Международный научный журнал
№
9
(100),
часть
1
«
Новости образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апреля
, 2023
г
184
PARHEZ TAOMLARI YOHUD TAOM BILAN DAVOLA
SH
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi katta o‘qituvchilari
G‘aybullayeva Gulbahor Tog‘ayevna
Raxmatova Nafosat Jumayevna
Anotatsiya:
Turli kasalliklarni davolash yoki ularning oldini olish maqsadida tashkil
etiladigan ovqatlanish parhezona ovqatlanish yohud taom bilan davolash deb ataladi.
Parhezona ovqatlanish oqilona ovqatlanishning umumiy tamoyillari asosida tashkil qilinadi
va muhim oziq moddalar tarkibiga ko‘ra muvozanatlangan bo‘lmog‘i lozim.
Kalit so`zlar:
Parhezona ovqatlanish, parhez taomlari, konservalar, konsentratlar,
yangi mevalar, sabzavotlar, meva sharbatlari, sut va sut mahsulotlari, gazaklar-selyodka
yog‘i, ivitilgan seld, o‘tkir bo‘lmagan pishloq, pishloq yog‘i, jigar pashteti choy, sutli choy,
qahva, kisel, muss, jele, asal, murabbo, jem.
Turli kasalliklarni davolash yoki ularning oldini olish maqsadida tashkil etiladigan
ovqatlanish parhezona ovqatlanish yohud taom bilan davolash deb ataladi. Parhezona
ovqatlanish oqilona ovqatlanishning umumiy tamoyillari asosida tashkil qilinadi va muhim
oziq moddalar tarkibiga ko‘ra muvozanatlangan bo‘lmog‘i lozim. Parhez taomlarni
kasalxonalarda, sanatoriylarda, parhez taomli oshxonalarida, ochiq bo‘limlarida, o‘quv
korxonalari, zavod, fabrika, oliygoh va boshqa korxonalarning kasallikni oldini olish
bo‘limlarida va boshqa joylarda tashkil qilish mumkin.
Parhez taomidan foydalanuvchi shaxs uchun, shifokorlarning ko‘rsatmalari bilan
parhez yoki iste’mol uchun ruxsat etiluvchi taom yoki mahsulotlar belgilanadi. Parhez
taomlari yoki mahsulotlari o‘z xususiyati bo‘yicha va kasal turi bo‘yicha 1, 2, 5, 7, 9, 10, 11,
15 raqamlari bilan belgilanib, umumiy holda qo‘llaniladigan parhez dasturxonlari
hisoblanadi. Parhez taomlari shifokor nazoratida iste’molga berilishi kerak. Ko‘zda tutilgan
parhez taomining iste’moli shifokor belgilagan vaqt mobaynida qat’iy amalga oshirilishi
kerak.
Parhez taomlari uchun oliy navdagi mahsulotlar hamda sanoatda ishlab chiqariladigan
parhez konservalar, meva sharbatlari, konsentratlar ishlatiladi. Aksariyat parhezlar uchun
tarkibida ekstraktiv moddalar hamda ta’m beruvchi moddalar (ayniqsa, glyukozidlar va
kislotalar) ko‘p miqdorda, shuningdek yog‘ va birlashtiruvchi to‘qima bo‘lgan ziravorlar,
dorivorlar hamda mahsulotlar tavsiya qilinmaydi.
Parhez ovqatlar taomnomasini tuzishda unga albatta yangi mevalar, sabzavotlar,
meva sharbatlari, sut va sut mahsulotlari, o‘simlik yog‘i hamda yangi baliq kiritiladi.
Parhez taomlar tayyorlashda qo‘llaniladigan issiqlik bilan ishlov berishning asosiy
usullariga suvda yoki bug‘da, yopiq idishda pishirish kiradi. Ayrim parhez ovqatlar asosiy
usulda qovuriladi yoki sal-pal seziladigan qobiq hosil qilgan holda toblab pishiriladi (suvda
qaynatib pishirilgandan keyin).
Международный научный журнал
№
9
(100),
Dostları ilə paylaş: |