TEXT.com
Top of Form
Bottom of Form
Reja:
1.Anbar Otin ijodining o'rganilishi.
2.Shoiraning hayoti haqida.
3.Anbar Otin lirikasi.
4.Shoira asarlarida ijtimoiy-siyosiy masalalarning ko'tarilishi.
5.«Qarolar falsafasi» asari.
6.Kelajak haqida o`ylarining badiiy ifodasi.
Anbar Otin (1870-1906)
Mumtoz shoiralar ijodiga nazar tashlar ekanmiz, mavjud davr muammolari ayollarning jamiyatdagi roli e'tirof etilgan. Shariat ahkomlari hukmron davrda xotin-qizlarga bo'lgan munosabat zamona zayli bilan o'zgargan. Xotin qizlarga bo'lgan munosabatlarni o'zgartirish ularning xo'rliklar va tazyiqlarga uchrashi kabi muammo va ularning yechimlari shoiralar ijodida lirika misolida ifodalab berilgan. Mumtoz shoiralar jamiyatda ayollarning ham o'rni bo'lishi ularning ham orzu-havaslari borligini eslatib o'tishgan. Ayollar bilan erkaklar teng bo'lgan jamiyat, ayollarning ham bilim olish, kasb tanlash erkinligi keladigan zamona kelishiga ishongan , umid qilgan va shunga qarab harakat qilgan, sherlar yozilgan, gazallar bitilgan.
Anbar Otin Farmonqul qizi (1870 — Qo‘qon — 1906) — o‘zbek shoirasi. Otasi Uvaysiyning jiyani. Onasi Ashurbibi oddiy kosib qizi. Anbar Otin Dilshod otin maktabida tahsil olgan. Anbar Otin she’rlar ijod qilish bilan birga mahallasidagi yosh qizlarga ta’lim va tarbiya bergani tufayli Otin nomiga ega bo‘ladi.
Anbar Otin o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Ijodda ko‘proq Uvaysiyga ergashgan. Navoiyni birinchi ustoz hisoblagan. Zamondoshlari Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bilan tanish bo‘lgan. She’rlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan.
O‘zbekcha she’rlari (48 ta)dan devon tuzgan. Undan 41 g‘azal, 4 muxammas, 1 qit’a, 1 masnaviy, 1 mustazod o‘rin olgan (1905). 70-yillarning boshida shoiraning 40 ga yaqin she’rdan iborat yana bir qo‘lyozma devoni, «Qarolar falsafasi» risolasi, 160 misralik «yakka bayt»lari topildi, tojikcha g‘azallaridan devon tuzish niyati bo‘lgan, ammo bor-yo‘qligi hozir noma’lum.
Anbar Otin she’rlari aksariyat ijtimoiy mavzuda. Zamona adolatsizligidan, mehnatchi xalqog‘ir ahvolidan so‘z ochadi, ma’rifatni ulug‘laydi. «Qarolar falsafasi» asarida ayollarning og‘ir qismati haqida hikoya qilinadi. misoli ozod bo’lsun va barcha xaloyiq urus birla barobar bulub ruhgor kechirsun desa, amorat va xukmronlik qonunini din qonunlaridan mustasno keltursin». Boshqa bir o’rinda faylasuf – shoira: «Davlat ishini dini islomdin yiroq tuting…», degan fikrni bildiradi.
Qarshi birlashmoq, qo’lda qurol bilan chiqmoq. Bu yo’lni shoira shunday ifodalaydi:
«albatta, aqlu – idrok va jamoatga taqya qilib, barcha shayx sufiylardan yiroq va barcha tarsu vaxmdin emin bo’lib, zolimlarga qarshi muboriza qilmoq, yakkalikdan xazar qilmoq, bu tadbirlar ila zulmni nobud etib, zulmaini bartaraf qilmoq zarurdir».
Albatta, Anbar otinning barcha axloqiy qarashlarini mutloq to’g’ri deb qabul qilish nojoiz. Chunonchi, u sufiylik tariqatlarining hammasini mohiyatan reakstion, degan fikrni ilgari suradi va sufiylarni mustamlakachi amaldorlar ra’yiga qaraydigan rasmiy din peshvolari bilan chalkashtirib yuboradi. Lekin, shunga qaramasdan, Anbar otinning asarlari, ayniqsa, «Qarolar falsafasi» risolasi xozirgi kunda ham ijtimoiy – axloqiy ahamiyatini yo’qotgan emas.
Bundan tashqari, Anbar otin shoira va faylasuf olima sifatida ham, shaxs sifatida ham kishini xayratga soladigan darajada matonatli, pokiza inson, yuksak axloq egasi bo’lgan. U umrini Turkiston xalqlari ma’naviyatini yuksaltirishga bag’ishladi, nogiron bo’lishiga qaramay, adolatning paxlavoni bo’lib kurashdi. Bugungi kunda mustaqil O’zbekistonimizga bu tom ma’nodagi qaxramon ayol orzu qilgan kunlar keldi, Anbar otinning olimona va shoirona bashorati amalga oshdi.
Badiiy adabiyot har bir inson ma’naviy dunyosini bebaho insoniy fazilatlar, go’zal tuyg’ular, o’lmas milliy qadriyatlar bilan boyitadi. O’zbek adabiyoti ham
o’zining bitmas-tuganmas xazinasiga ega. Bu xazinasini rang- barang javohirlar ila
to’ldirgan ijodkorlarimizni e’tirof etmoqlik baxtdir. Xususan, bizning Qo’qon
adabiy muhitimiz ma’naviy merosimizning salmoqli o’rnini egallaydi. Qo’qon
adabiy muhitining vujudga kelishida juda ko’plab ijodkorlarimiz o’zining beqiyos
hissalarni qo’shganlar. Gulhaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Amiriy kabi qalam ahllari
o’zbek mumtoz adabiyotini o’zining betakror ijodlari bilan boyitganlar. Bular
orasida ayol shoiralar ham alohida o’rin egallaydi. Nodira, Uvaysiy, Dilshodi
Barno, Anbar Otin kabi shoiralar ham Amiriy asos solgan Qo’qon adabiy muhitining
iste’dodli vakillaridandir.
Bu ayol shoiralarimiz orasida ijod yo’nalishining o’zgachaligi bilan ajralib turgan
ijodkor bu- Anbar Otindir. Anbar Otin Farmonqul qizi Qo’qonda kambag’al kosib
oilasida tug’ilgan. Otasi Farmonqul asli marg’ilonlik bo’lib, shoira Uvaysiyning jiyani
bo’lgan. Onasi Ashurbibi Qo’qonlik bir kosibning qizi bo’lgan. Bo’lajak shoira 7
yoshidan boshlab o’z mahallasidagi Dilshodi Barno maktabida ta’lim olib , ilmning sir-
sinoatlaridan bahra olgan. Adabiyot atalmish bo’stonda hech bir ijodkor yo’qki , Navoiy
hazratlari ijodini sevmagan, ta’sirlanmagan bo’lsa. Anbar Otin ham Navoiy va
Uvaysiyni o’ziga ustoz deb bilgan.Keyinchalik o’zi ham maktabdorlik qilgani uchun
ham’’ Otin’’ nomini olgan. U o’zbek va tojik tillarida ijod qilgan. U uzoq umr ko’rmagan
1870-1910-yillarda yashagan. U umrining ko’p qismini to’shakda mixlangan holda
o’tkazgan.
“Bir yig’inda haqni aytib , balog’a qolib zinadan quvlanganimda ayog’im chiqib
yotib qoldim’’-deb yozadi. Anbar Otinning adabiy merosi: devoni 1905-yilda yozilgan
bo’lib, unga 41 g’azal, 4 muxammas, 1 qit’a, 1 mustazod va shoiraning she’riy tarjimai
holi vasnaviy shaklda kiritilgan. Risolalari “Mushoira”, “ Qarolar falsafasi risolasi.’’
Anbar Otin ijodidagi eng go’zal kashfiyot bu “Qarolar falsafasi risolasi’’dir. Anbar Otin
adabiyot tarixida ilk bor falsafiy-publisistik yo’nalishda ijod qildi. Bu asarda shoira
qora so’zining turli ma’no qirralarini izohlar ekan, ijtimoiy hayotga, undagi
tengsizlikka keng urg’u beradi.
Biz bilamizki, qora rang ko’proq motamni ifodalaydi, shuning uchun qora rang
ko’proq salbiy ma’noda izohlanadi [ qora niyat, qora kuchlar]. Lekin adabiyotimiz
tarixiga nazar solsak, hazrat Navoiy ijodida ham juda ko’p o’rinlarda qora rang muhim
ro’l o’ynaydi. Biz buni taniqli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulov tadqiqotlarida
kuzatishimiz mumkin. Xususan, “Qora rang-muborak rang” maqolasida shunday yozadi. Alisher Navoiy “Sab’ayi sayyor “ dostonida “Farrux va Axiy sarguzashtlari’’ ni
aks ettiruvchi mashhur hikoyat o’rin olgan.Ushbu hikoyaning so’nggida esa ushbu
misralarni o’qiymiz.
Qaro rang elga toju darakdur,
Kim qaro rang ichradur muborakdur.
“ Qora rang elning boshiga toj bo’ldi. Kim shu rangda kiyinsa muborak bo’ldi”.
Adabiyotshunos olimimiz shunday talqin qiladi: “ Qora rang-yoshlik ramzi,
kimning boshi qora bo’lsa, unga bu muboraklikdir. Negaki, yoshlik elning “toju torak” i
demak”.
Mana yuqoridan ko’rinib turibdiki, qora rang faqat motam emas, balki
muboraklik ramzidir. Ushbu qarashlar bilan hamohanglikni Anbar Otinning “Qarolar
falsafasi” risolasida kuzatamiz. Umuman Anbar Otin ijodida Navoiy qarashlari yaqqol
seziladi. Sababi, biz aytib o’tdik Anbar Otin Alisher Navoiyni o’z ustozi deb hisoblagan.
“Qarolar falsafasi” risolasida shunday satrlar bor: “ Aksar janub va sharq xalqlari
monandi Arab, Eron, Afg’on, Seylon, Hind va Kashmir xalqlari qaro yuz, oqko’ngil
xaloyiq erurlar. Ul xaloyiq aslzoda oq tanlar kabi andon, a’zoi badan, qo’l oyoq, til, ko’z,
aql-xush, g’ayrat va tafakkurga moyildurlar.
Mana shu o’rinda bir hoji ona bilan suhbat yodimga tushdi. Hoji onamiz haj
ziyoratiga borganlarida oldilariga bir qop-qora habash terlab-pishib kelib o’tirganini,
o’zini esa biroz ijirg’anganini, keyin esa bu qilgan ishidan qattiq pushaymon bo’lganini
aytgan edi. Chunki, bir necha vaqtlar o’tgach boyagi “qop-qora” lekin, ko’ngli oq, dili
bilan tili bir, iymoni mustahkam bu habash inson “Qur’onu Karim” oyatlarini shunday
tilovat bilan o’qiganki, atrofdagi barcha, hoji onamiz ham ko’zidan yoshlari sel bo’lib
oqqanini so’zlab berdilar. Bu kabi holatlar hayotimizda talaygina.
Haqiqatdan ham Anbar Otin bu asarida o’zining dunyoqarashini batafsil
ko’rsatib bergan.Asarning 2-faslida farqi qarolar taqdirini ko’rsatadi. Biz musulmon
ayollarida sochni 2 qismga ajratish odat bo’lgan. O’rtadagi yo’l esa farq deyilgan. Farqi
qarolar – bu ayollar. Ayollar avvalo onadir. Shoiramiz ushbu faslda mana shu
mukarram zot- ona haqida teran fikrlaydi. To’qqiz oy farzandini ko’ksida ko’targan,
m,ing azob bilan uni dunyoga keltirgan zot ham qaro soch, qaro ko’z, qaro xollidir. Bu
asarni o’rganishda, o’rgatishda juda ham e’tiborli bo’lmog’imiz, har bir so’zni teran
tahlil qilib o’quvchiga yetkazmog’imiz zarur.
Buyuk shoir Nizomiy ta’kidiga ko’ra, dunyodagi biror bir rang qoralikdan yaxshi
emas. Hattoki, “ Das siyohi shukuh dorad moh “ –“Oy ham qorong’ulikda shukuhlidir”.
Qora rangli ijobiy sifatli narsalar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish jarayonida
ushbularni hisobga olsak, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Qora qozon-taom beradi.
Qora qumg’on-choy uzatadi.
Qora qo’chqor, qora ot- eng oliy zotli hayvonlar.
Qora qalam-bilim beradi.
Qora soch- yoshlik ramzi.
Qora qosh, qora ko’z- go’zallik ramzi.
Anbar Otinning risolasini o’qir ekanmiz, bizni mudom o’ylashga, fikrlashga
chorlaydi. Hozir XI sinf adabiyot darsligida xuddi shu “Qarolar falsafasi risolasi “ dan
boblar berilgan. Biz pedagoglar mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlarga ushbu
asar orqali to’g’ri yo’l ko’rsatmog’imiz, asaning tarbiyaviy ahamiyatini singdirmog’imiz lozim.
XIX asr ikkinchi yarmi–XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida shoiralar ijodi alohida o‘rin tutadi. Anbar Otin ham ularning biri edi. Shoira «Tarjimayi hol» asarida, jumladan, shunday deydi:
Otam – Farmonquli Marg‘iloniy,
Onam – Ashurbibi Qo‘qoniy.
Ular bo‘zchi, aniqrog‘i, belbog‘chilik bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Oila juda kambag‘al yashagan:
Alar belboqchi – bo‘zchi erdi kasbi,
Hamisha makkayidan1 erdi noni,
Ki «Bo‘zchi yolchimas belboqqa» doim,
Yana juft bo‘lmas erdi bir choponi.
Kambag‘alchilik va nochorlik oilaviy hamjihatlikka ham putur yetkazadi. Anbar va uning ukasi o‘gay ota tarbiyasida qoladi. Anbarni Qo‘qon shahriga – Zohidxo‘ja degan kishiga turmushga uzatishadi (Anbar Otin she’rlaridan birida uni «zahmat ahli»dan deb yozadi, «Debocha»da esa uning «O‘ratepadan yalangoyoq yetim kelg‘an»ini ko‘rsatib o‘tadi). Ularning to‘rtta farzandi bo‘lgan: Mo‘minxo‘ja, Bibixon, Usmonxo‘ja, Ominaxon (yoshligida vafot etgan). Bo‘lajak shoira Dilshod otin maktabida tahsil olgan. Dilshod Barno bu haqda shunday deb yozgan edi: «Anbaroy bug‘doyrang, sunbul sochli, ohu ko‘z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha bo‘lishiga qaramay, hazrat Navoiy g‘azallarini o‘rganishga behad qiziqadi... Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo‘lg‘usi». Anbar Otin o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. She’rlarida Uvaysiyning ta’siri sezilib turadi. Zero, Uvaysiyni bir she’rida «momom» deb tilga oladi hamda otasiga Uvaysiyning amma ekanini ta’kidlaydi. Ustozlarning ulug‘i sifatida Navoiyni tilga oladi:
Agar ustodi adabni izlasang, Anbar Otin,
Sen Navoiy ta’limini doim mutolaa qil.
«Haziniy to‘dasi» degan ibora Anbar Otin qiziqqan ijodiy davraning nomidir. Shuningdek, Muqimiy, Furqat, Kamiy, Zavqiy, Shavqiylar ijodi ham shoira uchun qiziqarli bo‘lgan. (She’rlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan).Anbar Otin O‘rta Osiyoning Chor Rossiyasi istilosi davrida yashagan. U rus madaniyati, san’ati va adabiyoti, ayniqsa, maktab-maorif sohalaridagi ilk o‘zgarishlarni ko‘rib, ularga nisbatan dastlab ijobiy baho beradi:
Qo‘shulub mulki Farg‘ona o‘rusga bu saro bo‘ldi,
O‘rus o‘zbek elig‘a tug‘ishgandek ag‘o bo‘ldi.
Keyin bu siyosatning qora va jirkanch tomonlarini ham («qilich yonig‘a to‘pponcha qo‘shulub») ko‘ra bildi:
Quvonib ibtidoda o‘yladi el: «Zulm ketdi», deb,
Kelib zolim, mulozim birla tezda hampo bo‘ldi.
Shoira «Tarjimayi hol» asarida, jumladan, shunday deydi: Otam – Farmonquli Marg‘iloniy, Onam – Ashurbibi Qo‘qoniy. Ular bo‘zchi, aniqrog‘i, belbog‘chilik bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Oila juda kambag‘al yashagan. Bo‘lajak shoira Dilshod otin maktabida tahsil olgan. Dilshod Barno bu haqda shunday deb yozgan edi: «Anbaroy bug‘doyrang, sunbul sochli, ohu ko‘z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha bo‘lishiga qaramay, hazrat Navoiy g‘azallarini o‘rganishga behad qiziqadi... Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo‘lg‘usi». Anbar Otin o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. She’rlarida Uvaysiyning ta’siri sezilib turadi. Zero, Uvaysiyni bir she’rida «momom» deb tilga oladi hamda otasiga Uvaysiyning amma ekanini ta’kidlaydi. Ustozlarning ulug‘i sifatida Navoiyni tilga oladi:
Agar ustodi adabni izlasang, Anbar Otin,
Sen Navoiy ta’limini doim mutolaa qil.
«Qarolar falsafasi» Anbar Otin ijodidagi eng go‘zal adabiy kashfiyotdir. U shoira shaxsiyatidagi ijtimoiy jur’at va jasoratning, yetuk salohiyat va ijodiy barkamollikning go‘zal namunasidir. Anbar Otin adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy-publitsistik yo‘nalishda ijod qildi. Tarixda «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi») nomi bilan saqlanib qolgan, bu asar Anbar Otin dunyoqarashi, tasavvuri haqida boy ma’lumotlar beradi. Uning tarix, falsafa, axloq va madaniyatimiz tarixining bilimdoni ekani ma’lum bo‘ladi. U inson tanasidagi ranglarning mutlaqo ijtimoiy ahamiyat kasb etmasligini, uning qayerda yashashi va qaysi tilda gapirishi emas, balki olam va odamga munosabatiga ko‘ra farqli jihatlari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Anbar Otin mahalliy va rus hukumati vakillarining birgalashib uylarini tortib olgani, oqibatda katta oilaning kichik hovlichada qamalib qolgani haqida ham she’riy misralar bitgan. Muhimi, u «ikki yoqlik zulmni» ko‘plardan oldin ko‘ra bilgan va atrofidagilarni uni bartaraf etish uchun chorlagan edi. Anbar Otin uzoq umr ko‘rmagan bo‘lsa-da, umrining ko‘p qismini to‘shakda mixlangan holda o‘tkazgan. Ammo u kuchli iqtidor bilan birgalikda mustahkam irodaga ham ega edi: «Falak i jomakabud1 dastidin yuz dodki, – deb yozadi u. – bir yig‘inda haqni aytib, balog‘a qolib zinadan quvlang‘animda oyog‘im chiqib yotib qoldim. Yosh umrim hayf va rangim za’faron bo‘lib yotdim. Bor mavjud kuchim kitob o‘qumoq va g‘azal abyot qilmoq ila band bo‘ldi». «Qarolar falsafasi» Anbar Otin ijodidagi eng go‘zal adabiy kashfiyotdir. U shoira shaxsiyatidagi ijtimoiy jur’at va jasoratn ing, yetuk salohiyat va ijodiy barkamollikning go‘zal namunasidir. Anbar Otin adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy-publitsistik yo‘nalishda ijod qildi. Tarixda «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi») nomi bilan saqlanib qolgan, bu asar Anbar Otin dunyoqarashi, tasavvuri haqida boy ma’lumotlar beradi. Uning tarix, falsafa, axloq va madaniyatimiz tarixining bilimdoni ekani ma’lum bo‘ladi. U inson tanasidagi ranglarning mutlaqo ijtimoiy ahamiyat kasb etmasligini, uning qayerda yashashi va qaysi tilda gapirishi emas, balki olam va odamga munosabatiga ko‘ra farqli jihatlari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Qora so‘zining turli ma’no qirralarini izohlar ekan, shoira ijtimoiy hayotga, undagi tengsizlikka urg‘u beradi. Ijtimoiy adolatning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi. Anbar Otinning ayollar, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi kuzatishlari bugun ham o‘zining ijtimoiy hamda badiiy-estetik dolzarbligini yo‘qotgan emas
Ayol ijodkorlar orasida Anbar Otin Nodiradan keyingi davrning yorqin adabiy siymosidir. Uning asarlarida milliy ongni uyg`otish, jamiyatni taraqqiyotga undash, o`z xalqini boshqa xalqlar bilan solishtirgan holda ilg`or davlatlarga tenglashishga da`vat g`oyalari yoniq so`z bilan tashviq qilingan.
Anbar Otinning hayoti va ijodiga bo`lgan e`tibor o`zbek adabiyotida 1960 yillardan boshlandi. Shoira ijodiyotini o`rganish, to`plash, nashr etish ishlari bilan professor A.Qayumov va F.Husainovalar shug`ullanganlar. Ularning say`i harakatlari bilan 1963 yilda shoira she`rlari topildi va majmua holiga keltirilib, “Anbar Otin. SHe`rlar” nomi bilan chop etildi. Shoira ijodini ommalashtirish maqsadida ushbu tadqiqotchilarning 1964 yilda shoira hayoti va ijodini yorituvchi “Demokrat shoira Anbar Otin” nomli risolasi bosilib chiqdi. 1970 yili shoira asarlarining to`ldirilgan nashri chop etildi. Adabiyotshunosligimizda shoira ijodi bo`yicha izlanishlar izchil amalga oshirildi. 1966 yilda arab alifbosiga bag`ishlangan “Yakka baytlar”i topildi. 1977 yilda esa adabiyotshunos M.Qodirova uning 17 she`rini o`zbekcha tarjimasi bilan nashr ettiradi. 1991 yilda A.Jalolov “XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o`zbek adabiyoti” nomli kitobida Anbar Otin ijodining tahliliga keng o`rin ajratdi.
Shoira 1870 yilda Qo`qonda Buzrukxo`ja mahallasida tug`ildi. Uning otasi asli Marg`ilondan bo`lib, shoira tug`ilmasdan avval turmush taqozosiga ko`ra Qo`qonga ko`chib kelgan. Shoiraning otasi Farmonqul shoira Uvaysiyga jiyan bo`lgan, bo`zchilik kasbi bilan shug`ullangan. Onasi ham qo`qonlik oddiy kosib oilasidan edi.
Ayol ijodkorlar orasida Anbar Otin Nodiradan keyingi davrning yorqin adabiy siymosidir. Uning asarlarida milliy ongni uyg`otish, jamiyatni taraqqiyotga undash, o`z xalqini boshqa xalqlar bilan solishtirgan holda ilg`or davlatlarga tenglashishga da`vat g`oyalari yoniq so`z bilan tashviq qilingan.
Anbar Otinning hayoti va ijodiga bo`lgan e`tibor o`zbek adabiyotida 1960 yillardan boshlandi. Shoira ijodiyotini o`rganish, to`plash, nashr etish ishlari bilan professor A.Qayumov va F.Husainovalar shug`ullanganlar. Ularning say`i harakatlari bilan 1963 yilda shoira she`rlari topildi va majmua holiga keltirilib, “Anbar Otin. SHe`rlar” nomi bilan chop etildi. Shoira ijodini ommalashtirish maqsadida ushbu tadqiqotchilarning 1964 yilda shoira hayoti va ijodini yorituvchi “Demokrat shoira Anbar Otin” nomli risolasi bosilib chiqdi. 1970 yili shoira asarlarining to`ldirilgan nashri chop etildi. Adabiyotshunosligimizda shoira ijodi bo`yicha izlanishlar izchil amalga oshirildi. 1966 yilda arab alifbosiga bag`ishlangan “Yakka baytlar”i topildi. 1977 yilda esa adabiyotshunos M.Qodirova uning 17 she`rini o`zbekcha tarjimasi bilan nashr ettiradi. 1991 yilda A.Jalolov “XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o`zbek adabiyoti” nomli kitobida Anbar Otin ijodining tahliliga keng o`rin ajratdi.
Shoira 1870 yilda Qo`qonda Buzrukxo`ja mahallasida tug`ildi. Uning otasi asli Marg`ilondan bo`lib, shoira tug`ilmasdan avval turmush taqozosiga ko`ra Qo`qonga ko`chib kelgan. Shoiraning otasi Farmonqul shoira Uvaysiyga jiyan bo`lgan, bo`zchilik kasbi bilan shug`ullangan. Onasi ham qo`qonlik oddiy kosib oilasidan edi. Bu haqda shoiraning o`zi shunday yozadi:
Otam - Farmonquliyi Marg`iloniy,
Onam -Ashurbibiyi Qo`qoniy.
Alar belboqchi-bo`zchi erdi kasbi,
Hamisha makkayidin erdi noni.
Xalqimiz orasida «Bo`zchi belboqqa yolchimas» degan maqol bekorga yurmaydi. Demak, bu kasbning egalari deyarli hech qachon iqtisodiy tanglikdan chiqa olmaganlar. Xuddi shuningdek, Farmonqul oilasi ham moddiy tanglikda yashaganligini shoira quyidagicha ifodalaydi:
Ki «bo`zchi yolchimas belboqqa doim»,
Yana juft bo`lmas erdi bir choponi.
Yana Anbar Otin taniqli shoira Dilshod Barno qo`lida ta`lim olgan. Ustozining ijodkor ekanligi, Sharq mumtoz adabiyotining namoyondalari ijodiyotiga shogirdlarni qiziqtira olganligi, qolaversa, badiiyatga intilish uning qonida bo`lganligi sababli Anbaroy juda berilib o`qiydi, she`rlar mashq qiladi. Ustoz o`z shogirdi haqida mana bunday iliq va umidli so`zlarni aytgan edi: «Anbar Otin bug`doyrang, sunbulsoch, ohu ko`z, oy yuzli, ahloqi hamda odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizchaligiga qaramasdan hazrati Navoiy nazmiyotlarini o`rganishga behad qiziqadi. Bu ojiza sakkizdan o`n to`rt yoshgacha adab ta`limiga mashg`ul bo`ldi. Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo`lg`usi».
O`n to`rt yoshlarida Anbaroyni Zohidxo`ja ismli kambag`al novvoy yigitga uzatishadi. Zohidxo`ja ham she`riyatga ixlosmand kishi bo`lib, ko`pgina shoirlarning g`azallarini yoddan bilar va baland ovozda o`qib yurar edi. Shuningdek, o`z davrining deyarli barcha makondosh shoirlari bilan tanish bo`lgan. Bu ziyoli oilada Mo`minxo`ja, Bibixon, Usmonxo`ja, Ominaxon ismli farzandlar dunyo yuzini ko`radilar.
Anbaroy o`tkir zehni, iste`dodi bilan mahalla ayollari o`rtasida hurmat qozongan. Xalq uni otincha, Anbar otin deb e`zozlaydi. Xalq qo`ygan bu nomdan mamnun bo`lgan shoira o`ziga «Anbar otin» taxallusini qabul qilgan.
Shoira to`g`riso`zligi, ikkiyuzlamachilik, munofiqlikni, muttahamlikni yomon ko`rganligi va tekinxo`rlarni, zolimlarni qoralab yurganligi uchun boy xonimlarga yoqmaydi. Kunlardan birida uni Olim mingboshining uyida bo`ladigan ziyofatga taklif qilishadi, u yerda kaltaklab baland zinadan itarib yuborishadi. Shoiraning ikki oyog`i sinadi, shol bo`lib qoladi. Muolajalar foyda bermaydi. Buning ustiga o`pkasi ham xastalanib qoladi. Shoira uzoq yillar to`shakda yotib qoladi. Ammo noumid bo`lmaydi, ijod qilishda davom etadi. Farzandlarining tarbiyasi va tahsiliga alohida e`tibor beradi. Shoira o`zining yotib qolganligi va farzandlari haqida shunday yozadi:
Mani farzandlarim to`rt bo`ldiyu bas,
Mo`minxo`jam edi andak yomoni.
Bibixon - rohati jonim, anisim,
G`ariblik, dardmandlik darmoni.
Yotib qoldim, murabbim bo`ldi shu qiz,
Aning birla topib jonim omoni.
Usmonxo`ja – halimu qobilimdur,
O`qitdi ustod Xayrulloxoni.
Mani dardimga qo`shdi ming alamlar,
Vafot etkan qizim ul Ominaxoni.
Misralardan ham ayonki, xastamand shoiraga qizi Ominaning bevaqt vafoti qattiq zarba bo`ladi.
Shoira taxminan 1914 -1917 yillar oralig`ida vafot etadi.
Anbar Otinning ijodiy merosi deyarli she`riy asarlardan iborat. Uning o`z qo`li bilan yozgan devoni saqlab qolingan. Bu devon shoiraning o`g`li Usmonxo`ja Zohidov tomonidan Qo`qon adabiyot muzeyiga taqdim etilgan. Devonning hajmi 685 misra bo`lib, unga kirgan she`rlarni shoira asosan hayotining keyingi yillarida yaratgan bo`lishi kerak, degan taxminlar bor. Yuqorida e`tirof etganimizdek, 60-yillarda shoiraning farzandlari va boshqa ularga yaqin bo`lgan kishilar tomonidan bir necha she`rlari, alohida she`riy to`plami taqdim etildi. To`plam «hurufi hijo» tarzidagi asarlardan iborat, ya`ni shoira ularni yakka baytlar deb aytadiki, bunda arab harflarining har biriga alohida kichik she`rlar bitilgan.
Anbar Otin lirikasi alohida o`ziga xos ijoddir. Shoira an`anaviy tarzdagi intim asarlarni juda oz yaratgan. U hayotda ro`y berayotgan har bir voqeaga bee`tibor bo`lmaydi, aksincha, sinchkovlik bilan kuzatib o`z qarashlarini nazmiy yo`l bilan ifoda etadi:
Ey bolam, Xayrulloxon maktab ochibdur boringiz,
Albatta, shu yangi maktabda o`qungiz, boringiz.
Yerda o`lturmay xarrakda o`ltururmish bolalar,
Toza turgay ust-boshu jomai dastoringiz.
O`rgatarmish turk tilida har ilmdan borini,
Kelgusida shu bilimlar birla bo`lg`ay koringiz.
Bu she`r hayotiy voqelik asosida yaratilgan, ya`ni o`sha davrning yirik va nomdor ma`rifatparvarlaridan Xayrulloxon ismli mudarris shoira istiqomat qilayotgan Buzrukxo`ja mahallasida birinchilardan bo`lib “usuli jadid” maktabini ochadi. Maktab o`z-o`zidan eski, “qadimiya” maktablaridan tubdan farq qiladi. Bolalar endi yerlarda emas, “xarrak”- stullarda o`tiradilar, ust boshlari ham ozoda saqlanib, darslar turk tilida olib boriladi. Shoira bu manzarani yuqoridagidek sodda va ta`sirli misralarda bayon etadi. Nazarimizda, bu oddiy she`r emas, qalbi qaynoq shoiraning yangilik va yaxshilikka chaqiruvchi da`vatnomasi edi.
Quyidagi misralarda shoiraning vataniga bo`lgan muhabbati sodda, samimiy izhor qilinadi, u Vatanni ikkinchi ona sifatida talqin qiladi:
Odam ersang ma`ni bil dona-dona,
Vatan erur sanga ikkinchi ona.
Uning Vatanga sodiq farzand bo`lishlik haqidagi xitobi ham sodda, ammo o`zgacha:
Odam ersang, tashqi surat berma zeb,
Ona yurtingni hamisha ayla zeb.
Anbar otin ijodining o`ziga xosligi shundaki, Turkiston ayollarining qismatlarini she`riyatga olib kirdi. U she`rlarida haq-huquqi poymol bo`lgan, toptalgan Sharq ayollari nomidan isyon ko`taradi:
“Ayollar sochi uzun, aqli qisqadur” deganlarga,
Tovuqcha aqli yo`q, axlatni titkonlarga o`t tushsun...
“Xotunlar mol qatori sotilur”, deb mushtiparlarni
Zulayho, Layli, Shirinni tan olmaganlarga o`t tushsun.
Shoira xalq hayotini ko`p o`ylagan, o`zicha tahlil qilgan. Xayolga berilib, undan zavqlangan, xayollarini reallikka aylanishini astoydil istagan. Quyidagi misralar shoiraning ana shunday orzu-umidlari:
|
Bir zamonni o`ylagayman, hech zamonga o`xshamas,
Bu jahon burchida to`rtdan bir tomonga o`xshamas.
Dashtu sahro bosh oyoq bo`lgay tamomi bo`ston,
Bu zamonning bo`stoni, bo`stonga o`xshamas.
Tog`laridin ko`p xazina meni ol, deb qichqirur,
Jilg`alar shahri azimu ko`histonga o`xshamas.
Anbar otin ijodida ishqiy g`azallar ko`p bo`lmasada, ular sifat jihatdan salmoqlidir. Shoira ishqiy tasvirlarda originallikka intilganligi yaqqol seziladi:
Sensiz bahor o`lmadi, gul ham biror bor kulmadi,
Ta`bim biron ochilmadi, san dilrabodin o`rgulay.
Shoira lirikasi asosan adab va hayoga yo`g`rilgan kechinmalar ifodasidan iborat. Ehtirosli tuyg`ular bayonida ham shoira o`ta odob va andisha bilan dildagi sirlarini bayon etadi:
Qay kuni bo`lgayki, bo`stonimga bir mehmon kelur?
Gul ochilg`on chog`ida bir bulbuli handon kelur?
Shuningdek, u ko`ngil rozlari bayonida soddalik yo`l tutadi va ayni paytda quyma satrlar, yangi tashbeh, mubolag`alarni qo`llaydi: Bir she`rida dildagi sirlarni yozish uchun yerning kengligidagi g`oz qanoti lozimligini aytadi:
Patlaringni kengaytirgil shunchaki,
Har birini yer kengligida san yoz.
Qanotingga yurak sirlarin bitay,
G`amgusorim tarafiga et parvoz.
Anbar Otin she`rlarining asosiy qismi ijtimoiy-siyosiy masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar, munozaralar, tanqidiy qarashlardan iborat bo`lgan asarlardir. Shoira hayotda ikki narsa bilan kelisha olmaydi: birinchisi, odamlar orasidagi tengsizlik, zo`ravonlik bo`lsa, ikkinchisi, birinchisi bilan bog`liq holda birovlarni mensimaslik, takabburlik, boylik tufayli ilmga qiziqmaslikdir.
Hayotda ulug` maqsadlar bilan yashagan shoira ijodda o`ziga ham, boshqa ijodkorlarga ham yuksak talablarni qo`yadi:
Shoira ersang vaqti-vaqti birla mushoira qil,
Ul Haziniy to`dasi kiribon munozara qil…
Kimsakim xalq g`amidin g`ami bo`lursa, ango san,
Yondoshib har ishda ul ila mutoyiba qil.
Shoiraning «Yakka bayt»lari asosan didaktik xarakterdadir. Ammo ularda ijtimoiy-siyosiy qarashlar ham mavjud. Shoiraning bu turkumdagi she`rlari bugungi kunda ham o`z qimmatini yo`qotgan emas va kelajakda yo`qotmaydi ham. Har bir kitobxon quyidagi baytlarni o`qib, bu fikrning to`g`riligiga iqror bo`ladi:
So`zlamasdin oldin so`zingni sina.
Har bir so`zdur umring ichinda zina.
Odami ersang, tashqi surat berma zeb,

Mashaqqatsiz hunardan chiqmaydi dur,
Hayonsiz ilm durdin ko`b erur dur.
Kimki ma`rifatni etsa e`zoz,
Ani irfon etar albatta mumtoz.
Anbar Otinning «Qarolar falsafasi» (“Falsafai siyohon”) asari alohida xususiyatga ega. Muallif uning kirish qismidan tashqari, to`rt faslga bo`lgan. Kirish qismida o`z rejalarini bayon etadi. Jumladan, shunday deydi: «…barcha baxti qaro, farqi qaro, garchi qarolar ul qazo zulmat ichra zulm qaydida madfundurlarki, alar holi ostidagi qaro mo`rchani ko`rguvchi mutafakkir donishmand adib ahli nafis choralar bilan ifoda eturlar, bayon etgum».
Birinchi faslda shoira qaro narsalar: qaro baxt, qaro niyat, qaro tusli xalqlarni ta`rif-tavsif etadi; ikkinchi faslda onalar hayoti va ularning o`z zamonasidagi taqdiri haqida fikr yuritadi; uchinchi faslda shoira baxti qarolikning asl falsafiy mohiyatini ko`rsatib beradi; to`rtinchi faslda qaro zulmat, ya`ni o`sha zamondagi ijtimoiy hayot kirdikorlari fosh etiladi.
Anbar Otin bu asari orqali o`zbek xalqining, o`zbek ayollarining isyonkor shoirasi sifatida namoyon bo`ldi.
Shoiraning hayoti va ijodidan fanimiz XX asrning 60-yillarida xabar topdi. 1963 yili professor L.Qayumov va F.Husayinova shoira asarlarini topib, e`lon qildilar. 1964 yili ushbu tadqiqotchilarning «Demokrat shoira Anbar Otin» risolasi bosilib chiqdi. 1970 yili shoira asarlarining to`ldirilgan nashri amalga oshirildi.
Anbar Otin Qo`qonda kosib oilasida tug`ilgan. Otasi Farmonquli asli marg`ilonlik bo`lib, mashhur shoira Jahonotin Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi Abdulg`ani qizi ham kosib oilasidan edi. Oila doimiy muhtojliklar ichida yashagan. Anbaroy yetti yoshga kirganida uni Dilshod Otin maktabiga beradilar. U o`z shogirdi haqida «Tarixi muhojiron» asarida shunday yozadi: «Anbaroy bug`doyrang, sunbul sochli, ohu ko`z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha yoshligiga qaramay, hazrati Navoiy g`azallarini o`rganishga behad qiziqadi. Bu ojiza sakkizdan o`n to`rt yoshgacha odob ta`limiga mashg`ul bo`ldi. Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo`lg`usi».
Bo`lajak shoirani o`n to`rt yoshlarida o`ratepalik novvoy Zohidxo`ja ismli yigitga uzatadilar. Zohidxo`ja she`riyat muxlisi bo`lib, qo`qonlik mashhur shoirlarni yaqindan bilar edi. Ular faqirona, lekin baxtli turmush kechiradilar. Mo`minxo`ja, Bibixon, Usmonxo`ja, Ominaxon degan farzandlar ko`radilar. Anbaroy hassos she`rlari bilan «Anbar Otin» bo`lib taniladi. Biroq baxtsizlik yuz beradi. Anbaroy o`ttiz yoshlarida Olim mingboshining uyida bo`lgan bir ziyofatda baland zinadan yiqilib, oyog`i sinadi va bir umr to`shakka bog`lanib qoladi. Uning ustiga qizi Ominaxonning bevaqt vafoti shoira ijodidagi mahzunlikni ustuvor qilib qo`yadi.
Shoira shafqatsiz taqdirga achchiqma-achchiq ijod etdi. Qo`lidan qalamini qo`ymadi. Aksincha, qalami unga kuch berdi. 1910 yili adabiyotimiz tarixining yorqin bir sahifasi bo`lib qolgan «Qarolar falsafasi» asarini yaratdi.
Anbar Otinning qachon vafot etgani ma`lum emas. Ayrim she`rlarida Birinchi Jahon urushi bilan bog`liq voqealar tasviri ham uchraydi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar uning vafotini 1914-1917 yillar qilib belgilaydilar.
Anbar Otin ijodining asosini uning she`riyati hamda «Qarolar falsafasi» nomli nasriy asari tashkil qiladi. Uning e`lon qilingan she`rlari adadi 90 ga yaqin. 1966 yili arab alifbosi harflariga bag`ishlangan «Yakka baytlar»i topildi. Nihoyat, u o`zbek va tojik tillarida birday ijod qila olgan shoiradir. 1977 yili adabiyotshunos M. Qodirova uning 17 she`rini o`zbekcha tarjimasi bilan nashr etgan edi.
Shoira she`rlarida ijtimoiy-siyosiy mazmun kuchli. Uning uchun adolatsizlik konkret tushuncha. U buni, avvalo, jannatday yurtning o`z egalari xor bo`lib, kelgindilar tasarruf etayotganligida ko`radi. Shu sababli yurtdoshlariga murojaat qilib, uni ozod va obod etmoqqa chaqiradi. U yozadi:
Ey go`zal Farg`ona, o`zingni kel emdi, shod qil,
Har g`azalni boshida, sen, o`z otingni yod qil,
Qaydi bandni pora aylab, o`zlugung ozod qil,
Qayg`ulik qunlarni kuydur, barchasin barbod qil,
Emdi Turkistonda haqgo`ylik ila faryod qil.
Bog`laring pajmurda bo`ldi zog`larning poyidin,
Ko`kraging sadpora bo`ldi daydilarning yoyidin,
Katra-qatra qon tomodur o`q teshkon joyidin,
Kip-qizil qonlar oqodur jabr ko`rgon soyidin,
O`z qo`ling birla bu yurtingni o`zing obod qil.
|
1. Avaz O`tar o`g`li. «Devon». T, 1976 yil.
2. Y.Yusupov «Avaz». T, 1954 yil.
3. Y.Yusupov «Xorazm shoirlari». T, 1967 yil.
4. V.Mirzayev «Avaz O`tar o`g`li. Hayoti va ijodi». T, 1961 yil.
5. «Avaz». Saylanma. T, 1984 yil.
6. «Ayyomiy». Saylanma. T, 1984 yil.
7. N.Qobulov, V.Mo`minova, I.Haqqulov «Avaz va uning adabiy muhiti». T, 1987 yil.
8. B.Qosimov «Izlay-izlay topganim…». T, 1983 yil.
9.S.Siyoyev «Avaz». Roman. T, 1987 yil.
10. www.tdpu.uz
www.kasu.uz
Dostları ilə paylaş: |