1
MAVZU: BOLALARNING PREDMETLAR SHAKLI VA GEOMETRIK
FIGURALARNI IDROK QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Reja:
Kirish……………………………………………………………………………....
I Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tafakkurini rivojlantirishning
nazariy asoslari……………………………………………………………………..
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tafakkurini rivojlantirish…...
1.2. Maktabgacha yoshidagi bolalarda matematik tafakkurni rivojlantirishda
didaktik o‘yinlarning ahamiyati…………………………………………….
II Bob. Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishning
o‘ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………
2.1. Kichik va o‘rta guruh bolalarining predmetlar shakli va geometrik figuralarni
idrok qilishi yuzasidan mashg‘ulot ishlanmalari yaratish………………………….
2.2. Katta va tayyorlov guruh bolalarining predmetlar shakli va geometrik
figuralarni idrok qilishi yuzasidan mashg‘ulot ishlanmalari yaratish……………..
Xulosa…………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining
birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini
tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining
ta’lim-tarbiyasi yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb
masalalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida
2017 yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini
tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab
olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa
vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-
sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli
Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi –
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan. Mazkur
sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim
sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu jarayonda
maktabgacha
ta’lim muassasalarining
bolalar
huquqiy savodxonligini
shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol
avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi
ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi
2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni amalga
oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid
meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga
oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yilda “Maktabgacha
ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
3
PF–5198-sonli farmonida ham maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh bolalarni
milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida
tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni
yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga
qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi
fikrlar ilgari surilgan.
Maktabgacha ta’lim tizimining qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini
prezidentimizning bog’cha tarbiyasini olgan bola bilan bog’chaga bormagan
bolaning fikrlash darajasi o’rtasidagi farq xususidagi fikrlaridan ham bilish mumkin.
Darhaqiqat, bugun maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish masalasi davlat
siyosati darajasidagi masalalardan biriga aylandi. Davlatimiz rahbarining
“O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to’g’risida”gi qarori mamlakatimiz ta’lim sohasida yangi tizimni yaratish va butun
ta’lim tizimida sifat o’zgarishiga erishish, ta’limning uzluksizligini ta’minlash
imkonini beradi.
Yangi vazirlik zimmasiga maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat
tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, muassasalarga bolalarni qamrab olishni keskin
oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarni tadbiq etish orqali bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan
yaxshilash vazifalari yuklandi.
Bugungi kunda bu borada davlat dasturi qabul qilinib, keng ko’lamli ishlar
amalga oshirilmoqda. Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar)
bo’limlari tashkil etilib, joylardagi ahvolni yaxshilash, yangi bog’chalar qurish,
jumladan, nodavlat bog’chalar tarmog’ini kengaytirishga katta ahamiyat
qaratilmoqda.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yanada rivojlantirish
maqsadida prezidentimiz tomonidan 2019-yil 8-may kuni “O’zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Qaror maktabgacha
4
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan
keng foydalanishni ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat
sektorini
rivojlantirish
maqsadida
qabul
qilindi.
“Maktabgacha ta’lim
konsepsiyasi”da maktabgacha ta’limga quyidagicha ta’rif berilgan: Maktabgacha
ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va
rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta'minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini
uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha
ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va oilada amalga
oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi - bolalarni maktabdagi o’qishga
tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish,
qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta'limga bo’lgan ishtiyoqini
tarbiyalashdir.
Ko’rinib turibdiki, Prezidentimiz tomonidan yildan-yilga maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilayotgani
bejizga emas. Zero, maktabgacha ta’lim ta’lim tizimlarining ilk bo’g’ini ekan,
boshqa ta’lim tizimlarining poydevori hamdir. Demak, bolalarning kelajaklari ham
shu yerda bunyod etiladi. Zero, Prezidentimizning – “Yoshlarimizga munosib taʼlim
berish, ularning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ro’yobga chiqarishimiz kerak. Shu
maqsadda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishimiz, oʻrta va oliy oʻquv
yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va oʻquv jarayonlari sifatini tubdan
yaxshilashimiz
kerak.—
Maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor
qaratayotganimiz bejiz emas, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Yoshlar tarbiyasiga
bugundan e’tibor bermasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin”
1
- deb ta’kidlashlari bejiz
emas.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’zligini anglagan,
jamiyatimiz taraqqiyoti yo’lida tinmay faoliyat ko’rsatadigan yosh avlodni –
barkamol insonni tarbiyalash masalasiga alohida ahamiyat bermoqda. Zero,
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojaatnomasidan.
5
yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z
bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti.
Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli,
yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham
unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning
qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga
nimaning
hisobidan
erishamiz?
Tarbiya,
tarbiya
va
faqat
tarbiya
hisobidan”.
2
Shaxsning shakllanishida, jamiyatda o‘rnini topa olishida va uning
rivojiga qo‘shadigan hissasida erta yoshdagi ta’limning ahamiyati katta. Hozirgi
kunda zamonaviy psixologlarning ta’kidlashicha , har bir insonning tug'ilgan vaqtida
ijodiy qobiliyatlari mavjud va ular diqqat bilan e'tiborga olinib, ular keyinchalik
qobiliyatlar darajasiga va hatto iste'dodlarga o'tish uchun ishlab chiqilgan.
Maktabgacha ta’lim yoshidanoq har bir bolaning is’tedodini, ijodiy qobiliyatlarini
aniqlash, uni to’g’ri shakllantirish, tog’ri rivojlantirish kelajakda bolaning o’z
yo’nalishini topa bilishida kata zamin hozirlaydi. Ijtimoiy hayotda zarur bo‘lgan
asosiy ko‘nikmalar va muvaffaqiyatga erishishga yo‘naltirilgan xarakter juda erta
yoshdan shakllanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning matematik
tasavvurlarini shakllantirish ularda matematikaga bo’lgan qiziqishini oshiradi,
mantiqiy fikrlashga o’rgatadi, masalalar tuzishga ularni yechishga o’rgatadi,
bolalarning fikrlash doirasi yana ham kengayadi.
Dostları ilə paylaş: |