Investitsiya Vikipediya, ochiq ensiklopediya Bu maqolada ichki havolalar juda kam



Yüklə 139,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix05.11.2022
ölçüsü139,43 Kb.
#67491
  1   2
Investitsiya (1)



Investitsiya
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qo
ʻshib yordam qiling
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Investitsiya&action=edit).
Investitsiya (lotincha: investio — „o
ʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy
dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qo
ʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra,
investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablag
ʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan
asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki bo
ʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli
faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga bo
ʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya,
obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk bo
ʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya
loyihalariga mablag
ʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar,
banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xo
ʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu
jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag
ʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish)
investitsiyaga bo
ʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real
investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xo
ʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar
qo
ʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni
aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablag
ʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari
maxsus fondlar, amortizatsiya va xo
ʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-
xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablag
ʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita investitsiya faol o
ʻsib bormoqda: 1980-yillar
o
ʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik investitsiya hajmi 450 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga kelib investitsiya hajmi 2
trillion dollardan oshdi.
O
ʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyadan
samarali foydalanilmoqda. O
ʻzRda 1996-yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan
kapital qo
ʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el
investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat bo
ʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya
kiritishda davlat byudjeti mablag
ʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining
qimmatli qog
ʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000-
yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 milliard so
ʻm, shu jumladan, 810 million AQSH dollari
investitsiyalandi. Uning 30,3 % ni respublika byudjeti, 39,1 % ni korxonalar va aholi mablag
ʻlari, 7,5 % ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7 %
ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4 % ni byudjetdan tashqari jamg
ʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy
bazasini yaratishda „Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to
ʻgʻrisida“ (1995-yil 5-may), „Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida“
(1998-yil 12-dekabr), „Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to
ʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Chet el
investitsiyalari to
ʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Lizing toʻgʻrisida“ (1999-yil 14-aprel), „Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya
qilish to
ʻgʻrisida“ (2001-yil 30-avgust) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi
investitsiya muhiti bilan bog
ʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli investitsiyani, ayniqsa, chet el investitsiyalarini su-gʻurta qilish
muhim ahamiyatga ega. O
ʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni sugʻurtalash sohasida 1994-yilda tashkil etilgan „Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy
sug
ʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi
[1]
.
1. O
ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Yüklə 139,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin