часть
1
«
Новости образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апреля
, 2023
г
185
PARHEZLAR TAVSIFI 1-raqamli parhez. Oshqozon va ichak kasalliklarida (kislotalilik yuqori bo‘lgan
gastritda, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasida) tayinlanadi.
Davolashda qo‘llaniladigan usul- ovqatni iste’mol qilishda tanadagi og‘riq joyni
termik, mexanik kimyoviy ta’sir etuvchi kuchlardan saqlash. Parhezga beriladigan taomlar
oshqozonda uzoq ushlanib qoladigan, oshqozon devoriga ta’sir etib suyuqlik ajralishini
zo‘raytiradigan xususiyatga ega bo‘lmasligi kerak. Agar bunday xususiyatga ega bo‘lgan
taom iste’molga berilsa, oshqozonda kislota miqdori yana ham oshib ketishi mumkin.
Taomlar ezilgan holda oz-ozdan ko‘p vaqt o‘tkazilmay iste’molga berilishi kerak. Juda issiq
yoki sovuq taomlarni iste’molga berish ruxsat etilmaydi.
Go‘sht va baliqdan tayyorlanadigan qaynatma sho‘rvalar, qattiq tolalardan tashkil
topgan go‘sht, tuzlangan, qovurilgan, dimlangan taomlar, yog‘lar (eritilgan yog‘, mol yog‘i,
margarin), yirik tuyilgan javdar unidan qilingan non, ichakning shishib ketishiga sabab
bo‘luvchi nordon mahsulotlar, sabzavotlar, konservalar, dorivor hamda ziravorlar, tabiiy
qahva, kakao, achchiq choy, gazli va alkogolli ichimliklar parhezga kiritilmaydi.
Parhezdagilarga yangi sut mahsulotlari (ammo nordon bo‘lmasligi kerak), tuxum,
zaytun va makkajo‘xori yog‘i, qaynatib pishirilgan yog‘siz baliq, mol, buzoq, tovuq go‘shti
(qaynatmasi, qiymalangan, maydalangan go‘sht)dan; sabzavot qaynatmalarida yormalar,
sabzavotlar (sabzi, kartoshka, ko‘k no‘xat)dan tayyorlangan, qirg‘ichdan o‘tkazilgan
sho‘rvalardan; qirg‘ichdan o‘tkazilgan bo‘tqalardan (grechixa va arpa bo‘tqasidan tashqari);
kisel, dirillama singari shirin ovqatlar, qirg‘ichdan o‘tkazilgan kompotlardan; sutli suyuq
choydan; bug‘doy unidan qilingan suvi qochgan yoki qotgan nondan foydalanishga ruxsat
etiladi.
2-raqamli parhez. Oshqozon va ichak kasalliklarida (kislotalilik past bo‘lgan gastritda
hamda surunkali ichak kulunj kasalligida), shuningdek jag‘ kasalliklarida va tish
yetishmovchiligida tayinlanadi.
Foydalaniladigan davolash usullari-ovqatlanish vaqtida nosog‘lom organlarni
mexanik va termik ta’sirlardan avaylash hamda ayni paytda taomlar tarkibiga shira
haydaydigan mahsulotlar kiritish orqali oshqozon sekretsiyasi shirasini kuchaytirish. 1-
raqamli parhezda bo‘lgani kabi, ovqat qirg‘ichdan o‘tkazilgan va mayda to‘g‘ralgan holatda
tayyorlanadi, yog‘i va birlashtiruvchi to‘qimasi ko‘p mahsulotlardan foydalanishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Suzib berilayotgan issiq ovqatlarning harorati 65 0C dan baland, yaxna
taomlarniki esa 14-15 0C dan past bo‘lmasligi kerak.
Ammo 1-raqamli parhezdan farqli ravishda 2-raqamli parhez oshqozonda xlorid
kislota miqdorini oshiradigan taomlarni o‘z ichiga oladi. Taomlar qaynatilib, toblab, qovurib
pishiriladi, bunda go‘sht mahsulotlari bulanmaydi. Taomnomaga suvi qochgan non, hech
narsa qo‘shilmagan bulochkalar va pecheniy, ayrim gazaklar-selyodka yog‘i, ivitilgan seld,
o‘tkir bo‘lmagan pishloq, pishloq yog‘i, jigar pashteti va boshqalar kiritishga ruxsat etiladi.
Birinchi ovqat sifatida qaynatma sho‘rvalar, borshlar, yorma va sabzavot
sho‘rvalardan (qirg‘ichdan o‘tkazilgan holda) foydalaniladi. Sabzi, kartoshka, ismaloq,