Ilm xazinadir, uning kaliti esa so‘rashdir



Yüklə 8,05 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü8,05 Kb.
#168586
SO\'ROQ BELGISI


So‘roq belgisining ishlatilishiga oid TAQDIMOTLAR.
KUN HIKMATI
“Ilm xazinadir, uning kaliti esa so‘rashdir”.
SO‘ROQ BELGISINING ISHLATILISHI
Berilgan gaplarni o‘qing.
Nuqtalar o‘rniga qanday tinish belgisi qo‘yasiz?
O‘ylab ko‘ring.
Jonli tabiatga qiziqasizmi…
Kamalak necha xil rangda jilolanadi…
Qutb yulduzini bilasizmi…
Savol mazmunidagi gaplar so‘roq gaplar hisoblanadi.
Ular so‘roq so‘zlari va –mi, -chi, -a, -ya kabi so‘roq mazmunidagi qo‘shimchalar yordamida hosil bo‘ladi:
– “Meniyam kitob qilib yozsang-chi?” – degan edingiz.
– “Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi” – degan edim men.
BILIB OLING!
Ko‘pincha kim?, nima?, qanday?, qancha?, nima qilmoq? so‘zlari gap ichida qo‘llanganda ular ortidan so‘roq belgisi qo‘yiladi:
Eshikni kim taqillatdi?
Dunyo dunyo bo‘lib yaraldi qachon,
Hayot ohanglari taraldi qachon?
BILIB OLING!
AQLLI BOLANING JAVOBI

Podshohlardan biri o‘z vazirinikiga mehmonga boribdi. Vazirning odobli, so‘zi chiroyli o‘g‘li bor ekan. Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi:


– Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi?
–Qachon podshoh otamning uyida bo‘lsa, albatta,otamning uyi chiroyli! – deb javob beribdi bola.
Matnni diqqat bilan o‘qing. So‘roq gaplarni toping.
AQLLI BOLANING JAVOBI

Keyin podshoh barmog‘idagi qimmatbaho uzukni ko‘rsatib undan
so‘rabdi:
– Bu uzukdan ham chiroylisini ko‘rganmisan?
– Ha! Uzuk taqilgan qo‘l uzukdan chiroyli, – debdi bola.
Podshoh uning hozirjavobligidan taajjublanib, yana so‘rabdi:
– Mendan keyin podshoh bo‘lishni istaysanmi?
– Podshohning o‘g‘li mendan ko‘ra podshohlikka haqliroq, –
debdi bola.
Bu javobdan podshohning shodligi yanada oshib, vazirning
o‘g‘liga bergan tarbiyasidan mamnun bo‘libdi.

MATN YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR

MATN YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR


2. Bu uzukdan ham chiroylisini ko‘rganmisan?
1. Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi?
3. Mendan keyin podshoh bo‘lishni istaysanmi?
Agar siz vazirning o‘g‘li bo‘lganingizda quyidagi savollarga qanday javob bergan bo‘lar edingiz

MUSTAHKAMLASH


Quyidagi so‘zlarga savol berib, jadvalga joylang.
Batafsil, ancha-muncha, voyvoylamoq, krossvord, diyonat,
repetitsiya, ta’mirlamoq, zalvarli, jilovlamoq, ibtidoiy, birmuncha,
yigirmata, ilg‘or, shu’lalanmoq, yarim, saranjom-sarishta, ozgina,
adib, shug‘ullanmoq.

Kim?,nima?

Qanday?

Qancha?

Nima qilmoq?

MUSTAHKAMLASH


Kim?,nima?

Qanday?

Qancha?

Nima qilmoq?

krossvord

batafsil

ancha-muncha

voyvoylamoq

diyonat

zalvorli

birmuncha

ta’mirlamoq

repetitsiya

ibtidoiy

yigirmata

jilovlamoq

adib

Ilg‘or

yarim

shu’lalanmoq

Saranjom-sarishta

ozgina

shug‘ullanmoq

Topshiriqning yechimi

TOPSHIRIQ


Ushbu gaplarni so‘roq gaplarga aylantirib yozing
1. Yaxshilikdan so‘zlagan foyda topadi, yomon gapirgan gunohkor
bo‘ladi. (Luqmoni Hakim)
2. Boshqalarni hurmat qilgan odamgina hurmatga loyiq. (Suxomlinskiy)
3. Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat.
(Anvar Obidjon)

TOPSHIRIQNING YECHIMI


Ushbu gaplarni so‘roq gaplarga aylantirib yozing

DARAK GAP

SO‘ROQ GAP

1. Yaxshilikdan so‘zlagan foyda topadi, yomon gapirgan gunohkor bo‘ladi.

1. Yaxshilikdan so‘zlagan foyda topib, yomon gapirgan gunohkor bo‘ladimi?

2. Boshqalarni hurmat qilgan odamgina hurmatga loyiq.

2. Qanday odam hurmatga loyiq bo‘ladi?

3. Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat.

3. Nimaning har lahzasi go‘zal, har dami g‘animat?

Topishmoqlarning javobini toping.
1. Dengizi bor – suvi yo‘q, Yo‘llari bor – izi yo‘q. U nima?
2. “Kun yuzini ko‘rmadim” degan kim?
3. Ko‘kda ko‘rdim ko‘prik, Rangi yetti turlik. Bu nima?
4. Mevasini el olar, Barglarini yel olar. Bu-chi?
5. Bozordan oldim bir dona, Ochib qarasam, ming dona. Bu
nima?
MUSTAHKAMLASH
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Yüklə 8,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin