Mavzu: bolalarning predmetlar shakli va geometrik


 Maktabga tayyorlov guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#129952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARNING PREDMETLAR SHAKLI VA GEOMETRIK FIGURALARNI IDROK QILISHNING

2.2. Maktabga tayyorlov guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan
tanishtirish
Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning shakl haqidagi bilimlari 
mustahkamlanadi va bir tizimga solinadi. Bolalar maktabga borgunlariga qadar 
quyidagi geometrikshakllarni farq qilish, nomlarini aytish, asosiy xossalari va 
belgilarini bilishlari kerak: doira, oval, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, 


38 
uchburchak, to‘rtburchak, shar, kub va silindr. Bu shakllarni bolalar rangi, 
kattaligi, proporsiyasi, u yoki bu shakllarning fazoviy holatlaridan qat’iy nazar 
bilishlarihayotiy buyumlardan o‘zlariga tanish shakllarni topa olishlari kerak. 
Bu ishga, odatda mashg‘ulotlarning bir qismi ajratiladi.
Mashg‘ulotlarda shu maqsadlarda o‘yinlar o‘tkaziladi, bu o‘yinlarning shartiga 
ko‘ra, bolalar atrofdagi buyumlardan o‘zlariga tanish geometrik shakllarni 
topishadi. Masalan, tarbiyachi kvadrat shaklidagi buyumlarni aytishni taklif 
qiladiBuyumni to‘g‘ri topib, uning shakli haqida gapirib bergan har qaysi bola 
bittadan rag‘bat kartochkasini oladi. Ko‘p buyum aytgan (ko‘p rag‘bat 
kartochkasi to‘plagan) bola yutib chiqadi. Tarbiyachi buyumni ko‘rsatmasdan, 
uning tasviri tushirilgan kartochkani ko‘rsatishi mumkin.
Bolalar olgan bilimlarni sistemaga solish, ularga ba’zi buyumlar orasidagi 
munosabatlarni tushunib olishda yordam berish muhim vazifalardan biridir.
Bolalarni to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat modellaridan foydalanib, 
“to‘rtburchak” tushunchasi bilan tanishtirilgan. Endi, ularga to‘g‘ri 
to‘rtburchak 4 ta burchagi va 4 ta tomoni bo‘lgan shakl ekanini tushuntirish qo-
ladi. Bolalarga bir nechta topshiriq berish mumkin, ya’ni ular to‘rtburchak 
shaklidagi qanday buyumlarni bilishlarini, rasmda tasvirlangan buyumlar 
shaklini aytishlarini so‘rash va shu kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Bolalarga bu shakllarni farq qilishnigina emas, balki ularni tiklay olishni ham 
o‘rgatish kerak. Masalan, tarbiyachi bolalarga katakli qog‘ozga tomonlari 4 
tadan katakka teng kvadrat chizishni tavsiya qiladi. So‘ngra tomonlari 
oldingisidan 2 ta katak ortiq bo‘lgan kvadrat chizishni, ustki va pastki asoslari 
4 tadan katakka, chap va o‘ng tomonlari 2 tadan katakka teng to‘g‘ri 
to‘rtburchak chizishni taklif qiladi. Topshiriqni bajarishganidan keyin 
bolalardan qanday shaklnitasvirlaganlarini so‘rash kerak.


39 
Tarbiyachi bolalarga bunday topshiriq bernshi mumkin: tomonlari teng (har biri 
4 katakdan) to‘rtburchak chizing, uni ikkita shaklga ajrating (ajratishni chapdan 
o‘ngga yoki yuqoridan pastga qaratib bajarnsh mumkin) va qanday shakllar 
hosil 
bo‘lganini 
ayting. 
Keyingi 
mashg‘ulotlarda 
bolalarga 
rasmi 
chizilgan 
kvadratni 
“burchagidan 
burchagiga” bo‘yicha bo‘lish va hosil 
bo‘lgan shakllarni aytyshni taklif qilish 
maqsadga muvofiq.U holda ham, bu 
holda ham bolalar shakllardan biri 
(to‘rtburchak, uchburchak)ni rangli 
qalam bilan bo‘yashlari mumkin.
Bu xil mashqlar bolalarni geometrik 
shakllarning shaklini almashtirishga doir 
mashqlarni bajarishga (2—4 ta doira qismidan butun doira yasash (tuzish); 
oldin 2 ta, keyin 4 ta uchburchakdan to‘rtburchak tuzish va h.k.) zamin 
tayyorlaydi.
Uchburchaklar va to‘rtburchaklar haqidagi bilimlar asosida tarbiyachi yangi 
tushuncha — “ko‘pburchak” tushunchasini kiritadi. Har xil turdagi 
uchburchaklar,
kattaligi va fazodagi o‘rni bo‘yicha har xil bo‘lgan to‘rtburchak modellarini 
ko‘rsatadi. Shakllarni qarab, ularning nimasi umumiy, degan savolga javob 
berpsh-ga harakat qilishnitaklif qiladi. Bolalarning diqqatlarini uchburchaklar 
va to‘rtburchaklarning tomonlari va burchaklari borligiga qaratish kerak. 
Shundan keyin bu shakllarning har birida qanchadan burchak borligini, bu 
shakllarni bir so‘z bilan qanday atash (ko‘pburchaklar) mumkinligini so‘rash 
kerak.
Bolalarni mashq qildirish uchun quyidagidek topshiriqlardan foydalanish 
kerak: “Bir xil o‘lchamdagi 10 ta cho‘pdan bir nechta ko‘pburchak tuzing”. 
“Katakli daftarga har xil o‘lchamliva rangli ko‘pburchaklar chizing”.


40 
Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarni shakli bo‘yicha 
guruhlashga doir mashq qildirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin bolalar 
buyumlarni 2 ta guruhga, ya’ni yumaloq shakldagi shakllar va ko‘pburchaklar 
guruhlariga bo‘lishadi. Shundan keyin ko‘pburchaklar ichidan to‘rtburchaklar 
va uchburchaklarni ajratishadi. Nihoyatto‘rtburchaklar orasidan kvadratlarni 
topishadi.
Quyidagidek mashqlar o‘tkazish foydali: “Top-chi, qatorda qaysi shakl 
ortiqcha?”, “Qaysi shakl yetmaydi?”, “Xuddi shunday shakldagi shaklni top” 
va hokazo.
Tarbiyachi bolalarni sodda masalalar — boshqotirg‘ichlar (cho‘plardan har xil 
geometrik shakllar tuzish) bilan tanishtirishimumkin. Masalan, 7 ta cho‘pdan 2 
ta kvadrat tuz; 6 ta cho‘pdan to‘g‘ri to‘rtburchak tuz; 7 ta cho‘pdan 3 ta 
uchburchak tuz; 5 ta cho‘pdan 2 ta uchburchak va 1 ta kvadrat tuzish 
mumkinmi? Bu mashqlar bolaning topqirligini, xotirasini, tafakkurini 
rivojlantirish imkonini beradi.
Butun ish ma’lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli.
O‘quv yili boshida tarbiyachi bolalarning shakl haqidagi bilimlari darajasini 
aniqlaydi.
Katta guruhda foydalanilgan usullarning o‘zi bilimlardagi kamchiliklarmi 
to‘ldirishga yordam beradi.
Geometrik 
shakllar 
haqidagi 
bilimlarni 
mustahkamlash 
va 
aniqlash,shuningdek, bolalarni kataklar bo‘yicha o‘lchashga mashq qildirish 
uchun katakli qog‘ozda kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, doiralar, ovallar 
chizish bo‘yicha mashqlar o‘tkaziladi.
Geometrik shakllar, shuningdek, sodda shakldagi buyumlar (bayroqchalar, 
olxo‘rilar, olmalar va hokazolar)ning rasmini chizishga matematikadan 10-12 
ta mashg‘ulot ajratiladi.
U yoki bu shakl rasmini chizgandan, keyin, bolalar ularni ikki yoki to‘rt qismga 
bo‘ladilar, bunda ular shakllarning qarama-qarshi tomonlari yoki burchaklarini 
to‘g‘ri chiziq bilan birlashtiradilar va nima hosil bo‘lganini gapirib beradilar.


41 
Bolalar tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra, har xil yo‘nalishda ma’lum 
miqdorda kataklarni sanab, nuqta qo‘yishlari va bu nuqtalarni o‘zaro 
birlashtirib, u yoki bu shaklni hosil qilishlari mumkin.
Tayyorlov guruhida har xil alomatlariga ko‘ra, ya’ni rangi, shakli, kattaligi va 
miqdoriga ko‘ra buyumlarni guruhlarga ajratishga doir mashqlarga keng o‘rin 
beriladi. Bolalarga shakllarning to‘rtta-beshtadan har xil ko‘rinishlari, uch-to‘rt 
xil rangda ikkitadan beshtagacha xil o‘lchamlarda beriladi. Ular bu shakllarning 
rangi va o‘lchamiga e’tibor bermay, o‘lcham alomati bo‘yicha guruhlaydilar.
Tarbiyachi 
dastlab 
bolalarga 
shakllarning 
belgilarini aniqlashda yordam
beradi, 
keyinchalik esa, ularning o‘zlari shakllarning qanday 
belgilari bo‘yicha guruhlarga bo‘lish, nechta guruh 
hosil bo‘lishiu yoki bu guruhga nechta shakl kirishi 
kabi masalalarni mustaqil
hal 
qiladilar, 
ya’ni oldin ishlarni rejalashtirishadi, keyin esa bajarishadi.
Bolalar shakllarni guruhlashda bitta belgi bo‘yicha mo‘ljal olib, boshqa 
belgilarga e’tibor bermaydilar.
Guruhlashga doir mashqlar o‘tkazganda bolalarning shakl haqidagi bilimlarini 
sistemalashtirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin shakllarni guruhga 
ajratish, so‘ngra yumaloq shakllar orasidan doira va ovallarpi, ko‘pburchaklar 
orasidan to‘rtburchaklar va uchburchaklarni ajratishkerak. Nihoyat, 
to‘rtburchaklar orasidan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlarni topish kerak.
Bolalar ayrim shakllar orasida bog‘lanishlar o‘rnatadilar. Shakllar juftini 
tanlashga doir mashqlar shu maqsadga xizmat qiladi: uchburchaklar, 
to‘rtburchaklar har xil rang va o‘lchamdagi, ammo bir xil proporsiyadagi 
shakllar, masalan, teng yonli uchburchaklar juft tashkil qiladi. Bolalar har xil 
proporsiyadagi bir jinsli shakllarni taqqoslashadi.
Bolalarga mantiqiy mashqlarni taklif qilish foydali, masalan, “Topingchi, 
qatorda qaysi shakl ortiqcha?”, “Shakllarni tanlashda qanday xato qilishgan?” 
(Qator qilib qo‘yilgan 6 ta uchburchak orasiga bitta to‘rtburchak qo‘yilgan va 


42 
h. k.), “Qanday shakl yetishmaydi?” (uch-to‘rt xil o‘lchamdagi uchburchaklar, 
ovallar, to‘rtburchaklar qatorlarga joylashtirilganhar qaysi qatorga buyumlar 
kattaliklari kichiklashib boradigan tartibda joylashtirilgan, bir qatorda bitta 
shakl yetmaydi);.
Bir 
guruhdagi 
shakllarning 
ikkinchi 
guruhdagi 
shakllardan 
farq 
qilishalomatlarini topishga doir masalalar. uchburchaklar, to‘rtburchaklar va 
boshqa shakllar haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash imkonini beradi. 
Doiralar va ovallar, uchburchaklar va to‘rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan 
jadvallardan foydalanish mumkin. Shakllar ikki-uch xil o‘lchamda va rangda 
berilgan.
Tayyorlov guruhi dasturida geometrik shakllar I ko‘rinishini o‘zgartirish, bir xil 
shakllardan boshqa xil shakllar tuzish nazarda tutilgan.
Tarbiyachi bolalarga o‘z ixtiyorlaridagi figuralarni qarashni, ularni shakl 
bo‘yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday kattalikda ekanini 
aytishni taklif qiladi. So‘ngra esa, qandaydir ikki-uchta shakl olib, ularni 
birlashtirish yo‘li bilan qanday yangi shakl tuzish mumkinligni o‘ylab ko‘rishni 
taklif qiladi. Bolalar shakllarni tuzganlaridan keyinqanday yangi shakllar hosil 
bo‘lganini va ular qanday shakllardan tuzilganligini gapirib berishni taklif 
qiladi.
Bolalar qismlardan butun shakllar tuzib, ikkita yarimta, 4 ta yarimta, sakkizdan 
bir qismdan, doiraning to‘rtdan biriga teng qismdan va h. k. dan nechta doira 
tuzish mumkinligini fahmlaydilar.
Maktabgacha yoshidagibolalar bilan ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli 
o‘yin va mashqlar katta foyda keltiradi. Ular matematik bilimlarga qiziqishni 
rivojlantiradi, bolalarning aqliy qobiliyatlarining o‘sishiga yordam beradi.
Bolalar topqirlikka doir masalalar, “boshqotirgichlar”, yasashga doir 
masalalarni yechadilar, masalan, bir shakl yoniga ikkinchi shaklni yasash yo‘li 
bilan bolalar 7 ta cho‘pdan ikkita kvadrat tuzadilar. U yoki bu rasm — 
applikatsiyani ( masalan, xo‘rozni ) tuzishda nechta doira, uchburchak, to‘g‘ri 
to‘rtburchakdan foydalanilganini aniqlashadi. U yoki bu rasm yoki naqsh 


43 
qanday shakllardan tuzilganini topadilar (fahmlaydilar), ular nechta ekanini 
ko‘radilar.
“Tangram” (geometrik konstruktor) 
o‘yinida murakkab shakllar, ya’ni 
“quyoncha”, “Turnalar”, “xo‘rozcha” va 
boshqa narsalarni bolalar yettita sodda 
shakllardan yasaydilar.
Tarbiyachi bolalarni masalaning yechilishyo‘llarini ongliizlashga
o‘rgatadi, ularga o‘ylab ko‘rish, fahmlash, so‘zlab berish, so‘ngra o‘z yechimini 
tekshirishnitaklif qiladi. Masalan, tarbiyachi bunday deydi: “Bu shakl-ga 
qarang, u bizga nimani eslatadi? Ha, bu xuddi xo‘rozchadek. Bu xo‘rozni 
“Tangram” o‘yinining yettita shaklidan tuzish kerak. Qarang, u qanday 
qismlardan iborat, har qaysi qism qanday shakllardan tuzilgan, ular qanday 
kattalikda va qanday joylashgan. Siz xo‘rozcha” shaklni qanday tuzishingizni 
gapirib bering. Agar dastlab tarbiyachi shakllarni bolalar bilan birgalikda 
qarasa, keyinchalik ularga tahlil rsjasini bsradi, shundan keyin esa ularni 
mustaqil tahlil qilishga o‘rgatadi.
Dastlabki ikkita-uchta shaklni (murakkab shaklni) bolalar namunaga qarab
tuzadilar, namunada har qaysi shaklning chegarasi aniq belgilangan, keyinroq 
esa shaklning umumiy konturi tushirilgan namunaga amal qiladilar.
Shundan keyin bolalar qanday buyumlarni o‘yinning yettita shakldan 
foydalanib, tasvirlash mumkinligini o‘zlari o‘ylab topadilar.
Shuni esda saqlash muhimki, bolalarning amaliy harakatlaridan oldin masala 
yechimining borishini oddiygina o‘ylab ko‘rilsagina, o‘yinlar qiziqarli bo‘ladi.
Masalalar yechish jarayonida bolalarni noto‘gri tanlangan yechish yo‘lidan 
“Bo‘lmadi, o‘ylab ko‘r-chi, boshqacha qanday qilish mumkin”, deb voz 
kechishga o‘rgatib, ular tafakkurini rivojlantiradi. Alohida qiyinchiliklar 
bo‘lgan holda yechimning bir qismini aytib beradi, to‘g‘ri topilgan yechimni 
rag‘batlantiradi: “Bu cho‘pni sen to‘g‘ri olding, o‘ylab ko‘rchi, yana qaysi 
cho‘pni olish kerak”.


44 
Tarbiyachi bolalarning mustaqilliklarini rivojlantiradi, masalani o‘zing 
yechsang, o‘shanda qiziqarli bo‘ladi, deb ularni ishontiradi. Masalalarni
yechishga bolalarning kuchlari yetadigan bo‘lishi kerak, bo‘lmasa, bolalarda 
ishtiyoq yo‘qoladi. Shu sababli qiziqarli masalalar bolalar dasturda nazarda 
tutilgan shakl haqidagi bilimlarnn o‘zlashtirib olganlaridan keyin, shaklni 
to‘g‘ri aytibgina qolmay, balki uni qayta tiklay oladigan, shaklini almashtira
oladigan, hayotiy buyumlardan o‘zlariga tanish geometrik shakllarni topa 
oladigan bo‘lganlaridagina beriladi.
Xulosa 
Dasturni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun maktabni o‘rganish Bola nafaqat 
ko‘p narsani bilishga, balki izchil va mulohaza yuritish, taxmin qilib, aqliy 
zo‘riqishni ko‘rsatishi kerak. Maktabgacha tarbiya usullarini izlash, hozirgi 
sharoitda, tegishli sharoitlarda, Maktabgacha bo‘lgan harakatlar usullarini qidirish 
uchun aqlli harakatlar bolalarga tanish bo‘lishi mumkin. 
Ma’lumki, maxsus aqliy faoliyat, bola o‘yinda ham, sinfda ham o‘yin goliga 
erishish jarayonida kundalik hayot. O‘yin ko‘ngilochar vazifalar turli xil ajoyib 
ko‘rinishda matematik material. Matematikada bolalarni o‘qitish metodikasi tarixi 
davomida shunga o‘xshash materiallar to‘plangan, uning bir qismi ham mavjud va 
maktabgacha tarbiyachilari mavjud. 
Sinflarda didaktik o‘yinlardan va erkin faoliyatda didaktik o‘yinlarni 
muntazam ravishda qo‘llash bilan bolalar geometrik raqamlar haqidagi fikrlarni 
shakllantirishda qiyinchiliklar paydo bo‘lmaydi. Bolalar osongina raqamlarning 
nomlariga yo‘naltirilgan va ularni erkin yozib, ularni o‘zgartirishi mumkin. 
Eng 
muhimlaridan 
biri uslubiy 
printsiplar Izlamoq geometrik 
materiallarBunday holda, geometrik shakllar haqidagi g‘oyalarni shakllantirish 
samarali faoliyat bilan bog‘liqlikdir (chizma, qo‘lda mehnat). 


45 
Samarali mashg‘ulotlarga ega sinflar geometrik shaxslar haqidagi fikrlarni 
shakllantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu munosabatlar samarali. Material 
(qog‘oz, karton, plastmassa) bilan ishlash jarayonida biz geometrik shakllar va 
tanalarni taqlid qilamiz, ularning xususiyatlarini bilishadi. Bu yerda asosiy 
rol Teginish, vizual idrok, hissiyotlarni o‘ynang (qaychi bilan ishlash). Buzilishlar 
yoki bezaklar, naqshlar yoki bezaklar, bolalar katta shakllarga duch kelmoqdalar. 
Yordamida geometrik ertaklar, Didaktik o‘yinlar, o‘yin vazifalari va samarali 
faoliyat bilan aloqalari, ularning o‘zaro joylashuvi haqida mavzular shakllari 
to‘g‘risida geometrik g‘oyalarni shakllantirishdir. 
Asarning ikkinchi bobida bolaning geometrik printsiplarini rivojlantirish 
shakli sifatida modellashtirish usuli batafsil tavsiflangan. 2.2-bandda Z.Aning 
rivojlanishini aks ettiradi. Mixailova eng progressiv va dolzarbdir. Samolyotni 
modellashtirish bo‘yicha o‘qituvchilar va amaliyotchilar o‘rganishga asoslangan - 
juda samarali usulBu nafaqat maktabdoshlariga egalik qilish, balki har tomonlama 
shakllantirish uchun zarur bo‘lgan psixologik fazilatlar (mukammallik, diqqatlilik, 
atmisitlilik) ni ham rivojlantiradi rivojlangan shaxs. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin