Mavzu. Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta’minlashdagi



Yüklə 42,96 Kb.
səhifə2/7
tarix12.06.2023
ölçüsü42,96 Kb.
#128834
1   2   3   4   5   6   7
Temperament shaxsning o’ziga xosligini ifodalab, ruhiy jarayonlarning o’tish dinamikasini aniqlaydi. Temperamentning to’rtta turi mavjud: xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik.
Temperament ish qobiliyatida aks etadi. Masalan, xolerik uchun yuqori darajadagi emotsional qo’zg’aluvchanlik xos bo’lib, avtomobilni boshqarishda ishga osoyishta munosabatda bo’luvchi flegmatikka nisbatan tezroq charchaydi. Sangvinik haydovchilik kasbida o’zini yaxshi namoyish etadi. Melanxolik barcha transport vositalari haydovchilik kasbiy faoliyati uchun unchalik yaroqli bo’lib hisoblanmaydi.
Toliqish - inson faoliyati davomida kuchayib boradigan va uning vaqtinchalik samaradorligini pasaytirishga olib keladigan inson ruhiy holati o’zgarishlarining majmuidir.
Sergaklik - bu markaziy nerv tizimining zarur ishni bajarishga tayyorlik darajasidir.
Haydovchi ish qobiliyatining darajasiga ko’p holda mehnatni tashkil etish ta’sir ko’rsatadi. Masalan, noto’g’ri tuzilgan ish jadvali tungi harakatlanish oldidan va undan keyin to’liq dam olishga imkon bermaydi.
Toliqish holatida ko’plab yo’l-transporti hodisalari sodir etiladi. Toliqish ta’siri ostida ko’rish funktsiyasi, harakatlanish reaktsiyasi va harakat muvofiqligi yomonlashadi, diqqatning jadalligi sustlashadi, tezlikni sezish darajasi yo’qoladi. Toliqqanda haydovchida apatiya, holsizlanish, bo’shashish holati vujudga keladi. Diqqatlilik darajasi kamayadi. Javobgarlik his - tuyg’usi sustlashadi.
Haydovchining ruhiy holati va uning biologik imkoniyatlarini o’rganishni avval sezishda ko’ramiz.
Sezish - bu moddiy olamdagi hodisalarning va predmetlarning odam ongida aks ettirilishidir. Sezish ko’rish, eshitish, ushlab ko’rish, teri orqali, harakatlanish, tebranish va hokazolarga bo’linadi.
Idrok - predmet va hodisalarni bilishda sezishdan keyingi yuqoriroq pog’onadir. Idrok etishda atrof-muhitdan sezish orqali olingan ma’lumotlar yaxlit umumlashgan holda namoyon bo’ladi.
Avtomobilni boshqarishda ko’rish tahlil qiluvchi sifat shaklida atrofdagi muhit to’g’risidagi asosiy axborot vositasi hisoblanadi. Yo’ldagi harakat vaziyatini ko’rish yomonlashishi YTH kelib chiqishining asosiy omillaridan biri. Harakat miqdori sutkani qorong’i vaqtida 2030 % ga pasayishiga qaramasdan, avtorning tahliliga ko’ra, Toshkent viloyati avtomobil yo’llaridagi oxirgi besh yil ichida sodir etilgan YTHning 3545 % kunning qorong’i davriga to’g’ri keladi.
Ikki polosali yo’ldan qarama-qarshi polosada harakat yo’q bo’lgan vaqtda, 80 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan haydovchi ko’z qarashining 43,2 % avtomobilning 25-120 m oldidagi yo’l bo’lagini ko’rishga, qolgan vaqtni esa yo’lni, qatnov qismini, yo’l yoqasini va boshqa yo’l elementlarini ko’rishga sarflaydi (6.2-rasm). Agarda ikki polosali yo’lda qarama- qarshi harakat kuzatilsa, unda haydovchi ko’rish diqqatining 30 % vaqtini qarshidan harakatlanayotgan avtomobil oladi.

Yo’l elementlari esa
47,9 % ni tashkil etadi, uning asosiy qismi yo’l qoplamasini va avtomobil-ning oldidagi yo’l holatini baholashga sarflanadi.
Eshitish orqali idrok etish - o’z mohiyatiga ko’ra ko’rishdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Eshitish or- qali idrok qilish uchta fak- torga
6
4
2



Градуслар
0
2
4

6
8
16 12 8 4 0 4







8 12

bog’liq: eshitish tahlil qiluvchisi; ovoz
6.2-rasm. To’g’ri yo’l bo’lagidan o’tganda
haydovchining ko’z qarashi vaqtining bo’linishi (10 minutlik davrda)

manbai; bosim o’zgarishini ovoz manbaidan ovoz tahlil qiluvchisiga uzatuvchi muhit. Haydovchi eshitish yordamida avtomobil asboblarining ishlash sifatini baholaydi, boshqa haydovchilar berayotgan tovushli ishoralarni, temir yo’l kesishmalaridagi qo’ng’iroq ovozlarini, maxsus avtomobillarning tovush moslamalari ovozlarini, ichki axborot quril-malarining zummerlarini hamda turli xildagi shovqinlarni qabul qiladi, ularning jadalligi va tez-tez qaytarilishi, harakatlanish tezligi va uning o’zgarishi to’g’risida birmuncha tassavur beradi.

Yüklə 42,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin