O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
O‘quv yilining dastlabki oylarida maktabgacha yoshidagi bolalarning
o‘zlariga tanish geometrik shakllar — doira va kvadratlarni farq qilish hamda
to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni guruhlarning
miqdoriy taqqoslash va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish
maqsadga muvofiq. Bolalarga “Bilgin-chi, bunda nechta kvad-rat bor”, “Nima
ko‘p, doiralarmi yoki kvadratlarmi?” kabi topshiriqlar va savollar beriladi.
O‘rta guruh dasturida bolalarni uchburchak bilan tanishtirish nazarda tutilgan.
Bolalarni bu shaklni tanish va aytishga, doira va kvadratlarni farq qilishga
o‘rgatish kerak. Bu ishlarni amalga oshirish usullari kichik guruhda
28
foydalanilgan usullarga o‘xshaydi, bular: shaklni payqash— harakatni
tekshirish, u bilan har xil amaliy ishlarni tashkil qilish.
Uchburchak bilan tanishtirish uni doira va kvadrat bilan taqqoslash asosida
o‘tkaziladi. Dastlab shakllar juftlab taqqoslanadi, masalan, birinchi
mashg‘ulotda uchburchak bilan doira taqqoslanadi. Tarbiyachi uchburchakni
ko‘rsatib, bolalar e’tiborini burchaklarga qaratgan holda uchburchak konturi
bo‘ylab barmog‘ini (ko‘p marta) yuritib chiqadi. “Barmoq burchakkacha
boradi, to‘xtaydi, burchakni aylanib, yana nariga ketadi. Yana bir marta
burchakkacha boradi, burchakni aylanadi, yana nariga ketadi”,—deb
tushuntiradi tarbiyachi. U shaklni aytadi (“Bu — uchburchak”), uning qanday
rangda ekanini so‘raydi, bolalarning e’tiborini uchburchakning tomonlari
borligiga, ular 3 ta ekaniga, burchaklari
borligiga va ular ham 3 ta ekaniga
qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi
bolalardan
o‘z
uchburchaklarini
ko‘rsatishni, ularni sanashni, uning
burchaklari nechta ekanini so‘raydi.
Keyingi mashg‘ulotlarda uchburchak
bilan
kvadrat
shunga
o‘xshash
taqqoslanadi, shundan keyin esa doira,
kvadrat va uchburchak bir vaqtda
taqqoslanadi.
Tarbiyachi
bolalar
e’tiborini
uchburchaklar, doiralar
va
kvadratlar katta o‘lchamli ham, kichik
o‘lchamli ham bo‘lishiga qaratadi, har
xil rangli katta va kichik shakllarni ustiga qo‘yish
usuli bilan
taqqoslashni taklif qiladi, shakli bir xil bo‘lgan shakllar har xil rangli va har
xil o‘lchamli bo‘lishi mumkinligini tushuntiradi .
29
O‘rta guruhda
tarbiyachi bolalarda
har xil
shakldagi
shakllarni idrok qilish tajribasini to‘plashida davom ettiradi. Bolalar
ikki-besh qismdan iborat
sodda
va
murakkabroq
shakldagi
buyumlarni ko‘zdan kechirishadi
va
rasmlarini
chizishadi,
ularni
loy va plastilindan
yasashadi, bunda qismlarning
shakli hozircha geometrik etalonga yaqin bo‘ladi (bular piyola, jo‘ja va
boshqa narsalar bo‘lishi mumkin).
O‘rta guruhda tarbiyachi predmetlar shaklini sezish — harakat va ko‘rish bilan
— tekshirishni tashkil qiladi. Tekshirish natijalari dumaloq (doiraviy), to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklida kabi so‘zlar bilan mustahkamlanadi.
Bu guruhda “Buyum o‘zi haqida nima deydi?”, “Qismlariga ko‘ra buyumning
o‘zini bil”, “Buyumlar dominosi” kabi o‘yinlardan va shuningdek kubchalar,
qirqma rasmlardan foydalanish mumkin.
Geometrik obrazlar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni bolalar o‘yinlardan,
mehnatdan, kundalik hayot (turmush)dan oladilar. Ular tarbiyachiga taqlid
qilib, mozaikalar va qurilish materiallari komplektiga kiruvchi u yoki bu buyum
nomini aytadilar. Ularning xossalari bilan amalda tanishadilar.
Matematika mashg‘ulotlarida sanoqqa o‘rgatish uchun doiralar, uchburchaklar
va boshqa narsalardan ko‘rsatma material sifatida foydalaniladi. Bolalar
shakllar miqdorini aniqlab, ularni aytishadi.
Mashg‘ulotlarda bolalarni doira, kvadrat, uchburchakning ba’zi belgilari bilan
keyinroq esa, to‘g‘ri to‘rtburchakning belgilari bilan tanishtirish, shakllar har
xil o‘lchamli va har xil rangli bo‘lishini ko‘rsatish kerak.
Bolalar tarbiyachi bilan birga katta o‘lchamli (diametri 15 sm) shakllarni
qarashadi, kichik o‘lchamdagi xuddi shu shakllarni ko‘rsatishadi.
Bolalarga o‘z konvertlaridagi shakllarni ajratish va ular qanday shakllar ekanini
va qanchaligini aytishtaklif qilinadi.
Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bolalar shakllarning kattaliklari bo‘yicha
ortib va kamayib borish tartibida joylashtiradilar, har xil shakllarning
miqdorlarini taqqoslab, qaysi shakllar kam, qaysi shakllarning miqdori barobar
30
ekanini aniqlaydilar. Birinchi mashg‘ulotda bolalarga shakllarning bir xil
komplekti beriladi, keyingi mashg‘ulotlarda esa har qaysi bola shakllarning
shunday komplektini oladiki, unda shakllarning miqdori, rangi va o‘lchami har
xil bo‘ladi.
Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan, bolalar shakllarni ikki poloskali
kartochkalarga shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha joylashtiradilar, so‘ngra
poloskalarning har qaysisidagi shakllar miqdorini taqqoslaydilar.
Shunday mashg‘ulotlar o‘tkaziladiki, ularda bolalar kvadratlar bilan to‘g‘ri
to‘rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba’zi xususiyatlari bilan
tanishadilar. Masalan, tarbiyachi bolalarga kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak
olishni, navbati bilan ularning konturlaridan barmoqlarini yuritib chiqishni va
ular nimalari bilan farq qilishini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bolalar kvadratni
to‘g‘ri to‘rtburchak ustiga qo‘yib, shakllarni taqqoslashadi va to‘g‘ri
to‘rtburchak uzun ekanini, u shunisi bilan kvadratdan farq qilishini ko‘rishadi.
Bolalar sanashni o‘rganib olishganidan keyin, ular tanish shakllarniig
elementlari bilan, ya’ni tomonlari va burchaklarining mavjudligi hamda
ularning miqdori bilan tanishtiriladi.
Tarbiyachi kvadratning bir uchidan ikkinchi uchigacha barmog‘ini yuritadi
va bu kvadratning tomoni ekanini aytadi. Kvadratning hamma tomonini
ko‘rsatadi.
Shuni kuzatish kerakki, bolalar “burchak” so‘zini burchakning uchi bilan,
ya’ni burchakni hosil qiluvchi nurlar (tomonlar) chiqadigan nuqta bilan
bog‘lamasinlar. Shuning uchun burchak ko‘rsatilayotganda, qo‘lni burchak
tekisligida bir tomondan ikkinchi tomongacha surib borib ko‘rsatish maqsadga
muvofiqdir.
Bolalar o‘z kvadratlari va to‘g‘ri to‘rtburchaklarining tomonlarini topishadi,
so‘ngra esa burchaklarini topishadi, tomonlar va burchaklar miqdorlarini
sanashadi, kvadrat va to‘rtburchakning to‘rttadan burchagi va to‘rttadan tomoni
borligini aniqlashadi.
31
Navbatdagi mashg‘ulotda ular uchburchaklarni ham xuddi shunday
tekshirishadi, hamma uchburchakda uchtadan burchak va uchtadan tomon
borligini aniqlashadi.
Bunday mashqlarni bolalar shakllarni tekshirib, ko‘yilgan savolga javobni
mustaqil izlab topa oladigan qilibtuzish kerak.
Geometrik shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi
bolalarga oldin gugurt cho‘plaridan shakl tuzishni, so‘ngra ornament hosil
qilishni taklif qiladi.
Shakllarni farq qilish va aytnsh bo‘yicha mashq qildirish uchun “Nima
o‘zgardi?”, “Nima yo‘q bo‘ldi?”, “Shakllar dominosi”, “Xuddi shunday shaklni
ko‘rsat” kabi didaktik va harakatli o‘yinlardan foydalaniladi. Masalan,
tarbiyachida disk bo‘lib, unga doira bo‘ylab har xil geometrik shakllar
joylashtiriladi. U disk strelkasini surish bilan goh u shaklni, goh bu shaklni
ko‘rsatadi, bolalar esa, o‘z shakllari orasidan xuddi shunday shakllarni
topishadi, ko‘rsatishadi va nomini aytishadi.
“O‘z uychangni top” o‘yinida polga chizilgan yoki chilvirdan "tuzilgan
doiralar, kvadratlar, uchburchaklar va boshqa shakllar uycha bo‘lishi mumkin.
Katta o‘lchamli shakllar shaklini aniqlash bolalarga qiyinlik qilishkni hisobga
olib, bunday o‘ychalar o‘lchamlarini tobora kattalashtirib borish maqsadga
muvofiq.
Individual mashqlar uchun “Juftini top”, “Kartochkaga mos shakl tanla” va
boshqa o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bolalar shakllarning rangli
va kontur tasvirlarini mos qo‘ynshadi, shaklga mos shakl tanlashadi.
Yil oxirida bolalar sodda geometrik shakllarni nafaqat farq qilishadi va
aytishadi, balki ularning ba’zi belgilari bo‘yicha orientir oladigan bo‘lishadi.
Bolalarni buyumlar shaklini geometrik shakllar bilan taqqoslashga o‘rgatish
mumkin. Shu maqsadda maxsus mashqlardan foydalaniladi. Masalan,
tarbiyachi stolga geometrik shaklni qo‘yadi, bolalar esa shu shakldagi
buyumlarni tanlashlari kerak. Geometrik shakl — namuna shakl ayrim
32
bolalarga berilishi ham mumkin, ular shaklni va o‘zlari tanlagan buyumni
ko‘rsatishadi.
Mashqlarni “Xuddi shu shakldagi buyumni top”, “Men nimani aytsam, shuni
top”, “Topshiriq” va boshqa o‘yinlar shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Tarbiyachi har qaysi shakldagi buyumdan ikki-uchtadan tanlaydi. Asta-sekin
ularning miqdorini to‘rt-beshtaga yetkazish mumkin.
5.4.Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
Katta guruhga kelguncha bolalarda yetarlicha katta sensor tajriba to‘plangan va
shakllarni tekshirish ko‘nikmasi takomillashgan bo‘ladi. Tarbiyachi
bolalarning
geometrik
shakllarning
shakllari
haqidagi
bilimlarini
mustahkamlash uchun o‘rta guruh materialini takrorlagandan keyin, ularga
atrofdagi buyumlardan doira, uchburchak, kvadrat shaklini
topishni o‘rgatadi. Masalan, u tarelkaning tagi, stol
ustining sirti, fortochka, qog‘oz varag‘i va boshqalar
qanday geometrik shaklni zslatadi, deb so‘raydi.
Tarbiyachi “Loto” tipidagi o‘yin tashkil qilishi
mumkin. Bolalarga rasmlar (har biriga 3—4, tadan)
beriladi, ular shu rasmlar orasidan tarbiyachi
ko‘rsatayotgan shaklga o‘xshash shaklni izlashlari kerak. Shundan keyin bola
nima topganini aytadi va gapirib beradi.
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik shakllardan har xil naqshlar, o‘zlariga
tanish buyumlar: uchburchaklardan gilam, kvadrat va doiralardan avtomobil,
kvadratlar va uchburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzadilar. Katta
guruhda bolalar yangi tushuncha—“kvadrat” bilan tanishtiriladi. Bunda
tarbiyachi bolalarda mavjud bo‘lgan kvadrat haqidagi tasavvurlardan
foydalanadi. Chunonchi, mashg‘ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta
kvadrat olishadi. Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so‘raydi, ularni
kattaliklari chapdan o‘ngga qarab kamayib boradigan tartibda joylashtirishni
taklif qiladi. Bu shakllar nimasi bilan o‘xshashligini so‘raydi. Bolalar e’tiborini
har qaysi kvadratda qancha tomon va qancha burchak borligiga qaratadi.
33
Shundan keyin tarbiyachi uchburchakning nechta burchagi borligini eslashni
taklif qiladi. Bolalarni bunday xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo‘lgan shaklni
uchburchak deyiladi, agar shaklda 4 ta burchak bo‘lsa, uni to‘rtburchak deb
atash mumkin. O‘z-larida nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak borligini
so‘raydi. Navbatdagi mashg‘ulotda bolalar ikki xil to‘rtburchak— kvadrat va
to‘g‘ri to‘rtburchak oladilar; ikkala shaklni taqqoslaydilar, ular nimalari bilan
o‘xshash, nimalari bilan farq qilishini aniqlashadi. So‘ngra tarbiyachi
bolalarning bilimlarini mustahkamlash uchun ularga qog‘ozga har xil
to‘rtburchaklarchizishni; qog‘ozga hamma tomoni teng to‘rtburchak chizishni
va ular nima deb atalishini aytishni; ikkitadan tomoni teng to‘rtburchak
chizishni; cho‘plardan har xil to‘rtburchaklar tuzishni; to‘rtburchak shaklidagi
buyum-larni topish va aytishni; 2 ta teng uchburchakdan, 4 ta teng kvadratdan
to‘rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar geometrik shakllarning shakllarini bilganliklari uchun ular bilan
qiyinlik darajasi har xil bo‘lgan,masalan, “Tavsifi bo‘yicha top”, “Kim ko‘p
ko‘radi?”, “Xuddi shunday naqsh top”, “Har qaysi shaklni o‘z joyiga qo‘y”,
“Shakli bo‘yicha tanla” kabi didaktik o‘yinlarnio‘tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg‘ulot
ajratiladi. Ularning mavzusi: oval bilan doirani, to‘g‘ri to‘rtburchakbilan
kvadratni va, nihoyat, uchburchaklar bilan to‘rtburchaklarni taqqoslashga oid
bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarni bunday tuzish mumkin.
Mashg‘ulotnint
birinchi
qismida
geometrik shakllar qaraladi, tekshiriladi
va
taqqoslanadi.
Mashg‘ulotning
ikkinchiqismida shakllarning xossalari
va
belgilari
haqidagi
bilimlarni
taqqoslashga doir har xil mashqlar
o‘tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini
shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash
34
o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik shakllar
bilan bajaradigan tekshirish ishlari sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma-
ket savollar qo‘yadi, bolalarning e’tiborini shakllarning xususiyatlari va
xossalariga, o‘xshashlik va farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini
aytib, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi. Masalan, bolalarni oval bilan
tanishtirishda tarbiyachi ovaldan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi,
bolalardan u qanday shaklni eslatishini so‘raydi. Bunda tarbiyachi doirada va
ovalda burchaklar yo‘q ekanini, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan hosil
bo‘lganini ta’kidlaydi, bolalardan shaklni stolda dumalatishni, atrofidan
barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi.
Oval doiradan nimasi bilan farq qilishini ko‘rsatishuchun tarbiyachi ovalni
doira ustiga qo‘yishni, so‘ngra doirani ovalning ustiga qo‘yishni, doira
o‘rtasinitopishni va unga nuqta qo‘yishni hamda doira har xil tomonga —
yuqoriga, chapga, o‘ngga bir xil kengayi
Oval bilan ham xuddi shunday amal bajariladi.
Bolalar odatda doira bir xil, oval esa uzoqroq,cho‘ziqroq kengayishini
ta’kidlab, to‘g‘rixulosa chiqarishadi.
Kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma-
ket savollar beradi; o‘xshashlik va farq qilish alomatlarini topishda bolalarga
yordam beradi. Bu boradagi suhbat quyidagichao‘tkazilishi mumkin:
Tarbiyachi. Bu shakllarnima deb ataladn?
Bolalar. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak.
Tarbiyachi. Biz kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslab, ular nimasi
bilan o‘xshash va nimasi bilan farq qilishini bilibolamiz. Kvadrat oling va undan
barmoq yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (Bolalar kvadratning tomonlari va
burchaklarini topishadi va ko‘rsatishadi.)
Tarbiyachi. To‘g‘ri to‘rtburchakda nimalar bor? Kvadratda va to‘g‘ri
to‘rtburchakda nechtadan tomon va nechtadan burchak bor? (Tomon va
burchaklarni sanab chiqish zarurligi aniqlanadi.)
35
Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakda burchaklar soni tengmi?
Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchak va tomonlarining soni haqidanima
deyish mumkin?
Kvadrat tomonlarining kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qanday
tekshirish mumkin?
Hajmli geometrik shakllar bilan tanishtirishda bolalar har xil tekshirish
harakatlari sistemalaridan foydalanishadi: kontur bo‘ylab barmoqlarini yuritib
chiqadilar, ularning sirtlarini qo‘llari bilan silab chiqadilar, asosni
tavsiflaydilar, yonlarni sanaydilar, ularning kattaliklarini taqqoslaydilar, bunda
bevosita taqqoslash usulidan foydalanadilar.
Masalan, tarbiyachi bolalar bilan birga shar, silindrni tekshiradi. U bolalardan
sharni, silindrni dumalatishni so‘raydi, so‘ngra ularni to‘xtatib, tushuntiradi:
sharga tegsangiz, u dumalaydi, shar juda turg‘un emas, silindr esa dumalashi
ham , turishi ham mumkin.
Tarbiyachi qog‘oz
varag‘iga
silindrni qo‘yib, qalam aylantirib
chiqishni
taklif
qiladi.
Chizilgan
doiracha bilan silindr
asosi
orasidagi bog‘lanish o‘rnatiladi
Bolalar silindrning asosi bo‘ylab
barmoqlarini yuritib chiqadilar. Ular “uning tagi doira” deyishadi.
Har xil mashqlar bolalarning geometrik shakllar haqidagi bilimlarini
mustahkamlash va aniqlash imkonini beradi. Masalan, bolalarga plastilindan
kub, silindr, shar yasashni , qog‘ozdan kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar va
uchburchaklar qirqish, shaklni ikki va to‘rt qismga bo‘lishni, va aksincha,
qnsmlardan butun tuzish, bir xil shakllardan boshqa shakllar tuzishni (ikkita
kvadratdan to‘g‘ri to‘rtburchak tuzish va b.), cho‘plardan u yoki bu shaklni
yasashni taklif qilish mumkin. Chunonchi, tarbiyachi bolalarga cho‘plardan
uchburchak (to‘g‘ri to‘rtburchak) tuzish va unga nechta cho‘p ketganini gapirib
36
berishni taklif qiladi va uchta, oltita cho‘pdan qanday shakl tuzish mumkinligini
o‘ylab ko‘rishni so‘raydi.
Bolalar geometrik shakllarning har xil alomatlariga ko‘ra, ya’ni shakli, rangi,
kattaligi bo‘yicha guruhlarga ajratadilar, ularni kattaliklariiing kamayib borishi
yoki o‘sib borishi tartibida jonlashtiradilar.
Bolalarga shakli yoki rangi bo‘yicha o‘xshash figuralarni tanlashda ularga
nechta guruh hosil bo‘lishini o‘ylab ko‘rishni taklif qilish, so‘ngra amaliy
ishlarni bajarish foydalidir. Muhimi, bolalar u yoki bu topshiriqni bajarib, nima
qilganliklari va natijada nima hosil bo‘lganini, ya’ni u yoki bu guruhga qancha
va qanday shakllar kirganini gapirib berishlari shart.
Bolalarga u yoki bu shaklni tavsifi bo‘yicha topishni yoki “Paypaslab bil” kabi
o‘yinlarda shaklni mustaqil tavsiflashni taklif qilish mumkin .
Mashg‘ulotlarda va kundalik turmushda didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan,
“Har qaysi shaklni o‘z o‘rniga qo‘y” o‘yini geometrik shakllarning bir qator
alomatlarga ko‘ra o‘zgarishini, jumladan, proporsiyalar bo‘yicha, kattaliklari
bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatish imkonini beradi.
Bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash
asosida aniqlashni o‘rgatishga katta ahamiyat beriladi.
O‘yinva mashqlar uchunmayda o‘yinchoqlarva boshqa narsalar tanlanadi.
Buyum
shaklini
baholab,
bolalar
uningbiror
geometrik
obrazga
o‘xshashliklarinigina emas, balki undan farqlarini topishlari ham muhimdir.
Tajriba bolalarga bu juda qiyinlik qilishiniko‘rsatmoqda.
Buyumlarning o‘zlari bilan bir qatorda bolalar ular tasvirlangan rasmlarni
tanlaydilar. Ular oldin geometrikobraz bo‘yicha, keyinroq esa og‘zaki
ishlaydilar.
— To‘g‘ri
to‘rtburchak
tomonlarining
kattaliklari haqida nima deyish
mumkin?
Qanday
tekshirish
mumkin?
37
Har xil
usullardan foydalanish mumkinligi aniqlanadi: shaklni
teng ikki
buklab, oldin qarama-qarshi tomonlarni, so‘ngra burchaklarni (burchakni
burchak bilan) ustma-ust tushurish mumkin, tomonlarni qog‘oz poloska bilan
o‘lchash ham mumkin.
Oxirida tarbiyachi so‘raydi: “Kvadrat nimasi bilanto‘g‘ri to‘rtburchakdan farq
qiladi? Kvadrat nimasibilan to‘g‘ri to‘rtburchakka o‘xshaydi?”
Bolalarni doira bilan ovalni, kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashga
o‘rgatishda bu shakllar har xil o‘lchamda, rangda, har xil fazoviy joylanishda
tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Bolalar qog‘oz, karton, faner,
plastilindan tayyorlangan shakllar bilan ishlaydilar.
Kundalik hayotda, loy va plastilindan narsalar yasash mashg‘ulotlarida bolalar
hajmli geometrik shakllar (shar, kub, silindr) bilan uchrashadilar. Tarbiyachi
bolalar bu shakllarni yaxshilab o‘zlashtirishlariga yordam berishi mumkin.
Ushbu o‘yinlar o‘tkaziladi: “Xaltachadagi nima?”, “Top va jim tur”,
“Xonamizdan sharga o‘xshagan predmetlarni top”, “Kim dumaloq jismlarni
ko‘p aytadi?” Bolalar “Geometrik loto”, “Ettitasi qatorasiga” va boshqa stol
ustida o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘ynashadi. Bu o‘yinlar jarayonida tuzilishi
bo‘yicha yaqin shakllarni ham (oval—doira), hajmli va yassi shakldagi
shakllarni ham (shar—doira, kub—kvadrat) farq qila olish malakalari
takomillashtiriladi, shakl bo‘yicha orientir olish tezligi hosil qilinadi, atrof-
borliqdagi shakllar ko‘p xilliligiga nisbatan bolalarning qiziqishlari
rivojlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |