Mavzu: muomilada bir-birini tushunish mexanizmlari


II BOB. MULOQOTDA KISHILARNING BIR-BIRINI TUSHINISHI



Yüklə 276,49 Kb.
səhifə7/18
tarix07.01.2024
ölçüsü276,49 Kb.
#206430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
KURS ISHI SLAYD

II BOB. MULOQOTDA KISHILARNING BIR-BIRINI TUSHINISHI


2.1. Muloqotdagi toʻsiqlar

Keyingi vaqtlarda shaxslararo muomaladagi psixologik qiyinchiliklar muammosi koʻpgina mutaxassislar diqqat ehtiborini oʻziga tortmoqda. SHaxslararo muomaladagi qiyinchiliklar turli ilmiy adabiyotlarda turlicha xarakteristikalarda beriladi, oʻz navbatida muomaladagi qiyinchiliklarni va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni klassifikatsiyalashga intilishlar ham ilmiy izlanishlarda xilma-xil tarzda hal etiladi. Xususan, muomala jarayonidagi toʻsiqlarni G.G. Kamardina temperament toʻsigʻi, xarakter toʻsigʻi, xarakter aktsentuatsiyasi toʻsigʻi, muomala uslubi toʻsigʻi, salbiy emotsiyalar toʻsigʻi, nutqiy toʻsiqlar kabi asosiy turlarga ajratadi.


«Psixologik qiyinchiliklar» deganda sheriklar hamkorligidagi aloqalarning buzilishi, muomalaning noxush kechishi va sheriklar (ularning biri yoki ikkalasi ham) xulq-atvorga salbiy tahsir etuvchi emotsional noqulaylik, zoʻriqishlarni his etishi nazarda tutiladi. «Muomaladagi toʻsiqlar» deganda esa nizolar yoki ularning kelib chiqishiga xizmat qiluvchi juda koʻp omillar ehtiborga olinadi.
Muomala jarayonida vujudga keladigan ziddiyatli vaziyatlardan chiqishni bilmaslik, har qanday kishi uchun muomala jarayonida paydo boʻladigan koʻplab kundalik qiyinchiliklarni yengib oʻtish, jismoniy va psixik sogʻliqqa putur yetkazuvchi emotsional stresslarga olib keladi. Bu holatni psixologlar shaxslararo muomaladagi toʻsiqlar, deb atashadi. Muomaladagi toʻsiqlar – bu nizolar paydo boʻlishiga imkon yaratuvchi juda koʻp omillardir.
Muomala jarayonida paydo boʻladigan toʻsiqlar muomalaga kirishuvchi shaxslarning xoxish maqsadlari va ehtiyojlari bir-biriga mos kelmasligi oqibatida yuzaga keladi.
Insonni asabiylik va jizzakilikka olib keladigan omillardan biri – bu oʻz ishiga qiziqishning soʻnishi yoki qiziqishning umuman yoʻqligidir. Oʻz ishiga nisbatan negativ munosabat insonda salbiy emotsiyalarni, zoʻriqishni, agressivlikni keltirib chiqaradi.
Qarama-qarshi istaklar kurashi toʻsigʻidan tashqari koʻpincha xarakterlar nomutanosibligi toʻsigʻi ham muomala jarayoniga salbiy tahsir etadi. Koʻpincha, oilaviy mojarolarda, qoʻshnilar, hamkasblar oʻrtasidagi bir-birini yoqtirmaslik holati sababini «xarakterimiz toʻgʻri kelmadi», deb tushuntirishadi.
Yana bir toʻsiq nevroz xastaligi bilan bogʻliqdir. Nevrozning asosiy sababi – kuchli emotsional stress, chiqib ketish mumkin boʻlmaydigan psixik jarohatlovchi vaziyatdir. Amalda qisqa muddatli nevroz holati hammadayam boʻlishi mumkin. Nevrozga duchor boʻlgan kishilarda nizolar tez-tez yuzaga keladi va ular chuqurroq va ogʻirroq kechadi.
Gʻam-qaygʻu oqibatida yuzaga keladigan toʻsiqlar bilan har bir inson toʻqnash keladi. Qaygʻu inson ruhiyatini shu darajada zanjirband etadiki, kishining boshqa odamlarga diqqat ehtibor qaratishiga umid qilmasa ham boʻladi. Bu holat fojeali voqealar, oʻz ahvolidan qoniqmaslik, ogʻir jismoniy his-tuygʻular oqibatida yuzaga keladi. Har qanday vaziyatda ham, inson gʻam- qaygʻusining qay darajaligidan qathiy nazar uni tinch qoʻyish lozim. Azoblanish doimiy davom etmaydi, vaqt hamma narsani davolaydi.
Gʻazab tufayli paydo boʻladigan muomala toʻsiqlarini yengib oʻtish juda qiyin, shuning uchun bunday paytda kishining sabr-toqatini sinash kerak emas. CHunki gʻazab jismoniy va psixik energiyani ikki baravar oshiradi va soʻzlarda yoki agressiv xatti-harakatlarda bu energiyani «toʻkib-solish» ehtiyojini paydo qiladi.
Hazar qilish, jirkanish bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqlar kundalik hayotda koʻp uchraydi. Noxush hidlar, terlaydigan qoʻl, suhbatdoshga yaqinlashish odati (intim masofani buzilishi) muomaladagi sherikda jirkanish hissini qoʻzgʻatishi mumkin. SHuning uchun gigienaga va oʻzini tutish maneralariga katta ehtibor qaratish lozim.
SHaxslararo munosabatlarda qoʻrquv toʻsigʻi – yengib oʻtish eng qiyin boʻlgan toʻsiqlardan biri sanaladi. Qoʻrquv sabablari turlicha boʻlishi mumkin. Muomaladagi sherikning qoʻrquv toʻsigʻini yengib oʻtish, ushbu sabablarni qay darajada toʻgʻri topishga bogʻliq boʻladi.
Uyat va ayb toʻsigʻi oʻzining yoki boshqa birovning oʻrinsiz xatti-harakati tufayli yuzaga keladi. Uyat hissi kishida koʻpincha tanqid yoki haddan ziyod maqtov natijasida paydo boʻladi. Haddan tashqari uyatchan yoki umuman uyatdan begona odamlar boʻladi. Uyatga berilmaydigan kishilar oʻzlari uchun psixologik himoya usulini ishlab chiqishgan: ular koʻp hollarda hamma shunday xatti-harakat qilishi mumkinligiga oʻzlarini ishontirishadi, tanqidni eshitishmaydi, oʻzlarini oqlaydigan motivlarni topishadi. Aybni his etishning yuqori va quyi darajalari bir xilda odamlar orasidagi psixologik aloqaga ziyon yetkazadi.
Toʻsiqlarning yana bir guruhi muomala texnikasi va koʻnikmalari bilan bogʻliqdir. Gohida muomala usullaridan oʻz gʻarazli maqsadlarida foydalanadigan shaxslar uchraydi. Bunday kishilarning xatti-harakatini aniqlashga oʻrganish uchun «muomaladagi manipulyatsiya», «pozitsiya», «rol», «niqob» kabi tushunchalar mahnosini oʻzlashtirish talab etiladi.
Taniqli psixolog A.A. Dobrovich muomaladagi manipulyatsiyalarni tizimlashtirgan. Ularning asosiy mazmuni quyidagilardir: manipulyatsiyadan foydalanuvchi shaxslar suhbatdoshning asoslangan ayblovidan qutulish maqsadida, har qanday arzimas xatoni «yuzga solishadi», oʻz aybini boshqaga toʻnkaydilar, izzat nafsga teguvchi gaplar bilan kishini muvozanatdan chiqarishga, u bilan mahlum vaqtga aloqani uzishga harakat qilishadi, topshiriq va majburiyatlarni bajarishdan qochish maqsadida oʻzini yomon his etayotganligini bahona qilishadi. Rollarni niqoblardan ajrata olish lozim. Niqob suhbatdoshga boʻlgan haqiqiy munosabatni va haqiqiy emotsiyalarni yashirishga imkon yaratadigan yuz ifodalari, imo – ishora (jest) lar, standart iboralar yigʻindisidir.
Jahon psixologiyasi fanida ehtirof etilganidek, muomala ushbu tarkiblardan tashkil topgan boʻladi.
1. Kommunikativ (asosan bir tomonlama) axborot uzatish.
2. Interaktiv (ikki tomonlama oʻzaro tahsir).
3. Pertseptiv (oʻzaro bir-birini idrok qilish).
1. Muomala oʻz ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilaridan oʻzaro axborot almashuvni qamrab olgan boʻlib, u kommunikativ jabha sifatida tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir-birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muomalaning muhim vositalaridan biri hisoblanmish tilga va uning amaliy ifodasi bulmish nutq faoliyatiga bevosita murojaat qiladilar.
2. Muomalaning ikkinchi tomoni muloqotga kirishuvchilarning oʻzaro tahsiri, ularning nutq faoliyatida nafaqat soʻz orqali fikr almashinuvi, balki xatti-harakati va xulq-atvori bilan ham tahsir oʻtkazish hamda tahsirlanishdan iboratdir.
3. Muomalaning uchinchi tomoni shundan iboratki, bunda muloqotga kiruvchilarning (muloqotdoshlarning) oʻzaro bir-birlarini idrok qilish jarayonida namoyon boʻladi, insonning inson tomonidan idrok qilishi yuzaga keladi. Bu jarayonning eng zarur tomoni unda muloqotga ki’ishuvchi sheriklarning biri aqlli, farosatli, tajribali, saviyasi yuqori inson sifatida ikkinchisining ishonchini qozonganligi uchun uni idrok qilish juda muhim ekanligi anglanadi yoki bir-birlarini oldindan u bari bir hech narsani tushunmaydi, uzatilgan axborotni fahmlay olmaydi, degan taxminga suyangan ruhiy holat vujudga keladi.
Muomalaning har uchala tomonini (jabhasini) birgalikda yaxlit hodisa, voqelik sifatida olib qarash natijasida u hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usuli va unda ishtirok etuvchilarning, yahni muloqotdoshlarning oʻzaro munosabatlari tariqasida namoyon boʻladi, muayyan tarzda davomiylikka erishadi. Insoniy munosabatlar shunday oʻzaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon boʻladi. Bunday jarayon dastlab odamlar oʻrtasida roʻy beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvish u—quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi.
Oʻzaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan koʻzlaydigan asosiy maqsadlari—oʻzaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Muloqot faoliyat ishunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilliginamoyon boʻladi.
Oʻz shakli va turiga koʻra shaxslararo muloqot juda xilma-xildir. Behvosita va bilvosita muloqot, verbal ( soʻz orqali) va noverbal (imo-ishora, mimika, hatti-harakatlar orqali) shakllarga ajratiladi.
Oʻz vazifasiga koʻra muomala koʻp funktsiyalidir. Muomala funktsiyalaridan 5 ta asosiysini ajratib koʻrsatish mumkin.
1. Muomalaning pragmatik funktsiyasi. Birgalikdagi faoliyat jarayonidagi kishilarning oʻzaro hamkorligida amalga oshiriladi.
2. Muomalaning shakllantiruvchi funktsiyasi. Insonning psixik qiyofasi shakllanishi va oʻzgarishi jarayonida yuzaga kelib, oʻzgalar tajribasini qabul qilish, oʻzlashtirish, qoʻllashda namoyon boʻladi.
3. Muomalaning tasdiqlovchi funktsiyasi. Muomala jarayonida inson oʻz-oʻzini anglash, oʻzligini tasdiqlash imkoniyatiga ega boʻladi. Oʻz mavjudligini, qadr-qimmatini tasdiqlash xohishi insonni oʻzgalardan «tayanch nuqtasi» qidirishga undaydi.
4. Muomalaning shaxslararo munosabatlarni tashkil etish va tahminlash funktsiyasi. Oʻzga kishilarni idrok etish va ular bilan turli munosabatlarga kirishishni amalga oshirish. Har qanday kishi uchun oʻzgalarga baho berish mahlum emotsional (ijobiy yoki salbiy) munosabatlarni oʻrnatishda koʻrinadi.
5. Muomalaning shaxs ichki dunyosi bilan bogʻliq funktsiyasi. Kishining oʻz-oʻzi bilan (ichki yoki tashqi nutq vositasida, dialog tipida qurilgan) muloqoti.



Yüklə 276,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin