Muvozanat - bu muhitda tana holatining o’zgarishini hamda organizmga tezlanish va og’irlikning ta’sirini ehtirof etish va qabul qilishdir.
Tezlanish - tezlikning yo’nalishi va miqdoriy ko’rsatkichlari bo’yicha o’zgarishni belgilaydi. To’g’ri chiziqli tezlanish harakatlanish tezligining ko’payishi yoki kamayishi
orqali vujudga keladi; yoysimon yoki markazdan qochirma tezlanish esa egrilik bo’yicha harakatlanish davrida vujudga keladi. Tezlanish ta’siridagi odamning umumiy holati butun tana bo’yicha vazminlikni his qilishning vujudga kelishi orqali belgilanadi.
Tebranish - (mexanik tebranish) kishi organizmiga ancha salbiy ta’sir ko’rsatadi, holbuki, uning ta’sir etish darajasi va xarakteri tebranish turiga bog’liqdir.
Qabul qilish - haydovchi o’zining kasbiy faoliyati jarayonida doimo tuganmas axborotlar oqimi asosida vujudga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan yo’l-transport holatiga mos ravishdagi harakatlarni bajaradi. Ayni paytda haydovchi qator taktik vazifalarga asoslanadi: harakatlanishning
xavfsiz tezligiga, transport jarayonining o’rnatayotgan maqsadiga, to’xtash,
to’xtab turish shartlari va h.k. larga asoslanadi.
Xotira - qabul
qilish jarayoni, asab tizimining tashqi olam haqidagi axborotlarini va bu hodisalarga organizmning ehtibor berishini saqlash qobiliyati.
Fikrlash - sezish, qabul qilish, xotira, tasavvur bilan uzluksiz bog’liq bo’lib, uning asosiy ahamiyati bu
jarayonlarni muvofiqlashtirish, tartibga solish va sintez qilishdadir. Haydovchilar uchun fikrlash tezligi muhimdir, chunki fikrlash asosida xulosa chiqarish va undan keyingi harakatlar avtomobilning harakatlanish tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha tez bajarilishi lozim.
Haydovchining tezkorlik sifati - bu sifatlar kutilmaganda vujudga keladigan kritik vaziyatlarda to’g’ri xulosa chiqara olish va qisqa vaqt ichida kerakli harakatlarni bajara olishga tayyor bo’lishlikning darajasini aniqlaydi.
Diqqat - bu sifat ruhiy faoliyat xarakteristikasi bo’lib hisoblanadi va ongning ma’lum bir ob’ektiga jalb qilish va yo’naltirish orqali ifodalanadi.
Diqqatning avtomobil haydovchisi uchun muhim sifatlari bo’lib turg’unlik, to’plash, hajm, taqsimlash va ko’chirish hisoblanadi.