Suhbatdoshning qanday holatda oʻtirishi uning his-tuygʻulari, sizga va vaziyatga boʻlgan munosabati haqida axborot beradi. Ochiq va samimiy muloqot uchun imkoniyat yaratuvchi holatlar «ochiq holatlar» deb ataladi.
Qoʻllar chalishtirilmagan, erkin holatda suyanchiq ustiga qoʻyilgan; Agar suyanchiq boʻlmasa, tizzalar ustiga qoʻyilgan, qomat tik holatda va bir vaqtning oʻzida biroz boʻsh qoʻyilgan. Oyoqlar ham chalishtirilmagan, tabiiy va erkin holatda, toʻgʻri qoʻyilgan (oyoqni oyoq ustiga qoʻyish mumkin, bu narsa yuqori darajadagi erkinlikdan darak beradi).
Suhbatdosh koʻzingizga diqqat bilan xotirjam tikiladi. Bosh toʻgʻriga qaragan (yon tomonga egilmagan, «burnini koʻtarmagan», «qosh ostidan» tikilmagan). Yelkalar erkin holatda tushirilgan.
«Yopiq holatlar»esa kishining oʻzini noqulay sezayotganligi, noxush vaziyatdan oʻzini himoya qilishga intilishdan darak beradi.
«Oyoqning –oyoqqa chalishtirilishi» oddiy holati. Oʻng oyoq chap oyoq ustiga qoʻyilgan. Kishi asabiy, siqiq, oʻz zaifligini yashirishga harakat qiladi. Vaziyatga salbiy munosabatda.
«Amerikacha pozitsiya». SHerigingiz ehtiroz bildirishga yoki ochiqcha chaqiruv tashlash istagida. Odatda bunday shaxslar yetakchi yoki tinchlikka rahna soluvchi kishilardir.
Suhbatni davom ettirishdan bosh tortish, suhbatdoshga va vaziyatga oʻta salbiy munosabat. Toʻliq darajadagi yopiq holat: oyoqlar chalishtirilgan, qoʻllar koʻkrakda chalishtirilgan.
Qathiyatsizlik holati: Oyoq-oyoq ustiga qoʻyilgan, qoʻllar qulf holatida tizzani tutib turadi. Oʻziga ishonchsizligini yashirishga harakat qiladi.
Tovonlarning chalishtirilishi – kuchaytirilgan himoya pozasi. Kamtar va uyatchan ayollarga xos xususiyat.