Ingliz tili va adabiyoti fakulteti: Ingliz tili va adabiyoti yònalishi



Yüklə 15,14 Kb.
tarix10.05.2022
ölçüsü15,14 Kb.
#57366
HISOBOT 2022


Ingliz tili va adabiyoti fakulteti: Ingliz tili va adabiyoti yònalishi

2 Bosqich 206-guruh talabasi

.............................

Amaliyot hisoboti

Navoiy viloyati Navoiy shahar Xalq ta'limiga qarashli 2-sonli umumiy òrta ta'lim maktab direktori Yusupov N. O.

Chet tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti: ingliz tili va adabiyoti yònalishi 2-bosqich 206- guruh talabasi ............................................ amaliyot davri

Hisoboti

Men .......................................... 18.04dan 2.05gacha Navoiy shahar 2- umumiy òrta ta'lim maktabida malakaviy amaliyotda boldim.

Amaliyotim davrida ingliz tili òqituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va òrgandim. Òqituvchilarning dars otish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bòladigan turli òqitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarining dars davomida qòllanilishini, shu bilan birga, noananaviy òqitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida òquvchi bilan tòģri va samarali aloqa òrnatishni kuzatdim va òrgandim. Ingliz tili òqituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni tòģri tashkillashtirish, mavzuga mos bòlgan materiallar, kòrgazmali qurollar,tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan òyinlar tayyorlashni, barcha òquvchilar bilan birdek ishlashni, darslarga jalb qila olishni, òquvchilarni raģbatlantirishni, vaqt taqsimotini tòģri tashkil etishni òrgandim va òzim ham mustaqil ravishda òquvchilarga òqituvchi nazoratida dars òtdim. Bunda menga òqituvchilardan òzlashtirgan bilimlarim samara berdi.

Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashtirishni nimalarga kòproq e'tiborli bòlish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni òrgandim.

Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda òtkaziladigan ma'naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma'naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh raxbari ish rejasi asosida ma'naviy- ma'rifiy ishlarni amalga oshirishni òrgandim. Davomat va òzlashtirishi past òquvchilar bilan ish olib borishni ularga kòmaklashishni òzlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yòl- yòriqlari yordam berdi.

Shuningdek, amaliyotim davomida bòlip òtgan bir necha tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillashtirish jarayonida òqituvchilarimga yordam berdim. Òzim ham mustaqil tarzda tadbir òtkazdim. Bunda albatta maktabdagi ustozlar va òquvchilarning yordamlari katta madad bòldi.

2 haftalik amaliyot oshirish davrida men shunday xulosaga keldimki: òqituvchining bilim saviyasi, ma'naviyati jamiyatini harakatga keltiruvchi taraqqiyotga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Shuning uchun ham òqituvchi, har doim bilim va malakasini oshirib borishi kerak. Men amaliyot davrida olgan bilimlarimni òquvchilarga dars òtish jarayonida qòllshga harakat qilaman.

Maktab direktori : Yusupov N. O.

Òquv ishlari bòyicha direktor òrin bosari: Boboqulov A. F.

Amaliyotchi talaba:.....................



Amaliyot òqituvchisi.....................
Yüklə 15,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin