Muloqot jarayoni oʻziga xos ravishda murakkab boʻlib, bunda uch xil bosqich mavjud.
Dastlabki bosqich — odamning oʻz-oʻzi bilan muloqotidir. T.SHibutani “Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina boʻlsa ham oʻzini anglasa, demak, u oʻz-oʻziga koʻrsatmalar bera oladi»— deb toʻgʻri yozgan edi. Odamning oʻz-oʻzi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam oʻz-oʻzi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan oʻzini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A. N. Leontg’ev oʻzining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli—avlodlar oʻrtasidagi muloqotning ahamiyati toʻgʻrisida shunday deb yozadi: «Agar barcha katta avlod oʻlib ketganida, insoniyat turi yoʻq boʻlib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yoʻqolib ham ketishi mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning oʻz madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud boʻladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgʻor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda tahlim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
Muloqotning hayotimizdagi shakl va koʻrinishlariga kelsak uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, oʻsha vaziyatlardan kelib chiqadigan koʻrinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boʻladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning oʻz qoʻl ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni oʻsha suhbatdoshlarnnng fikr-oʻylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, doʻstlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan yoʻlovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos boʻlgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida koʻproq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni tahkidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, yahni uning qanchalik sergapligi, ochiq koʻngilligi, suhbatlashish yoʻllarini bilish, til topishish qobiliyati, oʻzgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita tahsir koʻrsatadi. SHuning uchun hamma odam ham rahbar boʻlolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qoʻl uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot mavzui va yoʻnalishiga koʻra, uning:
ijtimoiy yoʻnaltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot);
guruhdagi predmetga yoʻnaltirilgan (oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, tahlim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh ahzolarining muloqoti);
shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan oʻz muammolarini ochish maqsadida oʻrnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar oʻrtasida amalga oshiriladigan murakkab oʻzaro tahsir jarayoni) turlari farqlanadi. Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma - yuz» boʻlishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga oʻxshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki doʻstona boʻlishi; subhekt - subhekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subhekt - obhektli (monologik) boʻlishi mumkin.
Har bir muloqot turining oʻz qonun-qoidalari, tahsir usullari va yoʻl-yoʻriqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo muloqotda boʻladiganlarning burchidir. Muloqot murakkab jarayon boʻlganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini analiz qilganimizda, unda juda xilma-xil koʻrinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz mumkin.
N.I.SHevandrin esa shaxslararo muomalaning 3 shakli haqida mulohaza yuritadi: