Islom moliyasi va uning rivojlanish evolyutsiyasi
Moxira Baxtiyorovna Pulatova
Muhammadqodir Mehmonaliyev
TFI
Anotatsiya: Maqolada islom moliyasining tarixi, paydo bo’lish shakllari va
rivojlanish jarayonlari ifoda etilgan. Bundan tashqari maqolada, Islom moliyasi
banklarning an’anaviy banklardan farqlari va rivojlanish bosqichlari ko’rsatilgan. Shu
sohada jadallik bilan o’lib borilayotgan ishlar o’rganildi. Islom maliya olingan
“murobaha” bitimi bo‘yicha olingan qarz va an’anaviy banklarda olingan kreditlar
solishtirilgan.
Kalit so’zlar: Islom moliyasi, Islom banki xizmatlari, sof foyda, kredit, kapital,
Islom moliyaviy banki, Bay al-Vafo, Bay al-Nuqud, Muzoraba, Vakala, Murobaha.
Islamic finance and its evolution
Moxira Baxtiyorovna Pulatova
Muhammadqodir Mehmonaliyev
TFI
Abstract: The article talks about the history of Islamic finance, its origin and
development. In addition, the article highlights the differences and stages of
development of Islamic finance banks from traditional banks. Intensive work has
been carried out in this area. Comparison of loans taken under the murobaha
agreement from Islamic finance and loans taken from traditional banks.
Keywords: Islamic finance, Islamic banking services, net profit, credit, capital,
Islamic financial bank, Bay al-Wafo, Bay al-Nuqud, Muzaraba, Vakala,
Murobaha.
Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta‘lim tarbiyaning tarixiy ildizlari
islom dini qoidalalari, buyuk ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan o’lmas asarlar
bizga bebaho manba bo’lib xizmat qiladi. Islom ta‘limotidagi iqtisodiy g’oyalarning
bayon etilishi, muqaddas kitob Qur‘oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat
turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o’rin tutadi. Chunki,
iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe‘l atvorlari namoyon bo’ladi. Qur‘oni
Karim insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlar tengligi
aytiladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1468
Islomiy moliya tarmog‘i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va
innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘zida jamlagan sohalardan biri
hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, islomiy moliya muassasalari yalpi
aktivlari miqdori 2,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi va yiliga 15-20%ga o‘sib
bormoqda
1
. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatlar uchun
ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi.
Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev Islom moliyasi haqida shunaday fikr
bildirganlar «Islom olami ulkan iqtisodiy, investision salohiyat, energetika
resurslariga ega. Ulardan to‘g‘ri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo
davlatlarning
xalqaro
savdo-iqtisodiy,
moliyaviy,
investision
hamkorligini
kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yo‘llarini tashkil etish
yuksak iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard
natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qiladi»
2
Shuni aytib o’tish joizki, musulmon davlatlarida faoliyat olib borayotgan
islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investisiya fondlari va
kompaniyalar mablag‘larini O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va
xususiy sektorni qo‘llab quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning
uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bo’lishi lozim, ya’ni
an’anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan
moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb
hisoblanadi.
Islom moliyasi tarixiga nazar soladigan bo’lsak, Islom dini Payg‘ambarimiz
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam orqali insoniyatga keldi va nisbatan qisqa
muddatlarda Makka hamda Madina shaharlarida keng tarqaldi. Islomga qadar bu
shaharlar mahalliy tadbirkorlik, davlatlar va elatlararo savdo munosabatlari orqali
gullab yashnagan. Bu davrda riboga asoslangan moliyalashtirishlar amaliyoti
moliyaviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy manbai hisoblangan. Makkalik
tadbirkorlar va Madinalik dehqonlar o‘zlarining moliyaviy ehtiyojlarini faqatgina
foizli moliyalashtirish orqali qondirishgan. Islom nozil qilingandan so‘ng bu
shaharlarning moliyaviy tuzilishlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bera boshladi.
Jumladan, ribo bilan shug‘ullanishni, ma’lum mahsulotlar iste’moli va savdosini
ta’qiqlovchi Qur’on oyatlari Islom moliyasiga asos bo‘lib xizmat qildi. Natijada,
ushbu tamoyillar Makka va Madinada muvaffaqiyatli qo‘llanilib, asrlar davomida
dunyoning boshqa davlatlarida ham keng tarqaldi. Payg‘ambarimiz Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam davrlarida markaziy Islom xazinasi bo‘lgan Baytul-molni
tashkil etilganligi Islom moliyasi tizimining rivojlanishi aynan shu davrdan
boshlanganligidan dalolat beradi. Zakot, Ushr, Xaroj, Jizya, bojxona to‘lovlari,
1
islommoliyasi.uz
2
E.A. Baydaulet. “Islom moliya asoslari”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1469
ixtiyoriy xayr-ehsonlar, urushlarda qo‘lga kiritilgan o‘ljalar va boshqa shu kabi
daromad va kirimlar Baytul-molning asosiy manbai hisoblangan
3
.
Baytul-molni tashkil etilishidan tashqari, Islomning ilk davrlarida yo‘l cheklari
mavjud bo‘lganligi tarixiy dalillar bilan tasdiqlangan. Masalan, Ibn Abbos r.a.
Voriqni (dirhamlarga zarb qilingan kumush) qabul qilib olib, Kufaga (Iroqdagi
shahar) tasdiqnoma yuborardi. Yana bir misol, Abdulloh ibn Zubayr r.a. Makkada
omonatchilardan naqd pul qabul qilib olar va Iroqdagi ukasiga xat yozib,
omonatchilar Iroqqa yetib borganida ularga omonatini berishini buyurardi
4
.
Yuqoridagilar Islom moliyasining milodiy 650 yildan 750 yilgacha bo‘lgan davrdagi
qisqacha tarixi deyish mumkin. (Milodiy 750 - 1900 yillar).
Ushbu davrda Rim, Tunis, Turkiya, Hindiston va Sumatra mintaqalarida
mahalliy va xalqaro savdo sohasida katta o‘zgarishlar kuzatildi, turli savdo va moliya
amaliyotlari qo‘llanildi. Ushbu amaliyotlarning aksariyati Mushoraka (foyda va
zararni taqsimlash) asosida amalga oshirildi. Bundan tashqari, sukuk, Suftaja (qarz
olgani to‘g‘risida tilxat), Bay al-Vafo va Bay al-Nuqud kabi moliyaviy vositalar ham
amaliyotda keng qo‘llanildi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib foizga asoslangan bank tizimining
kengayishi kuzatila boshlandi. O‘z navbatida, o‘sha davr musulmon ulamolari ushbu
holatlarga jiddiy munosabatda bo‘lib, musulmon jamiyati uchun Shariat me’yorlariga
asoslangan muqobil moliya tizimi joriy etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Masalan,
1890 yilda Hindistonda foizsiz moliyalashtirish muassasasi tashkil etildi. Undan
so‘ng, 1923 yilda Haydarobodda “Anjuman Imdad-e-Bahmi Qardh Bila Sud”
(Foizsiz kredit jamiyati) deb nomlangan yana bir muassasa tashkil etildi.
Keyinchalik, 1950 yilning boshiga kelib Pokistonda birinchi zamonaviy Islom
moliya muassasasi hisoblanadigan Mahalliy Islom banki tashkil etildi. Shu yilning
oxirlariga kelib, Muzoraba va Vakala (agentlik) kabi foizsiz bank mahsulotlari ham
qo‘llana boshladi.
Shariat tamoyillariga asoslangan zamonaviy Islom bankiga, 1963 yilda Misrda
Mit Gʻamr (Mit Ghamr) deb nomlanuvchi mahalliy jamg‘arma tashkil etish orqali
asos solindi. Ayni shu davrda, Malayziyada ham musulmonlar Haj amalini
bajarishlariga moliyaviy ko‘mak bo‘lishi uchun Ziyoratchilar jamg‘arma
korporasiyasi o‘z faoliyatini boshladi va 1969 yilda Tabung Haji (Tabung Haji) nomi
bilan mashxur bo‘lgan Ziyoratchilarni boshqarish va jamg‘arma kengashi tarkibiga
kiritildi. 1970 yillarga kelib Islom moliyasiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi va
buning natijasi o‘laroq 1971 yilda Misrda Nasir Ijtimoiy banki tashkil etildi. Bu bank
Misr prezidenti farmoniga asosan tashkil etilgan davlat homiyligidagi birinchi foizsiz
muassasa edi.
3
t.me/Islom Moliyasi
4
E.A.Baydaulet. “Islom moliya asoslari”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1470
1975 yilda islom moliyasi sohasida ikkita katta yangilik yuz berdi - BAAda
Dubay Islom banki hamda Xalqaro Islom moliya tashkiloti sanaluvchi Islom
Taraqqiyot banki (Jidda, Saudiya Arabistoni) tashkil etildi. Undan keyin yana ko‘plab
Islom moliyasi muassasalari tashkil etildi, jumladan, 1977 yilda Bagama orollarida
Islom Investisiya kompaniyasi (IIC) ga asos solindi, 1978 yilda Jidda shahrida Qirol
Abdul Aziz nomidagi universitetda Islom iqtisodiyoti bo‘yicha tadqiqot markazi
tashkil etildi.
1980 yillarga kelib Islomiy moliyaviy xizmatlar sanoati shiddat bilan rivojlana
boshladi. Shulardan, uchta musulmon davlati: Eron, Pokiston va Sudanda jiddiy
tadqiqot ishlari olib borildi, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va Shariatga mos
mahsulotlarni taklif qilishda an’anaviy banklar ham jalb qilindi. Shuningdek, Xalqaro
Valyuta Jamg‘armasi (IMF) foizsiz ishlaydigan iqtisodiy tizimning makroiqtisodiy
oqibatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni boshladi. O‘z navbatida, Malayziya va
Bahrayn kabi davlatlar ham o‘zlarining mavjud tizimlari doirasida Islom bankchiligi
faoliyatini boshlab yubordilar. Natijada, 1983 yil 1 iyulda Malayziyada Bank Islam
Malaysia Berhad (BIMB) Islom banki tashkil etildi
5
.
Bu davrdagi yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi - Saudiya Arabistonida Al-Rajhi
Banking Investment Corporation nomi bilan ish boshladi va ushbu kompaniyaga
Islom banki guvohnomasi berildi.
Yagona yoki Ikki tomonlama bank tizimi 1980 yilning boshlarida mahalliy
hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan yagona yoki ikki yo‘nalishga ega bank
tizimini tatbiq qilish yuzasidan ko‘plab bahs va munozaralar boshlandi. Yagona bank
tizimi - bu mamlakatdagi barcha moliyaviy tizimlar Shariatga mos kelishi kerakligini
bildirsa, ikki yo‘nalishga ega bank tizimi esa mamlakatda ham Islom, ham an’anaviy
moliya muassasalarining bir vaqtning o‘zida (ya’ni yondosh ravishda) faoliyat
yuritishini anglatadi.
Pokiston, Sudan va Eron yagona banki tizimini tanladi va qisqa vaqt ichida bu
mamlakatlarda barcha moliya muassasalari faqat Shariat tamoyilariga asoslangan
moliya mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadigan Islom bank-moliya tizimi joriy
etildi.
Boshqa tomondan, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Bahrayn
davlatlari ikki yo‘nalishga ega bank tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga
kirishishdi.
2000 yildan hozirgi davrgacha Islom moliya muassasalarining rivoji va
amaliyotlari ko‘lamining dunyo bo‘ylab kengayishi mahalliy hamda xalqaro
darajadagi umumiy me’yoriy-huquqiy asos va qoidalarga bo‘lgan ehtiyojini oshirdi.
Ushbu sabablar XXI asrning boshlarida xalqaro me’yorlarni belgilashga
ixtisoslashgan muassasalar faoliyatining rivojlanishiga olib keldi. 2001 yilda
5
E.A.Baydaulet. “Islom moliya asoslari”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1471
dunyoning eng nufuzli moliya muassasalaridan biri Xalqaro Islom moliya bozori
tashkil etildi. Islom Moliya Institutlari uchun Buxgalteriya Hisobi va Auditi Xalqaro
Buxgalteriya Standartlari Kengashi , Islom Moliya Xizmatlari Kengashi va Xalqaro
Islom Reyting Agentligi kabi tashkilotlar ham shu paytga kelib o‘z faoliyatlarini
boshlashdi.
Keyinchalik, Islom Banklari va Moliya Muassasalari Umumiy Kengashi va
Islom Moliya Muassasalari uchun Arbitraj va Murosa Markazi va boshqa ko‘plab
tashkilotlar tashkil etildi. Yuqoridagi muassasalarni tashkil etishdan asosiy maqsad,
Islom moliyasi sanoatini samarali nazorat qilish, shaffoflik va bozor tartiblarini joriy
qilish orqali qonuniy asosga ega, mustahkam va barqaror tizimni shakllantirish,
boshqarish va tartibga solish edi. Shuningdek, ular Islom moliya muassasalarining
nafaqat Shariat tamoyillariga va ichki qonunchilik talablariga mos kelishini, balki
Shariat tamoyillariga zid bo‘lmagan jahon andozalariga ham muvofiq ishlashini
ta’minlashga harakat qildilar.
Endi Islom moliyasi va banklarining Gʻarb mamlakatlar hududida yoyilishiga
to’xtaladigan bo’lsak, Islom banki va moliyasi nafaqat Islom davlatlarida, balki Gʻarb
davlatlarida ham keng tarqala boshladi. Gʻarbdagi mashhur Islom banki va institutlari
quyidagi jadval orqali ko’rishimiz mumkin:
1-jadval
Gʻarb mamlakatlar hududidagi shallangan dastlabki Islom moliya institutlari
6
Davlatlar
Islom moliya institutlari nomi
Tashkil topgan yil
Lyuksemburg
Islamic Banking International Holding
1978 yilda
Jeneva
Dar-al-mal-al-Islami
1981 yilda;
Daniya
Al-Baraka” guruhi va Daniya xalqaro Islom
banki
1982 y ilda
London
Islamic Finance House
1983 yilda
Yuqorida qayd etilgan muassasalardan tashqari, Islom banki xizmatlarini taklif
etuvchi bir qancha dunyoga mashhur xalqaro an’anaviy banklar ham mavjud,
jumladan, Chase Manhattan, Citibank, HSBC, Union Bank of Switzerland (UBS),
BNP-Paribas, Standard Chartered va boshqa banklar.
Islom moliasi sifatida tashil etilayotga moliya tashkilotlari islom moliyasi
shartnomalari orqali amalga oshiriladi. Islomda shartnoma Shariatga zid bo‘lmagan
taqdirdagina qonuniy hisoblanishi mumkin. Islom moliyasi shartnomalari Islom
sivilizasiyasi davomida Shariat doirasida va jamiyat talablari asosida rivojlanib keldi.
Arabiston yarim orolidagi arablar Islom dini kelishidan oldin ham o‘z moliyaviy
ehtiyojlarini qondirish uchun bir necha turdagi shartnomalardan foydalanib kelishgan.
Islom kelgandan keyin ham bu shartnomalar butunlay bekor qilinmadi, balki ularning
mavzusi (predmeti) va amaliyotlariga e’tibor qaratildi. Chunki, savdo va moliya
6
t.me/Islom Moliyasi ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1472
amaliyotlari Islom dinining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Shu tariqa, Ribo unsuri
mavjud deb topilgan har qanday shartnoma harom deb topildi va bekor qilindi.
Shariatga to‘g‘ri kelmaydigan, lekin o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan bir qancha
shartnomalar o‘zgartirildi, bir-biriga zid bo‘lgan tarkibiy qismlar olib tashlandi va
shar’iy jihatdan to‘g‘ri holatga keltirildi.
Islomdan oldin arablarda mavjud bo‘lgan ba’zi shartnomalar (masalan,
mahsulotni ko‘rmasdan va tekshirmasdan ko‘r-ko‘rona qo‘l tekkizish orqali olish,
tosh otish orqali aniqlash, egaliligi yo‘q bo‘lgan holda sotish) Payg‘ambarimiz
Rasululloh sallolohu alayhi vasallam tomonidan nojoiz va Islomga zid deb e’lon
qilingan. Shuningdek, Bay as-Salam kabi shartnomalar, barcha noto‘g‘ri unsurlar
chiqarib tashlangach, Islom tamoyillariga mos - joiz ko‘rinishga keltirilgan.
Yuqoridagi amaliyotlar Payg‘ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi
vasallamning davrlarida to‘g‘rilangan shartnomalarning qisqacha tarixi edi. Endi esa,
Islom moliyasidagi turli xil shartnomalarni, shuningdek, ularning tuzilishi hamda
qo‘llanishini ko‘rib chiqamiz.
Qur’oni Karimda Alloh ta’olo shunday marhamat qiladi: “Ey, iymon
keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qiling!” ("Moida" surasi 1-oyat). Qur’oni
Karimning ushbu oyati Islomda shartnomalar uchun asos deyish mumkin. Shartnoma
arab tilida “Aqd” deb nomlanadi, bu “bog‘lash”, “tugun” yoki “qo‘shilish” degan
ma’noni anglatadi. Shartnoma unga aloqador barcha tomonlarni bir-biriga bog‘laydi.
Shartnoma tomonlarning niyatlarini ifodalashi va ularning huquq hamda
majburiyatlarini belgilashi bilan birgalikda, bitim yoki biznesning tabiati, jarayonlari,
vositalari va davomiyligini aniq belgilab beradi. Islomda shartnomalarga alohida
ahamiyat qaratiladi, shuning uchun ham moliya sohasidagi barcha shartnomalar
Shariat tamoyillari asosida tuzilishi lozim.
Islom dini (muayyan cheklovlarni nazarda tutgan xolda ) qarzni taqiqlamaydi,
ammo inson sha’nini toptaydigan qarzga botib yashash madaniyatini ta’qiqlaydi.
Islom shuningdek, tadbirkorlik ortidan keladigan shaxsiy manfaatni tabiiyki
taqiqlamaydi, balki xudbinlik, ochko’zlik va qing’ir yo’l bilan ortirish kabi hayvoniy
sifatlarni taqiqlaydi. Shu bilan birga islom banki va an’anaviy bankning bir biridan
farqlarini ko’rib chiqamiz.
Ikki turdagi bank (ya’ni islom banki va an’anaviy bank) tizimi mavjud bo‘lgan
bir davlatda bir korxona an’anaviy tijorat bankidan kredit oladi. Yarim yildan so‘ng
esa ushbu korxona islom banki bilan “murobaxa” bitimi imzolaydi.
Ammo korxonaning faoliyati yaxshi yurmay qoladi. An’anaviy bank krediti
bo‘yicha ham, islom banki “murobaxa” bitimi bo‘yicha ham to‘lov muddatlari yetib
keladi. Korxonaning hozirgi xolida esa ularni to‘la olmaydi.
Mana endi voqeaning eng «qiziq» joyiga keldik: an’anaviy bank, olingan kredit
miqdoridan ham katta bo‘lgan jarima va penyalarni qo‘shib hisoblaydi (bunda kredit
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1473
qaytarilmagan har bir kun uchun hisoblangan penya, kredit uchun belgilangan
foizdan ancha yuqori bo‘ladi.
Murobaha bitimi bo‘yicha esa korxona bank bilan tuzgan oldi-sotdi
shartnomasiga asosan, avval boshdan kelishilgan ma’lum bir miqdordagi pulni
to‘lashi kerak bo‘ladi xolos. Bunda, islom banki bir yil kechikkan to‘lovlar uchun
ham hech qanday jarima yozmaydi va to‘lov miqdori islomda ribo taqiqlanganligi
tufayli o‘zgarmas bo‘lib qolaverdi.
Korxona rahbariyati an’anaviy tijorat banki tarafidan qo‘yilgan jarimalardan
karaxt bo‘lgan bo‘lsa, “murobaha” bitimi bo‘yicha to‘lashi kerak mablag‘ning xattoki
1$ga ham ko‘paymaganidan hayron bo‘ladi. Tabiiyki, ular islom bankining bunday
munosabatiga qoil qolishadi va minnatdorchilik sifatida murobaha bitimi bo‘yicha
qarzni birinchi bo‘lib yopishadi. Ana’naviy bank bilan esa qo‘yilgan jarima va
penyalar sababli hosil bo‘lgan ulkan qarz masalasida sudlashishni boshlashadi.
Agar jarima, penyalar, kredit qo‘llanilganda korxona katta ehtimol bilan
umuman yo‘q bo‘lib ketardi va o‘nlab odamlar ishsiz, qolardi, lekin bu voqeaning
yakuni xayrli bo‘lib chiqdi.
Shunday qilib, islom yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson
hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala)
uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Faqat so‘nggi bir necha o‘n
yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me’yorlarni zamonaviy tahliliy
atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy sa’y-harakatlar amalga oshirilganiga
qaramay va ko‘plab tadqiqotlar chop etilgan bo‘lsa-da, baribir «islomiy moliya» yoki
«islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo‘shilgan turli ijtimoiy fanlarga
nisbatan aniq ta’rifni qo‘llash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana
shunday tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko‘rib
chiqish tendensiyasi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Masalan, «islomiy
moliya» atamasi ko‘pincha «foizni man etuvchi» tizimni ta’riflash uchun ishlatiladi.
Lekin mana shunday sodda bayon etish nafaqat noto‘g‘ri, balki qo‘shimcha
chalkashliklarning manbasi ham hisoblanadi. Shunday qilib, islom yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek,
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga
amr qiladi.
Islom moliyasi va bankchiligining amaliy jihatlari barcha mamlakatlarda
muvofiqlik va uyg‘unlik holatiga kelib ulgurganligini tushunib yetishimiz zarur.
Shuning uchun yaratilgan va ishlab turgan mexanizmlarni qaytadan yaratishda
xech bir ma’no yo‘q faqat shu mexanizmlarni omma oldida oqilona va to’g’ri
ishlatish zarur. Mulk va boyliklarni saqlash shariatning asosiy maqsadlaridan biri
bo‘lishi insonlarning yaxshi yashashi va adolatli jamiyat qurishda ular naqadar
ahamiyatliligini ko‘rsatadi. Halol yo‘l bilan mol-mulk topish, boy va kambag‘allar
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1474
orasida katta tafovut paydo bo‘lishi, boyliklarni bir qancha kishilar qo‘lida to‘planib
qolishini oldini olishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Shariatning biror bir qoidasiga qarasangiz, turli taqiq yoki buyruqlar hayotning
yuqorida ko‘rsatilgan jihatlarini saqlashga yo‘naltirilganini ko‘rishingiz mumkin.
Islom moliyasida shakllangan qoidalar ham shu maqsadlarni ko‘zlaydi.
Dostları ilə paylaş: |