar 90-100,oʻrtagi-kechki navlar 110-120,kechpishar navlar esa 130-150 kunda pishib yetiladi.
Almashlab ekishdagi oʻrni va ekish uchun nav tanlash:Kartoshka uchun eng yaxshi oʻtmishdoshlar-kuzgi gʻalla ekinlari,bir yillik dukkakli oʻtlar,gʻoʻza,poliz ekinlari,piyoz.Kartoshkani tamaki,pomidor,boyimjon,qalampir singari ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi ekinlardan keyin ekish yaramaydi.Bedadan keyin ikkinchi yili ekish tavsiya etilmaydi.
Ertagi kartoshka yetishtirish uchun oʻsuv davri 70-90 kunlik tezpishar va oʻrtapishar -Zarafshon, Nevskiy, Ogonek ,Sante, Ramona, Marfona,Kondor,Binella, Kosmos, Kolumb navlari tanlanadi.
Kartoshkaning oʻsuv davri 95 va undan ortiq boʻlgan navlar ertagi kartoshka hosili yetishtirish uchun yaramaydi.Ularda tugunaklar hosil boʻlishi yozning eng issiq davriga toʻgʻri keladi.
Tuproqni ishlash:Ertagi kartoshka ekiladigan dalalarga kuzda 2040 tonna chirigan yoki yarim chirigan goʻng,90-150 kg fosfor,60-80 kg/ga kaliy tuzi shaklida solinib PN-3-35,PYA-3-35 rusumli pluglar bilan 28-30 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi.Qish davrida yogʻongarchiliklar ta'sirida tuproq zichlashib qolgan boʻlsa dala chizillanadi,boronalanadi,zarur boʻlganda molalanib yer ekishga tayyorlanadi.
Urugʻni ekishga tayyorlash:Urugʻlarni ekishga tayyorlashda ,avvalo,ular saralanadi,lat yegan,kasallangan tugunaklar terib olinadi.Ekishga vazni 30,50,80 g boʻlgan tugunaklardan foydalaniladi.80g vazndan ortiq tugunaklar oʻrtasidan uzunasiga kesilib 100 litr suvga 5-6 kg TMDT, 2 g qahrabo kislotasi,50-100 g bor kislotasi,marganes sulfat,mis kuporosi,4 kg ammofos qoʻshilgan eritmada ivitilsa hosildorlik 11-20% oshadi.(Ostonaqulov,1997).Urugʻlik tugunaklar 12-15 kun davomida 12-20°C haroratda sernam qorongʻi joyda saqlanadi.Kartoshka urugʻini nishlatish 25-30 kun davomida 12-15°C haroratda,yorugʻ va yaxshi shamollatiladigan joylarda oʻtkaziladi.Nishlatish qorongʻi joyda oʻtkazilsa uning davomiyligi 15-17 kunga qisqartiriladi va bunda nishning uzunligi 0,5-2 smdan oshmasligi kerak.Nishlatishda urugʻlar 2-3 qatlam qilib yoyiladi.T.Ostonaqulov ma'lumotlatiga koʻra nishlatib ekilgan urugʻ nishlatmasdan ekilgan urugʻlarga nisbatan 10-12 kun erta pishadi va hosildorligi 18-25% ha oshadi.
Ekish usuli va muddati:Ertapishar kartoshka navlarining urugʻlari tuproqning 10 sm qatlamida harorat 6-7°C qiziganda ekib boshlanadi.Oʻzbekistonda ertagi kartoshka tekislik mintaqalarida 10- fevraldan 15- martgacha,togʻ oldi mintaqalarida esa 10-25-martda ekish eng maqbul muddat hisoblanadi.Ekish muddati kechikkanda tugunaklar hosil boʻlishi yozning jazirama issigʻiga toʻgʻri keladi,tugunaklar hosil boʻlishi yomonlashadi,hosildorlik kamayadi.Kartoshka kuzda ekilganda ekish chuqurligi 18-20-smga yetkaziladi.Bahorda boronalanib tugunak ustidagi tuproq 8-10 sm yupqalashtiriladi.
Ertagi kartoshka tup qalinligi gektariga 57-71 mingtagacha boʻladi va bunda navning biologik xususiyatlari hisobga olinadi.Ekish 70x20-25 sm sxemada oʻtkazilishi ma'qul.Tugunaklar vazni 30-80 g boʻlganda ekin meyori 3-3,5t/ga ni tashkil qiladi.
T.Ostonaqulov tajribalarida ekish meyori gektariga 3 tonna boʻlib,vazni 20-30 g urugʻlik tugunaklar ekilganda 165,2 s/ga,30-50 gekilganda 208,3 s/ga ,50-70 g ekilganda 206,1 s/ga hosil olingan.Ekish chuqurligi 6-7 sm boʻlgan.
Kartoshka tugunaklarini pushta ustiga ekish ham yaxshi natija beradi.Bunda pushtalar qatori oraligʻi 70 yoki 90 sm qilib kuzda ekiladi.Pushtaga fevral yoki mart oyining birinchi oʻn kunligida nishlatilgan urugʻlar 6-7 sm chuqurlikka ekiladi.Qator usti mulchalanganda oʻsimlik tez rivojlanadi,hosil erta yetiladi.Qator oralarini 90 sm qilib ekish kartoshka yetishtirishdagi ishlarni toʻla mexanizatsiyalash uchun imkon yaratadi.
Ekin parvarishi:Ertagi kartoshka unib chiqquncha 1-2 boronalash oʻtkazikadi.Boronalash qatqaloqni yumshatadi,begona oʻtlarni yoʻqotadi,maysalarni tez va qiygʻos unib chiqishini taʼminlaydi.Parvarishda asosiy talab kartoshka tupi atrofidagi tuproqni yumshatish va begona oʻtlardan toza holda saqlashdir.Nihollar yerdan toʻliq unib chiqqandan keyin 20-25 kun oʻtgach,oʻsimliklarga birinchi kompleks ishlov beriladi.Qator oralari 15-16 sm chuqurlikda,10-12 sm himoya masofasi qoldirilib yumshatiladi.Keyin esa oʻsimlik oralari yengil chopiq qilinib,begona oʻtlardan tozalanadi.Soʻng maydondagi oʻsimliklar oralarini kultivasiya qilish,tuproqni yumshatish,urugʻlar unib chiqqandan keyin KPH-4,2,KOP-4,2 kultivatorlarida amalga oshiriladi.Maysalar toʻliq unib chiqqandan keyin birinchi kultivasiya 12-14 sm, keyingilari 14-16 sm chuqurlikda oʻtkaziladi.Kultivasiyalar har yomgʻirdan yoki sugʻorishdan keyin oʻtkaziladi.Kartoshka maydonlarida chopiq oʻtkazishda oʻtlarni yoʻq qilish bilan birgalikda oʻsimlik atrofidagi tuproq tortiladi,natijada issiqlikning zararli taʼsiri kamayadi.Ikkinchi kompleks ishlov berish birinchidan keyin 25-28 kun oʻtgach yoki shonalash davrida amalga oshiriladi.
Oziqlantirish:Ertagi kartoshka birinchi marta kultivator oziqlantirgichlar yordamida maysalar hosil boʻlgandan keyin gektariga 45-50 kg,ikkinchi marta shonalash davrida 80-85 kg meyorida azot bilan oziqlantiriladi.Azotli oʻgʻitlardan ammoniy selitrasi,mochevina,ammoniy sulfat qoʻllaniladi.Qator oralarini ishlash va oziqlantirishda KPH-2,8,KOH-2,8PM,KOH-2,8A kultivator oʻgʻitlagichlaridan foydalaniladi.Hozirda Gollandiyaning "Amak" frezali kultivatorlaridan ham qator oralarini ishlashda keng foydalanilmoqda.
Sugʻorish:Ertagi kartoshkani sugʻorishda,ularning soni tuproqdagi namlik hisobga olingan holda oʻtkaziladi va tuproqdagi namlik CHDNSning 75-85% idan kam boʻlmagan holda saqlanishiga erishiladi.Sugʻorish sxemasi 1-2-5 boʻlganda 0-1-4 sxemaga nisbatan hosildorlik 24-27% oshgan.(Abdukarimov,1987).Sugʻorish uchun egatlarning uzunligi 90-120m,chuqurligi 18-20 sm qilib olinadi,suv oqimi tezligi 0,10-0,15 litr/sekunddan oshmasligi lozim.Oxirgi sugʻorish hosil yigʻishtirishdan 5-7 kun oldin toʻxtatiladi.
Zararkunandalarga qarshi kurash:Keyinchi yillarda zararkunandalardan Kolorado qoʻngʻizi koʻp zarar keltirmoqda.Ularga qarshi kurashda oldini oluvchi agrotexnik tadbirlar bilan bir qatorda kimyoviy usullar ham keng qoʻllanilmoqda.Kimyoviy usullardan sherpa 0,2 kg/ga,simbush 0,2l/ga,zalon 0,3l/ga.Meyorida 400 litr suvga aralashtirilib birinchi marta qoʻngʻizlar chiqishi bilan,keyin yana ikkinchi marta 2-2,5 haftadan keyin yana dorilanadi.Dorilash hosil yetishtirishdan 20-30 kun oldin toʻxtatiladi.Bundan tashqari yana kartoshka oʻsimligida uchraydigan kasalliklar:Kartoshka kuyasi,ildiz chirishi,fuzarioz soʻlish,fitoftaroza va hakozolar.
Ildiz chirishi(Rhizoctonia solani)-Biologik:Oʻsimlikning oʻsuv davrida Cporangin mikrobiologik peparatini 2.0 l/ga hisobida qoʻllash.Profilaktik:Kartoshka tugunaklarini ekishdan 25-30 kun oldin 2,5% Maksim-0,4l/ga,31,2% Seles Top-0,4-0,6l/ga,50% Fundozol-2,0 kg/ t preparatlari bilan dorilab ekish.
Fuzarioz soʻlish(Fusarium spp)-Bunda ham xuddi yuqoridagi choralar koʻriladi.
Fitoftaroza(Phytopthora infestans)-Kimyoviy qarshi kurashish:Oʻsimliklarni oʻsuv davrida 20% Kvadris-0,6l/ga,69% Akrobat MS-2,0 kg/ga,68% Ridamil Gold-2,5kg/ga,Mis kuporosi-6,0-8,0 kg/ga,72% Previkur-1,5l/ga,Kurzat P-2,5kg/ga.Preparatlarni 300 litr suv bilan aralashtirib ishlov berish tavsiya etiladi.
Kalorodo qoʻngʻizi(Liptinotarsa decemlineata)- Kurash choralari:Almashlab ekish,qoʻngʻiz miqdori kam boʻlganda qoʻl kuchi bilan terib yoʻqotish.Kimyoviy qarshi kurashish:nestor,20% n.kuk.-0,02-0,03 l/ga;konfidor(bagira,koginor,komprador),20% k.e.-0,05 l/ga;Koragen,20% sus.k.-0,04-0,05 l/ga qoʻllash.
Kartoshka kuyasi(Phihorimaea operculella Zell.)Kimyoviy kurash:a)Kartoshka kuyasi aniqlash uchun feromon tutqichlardan foydalanish;
b)Kartoshka dalasida kuyaning kapalagi va qurtlari aniqlansa quyidagi preparatlar bilan almashlab qarshi kurash choralarini olib boriladi;Kapito 9,3% k.s.(indoksakarb+abamektin)-0,45 l/ga;Emafos 42% k.e.(emamektin benzoat xlorpirifos)-0,6-0,8l/ga;Koragen 200 k.e(xloratraniliprol)-0,15-0,20l/ga;Ampligo 150 k.s( xlorantraniliprol+lyambdasigalotrin)-0,6-0,8 l/ga;Benzoat super 10% s.e.g(emamektin benzoat)-0,15-0,25 kg/ga.
Kartoshka hosilini yigʻishtirish:
•Kartoshka hosilini yigʻishtirish uchun avvalo kartoshka palagini oʻrib tashlash lozim.
•Palagi tabiiy oʻlmagan kartoshka qazilganda poʻsti osongina shilinib mahsulot sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi,zamburugʻli bakteriyali kasalliklarga chalinishiga sabab boʻladi.
• Shu sababli ekilgan kartoshka qazish muddatidan 8-10 kun oldin palagi oʻrib tashlanishi lozim.
•Bunda tugunaklar eti qalinlashadi,tashqi har xil mexanik shikastlanishlarga bardoshli boʻladi,ularni uzoq muddat saqlash,sifatli urugʻlik tayyorlash va talofatlarni keskin kamaytirish imkoniyati yaratiladi.
Amaliyotda uch xil:Kolumb,Sante va Arizona navli kartoshkalar turli xil muddatlarda ekib koʻrildi.Natijada Kolumb navli kartoshka Sante va Arizonaga nisbatan ikkala muddatda ham yuqori hosil berdi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki ekilayotgan kartoshkaning navi va ekish muddati kartoshkadan yuqori miqdorda hosil olishda juda ham katta ahamiyatga ega.
Yüklə 12,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin