Imperativ muloqot. Bu – avtoritar, direktiv muloqot shaklidir. Muomaladagi sherik bilan uning xatti-harakatini, hayotiy ustanovkalari va fikrlarini nazorat qilish, uni mahlum harakatlar yoki qarorlar qabul qilishga majbur etishni maqsad qilib oluvchi muloqot.
Bu holatda muloqot boʻyicha sherik tahsir obhekti, passiv tomon sifatida qaraladi. Tahsir vositasi sifatida buyruqlar, koʻrsatmalar va talablardan foydalaniladi. Imperativ muloqot koʻp qoʻllaniladigan qator faoliyat turlarini sanab oʻtish mumkin. Bunday faoliyat sohalariga harbiy – nizomiy munosabatlar, favqulotdagi vaziyatlarda, ekstremal sharoitlardagi «Boshliq-boʻysunuvchi» munosabatlari kiradi. Ammo, shaxslararo munosabatlarning hamma sohalariga ham imperativ muloqotning qoʻllanishi oʻrinli boʻlmaydi, bular – shaxsiy-intim va oilaviy munosabatlar hamda pedagogik faoliyatdagi munosabatlardir.
Manipulyativ muloqot– bu muloqotdagi sherikka oʻz maqsadiga erishish uchun zimdan, yashirin tarzda tahsir etishga asoslangan muloqotdir. Xuddi imperativ muloqotda boʻlgani kabi, manipulyativ muloqotda ham muloqotdagi sherikni obhektiv idrok etishni, insonni fikr-oʻylari va hatti-harakatlarini nazorat qilishga erishishga harakat qilishni taqozo etadi.
Manipulyativ muloqot koʻp qoʻllaniladigan soha biznes va umuman ishbilarmonlik sohalaridir.
Deyl Karnegi va uning izdoshlari tomonidan rivojlantirilgan muloqot kontseptsiyasi aynan shu turdagi muloqotni targʻib etadi. Manipulyativ muloqot shakli reklama-targʻibot sohasida keng qoʻllaniladi.
SHuni qayd etish lozimki, manipulyativ tahsir vositalarini egallash va ulardan mehnat sohasida boshqa kishilarga tahsir vositasi sifatida foydalanish oxir-oqibatda kishi uchun bu muloqot shaklining uning boshqa munosabatlar sohasiga koʻchishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, manipulyativ muloqotdan mehr-muhabbat, doʻstlik va oʻzaro bir-biriga bogʻlanish asosida qurilgan munosabatlar zarar koʻradi. Manipulyativ muloqotni oʻz muloqotiga asos qilib olgan kishi oxir –oqibatda uning qurboniga aylanadi. SHaxs «qoliplashtirilgan» hatti-harakatlarga koʻnikib, yolgʻon motivlar va maqsadlarga ergashib, oʻz hayotiy tayanch ustunini yoʻqotadi.
Muloqotga «karnegicha» yondashishning ashaddiy tanqidchilaridan biri E.SHostrom tahkidlaganidek, manipulyatorni xarakterlaydigan asosiy sifatlar: yolgʻonchilik, tuygʻular siyqalashishi, hayotga qiziqishning yoʻqolishi, zerikish holati, haddan tashqari oʻz-oʻzini nazorat qilish, oʻziga va boshqalarga ishonchning yoʻqolishidir.
Imperativ va manipulyativ muloqot shakllarini yaxlit tarzda monologik muloqotning turli koʻrinishlari sifatida xarakterlash mumkin. Muloqotdagi sherikni faqat tahsir obhekti sifatida qaraydigan kishi aslida haqiqiy suhbatdoshni koʻra olmaydi, uni inkor etib, oʻz maqsad va vazifalari yoʻlida oʻz-oʻzi bilan muloqot qiladi.