Fuqarolar urushining boshlanishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#190422
  1   2   3   4   5
AQSH fuqarolar urushi

Fuqarolar urushining boshlanishi.

  • Quldorlar butun AQSh hududida qulchilikni yoyishga, yangi yerlarni plantatsiyalarga aylanlirishga harakat qilib, qullarni Shimol va G`arbga qochishlarini oldini olmoqchi edilar 1850- yilda AQSh kongrcssi Yangi Meksika va Yutning keng viloyatlari aholisiga mazkur hududda qulchilikni joriy qilish yoki ma`n qilish masalasini o`zlari hal qilishi huquqini berdi. 1854-yilda AQSh tarkibida ikkita yangi shtatlar Kanzas va Nebraska shtatlari paydo bo`ldi. Kongress bu shtatlarning aholisiga ham qulchilik masalasini o`zlari hal qilishi haqida qaror chiqardi. 1850- yil qonuni va 1854-yilgi Konzas -Nebraska qonuni Kanzasda fuqarolar urushini boshlanishiga turtki bo`ldi. Quldorlar zudlik bilan Kanzasda qulchilikni joriy qilish maqsadida, qurolli guruhlarni Kanzasga keltira boshladilar. Bunga javoban minglab fermerlar va hunarmandlar bo`sh yerlarni egallash va qulchilikni yoyilishiga yo`l qo`ymaslik uchun Kanzasga kela boshladilar. Kanzas aholisining aksariyati qulchilikka qarshi bo`Iishiga qaramasdan, federal hukumat Kanzasni quldorlik shtati deb e`lon qildi.

Kanzas voqealarining ta`siri ostida quldorlar bilan demokratlar partiyasi tarkibida bo`Igan fermerlar bu partiyadan chiqib, qulchilikka qarshi bo`Igan burjuaziya, abolitsionistlar va frisoylerlar -1854-yilda respublikachilar partiyasiga asos soldilar.

  • Kanzas voqealarining ta`siri ostida quldorlar bilan demokratlar partiyasi tarkibida bo`Igan fermerlar bu partiyadan chiqib, qulchilikka qarshi bo`Igan burjuaziya, abolitsionistlar va frisoylerlar -1854-yilda respublikachilar partiyasiga asos soldilar.
  • 1859-yilda Virjiniya shtatida inqilobiy inqirozni yetilishida Jon Braun boshchiligidagi qulchilikka qarshi ko`larilgan qo`zg`olon katta ahamiyatga ega bo`ldi. J. Braun o`zining 32 kishilik harbiy otryadi bilan 1859-yil 17- oktyabrda katta qurol-yarog` • omborini egallash uchun qurolli hujum uyushtirdi. J.Braun ommaviy ravishda ularni qo`llab-quvvatlovchi qullar qo`zg`oloni ko`tariladi, deb umid qilgan edi, lekin bunday qo`zg`olon ko`tarilmadi, yakkalanib qolgan Jon Braun otryadi quldorlar qo`shini tomonidan tor-mor etildi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin