Mavzu: muomilada bir-birini tushunish mexanizmlari



Yüklə 276,49 Kb.
səhifə12/18
tarix07.01.2024
ölçüsü276,49 Kb.
#206430
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
KURS ISHI SLAYD

II BOB YUZASIDAN XULOSA
Muomala har qanday faoliyatning zaruriy muhim jihatidir. Aynan muomala jarayonida va faqat u orqali insonning mohiyati namoyon boʻladi, oʻzaro tushinishga, ishni bajarish chogʻida uygʻunlikka erishiladi, u yoki bu holatlarda bir-birlarining xatti-harakatlarini bashorat qilish qobiliyati oʻsadi yoki, aksincha, nizolar va axloqiy ziddiyatlar, ishdagi kelishmovchililiklar yuzaga keladi, muloqotdagi sherigining xatti-harakatini oldindan koʻrishga qobiliyatsizlik namoyon boʻladi. Muomala yoki kommunikatsiya – odamlarning oʻzaro hamkorligi shakllaridan biridir. Muomala odamlarning voqelikni aks ettirishi natijasini ifodalovchi xabarlar almashish jarayoni boʻlib, ular ijtimoiy borligʻining ajralmas qismi hamda ularning individual va ijtimoiy onggi shakllanishi va amal qilishining vositasidir. Muloqot yordamida odamlarning birgalikdagi faoliyat jarayonida maqsadli hamkorligini tashkil etish, tajriba almashish, mehnat va turmush koʻnikmalarini berish, mahnaviy ehtiyojlarini namoyon etish va qondirish yuz beradi.
Muomala ishtirokchilarining aloqaga kirishish jarayonida bir-birlariga nisbatan ular uchun u yoki bu darajada muhim boʻlgan muayyan maqsadlarni koʻzlashlari odatiy holdir, bu maqsadlar oʻz mazmuniga koʻra bir-biriga mos kelishi yoki bir –biridan farq qilishi mumkin. Mazkur maqsadlar – muomala ishtirokchilarida mavjud boʻlgan mahlum motivlar tahsirida yuzaga kelib, ularni amalga oshirish har bir insonda muomalaning obhekti va subhekti sifatlarini rivojlanishi davomida shakllanadigan turli xulq-atvor usullaridan doimiy foydalanishni taqozo qiladi. Koʻpgina hollarda, muomala deb ataluvchi insonlarning shaxslararo munosabatlari faoliyat bilan chambarchas bogʻliq holda uning amalga oshirilishining sharti sifatida yuzaga chiqadi. SHu bilan birga, muomala xizmat qilayotgan faoliyat turi faoliyat qatnashchilari orasidagi muomala mazmuniga, shakliga, uning jarayoni oqimiga oʻz tahsirini oʻtkazadi. SHaxslararo muomala, uning amalga oshirilishi insonlarning oʻzaro hamkorligini taqozo etadigan faoliyatning zaruriy komponenti boʻlibgina qolmay, bir vaqtning oʻzida insonlar jamiyati normal hayoti uchun zaruriy sharoit hamdir. Odamlarning turli birlashmalarida shaxslararo muomala xarakterini solishtirganda ular orasidagi oʻxshashliklar va farqlar yaqqol koʻzga tashlanadi. Oʻxshash tomonlari muomala ular turmushining zaruriy sharoiti, ular oldiga qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish va ularning oldinga harakat qilishlari omili ekanligida koʻrinadi. SHu bilan birga har bir jamoa oʻzidagi ustun faoliyat turi bilan xarakterlanadi. Rivojlanishning toʻlaligi, ushbu elementlarning amalga oshishi muloqot davomida insonning ahvoliga jiddiy tahsir koʻrsatadi. Masalan, muloqot davomida istalgan axborotning olinganligi, tushunilganligi haqidagi signalning mavjudligi qoniqish hissini keltirib chiqaradi, keyingi muloqot jarayonini yanada faollashtiradi.
Shunday ekan, muloqot insonlar orasida juda kata ahamiyatga ega bo’lgan aloqa vositasi, undan to’g’ri holda foydalanish esa, har doim har joyda bizlarga ijobiy holatlarni olib keladi.


Yüklə 276,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin