Toshloq tumani maktabgacha ta’lim bo`limi tasarrufidagi 15-DMMTM tarbiyachisi
Ataxanova Maftunaning
“Ilk qadam dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish. Dastur asosida bolalarga induvudual yondashuvni tashkil etish”
mavzusida tayyorlagan
MA’RUZASI
2017 yilning 30 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan edi. Oradan roppa-rosa bir yil o‘tdi. Bu muddat yangi tizim faoliyatiga nazar tashlash uchun yetarli, bizningcha. Xo‘sh, maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga mas'ul etib belgilangan Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni qay darajada uddalay olmoqda?
Avvalo, vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga mas'uldir. Shu tufayli sohadagi yagona davlat siyosatini yuritayotgan muassasa bog‘cha yoshidagi bolalarning MTMga qamrab olishdan manfaatdor. Vazirlik ish boshlagan ilk kunlardanoq, nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar ayrim to‘lovlardan ozod etilgan. Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bog‘chalar sonini oshirishda muhim rol o‘ynadi. Shu yilning sentabr oyidan boshlab, xususiy bog‘cha tashkil etgan tadbirkor barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan (YaITdan tashqari) ozod etildi.
Bundan tashqari, vazirlik tomonidan O‘zbekistonda birinchi marta barcha MTMlarga mavzuviy rejalashtirilgan ta'lim dasturi tarqatildi. Ta'lim jarayoniga endi kirib kelayotgan kichik yoshli bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tamoyili asosida ishlab chiqilgan yangi dastur «Ilk qadam» deb nomlandi.
Umuman olganda, davlat talablarida kichik va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni besh yo‘nalishda rivojlantirish kerakligi ko‘rsatilgan. Bu besh yo‘nalishni rivojlantirib, bola 4 kompetensiyaga ega bo‘ladi va 1-sinfga chiqishga motivatsiya oladi.
Muhim yangiliklardan yana biri – guruhlardagi bolalar soni 25 kishidan oshmasligi belgilab qo‘yildi. Bu cheklovni amaliyotga joriy etish maqsadida EMIS elektron tizimi ham yo‘lga qo‘yildi. 2021 yilga borib mamlakatdagi barcha MTM guruhlarida bolalar soni shunday bo‘ladi.
O‘tgan 27 yil davomida maktabgacha ta'lim tizimidagi tarbiyachilar va MTM xodimlarining tarif stavkasi biror marta oshirilmagandi. 2018 yilning mart oyida Maktabgacha ta'lim vazirligi birinchi marta pedagoglarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga oshirish taklifi bilan chiqdi. Shu yilning sentabridan oliy ma'lumotga ega pedagoglar uchun bazaviy tarif stavkalari yana 30 foizga oshirildi.
Vazirlik endigina faoliyat boshlanganida bolalarni maktabgacha ta'lim jarayoniga qamrab olish 27 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib bu ko‘rsatkich 34 foizga yetdi. Ammo qariyb 1 mln 600 nafardan ziyod bola maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan. Ularning taqdiri qanday kechmoqda? Bolalarning ota-onalaridan ba'zilari bilan suhbatlashib, masalaga oydinlik kiritdi.
«Biz davlat bog‘chasiga bolamizni yuborishga imkon topgandik. Muammo shundaki, u yerda joy to‘lib qolgan. Agar masalaga chuqurroq kirsangiz, korrupsiyaning hidi keladi. Xususiy bog‘chalarda esa narx qimmat. Garchi xususiy bog‘chada ta'lim va ovqatlanish yuqori talab darajasida bo‘lsa-da, o‘rtacha oylik maosh bilan yashayotgan ota-ona uchun bunday narxlar o‘ta qimmat hisoblanadi», deydi ulardan biri.
Davlat xizmati agentligi vakili «Kun.uz»ga tasdiqlashicha, bolani bog‘chaga joylashtirish ishlarining agentlik zimmasiga o‘tkazilishi aynan bu jarayondagi korrupsiyaga barham berish maqsadi bilan bog‘liq. Albatta, vazirlik oldida bundan boshqa yana ko‘plab o‘z yechimini kutayotgan muammolar bor. Masalan, bolalarning tahqirlanishi, so‘kish eshitishi va kaltaklanishi. Ming afsuski, hatto o‘lim bilan yakunlangan holatlar ham mavjud. Shunday voqealardan biri shu yilning 5 fevral kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida sodir bo‘ldi.
1998 yilda tug‘ilgan Akmal Abdurahmonov ertalab o‘z xonadonidan velosipedda Oltiariq tumani markazidagi bozorga borgan. U qaytishda «Poloson» mahallasidagi 6-maktabgacha ta'lim muassasasi yonidan o‘tib ketayotib, ushbu muassasadan kuzatuvchisiz chiqib ketayotgan tarbiyalanuvchilar – voyaga yetmagan Sh.G‘offoraliyev, X.G‘offoraliyeva va K.G‘offoraliyevani yoniga chaqirib, ularga velosipedda sayr qildirishini, do‘kondan shirinliklar olib berishini aytib aldagan va Sh.G‘offoraliyev hamda X.G‘offoraliyevani velosipedining orqa o‘rindig‘iga, K.G‘offoraliyevani esa velosipedining old qismiga o‘tirg‘izib, ularni o‘g‘irlab ketgan. Voqea K.G‘offoraliyevaning o‘limi bilan yakun topgan. Muassasadan kuzatuvchisiz chiqib ketayotgan tarbiyalanuvchilar voqeasi keyinchalik ushbu holatni tartibga solish, elektron hisobga olish tizimini ishga tushirish, loaqal mas'uliyatni oshirish shart.
MTM mudirasi va pedagogik tarkib asosiy ish faoliyatidan chalg‘igan, ya'ni, ular bolalarga ta'lim-tarbiya berish qatorida ovqatlantirish tizimini tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanishlariga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun bugungi kunda
Dostları ilə paylaş: |