ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
77
DIATOM SUV OʻTLARNING TARQALISHI VA AHAMIYATI
Ibragimova Mashhura
Qosimjonova Xumora
https://doi.org/10.5281/zenodo.7983594
Annotasiya:
ushbu maqolada tuban suvoʻtlar boʻlimi xususan Diatom suvoʻtlarning tarqalishi
va ahamiyati toʻgʻrisida uning tabiat va qishloq xoʻjaligidagi oʻrni haqida qisqacha maʼlumot
berilgan
Тuban o’simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo’tlar
deyiladi. Suvo’tlar xujayrasida xlorofil bo’lishi bilan baktyeriyalardan farq qiladi. Lekin ular
tarkibida boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo’ng`ir sizil va ko’k- yashil bo’ladi. Хlorofill
borligi uchun suvo’tlar avtotrof o’simliklar hisoblanadi. Suvo’tlar tashqi ko’rinishidan juda
xilma- xil bo’ladi. Ular orasida mikroskopik mayda bir xujayralilar bilan bir qatorda bir necha
o’n metrga yetadigan juda yirik vakillari ham bor. Koloniya bo’lib yashaydigan suvo’tlar bir
xujayralilar orasidagi zvenodir. Ularning tanasi o’zaro bo’sh birikkan xujayralar to’dasidan
iborat. Suvo’tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo’linmagan tallomdir. Biroq
ba’zi vakillarning tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo’lib, funksyasiga muvofiq ravishda
tanasi ayrim qismlarga ajralgan bo’ladi. Suvo’tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo’l bilan
ko’payadi. Jinsiy yo’l bilan ko’payish oogamiya, izogomiya, getyerogamiya tipida ro’y byeradi.
Suvo’tlar dengizlarda va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab har xil chuqurlikda (tiniq
dengizda 100-150 m ) yashaydi. Ularning ba’zilari, asosan, mikroskopik shakillarining juda
ko’p to’dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qiladi. Boshqalari esa suvxavzalari ostiga
yopishib yashab, bentos (suv xavzasi ostidagi o’simlik va hayvon organizmlar to’dasi)
tarkibiga kiradi. Тuproq suvo’tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning
ko’pi tuproqda organik moddalarni to’planishiga yordam beradi va unimdorlikning muhim
omili hisoblanadi.
2. Suvo’tlarining juda ko’p, 25 minga yaqin turi bo’lib, ular 5 ta sinfga bo’linadi. Shulardan biz
quyidagi: ko’k- yashil suvo’tlar (Cyanophyta), yashil suvo’tlar (Chlorophyta), diatom suvo’tlar
(Diatomeae), qo’ng`ir suvo’tlar (Phaeophyta) va qizil suvo’tlar (Rodophyta) sinfi bilan
tanishamiz. Ko’k- yashil suvo’tlar- Cyanophyta. Bu suvo’tlarga eng sodda, ko’pincha bir
xujayrali yoki koloniya bo’lib yashaydigan organizmlar kiradi. Kamdan - kam holda ko’p
xujayrali, ipsimon shakillari ham uchraydi. Ko’k - yashil Ko’k- yashil suvo’tlarining o’ziga xos
vakillaridan biri ossillyariyadir.
Bular ko’pincha Markaziy Osiyoda aris bo’ylarida, tog darayolaridagi toshlarda uchrab, ko’kish
shilimshis dog hosil qiladi.
Ko’k- yashil suvo’tlarining yana bir vakili nostok bo’lib, u tezohar toza suvlarda yashaydi.
Markaziy Osiyo sharoitida u ko’pincha tog daryolaridagi toshlarda, kamdan- kam zax
yyerldarda uchraydi. Nostok koloniya bo’lib, yashaydigan suvo’ti bo’lib, uning ilonizi
shaklidagi ipchalari o’z atrofida juda ko’p shilimshis to’plab, tuzlangan pomidorga o’xshash
bo’lakcha hosil qiladi.
Diatom suvo’tlar tuban o’simliklar orasida katta bo’limni tashkil etadi , ular 10000 dan ortiq
turni o’z ichiga oladi. Ular bir hujayrali yosh kolloniali mikroskopikm organizmlar bo’lib ,
xarorati va kimyoviy tarkibi xar xil bo’lgan dengiz va okean suvlarida , suningdek chuchuk
suvlarda bentos va plankton holda hayot kehiradi. Bazi vakillari zax yerlarda , iliq suvli
buloqlarda , qor ustida hamda polyar kenglikdagi muzliklar ustida keng tarqalgan . F. Nansen
Dostları ilə paylaş: |