Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 491 yordamchi so'z turkumlarining grammatik xususiyatlari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix21.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#133460
növüИсследование
Aralbayeva Xu rshida



Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
491 
YORDAMCHI SO'Z TURKUMLARINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Ajiniyoz nomidagi NDPI 
Boshlang'ich ta'lim fakulteti 
2-g guruh talabasi
Aralbayeva Xurshida 
3-b guruh talabasi
Abullaeva Umida 
Annotatsiya: Ushbu maqolada yordamchi so'z turkumlariga kiradigan ko'makchi, 
bog'lovchi hamda yuklamaning grammatik xususiyatlari, ularning bir-biridan farqi, bir-
biriga o'xshash bo'lgan tomonlari, kelib chiqishi va qo'llanilishi haqida aytib o'tiladi.
Kalit so'zlar: yordamchi so'z turkumlari, bog'lovchi, ko'makchi, yuklama, sof, 
vazifadosh 
 
Grammatika to'g'ri gapirish va yozishni o'rgatadigan katta bo'lim hisoblanib, 
morfologiya va sintaksis kabi qismlarni o'z ichiga oladi. Morfologiya so'z turkumlarini 
o'rganadi. So'z turkumlariga mustaqil so'z turkumlari, yordamchi so'z turkumlari va alohida 
olingan guruh so'zlari kiradi. Hozir biz shular ichidan yordamchi so'z turkumlarini 
o'rganamiz. Yordamchi so'z turkumlari deb, yakka holda ma'no anglatmaydigan, gap bo'lagi 
vazifasida qo'llana olmaydigan, grammatik ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladigan 
so'zlarga aytiladi. Ular mustaqil so'zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga 
xizmat qiladi, so'zga va gapning mazmuniga turli qo'shimcha ma'nolar qo'shadi. Yordamchi 
so'zlar turkumiga ko'makchi, bog'lovchi va yuklama kiradi.
Dastlab ko'makchi va uning turlari bilan yaxshilab tanishib olamiz. Ko'makchi bu- ot va 
otlashgan so'zlardan keyin kelib, ularni boshqa so'zlarga tobelanish yo'li bilan bog'laydigan 
yordamchi so'zlar hisoblanadi. Masalan: Qo'li bilan yozdi. Bu yerda ko'makchi "bilan" so'zi 
bo'lib, u o'zidan oldin kelgan "qo'li" so'ziga bog'lanib kelgan, ikki so'z ya'ni "qo'li bilan" 
birikmasi bir so'roqqa javob bo'ladi va bitta gap bo'lagi vazifasini bajaradi. 
Ko'makchilar sof va vazifadosh kabi turlarga bo'linadi: 
1. Sof ko'makchilar- lug'aviy ma'nolarini butunlay yo'qotib, vazifa jihatidan kelishik 
qo'shimchalariga yaqin turadi. Ular oz bo'lganligi sababli yodlab olish qiyinchilik 
tug'dirmaydi. Bilan, uchun, kabi, sari, singari, tufayli, sayin, uzra, qadar, yanglig', orqali, 
haqida ko'makchilari sof ko'makchilarga misol bo'ladi. Sof ko'makchilarning yana bir o'ziga 
xos jihati shundaki, ular urg'u olmaydi, urg'u ko'makchidan oldingi so'zning oxirgi bo'g'iniga 
tushadi. 
2. Vazifadosh ko'makchilar- atash ma'nosini butunlay yo'qotib, ma'lum so'roqqa javob 
bo'lmaydigan, asli ot, sifat, fe'l, ravish kabi mustaqil so'zlarga tegishli bo'lgan so'zlardir. 
Hozir ularni ham ko'makchi, ham mustaqil so'z sifatida qo'llab ma'nolarini anglashga 
harakat qilamiz. Ot turkumiga oid bo'lgan ko'makchilar: old, o'rta, yon, orqa, ket, ich, ust, 


Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
492 
tepa, ost, tag, ora, bosh, o'rin, qosh, yoqa, ro'para, tomon, tashqari, bo'yi, chamasi, holda, 
yo'sinda. Avval ko'makchi sifatida misol keltiramiz: Kechagi o'tilgan ko'makchi mavzusi 
ustida gap ketyapdi. Bu yerda rostdan ham ko'makchining ustki qismida gap ketayotgani 
yo'q, ustida so'zi lug'aviy ma'nosini yo'qotgan holda qo'llangan. Endi mustaqil so'z 
ko'rinishida qo'llaymiz: Stolning ustida qalam turibdi. Nimaning ustida qalam turibdi? 
Stolning ustida. Ko'rinib turganidek, ikkinchi gapimizda ustida so'zi so'roqqa javob bo'lyapdi 
ya'ni lug'avig ma'no anglatayapdi. Ravish turkumiga oid ko'makchilar: oldin, avval, so'ng, 
keyin, burun, ilgari, beri, buyon, asosan, bionan. Gapirmasingdan avval yaxshilab o'yla. 
Avval o'yla, keyin so'yla. Birinchi gapda ko'makchi -dan kelishik qo'shimchasini olgan 
so'zdan keyin qo'llanib, bitga so'roqqa javob bo'lmoqda. Keyingi gapda esa alohida ma'no 
anglatmoqda. Fe'l turkumiga oid ko'makchilar: deya, deb, atab, qaramay, qarata, 
qaraganda, degan. Guruhimizga Muxlisa degan qiz keldi. Oyim menga:"Sayoq yurgan tayoq 
yeydi"-, degan edi. Sifat turkumiga oid ko'makchilar: sababli, qarshi, chog'li, doir, muvofiq, 
o'zga. Ustozimizning so'zlariga mjvofiq dars o'tildi. Bu kitob bilan, Diyora aytgan kitob bir-
biriga muvofiq kelmayapdi. Ko'makchilarning turlari shu bilan yakunlanadi. Endi esa 
ko'makchilar va qo'shimchalar ma'nodoshligiga to'xtalamiz. 
Ko'makchilar vazifa jihatidan ayrim kelishik qo'shimchalariga o'xshaydi. Ayrim 
hollarda ko'makchilar tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigi o'rnida almashib 
qo'llanadi. Jumladan: Ko'rganini gapirdi - Ko'rgani haqida gapirdi. Onasiga oldi - Onasi 
uchun oldi. Qalamda yozdi - Qalam bilan yozdi. Televizordan ko'rdi - Televizor orqali ko'rdi. 
Kabi, sari, yanglig' ko'makchilari esa -dek, -day qo'shimchalari bilan ma'nodoshlik hosil 
qiladi. Shamol kabi yeldi - Shamolday yeldi. Lekin hamma joyda ham kelishik 
qo'shimchalarini ko'makchilar bilan almashtirib bo'lmaydi: Do'stiga yordamlashdi gapida 
jo'nalish kelishigi qo'llangan bo'lib, uning o'rniga ko'makchini qo'ya olmaysiz, chunki bu 
uslubiy xatolik hisoblanadi. Shu bilan ko'makchi haqidagi ma'lumotlarimiz o'z nihoyasiga 
yetdi. 
So'zlarni va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog'lash uchun xizmat 
qiladigan yordamchi so'zlar bog'lovchi deb ataladi. Maysa va daraxtlarga jon kiryapti, 
chunki bahorning iliq nafasi sezila boshlagan edi. Bog'lovchilar gapda qo'llanilishiga ko'ra 
ikki xil: yakka holda qo'llaniladigan bog'lovchilar va takrorlangan holda qo'llaniladigan 
bog'lovchilar. Yakka holda qollaniluvchi bog'lovchilarga va, ham, hamda, ammo, lekin, 
biroq, balki bog'lovchilari kiradi. Takrorlangan holda qo'llaniluvchi bog'lovchilarga bir bir, 
goh goh, ba'zan ba'zan, yo yo, yoki yoki kabilar kiradi. Bog'lovchilar vazifasiga ko'ra teng 
bog'lovchilar va ergashtiruvchi bog'lovchilargabo'linadi. Teng bog'lovchilar so'zlarni va 
qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni teng munosabatda bog'laydi va ular o'rtasidagi 
mazmuniy munosabatlarni qay tarzda ifodalashiga ko'ra biriktiruv bog'lovchilari(va, ham, 
hamda), zidlov bog'lovchilari(ammo, lekin, biroq, balki), ayiruv bog'lovchilari(yo, yoki, 
yo...yo, yoki...yoki, goh...goh, ba'zan...ba'zan, bir...bir) inkor bog'lovchisi(na...na) kabi 
turlarga bo'linadi. Teng bog'lovchilardan eng e'tibor talab qiladigani bu inkor bog'lovchisi, 
chunki u inkor yuklamasi bo'lib ham keladi. Bog'lovchi vazifasini bajargand, gapning kesimi 


Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
493 
bo'lishli shaklda keladi. Yuklama vazifasini bajarganda esa, gapning kesimi inkor shaklda 
bo'ladi. Bog'lovchilarning ikkinchi turi ergashtiruvchi bog'lovchilar hisoblanib, ularning 
turlari quyidagicha: aniqlov bog'lovchilari(-ya'ni, -ki), sabab bog'lovchilari(chunki, negaki), 
shart 
bog'lovchilari(agar, 
garchi, 
garchand, 
mabodo, 
basharti), 
chog'ishtiruv 
bog'lovchilari(go'yo, go'yoki, xuddi), maqsad bog'lovchisi(toki).
Bog'lovchilar kelib chiqishiga ko'ra, sof va vazifadosh kabi bo'linadi. Sof bog'lovchilar 
faqat bog'lovchi vazifasini bajaradigan so'zlardir: va, lekin, chunki, agar. Vazifadosh 
bog'lovchilar esa, boshqa turkumlarga mansub bo'lib, o'rni bilan bog'lovchi vazifasini 
bajaradigan so'zlardir.
Mustaqil so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no beradigan yordamchilar yuklama deb 
yuritiladi. Yuklamalarning tuzilishi, ma'no jihatdan turlari, yozilishi, sof hamda vazifadoshligi 
o'rganiladi. Sof yuklamalar faqat yuklama guruhiga kiradigan so'zlar sanaladi. Ular: faqat, 
hatto, -mi, -ku kabilardir. Vazifadosh yuklamalar boshqa vazifalarda ham qo'llaniladigan 
yuklamalardir. Aytmoqchi bo'lgan narsam shuki, ko'makchilarda sof yoki vazifadosh deb 
turlarga bo'linadi. Unda sof ko'makchilar qotib qolgan va sanoqlidir. Bog'lovchilarda sof 
bog'lovchilar faqat bog'lovchi bo'libgina keladigan so'zlar. Yuklamalarda ham xuddi 
shunday. Ko'makchilarda bilan so'zi sof hisoblanadi, bog'lovchida esa vazifadosh. Bundan 
kelib chiqadiki, yordamchi so'z turkumlari deya umumlashtiriladigan bir tipdagi turlar bir-
biriga umuman mos emas. Bir qarashda, o'zlashtirish, tushunish va eslab qolish ham 
nihoyatda qiyin.
Xulosa o'rnida aytib o'tish joizki, bizning grammatikamiz ham oson, ham qiyin. Ba'zi 
ma'lumotlar oson tushuntirilgan, ba'zi ma'lumotlar juda-juda qiyin. Hozirgina ko'rib o'tgan 
yordamchi so'z turkumlarimizning ichidagi o'zgachaliklar ham bizni hayratda qoldiradi. 
Mening fikrimcha, bir tipga kiruvchi so'z turkumlarining tuzilishi, turlarini bir xil nomlab 
ozgina bo'lsa ham osonlashtirish darkor. Misol sifatida ko'makchilarning sof yoki 
vazifadoshligi uning turlari hisoblanadi. Bog'lovchining sof yoki vazifadoshligi esa kelib 
chiqishiga ko'ra turi deya belgilanadi. Yuklamalarda berilmagan ham, oddiygina qilib 
"Yuklamalar ham sof yoki vazifadosh bo'lishi mumkin" deyilgan. Aziz yoshlar, chet tillarni 
o'rgangan yaxshi, albatta. Lekin o'z ona tilimizni birinchi o'ringa qo'yishimiz kerak. Uning 
rivojlanishi uchun o'z hissamizni qo'shishimiz darkor. Biz ham o'zbek tilimizning rus tili va 
ingliz tili kabi jahon tillari qatoriga qo'shilishiga o'z hissamizni qo'shaylik. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. "Ona tili" Madrim Hamroyev Toshkent 2018 
2. "Ona tili" (Umumta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik) N.Mahmudov, 2009 
3. "Hozirgi o'zbek adabiy tili" A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova Toshkent 2013 
4. fayllar.org google sayti 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin