Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali



Yüklə 19,69 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü19,69 Kb.
#166630
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning iqtisodiy va obyektiv zaruriyati.


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali

“Metallurgiya va Kimyoviy texnalogiya” fakulteti


“Umum kasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi

“Soha iqtisodiyoti va menejmenti”fanidan

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Uralov J.


Tekshirdi: Xudoyqulov O.H.
Reja:

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning iqtisodiy va obyektiv zaruriyati.

  2. Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish.

  3. Rejalashtirish texnalogiyasi va korxona rejalari tuzilmasi.

1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning iqtisodiy tabiati va obiktev zaruriyati.


Iqtisodiyot bo’yicha zamonaviy adabiyotlar va qo’llanmalarda rejalashtirishga mo’ljallangan ish yoki ma’lum bir bir harakatlarni bajarish muddati, tartibi va ketma-ketligini ko’zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi sifatida izoh berilgan.
Bozor munosabatlariga o’tgandan so’ng rejalashtirish bir oz yoddan ko’tarilib qoldi. Hattoki rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor mexanizimiga to’g’ri kelmaydi yoki bozor rejalashtirishga ziddir, degan fikrlar ham paydo bo’ldi.
Rejalashtirish tufayligina korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va texnalogiyalarning optimal vari’antlarini tanlaydi, resurslar bilan o’z vaqtida ta’minlash vazefasini bajaradi, asosiy va aylanma vositalarga ehtiyojni, belgilab beradi, mahsulotni sotish kanallari va usullarini aniqlaydi. Bundan tashqari, rejalashtirish ishlab chiqarish zahiralar va raqobatdagi ustunliklardan maksimal darajada foydalanish, iqtisodiyotdagi yangi oqimlar anglab olish, korxona faoliyatidagi kamchiliklarni yo’qotish va turli xil tavakkalchiliklarni kamaytirishga imkon beradi. Har bir korxonani tashkil qilinish va faoliyat yuritish aynan rejalashtirishdan boshlanadi.
Rejalashtirish tartibiga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish , asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni ifodalaydi. korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko’ra bilishni ifodalaydi. Bashorat qilish rejalashtirish tavsfida o’z aksini topadi : ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotning boshqa jihatlari strategic rejalashtirish – o’rta va uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish – qisqa mudatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo’nalishlarning ikkalasi ham o’zaro uzviy aloqada bo’lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning real voqeligi bilan bog’laydi.
Bashoratining maqsadi – bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga , xo’jalikning umumiy ahvol, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko’rsatish, an’anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi “pioneer” (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni belgilashdadir. 2. Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish.
Bashorat-bu korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati tug’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, yani kelajakni hozirgi payitdan kelib chiqqan holada ko’ra bilish deb ataladi. Mazmuniga ko’ra rejalashtirish texnik iqtisodiy va tezkor jarayoni bo’lib, bu jarayon davomida korxona faolyati va rivojlanishning maqsad va vazefalari atrofida ruy berayotgan o’zgarishlarni inobadtga olgan holda vvaqt buyicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korhona faolyatining barcha (iqtisodiy, texnik, va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turli turi bo’lib asosan bir yilga muljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rwjasi shaklida amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turning soddalashtirilgan kurinishi ko’pincha korxona faolyatining yillik rejasi deb ataladi. Rivojlantirishning davomi bo’lib, korxona faolyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga- sutka, o’n kunlik, oyga bo’lib muayyanlashtirish bilan tavseflanadi. Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish- calendar rejalashtirish va despetcherlashdan iborat .
Kalendar rejalashtirish korxona yillik rejasida va birinchi o’rinda ishlab chiqarish dasturi ( mahsulot tayyorlash rejasi)nni o’n kunlik, hafta, kun va smena bo’yicha aniqlashtirish hamda bu ko’rsatgichlarni bajaruvchilarga etgazish ko’zda tutilgan. Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faolyati va rivojlanish 1-3 yilga mo’ljallab rejalashtirish. Uning uziga hosligi shundaki birinchi yil ko’rsatgichlari har chorakda, ikkinchi va uchunchi yil ko’rsatgiclari har yarim chorakda yil yoki bir yildan aniqlashtiriladi va tug’rilashlar kiritilib boriladi. Buning maqsadi sifatida esa, reja ko’rsatgichlarning iqtisodiy muhit , bozor va fan texnika taraqqiyotida yuz berayotgan o’zgarishlarni tularoq aks ettirishga intilishni ko’rsatish mumkin.
Strategik rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga kelib, 10-15 yillik davirni o’z ichiga oladi . U korxona raxbaryatining masulyatli vazefasi hisoblanadi hamda rivojlanishning ustivor yunalishlarini toppish va bozorda yuzaga kelishi mumkin bulgan talabni inobatga olgan holda resurs bilan ta’minlashga qaratilgan. Rejalashtirish tizimi quydagi talablarga javob bergan taqdirdagina samarali va ishonchli hisoblanadi.
1. Rejalashtirishning har bir elementi va bosqichi qat’iy ravishda asoslab berilishi.
2. Rejadagi vazefalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi, yani rejaning adresliligi .
3. Reja bajarilishinin doimiy va uzluksiz ravishda hisobga olish nazorat qilish va unga zarur hollarda o’zgartirishlar jiritish.
4. ichki va tashqi muhitdagi o’zgarisjhlarni ijobiy qabul qilish shuningdek, korxona faolyatini ro’y bergan o’zgarishlarga mos ravishda, o’z vaqtida qayta tashkil qilish (rejalashtirishning moslashuvchanligi)
5. Fan-texnika taraqqiyoti va xujalik yuritishning ilg’or tajrebalariga tayanish .
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 19,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin