guruh
Geometrik shakllar. Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga,
olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq
material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina
ekanligini belgilash.
Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu
ko‘pburchak. Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari,
burchak uchlari) bilan tanishtirish.
23
Tayoqchalar yordamida turli shakllarni
yasash.
Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga
bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida
butun qismdan katta, qism esa butundan
kichkina ekanligini belgilash.
Bolalarni 2
ta,
4
ta
uchburchaklardan bitta ko‘pburchaklar
tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta
katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish.
Beshburchak
va
oltiburchak
bilan
tanishtirish.
Yetishmagan shakl, jismni (shar, kub,
silindr)
topishga
doir
mantiqiy
masalalarni yechishni o‘rgatish.
Geometrik
shakllar
ko‘rinishini
o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash
va boshqalar.
Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik
shakllardan bir
necha tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirish.
Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish.
.Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
Uch yoshli kichkintoylar dumaloq buyumlarni va burchaklari bor buyumlarni
farq qilishga, ya’ni buyumlarning shakllarini elementar tahlil qilishga
o‘rgatiladi.
Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q oddiy shakldagi
buyumlar tanlanadp. Buning uchun dastlab, har xil rangdagi, ammo bir xil
shakldagi, bir xil buyumlardan, masalan: uchburchak, kvad-drat, to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu
kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har
24
xil rangli bir xil buyumlarni sodda shakldagi istalgan buyumlar (koptok, ip
koptok g‘ildiraklar)ni berish mumkin.
Tarbiyachi bolalarga buyumlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan,
“shakl” so‘ziga urg‘u bergan holda tahlil qilishni o‘rgatadi. U buyum konturi
(tashqi ko‘rinishi) ustidan ko‘rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u buyum
ustidan qo‘lini o‘tkazib “dumaloq” (g‘ildirak), — deydi.
Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim ahamiyatga ega.
Kichkintoylar tarbiyachining qo‘l harakatini kuzatib, xuddi shunday harakatni
havoda bajarishga “yordam” berishadi. Buyum konturi ustidan qo‘l yoki
ko‘rsatkich barmoq aylantirib chiqiladi. Har galgi harakat buyum ustidan qo‘lni
tekkizib chiqish bilan tugaydi, shunday qilinmasa, shakl haqidagi tasavvur
kontur chizig‘i bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda buyumlar
konturini o‘rab olish ularni qo‘l bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha
siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni har-xil holatga qo‘yish istagini
uyg‘otadi. Natijada yumaloqlangan va burchakli buyumlarning xossalarini
(turg‘un, turg‘un emas va h.k.) topadilar.
“Shakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla” kabi o‘yin-mashqlardan foydalanish
mumkin. Chaqirilgan bola o‘z buyumini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi
buyumlar turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil
bajaradilar, masalan, o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi
buyumlarni ajratib qutilarga solishadi: bir qutiga-dumaloq (doiraviy), ikkinchi
qutiga burchakli (burchaklari bo‘lgan) buyumlarni solishadi.
Kichik guruhda bolalar doira va kvadrat bilan tanishtiriladi. Buning uchun
tarbiyachi dastlab har bir bolaga 2 tadan geometrik shakl, masalan, qizil doira
va yashil kvadrat beradi (tarbiyachining o‘zida ham shular bo‘ladi). Tarbiyachi
bolalarga 2 ta shakldan bittasining nomini aytmagan holda ko‘rsatadi va
ulardan xuddi shunday shaklni topish va ko‘r-satishni so‘raydi. So‘ngra
ikkinchi shaklni ko‘rsatib, bolalardan o‘z stollaridan xuddi shunday shaklni
topib ko‘rsatishni so‘raydi. Maktabgacha yoshidagi bolalarni geometrik
shakllar bilan tanishtirish metodikasida buyumlarni payqash — harakat yo‘li
25
bilan tekshirish usullariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Buni qanday
bajarishni tarbiyachi ko‘rsatadi: u bolalarni birga ishlashga jalb qilgan holda,
buyum konturi ustidan bir necha marta ko‘rsatkich barmog‘ini yuritib chiqadi
(bola har bir shakl konturi ustidan qo‘lini yuritib chiqadi). Bunda u shakl
nomini aytadi. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar tarbiyachining har bir geometriq
shakl konturini hosil qilayotgan qo‘l harakatini kuzatishadi. Shundan keyin
o‘zlari shakl konturi bo‘yicha barmoqlarini yuritib chiqib, uning nomini
aytishadi. Bolalarni kontur ustidan barmoq yuritib chiqish bo‘yichamashq
qildirish uchun 2—3 ta doira, kvadrat tasvirlangan kartochkalardan ham
foydalanish mumkin.
O‘z tarbiyalanuvchilarini doira va kvadratni ajrata olish bo‘yicha bir necha
marta mashq qildirib, tarbiyachi bolalarni shakllar bilan aktiv harakat qilishga
(qo‘lga olish, bir-birining ustiga qo‘yish, qator qilib qo‘yish) chorlaydi. Bu
bolaga geometrik shakllarning nomlari va shakllarini eslab qolishga yordam
beradi.
Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi o‘zidagiga qaraganda kichiko‘lchamdagi,
ammo rangi bir xil bo‘lgan doira va kvadratlarni beradi, so‘ngra esa namunadan
o‘lchami ham, rangi ham farq qiladigan doira va kvadratlarni beradi.
Bolalarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun
(“Doirani o‘ng qo‘lingga ol”, “Kvadratni chap qo‘lingga ol”, “Qo‘lingda turgan
narsaning nomini ayt”, “Hamma doiralarni yuqori chiziqqa, hamma
kvadratlarni pastki qiziqqa qo‘y” kabi topshiriqlardan, shuningdek “Top-chi,
xaltada nima bor”, “Juftini ton”, “O‘z uyingni top” kabi o‘yinlardan
foydalanish mumkin.
Bunday topshiriqlarga mashg‘ulotning bir qismini ajratish kerak, qolgan vaqtda
esa doira va kvadratlardan ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan va tarqatma
material sifatida foydalanib, buyumlar to‘plamini yoki bitta buyumni topish,
yoki yoniga qo‘yish yo‘li bilan buyumlar guruhlarini taqqosla-sh kabi
mashqlarga bag‘ishlash mumkin. Bolalarni buyumlarni ularning tasvirlari bilan
26
mos keltirish bo‘yicha (“Buyum va uning tasviri”, “Bizning tomorqa” kabi
o‘yinlarda) mashq qildirish ham foydali.
Oxirgi o‘yinda bolalar buyumning kontur va yassi tasviri orasidagi moslikni
idrok qilishni mashq qiladilar. Buyumlar shaklini abstrakt geometrik shakllar
bilan taqqoslash kichkintoylar uddalay oladigan ish. Bolalar geometrik
shakllarni har qanday buyumni — koptokni, g‘ishtni va boshqa narsalarni
qanday idrok qilsalar, shunday idrok qiladilar.
Binobarin, bolalar qurilishkomplektlarida, mozaikalarda har xil geometrik
shakllar bilan doimo uchrashadilar va ular shakllarning to‘g‘ri nomlarini bu
nomlarni eslab qolish shart bo‘lmasa ham, eshitishlari kerak.
Har xil shakldagi teshiklar ochilgan taxtachalar, teshikli yashiklar (bu
teshiklarga shakli bo‘yicha tegishli shakllar qo‘yiladi) bilan o‘ynar ekanlar,
ular-aslida geometrik ob’ektlarning shakli bo‘yicha mos keltirish harakatlarini
egallaydilar.
To‘plangan sensor tajriba, maxsus mashg‘ulotlarda yumaloqlangan va
ko‘pburchak shaklidagi buyumlar bilan ishlash asosida kichkintoylar doira va
kvadrat bilan tanishadilar.
Birinchi shunday mashg‘ulotda bolalar katta va kichik doiralarni, ikkinchi
mashg‘ulotda esa, doira va kvadratlarni farq qiladilar.
Har bir bolaga turli ko‘rinishdagi va har xil rangli, ikki-uch o‘lchamli ikki-uchta
shakl beriladi. Shakllar karton, faner, yoki qalin qog‘ozdan tayyorlanadi.
Doiralar va kvadratlar tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Har qaysi
jadvalda ikki-uchtadan shakl har xil holat va har xil kombinatsiyalarda beriladi.
Bolalar shakllarni tekshirib, ularning shakllari bo‘yicha ajratadilar, masalan,
kartochkaning yuqori chizig‘iga doiralarni, pastki chizig‘iga kvadratlarni
qo‘yadilar. Qaysi shakllar ko‘p, qaysi shakllar kam ekanini topadilar, shakllar
nomini aytadilar.
27
Tarbiyachi bolalarga o‘yin-toshliriqlarini berib shakllarni tanish va atash
bo‘yicha mashq qildiradi: “O‘ng qo‘lingda kvadrat, chap qo‘lingda doirani keltir”,
“Qo‘limda nima borligini top”,
“Xuddi shunday shakl top”
(bolalar
tarbiyachidagi
shakl
shaklidagi
shaklni
topadilar),
shuningdek, bunda “Shakllar
dominosi”, “O‘z uyingni top”
(uychalar
har
xil
shakldagi
belgilar bilan belgilanadi) kabi
o‘yinlardan foydalanadi.
Natijada kichkintoylar o‘lchami
va
rangiga
bog‘liq
bo‘lmagan doira, kvadratlarni
topishadi,
doiraning
dumalashini,
uning burchaklari yo‘qligini, kvadrat dumalamasligini,
uning burchaklari ko‘pligini bilib oladilar.
Tarbiyachi to‘plamlarning tengligi bilan tanishtirishda tarqatma va
demonstratsion material sifatida doiralar va kvadratlardan foydalanadi,
bolalarnishakllarning aniq nomlarini ishlatishga o‘rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |