MA’RUZA-10
MAVZU. HAYDOVCHI VA UNING HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI O’RNI
Tayanch so’zlar va iboralar: haydovchi; yo’lovchi; piyoda; shaxs; temperament; toliqish; sergaklik; sezish; idrok; ko’rish; muvozanat; tezlanish; tebranish; qabul qilish; xotira; fikrlash; tezkorlik; diqqat; reaktsiya; tibbiy ko’rik; kundalik tibbiy ko’rik; tana harorati; qon bosmi; tomir urushi; algokol miqdori; shifoxona; yo’llanma. ish vaqti; ish hafta; haydovchi mehnati; mehnatni tashkil etish; kasbiy munosiblik; nogironlik; haydovchilik guvhnomasi; avtomobillarning toifasi; harakat tayyorgarlik; nazariy imtihon; amaliy ko’nikma. alkogol kontsentratsiyasi; promill; qondagi alkogol kontsentratsiyasi; miya faoliyati; qon tarkibi; markaziy nerv tizimi; axborotni qabul qilish; tavakkal qilish.
REJA:
Haydovchini xarakterlovchi ko’rsatkichlar.
Haydovchining ruhiy holati va biologik imkoniyatlari
Haydovchi mehnatini tashkil etish va uning kasbiga munosibligini aniqlash
Harakat xavfsizligini ta’minlashda inson yo’l harakatining asosiy ishtirokchisi:
haydovchi, yo’lovchi, piyoda va harakatni tashkil qiluvchi sifatida qatnashadi. Bularning ichida haydovchi alohida o’rin egallaydi, shuning uchun harakatni tashkil qilishda uning psixologik, fiziologik va biologik imkoniyatlarini e’tibor olish zarur. Harakatlanish davomida haydovchiga har xil noxush faktorlar ta’sir etadi: avtomobil saloniga kirayotgan chiqindi gazlar, transport shovqini,
vibratsiya, qishning sovuq va yozning issiq havosi, yomg’ir, qor, tuman, yo’lning yomon sharoiti, avtomobilning har xil kamchiliklari, piyodalarning tartibsiz harakatlanishi va hokazolar.
Haydovchi asosiy axborotni yo’l sharoitini kuzatish orqali oladi va axborotlar uning uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Axborotlarning xarakteri va hajmi juda tez o’zgaruvchan bo’lib, u doimo haydovchidan muntazam ravishda yo’ldagi harakat sharoitini diqqat-ehtibor berib kuzatishni taqozo qiladi. Haydovchining ish faoliyati juda murakkab bo’lib, harakatlanish davomida yo’l, avtomobil, piyoda va muhit sharoitiga faol ta’sir ko’rsata olmaydi (6.1-rasm) va ularning o’zgarishini
oldindan aniqlay olmaydi, u shunday sharoitda o’zining, yo’lovchilarning, piyodalarning hayotiga xavf tug’dirmasdan hamda avtomobilni va undagi yuklarni to’liq saqlagan holda xavfsiz harakatni ta’minlashi kerak.
Har bir kasbda insonning faoliyatini tahlil qilishdan kelib chiqib, uning muhim ruhiy- fiziologik o’ziga xosligini ajratib ko’rish mumkin. Haydovchi doimo harakatdagi barcha qatnashchilarining harakatlanish tartibi, yo’lning holati va o’lchamlari, atrof-muhit holati va boshqaruv vositalari mavjudligi, avtomobilning qism va asboblarining holati to’g’risidagi katta hajmdagi axborotni doimiy ravishda qabul qilishi hamda qisqa muddatda axborot majmuasini qayta ishlab va tahlil qilib, qaror qabul qilish kerak (6.1-rasm).
SHuni aytib o’tish kerakki, haydovchilar har doim ham to’g’ri qaror qabul qilib harakat qilmaydilar. Bunday holat vujudga kelishiga ko’pincha quyidagilar sabab bo’ladi:
Axborot o’z
vaqtida olinmagan, uning natijasida haydovchi harakat sharoitini to’g’ri baholay olmagan va YTHning oldini olish imkoniyati yetarli bo’lmagan;
birlamchi axborotni noto’g’ri tushunish, masalan, burilish uchun berilgan signalni haydovchi tormoz signali deb qabul qilishi;
6.1-rasm. Haydovchi faoliyatining «Haydovchi-Avtomobil-Yo’l-