Tarbiyachi:
- Demak, inson oilada ulg„aysa, mehr ko„rib o„sadi. Endi
moni- torda daraxtlar ko„paygan va
ularning meva tugib xursand
ekanligini ko„rishingiz mumkin.
Tarbiyachi:
- Hozir hammamiz barmoqlarimiz yordamida o„yin
o„ynaymiz. Men qaysi barmoq haqida gapirsam, o„sha barmog„ingizni
ko„tarishingiz kerak.
Bosh barmoq juda kamtar,
Xuddi oyimga o„xshar.
Ikkinchisi bo„lsa-chi Xuddi
tarbiyachimga o„xshar.
Uchinchisi uzun akam,
Doim gerdayib yurar.
To„rtinchisi kamina,
Kamtarinman har ishda.
Jimjilog„im erkatoy,
Go„yo eng kichik ukam.
Bolajonlar, siz bitta barmog„ingiz bilan piyolani ko„tarib
choy icha
olasizmi? Qani, oldingizga qo„yilgan kartondan yasalgan piyolalarni bitta
barmoqda ushlab ko„ringlar-chi.
(Bolalar bitta barmoqda piyolani ushlolmaydilar.)
Tarbiyachi:
- Bolalar, ko„rdingizmi, bitta barmoqda piyolani ushlab
bo„lmaydi. Agar hamma barmoqlarimizni birga ishlatsak, piyolani ushlab
ko„taramiz.
Xuddi shuningdek, odam ham bir o„zi rivojlana olmaydi. U
oilasi bilan birga unib o„sadi, oila a‟zolari bilan o„zini to„laqonli inson
deb his qiladi.
Tarbiyachi:
- Bolalar, oilangiz a‟zolari ismlarini aytib bering.
Siz oilada nechanchi farzandsiz?
Oyijoningiz sizdan xursand bo„lishi uchun nimalar qilishingiz kerak?
Dostları ilə paylaş: