Islom dinidagi mazhab va oqimlar



Yüklə 38,5 Kb.
tarix08.06.2022
ölçüsü38,5 Kb.
#60919
Islom dinidagi mazhab va oqimlar (1)


ISLOM DINIDAGI MAZHAB VA OQIMLAR

Islom hayot falsafasi ekani, u jamiyat a’zolarini eng yuksak bashariy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashni, insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik, boshqa dinlarga ehtirom, oliyjanob axloqni targ’ib etishni yaxshi anglab, yetmoq bu muqaddas dinimiz tarixidan xabardor bo’lib, vatandosh ulamolarimizning islom taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissasini bilmoq – har birimiz uchun ham farz, ham qarz.


Mazhab (arabcha – yo’nalish, oqim, yo’l, ta’limot). Dinlarda vujudga kelgan yirik ajralishlar fanda oqim deb nomlanadi.
Islomdagi diniy mazhablar diniy e’tiqod va marosimchilik masalalarida shariat mazhablaridan va diniy ilohiyot oqimlaridan keskin farq qiladi.
Islomda ilk davrda paydo bo’lgan eng birinchi yirik muammo – oliy hokimiyatni egallashga pauyg’ambarlardan keyin kim haqliroq degan masala bo’ldi. Ali tarafdorlari “Shia” nomini olib, Islomda birinchi bo’linishni boshlab berdi. Ikki taraf sunniylik va shialik o’rtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yo’nalish ham paydo bo’ldi.
Sunniylik yo’nalishi “Ahli sunna va – l - jamoa” deb ataladi va to’rtta fiqhiy mazhabdan iborat:

  1. Xanafiy

  2. Shofiiy

  3. Molikiy

  4. Hanbaliy.

Sunniylikda ikkita aqidaviy ta’limotga amal qilinadi: Motrudiya, Ashariya
Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1 mlrd. 300 mln musulmonning 92.5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo’yicha quyidagi nisbatda bo’linganlar:

  1. Xanafiylar – 47%

  2. Shofiiylar – 27%

  3. Molikiylar – 17%

  4. Hanbaliylar – 1.5%

Shia yo’nalishi ismoiliy, ibodiy, ja’fariy, zaydiy mazhablarini o’z ichiga olib dunyoda musulmonlarning 7.5 foizini tashkil qiladi.
Xanafiy mazhabi. Xanafiya islomdagi eng ko’p tarqalgan mazhab. Uning asoschisi Abu Xanifa 669 – 767 yillarda yashagan.
Xanafiylik fatvolar chiqarish va shaxs masalalari yuzasidan hozir ham Usmoniylar imperiyasining sobiq elatlari, jumladan, Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Falastinda rasmiy mazhab. Bolqon, Kavkaz, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Markaziy Osiyo mamalakatlari va Xitoyda ham ustuvor mazhab. Bu mazhab musulmonlar dunyosining deyarli yarmiga yoyilgan.
Shialik yo’nalishidagi mazhablar.
Shialik yo’nalishidagi mazhablar asosan beshta bo’lib, ularga quyidagilar kiradi : Ismoiliy, Karomatiy, Ravofiziy, Zaydiy, Jafariy mazhablari.

  1. Xorijiylar.

Xavorijlar.
Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat:

  • ular gunohkorni «kofir» deb e’lon qildilar. Shunga ko’ra xalifa Usmonni Abu Bakr va Umar yo’lidan yurmagani uchun kofir deyishadi. Ali, Mu’oviya, Abu Muso al-Ash’ariy, Amr ibn al-Oslar muxolif guruhlarda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirlar;

  • «zolim» podshohga qo’lda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib) deb biladilar. O’z e’tiqodini yashirish printsipini (taqiya) rad etadilar. O’zlari harbiy jihatdan zaif bo’lsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo’laveradi, deb hisobladilar;

  • xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab bo’lishligidan qat’i nazar musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, ma’lum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan;

  • namoz, ro’za, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo’lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olinishi uchun kifoya emas.

Yüklə 38,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin