Ilk dinning tasavvurlari



Yüklə 0,87 Mb.
tarix24.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#160618
FALSAFA 12


SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI YUSUPOVA MARJONANING FALSAFA FANIDAN “ILK DINNING TASAVVURLARI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
FunPlay
Reja:
1. Dinning ilk shakllari va ularning inson dunyoqarashiga ta’siri.
  • Dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganishga asosiy yondashuvlar.
  • Dinning ilk shakllari va ularning xususiyatlari.

Dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganish qadimdan insoniyatni qiziqtirib kelgan va hozir ham bu muammo o‘zining dolzarb ahamiyatini yo‘qotmagan. Masalaning murakkabligi shundaki, ilk diniy qarashlar paydo bo‘lgan insoniyat tarixining qadimgi davrlaridan bizgacha yetib kelgan ashyoviy manbalar va etnografik ma’lumotlar ilmiy xulosa chiqarishimiz uchun yetarli emas.
Qadimgi davrlardan dinni o‘rganishda muammoga yondashuv va ularni hal etish usullari bilan o‘zaro farq qiladigan ilohiyot va ilmiy yo‘nalishlar yuzaga kelgan.
Ilohiyot ta’limotiga ko‘ra olam, undagi barcha narsa va jonzodlarni xudo yaratgan. Olamdagi barcha hodisa va jarayonlar uning irodasi bilan yuz beradi. Jahon dinlaridan biri bo‘lgan xristianlik ta’limotiga binoan xudo insonni o‘zining jismiga monand qilib yaratdi va moddiy olamga egalik qilishni buyurgan. Xudo borliqni, shu jumladan, insonni ham yaratgan vaqtda u bilan bevosita muloqotda bo‘lgan. Lekin, Odam Ato (Adam) va Momo Havo (Yeva) xudoning irodasini bajarmay gunohga yo‘l qo‘yganligi sababli, u bilan bevosita muloqot imtiyozidan mahrum bo‘ldi. Lekin xudo insonga xalos bo‘lish imkoniyatini berdi. Insoniyat xudoni bilish, ilohiy haqiqatni idrok etish salohiyatini saqlab qoldi. Zero, insonning xudo bilan bevosita aloqani qayta tiklash yo‘lidagi faoliyati umumiy nom bilan din deb ataladi.
Insoniyat xudo bilan aloqadan mahrum bo‘lganidan keyin jaholat, zulmat, adolatsizlik, yovuzlik va muhtojlik kabi vayronkor kuchlarga qarshi tinimsiz kurash olib borishga duchor qilindi. Qiyin sinovlarga duchor bo‘lgan inson xudoni bilish maqsadidan voz kechmadi. Uning bu boradagi dastlabki qadami xudoga ibodat qilishdan boshlangan. Injilda qayd etilishicha, inson dastlabki ibodatida xudoga qurbonlik keltirgan. Mashaqqatli mehnat bilan topgan mahsulotining bir qismini qurbonlikka bag‘ishlagan va yo‘l qo‘ygan xatosi uchun har qanday sinovlardan o‘tishga tayyorligini namoyish etgan.
Tarixiy manbalarga ko‘ra insoniyat hozirgi holatga ega bo‘lishi uchun bir necha million yillik tadrijiy rivojlanish davrlaridan o‘tgan. Bu jarayon bir qator bosqichlarga bo‘linadi. Miloddan avvalgi 40–35-ming yilliklarda «Xomo xabilis» (ishbilarmon odam) o‘rnini «Xomo sapiyens» (ongli odam) egallagan. «Xomo sapiyens»ning dastlabki vakili «kromanyon odam» ajdodlaridan jismoniy tuzilishi, fiziologik va ruhiy imkoniyatlari bilan keskin farq qilgan. Shu davrdan boshlab madaniyatning muhim elementlari til orqali muloqot qilish, qon-qardoshlik aloqalari, o‘zaro munosabatlarni axloq normalari asosida tartibga solish singari madaniyat elementlari vujudga kelgan.
O‘rta asrlarda ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar ta’sirida dinning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni va mavqei yanada ortdi. Cherkov va ruhoniylar dunyoviy hokimiyatga da’vogarlik qilish bilan birga hurfikrlikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashdilar. Mutafakkirlarning haqiqatni izlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarida diniy dogmalar doirasidan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmadi.
Ma’rifatparvar mutafakkirlarning din vujudga kelishi sabablarini o‘rganishda aytgan mulohazalarini amaliyotdan yiroq deb bo‘lmaydi. Lekin ularning muammoni o‘rganishdagi ilmiy-obyektiv yondashuvlari buzilganligi shubhasizdir, chunki dinni quruq safsatadan iborat voqelik yoki inson uchun afyun deb baholash uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘liq inkor etishdan boshqa hech narsa emas. Ayni damda ma’rifatparvarlarning, o‘ta keskin bo‘lsa-da, dinning vujudga kelishini ijtimoiy hayot bilan bog‘lab tushuntirishga urinishlari antik davr hurfikrligining qayta tiklanishi va jamiyatda mustahkam o‘rniga ega bo‘lishiga sharoit yaratganini qayd etish lozim.
XIX asrning o‘rtalarida vujudga kelgan marksizm dinni o‘rganishda o‘zgacha yondashuvga asoslanadi. Unda ijtimoiy shart-sharoitlar va jamiyat rivojlanishi darajasiga alohida e’tibor beriladi. Marksizm ta’limotiga binoan, individ shaxs sifatida tarixiy shart-sharoitlar ta’sirida shakllanadi. Shu bois diniy tasavvurlar inson ongida emas, balki tarixiy jarayonlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Din turlarining rivojlanishi ham o‘z o‘zidan yuz bermaydi. Ular ijtimoiy shart-sharoitlarning pishib yetilishi va jamiyatning rivojlanishi ta’sirida o‘zgarib boradi.
Etiboringiz uchun Rahmat!!!
Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin