Mavzu: muomilada bir-birini tushunish mexanizmlari



Yüklə 276,49 Kb.
səhifə1/18
tarix07.01.2024
ölçüsü276,49 Kb.
#206430
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
KURS ISHI SLAYD


MAVZU: MUOMILADA BIR-BIRINI TUSHUNISH MEXANIZMLARI


MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………….2-3
I BOB. MUOMILA MOHIYATINING BUYUK MUTAFAKKIRLAR FALSAFIY QARASHLARIDA AKS ETTIRILISHI……………4-11




1.1. Shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyati……... 11-14







1.2. Muloqot bosqichlari va turlari....................................................14-18

I

BOB YUZASIDAN XULOSA………………………………………18-19




II BOB. MULOQOTDA KISHILARNING BIR-BIRINI TUSHINISHI




2.1.Muloqotdagi toʻsiqlar..................................................................19-24
2.2. Muloqotda ochiq va yopiq holatlar………………………………24-28
2.3. Kishining kishi tomonidan idrok qilinishi……………………….28-33
II BOB YUZASIDAN XULOSA……………………………………32-33
AMALIY QISM……………………………………………………..34-39
BOBLAR YUZASIDAN UMUMIY XULOSA…………………….40
XULOSALAR YUZASIDAN TAVSIYALAR……………………...41-42
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………...42-44

KIRISH
MAVZUNING DOLZARBLIGI. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomida ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasida hamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi. Muloqot psixologiyasi sohasidagi bilimlarni yoshlar, ayniqsa, bo'lajak o'qituvchilarga yetkazish ularning psixologik savodxonligini oshiradi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishga, bo'lg'usi pedagogik faoliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan
kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida
axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning
kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak.
Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.



Yüklə 276,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin