Interfaol usullar



Yüklə 21,13 Kb.
tarix07.01.2023
ölçüsü21,13 Kb.
#78654
INTERFAOL USULLAR


INTERFAOL USULLAR

  • Muallif: zulfiya

  • Toifa: Interfaol usullar

  • 13-04-2015, 00:30

  • Ko'rilgan': 2667

INTERFAOL USULLAR
Tavsiya etilgan mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tish uchun o'qitishning interfaol usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Shu o'rinda mazkur tushunchaga izoh berib o'tish lozim. «Interfaol» so'zi inglizcha «interact» so'zidan olingan bo'lib, «Inter» - «o'zaro», «act» - «harakat qilmoq» ma'nolarini anglatadi. Interfaol - biror buyum (masalan, kompyuter) yoki shaxs bilan o'zaro aloqada yoki dialogda bo'lgan holatni anglatadi. Binobarin. interfaol usulida o'qitish - bu, eng avvalo, dialogga asoslangan o'qitish bo'lib, dars jarayonida o'qituvchi bilan o'quvchi o'zaro hamkorlikka kirishadi, ayni paytda, o'quvchilar orasida ham o'zaro muloqot imkoni vujudga keladi.
Interfaol metodning mohiyati shundaki, hamma o'quvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadi, ular mavzuni o'z tafakkuri, o'z bilimlarini ishga solgan holda tushunish va anglash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Bilish, o'quv materialini o'zlashtirish, muammolar yechimni topish yo'llarini izlash, hal qilish jarayonida o'quvchilaming hamkorligi, har bir ishtirokchi ushbu jarayonga o'z hissasini qo'shayotgani, bilim, tajriba, fikr almashinuvi kechayotganini anglatadi. Ayni paytda, bularning hammasi o'zaro xayrixohlik, bir-birini qo'llab-quvvatlash muhitida o'tadi. Bu esa yangi bilimlarni chuqur o'zlashtirish, bilish faoliyatida o'zaro hamkorlik va birdamlikni kuchaytiradi.
O'qitishning interfaol metodi darslarda o'zaro dialog - suhbat shaklida munosabatga kirishishni taqozo etadi, bu o'zaro bir-birini tushunish, umumiy, iekin har bir o'quvchi uchun muliim bo*lgan masalalarni birgalikda hal qilishga olib keladi. Interfaol usulida o'qitish paytida o'quvchilar tanqidiy fikrlashga, qiyin muammolar yechimini vaziyat tahlili va kerakli axborot asosida topishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muomalaga kirishishga o'rganadilar.
Interfaol o'qitishning qator o'ziga xos jihatiari mavjud.
Eng avvalo, bu insonning hayotdagi muhim ehtiyojlaridan birl insonlararo aloqa ahamiyatining tan olinishidir. O'quv jarayoni esa aynan shunday aloqaning ko'rinishlaridandir. Ikkinchisi, ta'lim jarayonida barcha ishtirokchilarga teng darjada imkoniyatlar yaratilishidir. Uchinchi jihati, o'quv guruhini sermahsul muloqotga ijtimoiy-ruhiy bosqichma-bosqich tayyorlashdir: dialog-suhbatda ishtirok etish faqat tinglay bilish, gapira olishni emas, flkrning boshqalarga tushunarli bo'lishini ham talab qiladi. To'rtinchi jihati - umumiy, o'zaro kelishilgan qarorga kelish va qabul qilgan qaroriga muhitning (tabiiy, ijtimoiy) munosabatlarini bilish uchun guruhda ishlashdan iborat.
Biz:
o'qiganimizning 10 %ini;
eshitganimizning 20 %ini;
ko'rib eshitganimizning 50 %ini;
gapirayotganlarimizning 80 %ini.
gapirayotganlarimiz va amalda bajarayotganlarimizning 90 %ini eslab qolamiz.
Axborotni o'zlashtirish mexanizmlarini tushunish uchun Glasser ehromidan foydalanish mumkin. U olingan axborotni eslab qolishning turli mexanizmlari samaradorligi darajasini aks ettiradi.
Interfaol metodlar axborot olishning turli usullarini birgalikda qo'llashni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda metodist va o'qituvchilar tomonidan guruhlarda ishlashning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Ulardan ayrimlarirti e'tiboringizga havola qilamiz.

« Kelishuvlar »


«Kelishuvlar» - siz mashg'ulot o'tkazilayotgan guruh bilan butun tadbir jarayonida- amal qilishga kelishib olgan qoidalar. Guruh ularni o'zi belgilashi kerak. Buning uchun «aqliy hujum» o'tkaziladi, biroq «tilaklar»dan farqli o'laroq, barcha ishtirokchilar qoidalarni ma'qul deb topishlari lozim. Barcha kelishuvlar yozib olinganidan so'ng, ishtirokchilar ularni imzolashlari kerak. Kelishuvlar o'qituvchiga o'quvchilarning guruhdagi xulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatini beradi, u o'rni bilan o'zlari ishlab chiqqan va amal qilishga rozi bo'lgan qoidalar borligini eslatib turadi.
«Aqliy hujum»
Ma'lum reja asosida o'tkaziladigan muhokama jarayonida muam-moning yechimini guruh bo'lib topish usuli. Bu usul qisqa vaqt ichida qo'yilgan muammoni hal qilishning ko'plab yo'llari va usullarini yig'ish imkonini beradi. Muammo o'rtaga tashlanganidan so'ttg, barcha ishtirokchilarga ushbu muammo bilan bog'liq fikr, jumla yoki so'zlarni aytish taklif qilinadi. Barcha gaplar qanday aytilgan boMsa, shundayligicha izoh va tuzatishlarsiz doskaga yoki vatmanga yozib olinadi.
«Aqliy hujum» qoidalari:
- barcha ishtirok etadi, barchaga fikrini bildirish imkoniyah
yaratilishi lozim;
- har qanday g'oya, fikr qabul qilinadi;
- izohlanmaydi va tanqidiy mulohaza bildirilmaydi;
- vaqt chegaralariga amal qilinadi.
Kichik guruhlarda ishlash
Kichik guruhlar kattalariga nisbatan faoliyat uchun kengroq imkoniyatlar yaratadi. Kichik guruhlardagi bahslar katta guruhlar ishini rag'batlantiradi.
Dars o'tish jarayonida katta guruh bir necha kichik guruhlarga bo'linadi, har bir guruhda to'rt-besh o'quvchi bo'ladi, ular ko'tarilgan muammoni muhokama qiladilar, yechimini taklif qiladilar. Ushbu metod har bir o'quvchiga faol ishtirok etish, o'zining shaxsiy ish marommi tanlash imkoniyatini yaratadi. Har bir ishtirokchi o'z fikri bilan barchaga yordam beradi. O'z qarashlarini bildirish orqali ular o'z imkoniyatlarini his qiladilar, ularga ishonchlari ortadi.
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:
- guruhlarga bo'layotganda o'yin usullaridan (meva, gul turlari va
h.k.) foydalaning;
- har bir guruh oldiga aniq vazifa qo'ying, uni o'quvchilar uchun
tushunarli bo'lgan shaklda yetkazing;
- guruh ichidagi kichik guruhlar vazifa oladi, keyin hamma
baravariga uni bajarishga kirishadi;
- vazifa bajarilgach, muammo katta guruhda muhokama qilinadi,
buning uchun har bir kichik guruh vakili barcha ishtirokchilami o'z
guruhi fikri va ish natijalari bilan tanishtiradi;
- o'qituvchi ekspert vazifasini bajaradi, yakun yasaydi va zarurat
tug'ilsa, guruhlar taqdimotiga odob bilan, izzat-nafsiga tegmaydigan
qilib qo'shimcha kiritadi.
«O'yla - mulohaza qil - o'rtoqlash - qiyosla» metodi
Bu metod qatnashchilarga o'z ma'lumotlari bilan o'rtoqlashish, hamma qatnashchilarning nuqtayi nazarini hisobga olish, guruhning barcha g'oyalarini jamlashda yordam beradi.
Mashq 4 bosqichdan iborat:
1) 3-5 daqiqa ichida har bir ishtirokchi tanlagan mavzu yoki
muammosi yuzasidan alohida mulohaza yuritib, fikrlarini (yoki qo'yilgan
savollarga javoblarni) yozadi;
2) keyingi 5 daqiqada o'quvchilar ikki kishidan bo'lib, o'zaro fikr
almashadilar va shaxsiy ro'yxatlarini to'ldiradilar;
3) keyingi bosqichda 4—6 kishilik guruhlarda fikr almashinadi;
4) yakunlovchi bosqichda barcha fikr va g'oyalar jamlanadi, javoblar qiyoslanadi. Har bir guruh navbat bilan biror g'oyani ilgari suradi. Mashqni o'tkazayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
- ajratilgan vaqt chegarasidan chiqmaslik;
- boshqalarning fikrini takrorlamaslik;
- aytilgan fikr va mulohazalarni muhokama qilmasdan va baho
bermasdan qabul qilish.
«Yumaloqlangan qor»
Mashq mavzusi beriladi. Oldin hamma mavzu ustida alohida mushohada yuritadi va fikrlarini yozib qo'yadi. Key in o'quvchilar 2 kishilik guruhlarga birlashadilar va varaqqa o'z fikrlarini yozadilar, agar fikrlar takrorlansa, faqat bittasi yoziladi. 2 kishilik guruhlar 4 kishidan iborat guruhlarga va h.k. birlashishda davom etadi. Guruhdagi qatnashchilar soni 8 tadan oshmasligi kerak. Guruhlarni turli yo'llar bilan birlashtirish mumkin. Nihoyat, so'nggi guruh (8 kishilik) har bir ishlab chiqilgan g'oyani alohida qog'oz varag'iga yozadi va doskaga yopishtirib taqdimot o'tkazadi.
Kartochkalar
Ushbu mashqning o'tkazilish tartibi quyidagicha:
- kartochkalar (varaqlar) tarqatiladi;
- ma'lum mavzu bo'yicha savollar beriladi;
- har kim alohida kartochaga javobini yozadi;
- 2-3 kishi bo'lib guruhlarga birlashiladi:
- umumiy kartochkaga guruhning fikrini ifodalovchi javob yoziladi;
- guruhlar ikkitadan bo'lib bir guruhga birlashadilar, jarayon davom
etadi.
Oxirida barcha bitta umumiy (agar umumiy qarorga kelishning mutlaqo iloji bo'lmasa bir necha) javobni tayyorlaydi.
Rolli o'yinlar
Bu mashqlarda o'quvchilar o'zlarini boshqa birov deb tasavvur qilishlari lozim. Mazkur metod ijodiy faollik, taffakkur, tasavvurni ishga solish, ko'pchilik oldida so'zga chiqish ko'nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ishtirokchilarning muammoga munosabatini bildirish imkoniyatini yaratadi.
«Buzuq telefon»
Maqsadi: axborotni berishda yo'l qo'yilgan xatoni topish. Axborotni mantiqiy anglash.
Kirish. Ushbu topshiriqni bajarishda 6 kishi qatnashadi. 5 kishi xona tashqarisida kutib turadi, bir kishi xonada qoladi. Xonada qolgan kishiga og'zaki topshiriq beriladi.
U imkon qadar topshiriqni eslab qolishga harakat qiladi va yodida qolganlarini tashqarida turgan kishiga aytadi. Ikkinchi ishtirokchi axborotni uchinchisiga aytadi va h.k. Axborot qanday og'izdan-og'izga o'tishi kuzatiladi va muhokama qilinadi.
Masalan, xonadagi ishtirokchiga shunday topshiriq beriladi: «Siz maktab direktori muovinisiz. Direktorimiz Sobir Komilov Sizni uzoq kutdi va bazaga yapon apparaturasini rasmiylashtirish uchun ketayotganini aytdi. U yerdan Xalq ta'limi tuman bo'limiga o'tishini aytdi. Agar Sobir Komilov 12.00 gacha qaytib kelmasa, 8-«V» sinfning o'zlashtirilishi muhokama qilinadigan o'qituvchilar majlisini o'zingiz o'tkazar ekansiz. Keyin maktabimizga Polshadan kelayotgan delegatsiyani kutib olish uchun aeroportga 1 ta «Neksiya» va 1 ta «Damas» mashinasini yuborish zarur. Soat 17.00 da ta'minot bo'limiga go'sht kelar ekan. Harama o'qituvchilarga 2 kg dan tarqatish, direktornikini esa sovutgichga solib qo'yish kerak».
Ushbu xabarni ishtirokchilarning hammasi navbatma-navbat bir-birlaridan eshitadilar.
Topshiriqning nihoyasida axborotning mazmuni buzilganligi ma'lum bo'ladi. Axborot bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tganida mazmuni buziladi va bu g'iybat, mish-mishlarga sabab bo'ladi.
Axborot uzatilayotganda xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun uni diqqat bilan va faol o'zlashtirishga qaratilgan mashqlar o'tkaziladi.
Bunda uch kishidan iborat guruhlar ishtirok etadi; guruhlar axborot beruvchi, tinglovchi va kuzatuvchi vazifalarini bajaradilar.
Birinchi ishtirokchi o'z hayotida ro'y bergan biror hodisani gapirib beradi. Tinglovchi uni eslab qoladi va qayta so'zlaydi. Kuzatuvchi tinglovchining xatolarini topadi.
Topshiriqni bajarish jarayonida ishtirokchilar verballashuv, ya'ni axborotni faol qabul qilish metodini o'zlashtiradilar.
«Menga sendagi... yoqadi» o'yini
O'quvchilar davra qurib o'tiradilar. Bir-birlariga «menga sendagi... yoqadi» so'zlarini aytib koptok irg'itadilar; bunda koptok yo'llangan kishining biror ijobiy xislati nomlanishi kerak.
O'yin shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, o'quvchining o'ziga bergan bahosini oshirishga mo'ljallangan.
«Ot o'yin»
8-10 kishi ikkita - tashqi va ichki doira hosil qilib, qarama-qarshi o'tiradilar. Tashqi doirada o'tirgan kishi ichki doiradagi sherigiga biror mavzu bo'yicha (OITS, JYBYK va h.k.) axborot beradi. So'ng barcha о'mini almashtiradi va endi ichki doiradagilar axborot beruvchilar bo'lib qoladilar.
O'qituvchi quyidagiga o'xshash savolni berishi mumkin:
- Axborotni aniq ifodalash va boshqaga to'g'ri yetakazish oson
ekanmi?
- Agar har xil davralarga tushib qolsangiz, o'zingizni qanday his
qilgan bo'lar edingiz?
O'yin o'z oldiga shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash maqsadini qo'yadi. Tinglash, axborotni qisqa va aniq ifodalay olish qobiliyatini shakllantiradi.
Guruhdagi bahs
Bahsli masala yuzasidan turli nuqtayi nazarlarni aniqlash va barcha ishtirokchilar o'z xulosalarini chiqarishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida o'tkaziladi. Bunga jo'shqin, hissiyotlarga boy aql-idrok bellashuvi muhiti yordam beradi.
Katta guruhda bir muammo yoki mavzu muhokama qilinadi. Mavzuni oldindan rejalashtirgan ma'qul. Maxsus savollar tuzish kcrak, bu ishtirokchilarni o'z fikr-qarashlarini ifodalashga rag'batlantiradi. Bahsda ishtirokchilar o'z qarashlari himoyasi uchun istalgan qarshi asos, dalil keltirishlari mumkin. Guruh bo'lib bahslashish chuqur taassurotlarni qo'zg'aydi, yodga soladi, ishtirokchilami boshqa sharoitda ifodalay olmaydigan fikrlarini aytishga undaydi. Ba'zan qarashlar mos kelmasligi mumkinligini unutmaslik va tomonlar o'rtasida janjal chiqishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
«Sinkveyn» metodi
O'yin nomi fransuzcha «cinq» so'zidan olingan bo'lib, «besh» degan ma'noni anglatadi.
Biror so'zning beshta sifat xususiyati tavsiflanishi zarur. O'quvchilarga mavzuning kalit so'zlari beriladi (masalan, do'stlik, o'zaro aloqalar, sevgi va h.k.). Har bir o'quvchi alohida qog'oz
varag'iga ushbu so'zning xususiyatlarini yozadi, ular ot ham, fe'l ham, sifat ham bo'lishi, shuningdek, ijobiy yoki salbiy jihatini aks ettirishi mumkin.
Masalan, «sevgi» so'zi.
1. Sevgi - ot.
2. Suymoq - fe'l.
3. Vafodor-sifat.
4. Insonni ruhlantiradi - ijobiy jihati.
5. Iztirob chekishga majbur qiladi - salbiy jihati.
«Sehrli quticha»
O'quvchilaming bilim doiralarini kengaytirishda ushbu metoddan foydalanish samarali natijalar beradi, chunki o'quvchi mavzu yuzasidan istagan, hatto o'qituvchi tilga olmagan masalalarga oid savollar berishi mumkin.
O'quvchilar anonim (muallifini ko'rsatmagan) ravishda savol yozadilar va ularai maxsus qutichaga tashlaydilar. Savollarga o'qituvchi yoki o'quvchi (agar o'qituvchi o'quvchining bilimini baholamoqchi bo'lsa) javob berishi mumkin.
«Hayotiy vaziyatlar» o'yini
Muhokama qilinayotgan muammoga oid aniq vaziyatlar darsda
olingan bilimlardan foydalangan holda ko'rib chiqiladi. Odatda, ular
sahna shaklida namoyish etiladi.
Ushbu metodning kuchli tomonlari quyidagilardan iborat:
barcha qatnashchilarning jalb etilishi, bilimlarning amaliyotda
qo'llanilishi va o'sha zahotiyoq; tekshirilishi, amaliyotga yo'naltiril-
ganligi.
Mashg'ulotlarda qo'llanadigan harakatli o'yinlar
Charchoqni olish uchun mashqlar orasida o'quvchilaming jismoniy faolligini ishga soluvchi o'yinlar bilan oyoq-qo'lning chigilini yozib turish kerak. Bunday o'yinlar bir maromdagi jarayonlarga xilma-xillik, jo'shqinlik baxsh etadi. O'yinlardan maqsad - texnikani o'zgartirish, bosim o'tirib ishlashdan dam olish, organizmga yengillik berish, do'stona vaziyatni vujudga keltirish, guruhning birdamligini ta'minlashga yordam berishdir. Bunda o'zaro xayrixohlik va ixtiyoriylik tamoyillariga amal qilinadi.
«Botqoq»
O'yin uchun oldindan 9 ta «likopcha» tayyorlanadi. Ishtirokchilar ikki jamoaga bo'linadi:
1- timsohlar;
2- botqoq bosqinchilari.
1- jamoa ishtirokchilari ketma-ket saf tortadilar va likopchalarni bosib tasawurdagi botqoqdan o'ta boshlaydilar, ularning atrofida ikkinchi jamoa vakillari ov qilib yuradilar.
O'yinning maqsadi: o'quvchilar oyoqlarini likopchalardan uzmasliklari kerak, hech bo'lmasa, oyoqning uchi ularga tegib turishi lozim. Agar ishtirokchilar birlashib harakat qilsalar, birorta ham likopchani timsohlarga bermasdan botqoqdan o'tishlari mumkin.
O'yin о'quvchilaming darsdagi ishtirokini kuchaytirish uchun o'tkaziladi.
«Avtobus» o'yini
O'quvchilar ikki guruhga bo'linadilar. Sinf yetakchisi ularning ikkita avtobusga chiqishlari kerak ekanligini aytadi. Avtobus o'rinclig'i sifatida kursilardan foydalanish mumkin. O'quvchilar bir-birlariga qarama-qarshi o'tiradilar. Ishtirokchilar joylashib bo'lgach, yetakchi birinchi avtobus buzilib qolganini aytib, hammaning ikkinchi avtobusgn o'lishini so'raydi. Ishtirokchilar 1- guruh o'quvchilarini joylashtirish iicluin kelishuv yo'lini topadilar.
O'yin ishtirokchilarda muomala madaniyati va ziddiyatli vaziyatlarni ijobiy hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
«Bu -kim? Toping-chi!»
' Har bir o'quvchi guruhning biror a'zosi xarakterining 10 ta xususiyatini ta'riflaydi, bunda uning nomini aytmaydi. Tavsif o'qilgach, boshqa ishtirokchilar gap kim haqida ketayotganligini topishlari kerak.
Agar guruh o'sha odamni tez topsa, bu tavsiflarning aniqligini bildiradi va ta'riflagan o'quvchini rag'batlantirish maqsadga muvofiqdir.
«Yelkama-yelka»
O'quvchilar ohista doira ichida yuradilar. Yetakchi tana a'zolarining nomlarini aytadi. Masalan, yetakchi tez «yelka» deydi, o'quvchilar zudlik bilan o'zlariga juft topishlari va yelkalarini bir-birlarigfl tekkizishlari kerak. O'ziga juft topa olmagan o'quvchi kcyingi yetakchi bo'ladi va tananing boshqa a'zolari (oyoq, qo'l, chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i va h.k.) nomini aytib o'yinni davom ettiradi.
«Qayoqqa-qayoqqa»
Har bir o'quvchi o'zining eslab qolishi lozim bo'lgan tartib raqamini oladi. Guruh aralashadi. Yetakchi sinf o'rtasiga chiqib, xohlagan ikkita raqamini aytadi. Ushbu raqamli ishtirokchilar o'zlariga mo'ljallangan joyni egallashlari lozim. Yetakchi ham bo'sh joyni olishga harakat qiladi. Joysiz qolgan ishtirokchi o'yinni davom ettiradi.
«Yomg'ir»
O'quvchilar doira hosil qiladi. Doira o'rtasida turgan yetakchi o'yinni boshqaradi. Yetakchi ishtirokchilarga qarata shunday deydi: «Hozir siz yomg'ir tovushini eshitasiz, buning uchun mening harakatlarimni qaytarishingiz kerak». So'ng ohista davrani aylanib chiqadi. Yetakchi oldiga borgan o'quvchi lining harakatlarini takrorlaydi va ц ikkinchi marta yaqin kelmagunga qadar harakatni to'xtatmaydi. Yetakchi davrani bir necha marta aylanib chiqadi va har gal turli harakatlar qiladi.
Yetakchining harakatlari:
- qo'llarini bir-biriga ishqalaydi,
- barmoqlarini qirsillatadi;
- qo'li bilan o'zining sonlariga uradi,
- sonlariga urib, oyog'i bilan tepinadi,
- yana sonlariga urib qo'yadi,
- yettinchi doirada faqat barmoqlarini qirsillatadi,
- qo'llarini bir-biriga ishqalaydi.
So'ng yetakchi to'xtab, qo'lini pastga tushiradi hamda yomg'ir tingani va yana quyosh chiqqanini aytadi.
«Mevali salat»
Yetakchidan boshqa hamma kursilarda o'tiradi. Yetakchi uch ishtirokchidan qaysi mevalarni yaxshi ko'rishlarini so'rab bilib oladi va har bir o'quvchiga shu mevalarning nomini beradi. Har bir meva uchta kishini bildirishi kerak. Keyin yetakchi ushbu mevalardan birining nomini aytadi, shu nom ostidagilar joylarini almashtiradilar. Joy yetmagan odam o'yinni davom ettiradi. Agar yetakchi «Mevali salat» desa, hamma o'z joyini o'zgartirishi kerak.
O'yin o'quvchilar o'rtasidagi to'siqlarni olib tashlashga, ularni birlashtirishga xizmat qiladi.
Yüklə 21,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin