KURS ISHINING UMUMIY XULOSALARI BO’YICHA TAVSIYA: Biz muomila psixologiyasini o’rganish orqali har bir inson bilan osongina muloqotga kirishib ketishimiz mumkin. Buning uchun yetarlicha bilimlar kerak bo’ladi. Muloqot psixologiyasini o’rganish esa bizlarga asqotadi.misol uchun, Ochiq kaftlarni suhbatdoshga koʻrsatilishi, ochiq holatdagi kishi. Bunday holat kishining toʻgʻrisoʻzligi, samimiyligini yaqqol namoyish etadi. Hujumga oʻtish holati: qoʻllar choʻntakda, bosh barmoqlar tashqariga chiqarilgan. Barmoqlarning namoyishkorona tashqariga chiqarilishi mazkur kishining oʻzini suhbatdoshdan ustun sezayotganligidan dalolat beradi. Oʻz qoʻl ostidagi xodimlar bilan suhbatlashayotgan rahbarlarga xos. Liderlik sifatlarini yashirayotgan kishi: Qoʻllar orqada, bosh barmoq tashqariga chiqarilgan. Kuchli va hatto agressiv kishilar koʻpincha shu holatni egallaydilar. Hujumkor holat: qoʻllar choʻntakda bosh barmoqlar tashqariga chiqarilgan. Oʻz-oʻziga ishonch va ustunlik holati: yuqori darajadagi boshliqlar va rahbarlar uchun xarakterlidir. Himoya holati: Qoʻllar va oyoqlar chalishtirilgan. Notanish muhitga va begona odamlar orasiga tushib qolgan, oʻziga ishonchsiz kishi holati. Koʻpincha bu holatda kishi barcha tugmalari qadalgan, boshqalardan uzoqroq masofada turishga harakat qiladi. Qoʻllar chalishtirilishining yashirin koʻrinishi: oʻz qoʻlidan tutib turish. Bu holat atrofdagilar bilan koʻrinmas toʻsiq oʻrnatadigan yarim himoya holati. Amalga oshmagan umidlar vaziyatga negativ munosabat: Mazkur jest kishiga oʻz xotirjamligini saqlab turishga imkon beradi. Ota-onalar salbiy noxush va xavfli holatlarda bolalarning qoʻlidan xuddi shunday ushlab olishadi. Kishi qathiy pozitsiyani egallagan: Nafaqat qoʻllar chalishtirilgan balki, barmoqlar qoʻl yuqorisidan mahkam tutib turibdi. Ushbu holat kishining vaziyatga boʻlgan negativ, tushkun munosabatini aks ettiradi. Kishining oʻziga ishonchi yoʻq va chalishtirilgan qoʻllar toʻsigʻi bilan oʻzini himoya qiladi. U oʻzini siqilgan holatda sezadi, muloqotga va oʻzaro tushunishga intilmaydi. Balki, suhbatdosh unga yoqmaydi yoki uni xafa qilgan.
Shu kabi psixologik bilimlar bizlarni muloqot paytida yanada hushyorroq, yanada bilimliroq bo’lishimizga yordam beradi.