4-mavzu Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va a
4-mavzu: Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va axborot
texnologiyalari” fanini o‘qitishda talabalarning mediakompetentligini
rivojlantirish texnologiyasi Reja: Pedagog kadrlarning mediakompetentligi: tuzilishi va ko‘rsatkich darajalari
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmunini mediakompetentlikni rivojlantirish asosida takomillashtirish
XXI asrda axborot, bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish vazifasi jahon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtining muhim omiliga aylanib bormoqda. Bu esa ta’lim
tizimining yangi, innovatsion tuzilmasini yaratishni taqozo etmoqda. Negaki, yangilangan iqtisodiѐt innovatsion ta’lim tizimisiz rivojlana olmaydi. Bilimlar hozirgi jahon xo‘jalik
tizimining qudratli resursi va boyligi ekanligi bois, zamonaviy ta’lim tizimi ham dunѐ standartlariga hamohang bo‘lishi tabiiy. Milliy ta’lim tizimining modernizatsiya qilinaѐtgan zamonaviy bosqichi fundamental o‘zgarishlar va tizimli ѐndashuv bilan xarakterlanadi. Zero, shiddat bilan o‘zgaraѐtgan dunѐda ѐsh avlodni yetuk kadrlar qilib tayѐrlashga mas’ul bo‘lgan pedagoglar oldiga qo‘yilaѐtgan talablar nihoyatda yuqori bo‘lib, ular sifat jihatidan yangi, intellektual, ma’nan barkamol va yuksak professional salohiyatli shaxslarni shakllantirishga
yo‘naltirilgan. Ma’lumki, ta’lim sifati ko‘p jihatdan o‘qituvchining kompetentligi va kasbiy mahorati bilan belgilanadi. ―Kompetentlik atamasi (lotincha competentio intilaman, loyiqman, munosibman) – chuqur bilim va tajribaga egalik, yuksak mahorat, xabardorlik, omilkorlik deganidir [17]. Kompetentli ѐndashuv dunѐda ta’limning konseptual asosiga aylanmoqda. Ayni paytda kompetentlik bu nafaqat bilimlarga ega bo‘lish, balki ularni amaliѐtga moslashtira olish imkoniyati hamdir [17;52]. Zamonaviy jamiyat va bugungi ta’lim tizimiga innovatsion mediakompetentli pedagoglar zarur. Nega deganda, innovatsion tafakkurli va kreativ pedagoglar ta’lim jaraѐnini yangi mazmun bilan boyitib, uni yuqori sifat bosqichiga ko‘tarilishining muhim omili ham bo‘lib xizmat qiladi. Innovatsion mediakompetentli pedagogning faoliyati aynan shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda ta’lim oluvchilarga o‘zgarib borayotgan ijtimoiy makonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarda o‘zlashtirilgan bilimlari asosida mustaqil qaror qabul qila olish, masalalarni tezkor hal qilish, o‘zining barcha qobiliyatlarini ro‘ѐbga chiqara olish ko‘nikmalari o‘rgatiladi. Chunki uchinchi ming yillikda mehnat bozori kuchli raqobat va iqtisodiy ehtiѐj muhiti sharoitida kadrlar tanlashga alohida e’tibor berib, ularni jiddiy saralamoqda. Ish beruvchilar mutaxassislarning nafaqat bilim darajasini, balki to‘plagan tajribasini, o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘lida yangi bilimlarni o‘zlashtirish ko‘nikmasini ham baholashmoqda.
Bunday sharoitda mutaxassislarni tayѐrlashda medianing roli ancha ortadi. Bu esa o‘z navbatida pedagogdan yuksak eruditsiya, ulkan ijodiy, ilmiy salohiyat va tashabbuskorlikni talab qiladi.
Mediakompetentli o‘qituvchi (pedagog) faoliyati quyidagi jadvalda aks etgan (2.1-jadval): Pedagog o‘z mediakompetentligini oshirishi, talabalar bilan yaqin muloqotga intilishi, o‘quv maqsadlari uchun internet tarmog‘i resurslaridan imkon qadar keng foydalanishi davr talabidir. Pedagog virtual makonining rivojlanishi uning kasbiy o‘sishiga olib keladi, uning mutaxassis sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirishi uchun zarur rag‘batni ta’minlaydi. OTM ma’muriyati professor-o‘qituvchilarning mazkur faoliyatini faol rag‘batlantirib borishi kerak, zero, bu kabi ishlar OTMda ta’lim va tarbiya sifatining oshishini ishonchli tarzda ta’minlaydi. Zamonaviy jamiyat va ta’lim tizimi dinamikasi pedagogik kadrlar tayorgarligiga nisbatan yuqori talablar, jumladan, axborotlashtirilgan jamiyatda ishlay olish talabining yuzaga kelishiga ko‘maklashdi.