Inflyatsiya - bu muomaladagi pul massasining ko‘payishi natijasida pulning qadrsizlanishidir.
Inflyatsiya - lotincha “inflatio” so'zidan olingan bo'lib, “shishish”, “bo'rtish”, “ko'tarilish” degan ma'nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o'sishi) tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko'tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Pulning qadrsizlanishi nima? Pulning qadrsizlanishi deganda, bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib kamroq bo'lgan tovar va xizmatlarni sotib olish, ya'ni sotib olinishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorining vaqti kelib kamayishi tushuniladi.
K. Marks fikricha, tovarlar va xizmatlar baholarining oshishi natijasida muomaladagi pul massasi ko‘payadi va buning natijasida pul qadrsizlanadi.
K. Marks fikricha, tovarlar va xizmatlar baholarining oshishi natijasida muomaladagi pul massasi ko‘payadi va buning natijasida pul qadrsizlanadi.
M.Fridmen fikricha, muomaladagi pullarning ko‘payishi tovarlar va xizmatlar baholarining oshishiga olib keladi va natijada pul qadrsizlanadi.
1. Inflyatsiya tushunchasining mazmuni
1. Inflyatsiya tushunchasining mazmuni
Inflyatsiyaning namoyon bo‘lish shakllari:
1. Milliy pul tovarlar va xizmatlarga nisbatan qadrsizlanadi.
2. Milliy pul xorijiy valyutalarga nisbatan qadrsizlanadi.
3. Milliy valyuta oltinga va zargarlik buyumlariga nisbatan qadrsizlanadi.