Mavzu. Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta’minlashdagi



Yüklə 42,96 Kb.
səhifə4/7
tarix12.06.2023
ölçüsü42,96 Kb.
#128834
1   2   3   4   5   6   7
Тўхтамасдан бошкариш давомийлиги, соат.

6.3-rasm. Yuk avtomobil haydovchisining dam olmasdan boshqarish davomiyligi ortishi bilan YTHni nisbiy


tavakkallikni o’zgarishi

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish uchun vazirlik tomonidan joylarda maxsus hayhat tuziladi. Hayhat tarkibida terapevt, xirurg, okulist, nevropatolog, psixolog, otolaringologlar (ayollar akusher-ginekolog ko’rigidan xam o’tadilar) qatnashadilar. Agarda haydovchining kasbga munosibligini aniqlash davrida nizolar chiqadigan bo’lsa, uni vazirlik, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi tuzilgan tibbiy hayhatlar hal qiladi.


Ayrim hollarda ma’lum fiziologik yetishmovchiligi bo’lgan shaxslarga transportni boshqarishga ruxsat beriladi. Masalan, oyog’i shikastlangan nogironlarga transport vositasi konstruktsiyasini o’zgartirib, qo’lda boshqarishga moslashtiriladi yoki eshitish organida nuqsoni borlarga maxsus eshitish moslamasi taqib transportni boshqarishga ruxsat beriladi (bunday hollarda haydovchi faqat o’z shaxsiy transportini boshqarib, boshqalarga xizmat ko’rsatishi man etiladi). Hozirda rang ajratish qobiliyati past yoki yo’q (dalьtonik) shaxslarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berish to’g’risida izlanishlar olib borilayapti. Umuman, bizda o’rnatilgan haydovchilikka moslikni aniqlash tartibi rivojlangan davlatlar tartibiga mos keladi.
O’zbekiston Respublikasida barcha transport vositalari ularning turlariga, qo’llanilishiga va boshqarishning o’ziga xosligiga qarab A, V, S, D, Ye toifalarga hamda tramvay, trolleybus, motokajavalarga bo’linadi. Bularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 2 avgustdagi 156-sonli «O’zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan beriladi.
Haydovchilik guvohnomasida tegishli ruxsat beruvchi belgisi bo’lgan shaxslar quyidagilarni boshqarishi mumkin:
«A» - mototsikl, motoroller, motochana va boshqa mototransport vosi-talarini;
«V» - to’la vazni 3500 kilogrammdan va haydovchining o’rindig’idan tashqari o’rindiqlar soni sakkiztadan oshmaydigan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarishda qo’l bilan boshqariladigan avtomobillarni;
«S» - to’la vazni 3500 kilogrammdan ortiq bo’lgan yuk avtomobillarini;
«D» - haydovchi o’rindig’idan tashqari o’rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo’lgan va yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan avtomobillarni;
«E» - toifasi, shatakchasi, «V», «S» toifalari yoki «D» toifasidagi transport vositalaridan iborat bo’lgan turkumni.
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus boshqarishga ruxsat etiladi.
«V», «S» va «D» toifasidagi transport vositalarining haydovchilariga ularning to’la vazni 750 kilogrammdan ko’p bo’lmagan tirkama bilan ham boshqarishga yo’l qo’yiladi.
To’la vazni 750 kilogrammdan ortiq bo’lgan tirkamali «V», «S» va «D» toifalaridagi transport vositalarini, shuningdek, bo’g’imli avtobuslarni boshqarish uchun haydovchining haydovchilik guvohnomasida «E» toifasini ham boshqarishga ruxsat etilganligi belgisi bo’lishi shart.
«V», «S», «D» va «E» toifalaridagi transport vositalarini, tramvaylar, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun O’zbekiston IIV YHXBB bilan kelishilgan, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona o’quv rejasi va dasturi asosida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o’quv yurtlarida tayyorgarlikdan o’tishlari shart. «A» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun harakat tayyorgarlik ko’rgan shaxslarga ham DYHXX RIB larda imtihon topshirishga ruxsat etiladi.
O’quv rejasi dasturlariga avtotransport vositalarini boshqarish fanlari kiritilgan oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, texnika bilim yurtlari va umum-ta’lim maktablari maxsus dasturlar asosida «V», «VS» toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun tayyorlashlari mumkin.
Imtihon nazariy va amaliy qismlardan o’tkaziladi.
Nazariy imtihonda imtihon topshiruvchining «Yo’llarda harakatlanish qoidalari» va dasturda ko’zda tutilgan boshqa fanlar bo’yicha bilimi tekshiriladi.
Amaliy imtihonda haydovchilik guvohnomasi qaysi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi toifaga olinayotgan bo’lsa, imtihon topshiruvchining faqat shu toifadagi transport vositalarini boshqarish bo’yicha malakasi tekshiriladi.
Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar yurtlarining kasbiy yo’nalishi avtotransport haydovchilarini tayyorlash uchun tasdiqlangan yagona o’quv dasturiga kiritilgan fanlarning to’liq o’qitilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo’yicha tugatgan shaxslarga “V” yoki “VS” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
Masalan, Toshkent avtomobil - yo’llar institutida barcha bakalavr tayyorlash yo’nalishlarining o’quv rejalariga «V» toifasidagi haydovchilik guvohnomasini (institutni tamomlagandan keyin maxsus kurslarni yagona dastur asosida o’qiganligi munosabati bilan qo’shimcha o’quv kurslarida o’qimasdan) olish uchun imtihon topshirishlari mumkin.
Haydovchilik guvohnomasi mototransport va kajavali mototsikllarni boshqarishga 16 yoshga to’lgan («A» toifa), yengil yuk avtomobillarini («V», «S» toifa) haydashga 18 yoshga to’lgan, tramvay, trolleybus, taksi va avtobuslarni («D» toifa) boshqarishga 21 yoshga to’lgan shaxslarga beriladi. Majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarga istisno tariqasida, avtobuslarni boshqarishlariga 19 yoshga to’lgandan so’ng ruxsat etiladi.
Maxsus tovushli va yorug’lik signallari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni tashiydigan transport vositalarini, shuningdek, shaharlararo qatnaydigan va xalqaro yo’nalishga xizmat qiluvchi avtobuslarni boshqarish uchun tegishli toifadagi transport vositalarida oxirgi uch yil mobaynida muttasil faqat haydovchi sifatida ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi.
«S» yoki «D» toifalariga oid transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo’lgan ayollarga (yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarishga)
O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilangan ma’lum cheklashlar (avtomobillarning yuk ko’tarish quvvati 2,5 tonnadan, avtobuslarda yo’lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.
«VS», «S» yoki «D» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lgan, haydovchilik sohasidagi ish faoliyati bir yildan kam bo’lmagan (shaxsiy avtomobil haydovchilari uchun oxirgi
24 oy mobaynida avtomobil boshqargan), o’quv yurtlarida tegishli dasturga muvofiq qayta tayyorgarlikdan o’tgan va amaliy imtihon topshirgan haydovchilarga «E» toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqi beriladi.
Haydovchilarning ishlash va dam olish vaqtidan to’g’ri foydalanishlariga qathiyan rioya qilishlarini nazorat qilish kerak. Haftada 6 kun ishlash o’rnatilganda haydovchilar kuniga 7 soatdan ortiq ishlashlari mumkin emas. Kechasi ishlash vaqti 22 dan boshlab 6 soatni tashkil etishi kerak [19].
SHaharlararo tashish bilan shug’ullanuvchi haydovchilar 12 soatdan ortiq transport vositasida bo’lishi rejalashtirilgan avtomobillarda uxlash uchun joy tashkil qilingan bo’lishi lozim va marshrutga ikkita haydovchi yuborilishi kerak. SHaharlararo tashishda haydovchi birinchi 3 soat va undan keyin har 2 soatdan so’ng 10 minut dam olishi lozim. Har kungi dam olish (smenalar oralig’ida) ish kuni vaqtidan ikki marta kam bo’lmagan vaqtga to’g’ri bo’lishi kerak. Masalan, smenada 8 soat ishlagan bo’lsa, dam olish vaqti 16 soatdan kam bo’lmasligi kerak.

    1. HAYDOVCHILARNI TIBBIY KO’RIKDAN O’TKAZISH

Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun birinchi navbatda haydovchilarning harakatlanish davomida, oldindan va kasbiy kasallanishining oldini olishdan iborat bo’ladi. Ingliz mutaxassislarining fikricha, yiliga 200 dan ortiq YTH haydovchilarning yo’lda harakatlanish davrida infarkt miokard bo’lishidan sodir etilishi aniqlangan. Bunday holat AQSHda yiliga 2 mingdan ortiq qayd etilishi [17] ma’lum. Tibbiyot mutaxassislarining fikricha, haydovchilarda ko’p uchraydigan qon bosimining ko’tarilishi, ularning kun davomida yuqori darajada asablarining zo’riqishi bilan ishlashi, shuningdek, oshqozon-ichak kasalligining tez-tez uchrashi haydovchilar ishlash grafigining noto’g’riligidan kelib chiqadi. Keltirilgan noxush holatlar vujudga kelmasligining oldini olib haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Barcha transport vositalarining haydovchilari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2006 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug’ida belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart. Har bir haydovchi haydovchilik guvohnomasi olishdan oldin va 6.1-jadvalda keltirilgan muddatlarda tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Transport vositalarining haydovchilarini dastlabki tarzda majburiy va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’riklardan, shu jumladan, yo’lga chiqish oldidan va yo’ldan qaytgandan keyin tibbiy ko’riklardan o’tishi “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risi”dagi qonunning 17-moddasida ham keltirilgan.
Agar Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) va transport korxonalaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sog’ligiga nisbatan shubha tug’ilgan bo’lsa, unga belgilangan muddatlardan oldin tibbiy ko’rikdan qayta o’tish uchun yo’llanma berilishi mumkin. Haydovchilarni tibbiy ko’rikdan qayta o’tish haqidagi qaror DYHXX boshqarmasi bo’lim va bo’linmalari boshliqlari va ularning o’rinbosarlari, ular bo’lmaganda esa, ichki ishlar bo’limi boshlig’i va ularning o’rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.
Avtotransport vositalari haydovchilarini qatnov oldidan tibbiy ko’rikdan o’tkazish haydovchilar tomonidan sodir etiladigan YTHning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlardan bo’lib, u asosan quyidagi tartibda tashkil etiladi.
Haydovchining qatnov oldidan tibbiy ko’rigi avtotransport korho-nalarida tashkil etilgan va tibbiyot shifoxonasi tarkibiga kiruvchi sog’lam-lashtirish punktining tibbiy xodimi (nazoratchi) tomonidan o’tkaziladi. Nazoratchilar qatnov oldi tibbiy ko’rigini sog’liqni saqlash va ichki ishlar vazirliklari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan dasturga asosan o’tkazadilar.
Nazoratni o’tkazuvchi tibbiy xodimlar haydovchilarning yo’lga chiqishidan oldin salomatligini ko’zdan kechiradilar va uning sog’ligiga bog’liq bo’lgan YTH sabablarini tahlil qilishda harakat xavfsizligi xizmati foydalanish va xodimlar bo’limlari bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatadilar.



Yüklə 42,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin