Immunopatologiya organizmga shikayet yetkazadigan immun reaksiyalarnigina emas, balki immun siste-masining oʻzgarishi bilan davom etadigan kasalliklarni ham oʻrganadi
Immunopatologiya — organizmga shikayet yetkazadigan immun reaksiyalarnigina emas, balki immun siste-masining oʻzgarishi bilan davom etadigan kasalliklarni ham oʻrganadi. Bunda immun reaksiyaning tormozlanishi va kuchaytirish metodlariga qam alohida eʼtibor beriladi.
Soʻnggi yillarda organizmning nospetsifik taʼsirlarga nisbatan biror turdagi hujayralar va mikromoleku-lalarga koʻsatadigan reaksiyasi ham oʻrganilmoqda. Bu soha noinfeksi-on I. deb ataladi. Koʻp hujayrali har bir organizmdagi oqsillar va hujayra membranalari oʻziga xos tuzilgan. Tashqaridan kiritilgan qujayra va molekulalar organizm uchun begona bulib, organizmda ularni chiqarib yuborishga qaratilgan immun reaksiyalar ruy beradi. Shuning uchun kuchirib oʻtkazilgan organ va toʻqimalarni, eng takomillashgan jarrohlik texni-kasi mavjudligiga qaramay, organizm qabul qilmaydi, chunki organ va toʻqimalar organizmga immunologik jihatdan toʻgʻri kelmaydi (toʻqimalarning bir-biriga nomutanosibligi, mos bulmasligi). Transplantatsion I. ana shu toʻsiqning kelib chiqish mexanizmlari va uni yengish masalalarini oʻrganadi. Noinfeksion I. ningusmalar I. si boʻlimi esa oʻsma antigenlarini aniqlab, xavfli oʻsmaga aylanib ketgan hujayralarni olib tashlash usullarini oʻrganadi.
Klinik I. — kasalliklarni aniqlash, ularning oldini olish va davolash maqsadida immunologik re-aksiyalardan foydalanish bilan shugʻullanadi. Hyp taʼsirida organizm immun reaktivligining buzilishini oʻrganadigan radiatsion I., qon hujayralarining antigen tarkibi, kon siste-masining immunologik zararlanish sabablari va rivojlanish mexanizmini tekshiradigan immunogematologiya ham rivojlanmoqda.
I. immunoprofilaktika, immunoterapiya va immunodiagnostika metodlarini ishlab chiqadi. Tibbiyotning gematologiya, infektologiya, akusherlik, dermatologiya va h. k. sohalari hamda biol. ning biokimyo, embriologiya, genetika va antropologiya kabi sohalarida nozik tahlil (analiz)lar oʻtkazishda antigen (mikrob, virus, yot oq-sil moddalar va b.) bilan antitelolarning uzaro taʼsiri juda spetsifik boʻlishiga asoslangan immunologik tekshirish metodlari keng qoʻllaniladi.