Dialogik muloqot – bu muloqotdagi sheriklarning oʻzini va bir-birlarini tushunishlarini maqsad qilgan, teng huquqli «subhekt – subhekt» tarzidagi muloqotidir. Dialogik muloqot sheriklarning bir-birlarini yanada chuqurroq tushunishlariga, ularning yangi qirralarini ochilishiga, shaxs sifatida kamol topishlariga imkon yaratadi.
A.A.Juravlyovning izlanishlarida jamoani samarali boshqarishda rahbar kommunikativ layoqatliligining tahsiri mohiyati, psixologik tavsiflari, namoyon boʻlish xususiyatlari toʻgʻ’isida mulohaza yuritiladi. Uning talqinicha, shaxsning kommunikativ layoqatliligi boshqa odamlar bilan yengil muloqotga kirishuvchanligi, tortinchoqlik, mahnaviy niqobning yoʻqligi bilan belgilanadi. Kommunikativ layoqatlilik bir qator empirik referentlarga ega boʻlib, uning ifodalanishini baholash imkoniyatini vujudga keltiradi. SHaxsning kommunikativ layoqatliligini ifodalanish darajasi toʻgʻ’isida mulohaza yuritish uchun aloqaga kirishuvchanlikning oʻzi yetarli emas. Ikkinchi majburiy referent - bu mazkur aloqalarning hissiy intonatsiyasidir. Uning tahkidlashicha, yakka shaxs faoliyatining psixologik tahlili faoliyat subhektining boshqa odamlar bilan aloqasini, yahni muloqotini mavhumlashtiradi. Bu mavhumlashtirish nihoyatda muhim boʻlsa-da, oʻrganilayotgan hodisa, voqea, holatlarni bir tomonlama yoritish imkonini beradi.
I BOB YUZASIDAN XULOSA
XXI asrda odamning eng tabiiy boʻlgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlardan xabardor boʻlish va oʻzgalarga samarali tahsir eta olishga boʻlgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor. Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga oʻtib bormoqdamiz. Axborotlarning koʻpligi aynan inson manfaatiga aloqador mahlumotlarni saralash, u bilan toʻgʻri munosabatda boʻlishni taqozo etadi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu oʻz navbatida insonlarga zarur axborotlarning uzatilishi tezligi va tempini oʻzgartiradi. Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining koʻpayishi, ular oʻrtasida munosabatlar va aloqalarning dolzarbligi axborotlar tigʻiz sharoitida oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrning korporatsiyalar asri boʻladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning oʻzaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal boʻlishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa koʻp hollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, internet kabilar yordamida aniq va loʻnda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham oʻziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi. Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-xunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsuldorligini belgilaydi. SHuning uchun ham hozirda muomala, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga oʻrgatish (ijtimoiy psixologik trening) masalalari bilan shugʻullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi oʻrni va salohiyati keskin oshdi. Bu boradagi ko’plab olimlarning izlanishlari ham, bizga muomila haqida, insonlarning kammunikativ, umuman, o’zaro muloqotga kirishish jarayonlari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berdi.
Dostları ilə paylaş: |