KURS ISHINING O’RGANILGANLIK DARAJASI: Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, SHamsuddin Dunasariy, Dj. Mid, E. Gofman, Z. Freyd, V.M. Myasio’ev, B.G.Ananev, A.A.Bodalev kabi olimlarning qarashlari, yozgan ilmiy me’roslaridan qimmatli ma’lumotlar olishimiz mumkin.
KURS ISHINING MAQSADI: muloqotning ijtimoiy muhitda namoyon bo’lishi, hususiaytlari, olimlar tomonidan o’rganilganligi, muloqotda insonlarning bir birini tushunish mexanizmlari va turli test, savollar yordamida insonlar muloqodmand yoki aksinchaligini tekshirishni, tahlil qilib xulosalar olish maqsad qilib olindi.
KURS ISHINING VAZIFASI:
Mavzu bo’yicha mutafakkirlar falsafiy fikrlarini o’rganish.
Mavzu doirasida nazariy ma’lumotlar tahlilini amalga oshirish.
Muloqotda kishilarning bir-birini tushinish mexanizmlarini tahlil qilish.
KURS ISHINING PREDMETI: muomilada tushunish mexanizmlari.
KURS ISHINING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI: Amaliy jihatdan olib qaralganda, tadqiqot materiallaridan oliy o’quv yurtlarida, turli ish joylarida, korxona, shifoxona, barcha insonlar orasidagi muloqot samaradorligini talqin qilishda mashg’ulotlar olib borishda foydalanish mumkin. Nazariy jihatdan ko’plab olimlarning izlanishlarini nazariy bilimlarini o’rganishimiz mumkin.
KURS ISHINING TUZILISHI VA HAJMI: kirish qismi, ikkita bob, besh bo’lim, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. MUOMILA MOHIYTINING BUYUK MUTAFAKKIRLAR FALSAFIY QARASHLARIDA AKS ETTIRILISHI
Muomala va jamiyatda kishilar oʻrtasidagi munosabatlar toʻgʻrisidagi mulohazalar sharq xalqlarining tarixiy yozma adabiyotlarida hamda sharqning buyuk mutafakkirlari falsafiy qarashlarida aks etgan.
Xalq ogʻzaki ijodida, tarixiy yozma adabiyot namunalarida mazkur muammo doimo birinchi oʻrinni egallab kelgan.
Sotsial yoki ijtimoiy muhit—bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat koʻrsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tanolingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon boʻladi. Psixologiya ilmining namoyondalari boʻlmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom kabi SHarq allomalari ham bu oʻzaro bogʻliqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga oʻzlarining eng durdona asarlarini bagʻishlaganlar. SHarq adabiyoti durdonalaridan biri boʻlgan «Qobusnoma»da Kaykovus jamiyatdagi kishilarni guruhlarga boʻladi va har bir guruhning jamiyatda tutgan oʻrnini birin-ketin sanab oʻtadi, ammo bu guruhlarning xulq –atvori ehtibori bilan turlicha ekanligini aniqlab beradi. Inson hayoti xilma-xil jamiyatda va xilma-xil ijtimoiy guruhlar orasida oʻzaro hamkorlikda kechishini tahkidlaydi. SHuningdek, mazkur asarning bitta bobida nutq va suxandonlik, soʻzlashuv odobi, nutq malakasini egallash vositalari haqida soʻz boradi. Kaykovus yozadi: «Kishi suxandon, suxangoʻy (notiq) boʻlishi kerak. Ammo, ey farzand, sen suxangoʻy boʻlgʻil va lekin durugʻgoʻy (yolgʻonchi) boʻlmagʻil. Rostlikda oʻzing shuhrat qozongʻil, toki biror vaqt zarurat yuzidan yolgʻon soʻz desang qabul qilgʻaylar». «Qobusnoma»da xalqimizdagi rost soʻzni qadrlash, yolgʻonni xushlamaslik sifatlarining namoyonligi, raiyat bilan muloqot chogʻida kishining oʻz nutqiga ehtiborli boʻlishi lozimligi, muloqotdagi notabiiylik, yolgʻonchilik oʻzaro munosabatlarning buzilishiga olib kelishi, ayniqsa davlat ishi va xalq turmushi uchun mashul etib tayinlangan kishilarning soʻz aytishdan oldin uni adolat va axloq tarozusiga qoʻyib koʻrmogʻi zarurligi badiiy tarzda bayon qilib beriladi. Dunyo ilmiga asos solgan buyuk ajdodlarimiz shaxslararo munosabatlarda muomalaning roli masalasiga alohida ehtibor qaratganlar. Ayniqsa, ular ustoz bilan shogird, ota-ona bilan farzand oʻrtasidagi munosabatlarda, inson va jamiyat munosabatlarida muomalaning ahamiyati, oʻzaro bir-birini tushunish, insonni inson tomonidan idrok qilinishi, bunda nutqning, insoniy muloqotning roli haqida qimmatli mulohazalar bildirganlar.
Barcha qarashlarga nisbatan umumiy boʻlgan narsa shuki, jamiyatda kishilar orasidagi oʻzaro aloqalarni bilish, oʻrganish uchun turli guruhlar va tabaqalarga xos boʻlgan xulq-atvorlarni, sifatlarni aniqlamoq va oʻzaro muomala jarayonida ularni hisobga olmoq lozim. Odamni, uning mohiyatini anglash uchun . SHaxsni oʻrganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi oʻrni bilan belgilanishi lozim boʻlib, sharq falsafasining bu boradagi asosini «Komil inson» gʻoyasi tashkil etadi. SHarq faylasuflari jamiyat qonunlarini oʻrganish uchun inson nazarini oʻz ichki dunyosiga qaratishi, uning oʻz-oʻzini anglashi muhimligini takidlaydilar.
Abu Nasr Farobiy oʻzining tabiiy va ijtimoiy fanlarning dolzarb muammolarini yechishga qaratilgan qator asarlarida inson va jamiyat munosabatlari, insonning mahnaviy – axloqiy kamolotga erishishi borasida oʻz qarashlarini bayon qiladi.
Farobiy axloqning bilim bilan mushtarakligini asoslab beradi. Uningcha, bilimlar insonni yaxshi axloqli, saxovatli va aql idrokli qiladi. Inson bilimsiz oʻzi koʻzlagan maqsadiga erisha olmaydi. Yaxshi inson boʻlish uchun odamda imkoniyat boʻlmogʻi zarurligi koʻrsatiladi: tahlim va tarbiya olish imkoniyati borligi tufayli tahlim olish hamda toʻgʻri tarbiya topish kerak. Bunda tarbiya – kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va odobda amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yoʻl, deb tahriflanadi. Farobiy jamiyatda toʻplangan bilim, tajribalar oʻzlashtirilishi shaxslararo muloqot, muomala vositasida amalga oshirilishini tahkidlab, bu masalaga alohida ehtibor qaratadi.
Buyuk ajdodimiz qarashlari asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, har qanday fazilatning asosi bilim va tarbiyadir. Insonni donolikka, kamolotga yetaklovchi vosita – yoʻl esa nutq va muomaladir.
SHarq va Gʻarb fanida qomusiy olim sifatida shuhrat qozongan Abu Ali Ibn Sino tibbiyot, riyoziyot(matematika), falakiyot, fizika, biologiya, psixologiya, fiziologiya, filologiya, falsafa, axloq va estetika kabi koʻplab fanlarning bilimdonidir.
Mutaffakkir oʻz asarlarida inson va jamiyat munosabatlari, ijtimoiy axloq masalalariga alohida oʻrin ajratadi. Uning fikricha, «..axloq–bu insonning oʻz-oʻzini idoraqilish haqidagi fan, uning oʻzini kuzatish va oʻzgalar xulq-atvori, odobi va yurish turishiga bergan baholari natijasidir».
Abu Ali Ibn Sino insoniy munosabatlarda shaxslararo muomalaning oʻrniga alohida urgʻu beradi. Ayniqsa, toʻgʻri soʻzlash, xushmuomalalik va shirinsuxanlikni odat qilish, nafsga berilmaslik, fozillar suhbatidan bahramand boʻlish, kattalarning izzatini oʻrniga qoʻyish, kichiklarga shafqatlilik, samimiy doʻstlik, nodonlarga nasihat va maslahat berish kabi fazilatlarni barcha ezguliklarning asosi ekanligini takidlaydi.
Turkiy xalqlarning yana bir buyuk mutafakkiri, buyuk shoir, davlat arbobi Alisher Navoiydir.
«Inson qalbining quvonchu qaygʻusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuygʻusi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik koʻp bahramand etsak, milliy mahnaviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli mahrifiy qurolga ega boʻlamiz»
Darhaqiqat, Alisher Navoiyning buyuk merosida nafaqat soʻz qudrati va mahnolar jilosi, balki uning chuqur falsafiy, psixologik qarashlari aks etadi. Buyuk bobomiz oʻzining «Mahbub – ul – qulub» asarida aynan jamiyatdagi insonlar toifalari, tabaqalar, ularning xulq-atvori, xislatlari ijtimoiy-psixologik tahlil etadi. Asarda xalqning hayot tarzi, fehl-atvori, ruhiy holati, urf-odatlari, yaxshi va yomon xususiyatlari haqida soʻz yuritiladi: «…har yoʻlda yurdim, olamda boʻlmish har nav odam bilan koʻrishdim, katta kichikning fehl atvorini oʻrgandim, yaxshi-yomonning xislatlarini tajribadan oʻtkazdim, yaxshilik va yomonlikning sharbatini ichib, zahrini totib koʻrdim; baxil va pastkash kishilarning zaxmini, saxovatli kishilarning malhamini koʻnglim darhol sezadigan boʻlib qoldi. …shu jihatdan, hamsuhbatlarni va doʻst yorlarni bu hollardan xabardor qilmoq vojib koʻrindiki, toki ularda ham har toifaning xislati haqida bilimlari va har tabaqaning ahvoli haqida tushunchalari boʻlgʻay».
Alisher Navoiy inson tana a’zolarini tinimsiz mashq qilish orqali kuch qudratga toʻlishi kabi, mashq yoʻli bilan soʻzlash qobiliyatini, nutq madaniyatini, notiqlik sanhatini odamlar olqishlaydigan darajaga olib chiqishi mumkinligini tahkidlaydi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, buyuk bobomiz XXI – asrda gʻoyatda dolzarblik kasb etgan muomala malakasiga oʻrgatish muammosini oʻsha davrlardayoq tarbiyaning asosiy boʻlinmas qismi ekanligini ehtirof etgan.
Navoiydan bir asr keyin yashab oʻtgan SHamsuddin Dunasariyning «Odamni bilish ilmi» (Qiyofat ul-bashar) risolasida insonning tanasi va badan ahzolari harakatiga, yuzining tuzilishi va rangiga, nafas olishi, ovozi, hatto kulishiga qarab uning kimligini bilish, insonga baho berish borasida SHarqda yigʻilgan kuzatishlar jam etilgan. Mazkur asarda insonlar orasidagi oʻzaro muomala jarayonida insonni bilish, uning tashqi belgilari asosida unga baho berish(fiziognomika)ga asosiy diqqat qaratiladi. Risolada quyidagi arab xalq hikmati soʻzboshi sifatida keltiriladi: «Agar insonning shakl-siyratini bilsangiz, oʻzingizni yomonlik va yovuzliklardan asragaysiz» Yuqoridagi mulohazalardan koʻrinib turibdiki, sharq olimlari tomonidan uzoq oʻtmishda ham amaliy psixologiyaga doir ilmiy izlanishlar qilingan. Albatta, bu manbalarda ilgari surilgan ayrim nazariyalar hozirgi psixologiya sohasida toʻplangan bilimlar yordamida inkor etilishi mumkin, lekin ushbu asarda aks etgan asosiy gʻoyalar hozirgi davrda ham dolzarblik kasb etadi.
G‘arb mamlakatlari olimlari tomonidan shaxslararo hamkorlikni mazmun va mohiyat jihatidan tushuntirishga bagʻishlangan bir qator nazariyalar ilgari suriladi. Almashinuv nazariyasi (teoriya obmena) (Dj. Xomans), simvolik interaktsionizm (Dj. Mid), tahssurotlarni boshqaruv (upravlenie vpechatleniyami) nazariyasi (E. Gofman), psixoanalitik nazariya (Z. Freyd) larni alohida tahkidlab oʻtish lozim .
Almashinuv nazariyasiga koʻra, kishilar oʻzaro hamkorlikka kirishar ekanlar, bu hamkorlikdan oʻzlari ega boʻladigan foyda va yoʻqotishlarni oʻzaro taqqoslash tajribasidan kelib chiqadilar.
Ushbu nazariya 4 tamoyilga asoslanadi:
ma’lum bir xulq-atvor va xatti-harakat qancha koʻp mukofotlansa, u shuncha koʻp qaytariladi;
agar mahlum tipdagi xatti-harakatlar uchun beriladigan mukofot qandaydir shart-sharoitni taqozo qilsa, inson uni yaratishga intiladi;
agar mukofot katta boʻlsa, kishi uni olish uchun koʻproq kuch sarflashga tayyor boʻladi.
inson ehtiyojlari qondirilishga qanchalik yaqin boʻlsa, kishi ularni qondirish uchun kamroq kuch sarflashga harakat qiladi.
Xomansning mazkur nazariyasi asosida turli murakkab oʻzaro hamkorlik turlarini tushuntirib berish mumkin: hukmronlik munosabatlari, oʻzaro muzokara jarayonlari, liderlik va hokazolar. U ijtimoiy hamkorlikni foyda va yoʻqotishlarni oʻzaro muvozanatlanishi usullari bilan shartlangan murakkab almashinuvlar tizimi sifatida qaraydi. Dj. Mid oʻzining simvolik interaktsionalizm nazariyasida muomalaning interaktiv tomonini batafsil oʻrganadi. Dj. Mid insonning xatti-harakatlarini axborot almashinuviga asoslangan ijtimoiy xulq-atvor sifatida qaraydi. U kishilar odamlarning nafaqat xatti-harakatiga, balki ushbu xatti-harakatlarga sabab boʻluvchi maqsadlariga ham oʻz ehtiborini qaratadi. Biz odatda kishilarning xatti-harakatiga qarab va oʻzimizning oʻtmishdagi xuddi shu sharoitlardagi tajribamizdan kelib chiqqan holda, ularning fikrlarini «oʻqishga» harakat qilamiz.
Dj. Mid bunday harakatlarni 2 ta tipga ajratadi:
ahamiyatga molik boʻlmagan imo – ishora (jest) lar (kiprik qoqishga oʻxshagan avtomatik reflekslar);
ahamiyatga molik imo – ishora (jest) lar (boshqalarning xatti-harakatlari va maqsadlarini tafakkur qilish bilan bogʻliq).
Ikkinchi holatda inson oʻzini boshqaning oʻrniga qoʻyib koʻrishi yoki Midning tahbiri bilan aytganda «boshqaning rolini qabul qilishi» talab etiladi. E. Gofmanning taassurotlarni boshqaruv nazariyasiga koʻra, ijtimoiy hamkorlik dramatik spektaklga qiyoslanadi. Bu spektaklda aktyorlar ijobiy taassurot yaratish va uni doimiy tahminlash uchun harakat qilishadi.
Z. Freydning psixoanaliz nazariyasiga koʻra, shaxslararo oʻzaro hamkorlik ilk bolalik davrida oʻzlashtirilgan tasavvurlar va mazkur davrda kishi boshidan kechirgan ziddiyatlar bilan belgilanadi. Z. Freyd kishilar liderlarga boʻysunish va tobelikni his qilganliklari uchun ham ijtimoiy guruhlar tuzishadi va ularda qolishadi, - deydi. Bu narsaga liderlarning yuqori sifatlarga ega ekanligi uchun emas, balki ularni bizdan oldingi avlod, ota-onalarimiz ehzozlagan buyuk yetakchilar bilan bir qatorga qoʻyishimiz sabab boʻladi. Bunday vaziyatlarda biz regressiya (orqaga qaytish)ga ilk rivojlanish bosqichiga qaytishga moyil boʻlamiz. Bunday «qaytish» asosan oʻzaro hamkorlik norasmiy yoki uyushmagan tarzda kechadigan vaziyatlarga xosdir. Tadqiqotlar mahlum bir kutishlarning mavjud emasligi guruhda yetakchilarning mavqeini mustahkamlashga xizmat qilishini koʻrsatadi. SHaxsning yoʻnalganligi strukturasida uning motivatsiya sohasida kerakli darajada anglanmagan xulq-atvorlar holatlaridan biri mayllardir. Ular doimo aniq anglanmagan ehtiyojlar, turli darajadagi kuchga va yoʻnalishga ega boʻlgan emotsional kechinmalar bilan birga kechadigan oʻziga xos kutishlarni oʻzida mujassam etadi. Freyd ular orasida qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan oʻz-oʻzini tasdiqlash, taqlid qilish, oʻyin va muloqotga intilish kabilarni ajratib koʻrsatadi.
Rus olimi B.G.Anang’ev psixologiya fanining muomala kategoriyasiga bagʻishlangan oʻzining dastlabki ishlarida muomalaning nutqli (verbal) va nutqsiz (noverbal) vositalaridan tashqari, uning ichki tomonini ham turlarga ajratadi. Uning fikricha, muomala qanday kechishidan qatg’iy nazar shaxslararo munosabatlarda, inson oʻz harakatini oʻzi boshqarishi bilan bir paytda, uning ichki dunyosi qayta tashkillashuvi oʻrtasida oʻzaro aloqa hukm suradi. U shaxsning turli oʻziga xos tuzilmalari oʻrtasidagi aloqalarni maxsus tadqiqot predmeti qilib tanlaydi. SHaxsning jamiyat bilan, xususan, ijtimoiy guruhlar va institutlar bilan aloqalari xilma-xilligi, uning intraindividual tuzilishini, shaxsiylik xususiyatlari takomillashuvini va ichki dunyosini aniqlaydi.
V.M. Myasio’ev muomala va shaxsning ruhiy tuzilishi toʻgʻ’isida soʻz ketganda, inson ruhiyati yaxlit, uning vujudga kelishi esa sabab natijasi ekanligini tahkidlaydi. Uning fikricha, shaxs dialogli muomalaning malakasi va boshqalar bilan munosabatning mahsuli sifatida namoyon boʻladi. Muomala jarayonida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishning tashqi ahamiyatga molik boʻlgan shaxsiy tajribasi borliqqa nisbatan ichki munosabatlarini individual tanlanma xususiyatini determinatsiya qiladi. Myasio’ev tahbiricha, bu munosabatlar qiziqish darajasini, hayajon kuchini, xohish yoki ehtiyojni tavsiflaydi va subhektlarning xulq-atvorida, xatti-xarakatida, kechinmalarida namoyon boʻladi. SHaxsning munosabatlari muomalada turli darajadagi faollik, tanlovchanlik hamda ijobiy va salbiy tomonlari bilan aks etadi. SHaxslararo insoniy murojaat shakllari, usullari muomala yoki munosabat deyiladi. Olim muomalaning muloqotda keng tarqalgan shakllarini bayon etishga va tartibga keltirishga harakat qilgan. Birinchi holat kishilar oʻrtasidagi munosabatga murojaat shaklining mos tushishidir. Ikkinchisiga esa muomala shakli bilan shaxslararo munosabatlar bir-biridan keskin tafovutlanuvchi holatlar kiritiladi.
SHaxsga muomalaning tahsiri shart-sharoitlari va ruhiy omillari muallif tadqiqotlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Soʻzga tahsirchanlik koʻp jihatdan shaxsning tashqi tahsirga berilish darajasiga, qayta ishontirish qobiliyatiga bogʻliq. Moyillik shaxsning zakovatini belgilovchi barqaror xususiyati mahsuli emas, balki odamlarning oʻzaro munosabatlari natijasi hisoblanadi.
A.A.Bodalevning ijtimoiy maylning ahamiyatini ochib beruvchi eksprimentlarida muomaladagi turli effektlarning idrok etilayotgan kishining muayyan ijtimoiy guruhga xos xislatlarning idrok obhektiga ham xos, deb qaralishida namoyon boʻlishi, muayyan guruh vakiliga duch kelganda kishilarning oldindan unga ushbu guruh vakillari boʻlgan kishilarga xos muayyan xislatlarni unga ham xos, deb qabul qilinishi bunday stereotipdan xalos boʻlishning murakkabligi tadqiq etilgan.
Dostları ilə paylaş: |