Jaloliddin Rumiy



Yüklə 411,79 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü411,79 Kb.
#113982
Jaloliddin Rumiy


Jaloliddin Rumiy
Jaloliddin Rumiy — jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri. U o‘zidan keyingi Sharq va G’arb so‘z san’atiga katta ta’sir o‘tkazdi. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi buyuk so‘z ustalari Mavlononi o‘zlariga ustoz deb bilishgan. Buyuk Hyote Abulqosim Firdavsiy, Shayx Sa’diy, Xo‘ja Hofizlar qatorida Jaloliddin Rumiy ijodini ham «Xizr chashmasi» deb atagan. Mashhurlikda Firdavsiyning «Shohnoma»si, Sa’diyning «Guliston»i, Hofizning «Devon»i bilan bir qatorda turgan, forsiy Qur’on nomi bilan shuhrat qozongan «Masnaviyi ma’naviy»ni inson ma’naviy hayotining qomusi sifatida nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham ixlos bilan o‘rganishgan.
«Dekameron» asaridagi ko‘plab syujet va motivlarni Sharq og‘zaki va yozma adabiyotidan olgan Jovani Bokkachcho «Masnaviyi ma’naviy»dagi qator hikoyatlar asosida ham novellalar yaratganligi ma’lum. Mavlono 1207 yilda qadimiy Balx shahrida o‘z davrining mashhur mutasavvuf donishmandi,yirik xatib va voizi bo‘lgan Bahovuddin Valad oilasida dunyoga keladi. Bahovuddin Valad aslida Shayx Najmiddin Kubro (1135 - 1221) ning Majdiddin Bag‘dodiy, Sa’duddin Hamaviy, Raziuddin Aliyi Lolo, Sayfuddin Boxarziy, Bobo Kamol Jandiy kabi 300 ga yaqin zabardast shogirdlaridan biri hisoblanardi.
Jaloliddin 12 yoshida uning ota-onasi ham mo‘g‘ul bosqini xataridan qochish, ham haj farшzasini ado etish niyatida Balxni tark etadilar. 1230 yildan bu oila Kuniyada qo‘nim topadi. Yosh Jaloliddin Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa yirik ilm markazlarida 7 yil ta’lim oladi, o‘z davrining etuk donishmandi bo‘lib etishadi.
Taniqli rumiyshunos Zarrinkub ta’biri bilan aytganda, "Mavlononing 68 yillik ajoyib umri boshdan oyoq bir she’r, go‘zal, betakror, tug‘yonli ash’or jarayoni, sadosi va bongi bilan yo‘g‘rilib o‘tdi".
Mavlono Rumiy o‘zidan keyingi avlodlariga 5 muhum va qimmatbaho asar qoldirdi:
"Devoni kabir"
"Masnaviyi ma’naviy"
"Fiyhi ma fiyhi"
"Mavoizi majolisi sab’a"
"Maktubot"
1. "Devoni kabir", "Devoni shamsi tabriziy", "Devoni shamsul haqoyiq" degan nomlar bilan mashhur devon. devon g‘azal va ruboiylardan iborat.
2. "Masnaviyi ma’naviy" - 25700 baytdan iborat bebaho tasavvufiy-ishqiy asar. So’nggi yillarda taniqli o‘zbek shoiri Jamol Kamol tomonidam I-II - jildlari, shoir Asqar Mahkam tomonidan I-jildi o‘zbek tilida nashr etildi.
3. "Fiyhi ma fiyhi" ("Ichingdagi ichingdadir") - Mavlononing suhbatlaridan iborat falsafiy kitob. 1998 yilda Toshkentda o‘zbek tilida nashr etildi.
4. "Mavoizi majolisi sab’a" - bu asar Rumiyning yetti o‘git va pand-nasihatlaridan iborat.
5. "Maktubot" - Mavlononing turli davrlarda zamondoshlariga yozgan maktublaridan tashkil topgan to‘plam.
Jaloliddin Rumiy ijodi yuksak badiiyati bilangina emas, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta ta’sir quvvatiga ega. Taniqli olim va adib Radiy Fish so‘zlari bilan aytganda, shoirning «mavhum mantiqiy kategoriyalarda emas, balki otashin shoirona timsollar vositasida» talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy o‘sish, o‘zgarishda ekani, eskining yo‘qolib, yangining paydo bo‘lishi — «dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi»dan iboratligi to‘g‘risidagi qarashlari buyuk nemis faylasufi Gegelyushg e’tiroficha, unda dialektik metod yaratishga yordam bergan.
Ruboiylar

Yashnab, ochilib, menga qarab keldingmi? Makringni tabassumga o‘rab keldingmi? Ul kun ketib erding-ku olib qalbimni, Bul kun yana jonimni so‘rab keldingmi?
Ishq ul — toki xalq uchun saodat bo‘lsin! Ishq ul — bu saodat to qiyomat bo‘lsin! Ul ishq meni tug‘di aslida — ona emas, Ul onaga ming tahsinu rahmat bo‘lsin!
Biz oshiqi ishqmiz-u, musulmon boshqa, Biz zaif chumolimiz, Sulaymon boshqa. Bizdan so‘ra kuygan dilu somon yuzni, Kim savdo qilar mol bila — do‘kon boshqa.
O’tgan kecha men erdim-u, jon mahrami boz, Mendan hama zor erdi-yu, undan hama noz. Tun o‘tdi-yu, yetmadi biroq so‘nggiga so‘z, Tunda ne gunoh, bo‘lsa uzun dildagi roz?
Ul yor havasida dil rubobdir, rubob, Ishq o‘tida qovrilib kabobdir, kabob. Dardim eshitib, etsa sukut dildorim, Shul jimligi menga ming javobdir, javob.
Ishqing o‘tidan jo‘shgusi yoshlik qoni, Ko‘ksimda jamoli jonlanar Layloni. O’ldirsang agar o‘ldir — haloling bo‘lsin, Yor qo‘lida o‘lsa, boqiy oshiq joni!
Qil yaxshilik — yaxshilikni bilgay dunyo, Poydordir u yaxshilik tufayli tanho. Mol qoldi-ku hammadan, qolar sendan ham, Qoldirdi baxil — mol, yaxshilikni — dono.
Ishqingda g‘am ichra ushladim ko‘ngilni, Har lahza izingga boshladim ko‘ngilni. Yel menga olib keldi bugun bo‘yingni, Shukr etdim-u, yelga tashladim ko‘ngilni


Olamda vafosi yo‘q kishi kam bo‘lsin! Har bir kuni bevafoni(ng) motam bo‘lsin! Yod etmadi g‘amdan o‘zga hech kimsa meni, Ming tahsinu rahmat senga, ey g‘am, bo‘lsin!
DEHQON VA SHER.
Bir kuni tunda sher dehqonning og’ilxonasiga kirib, sigirini yebdi-da, o’sha yerning o’zida dam olgani cho’zilibdi. Dehqon esa tunda uyg’onib, shamni ham yoqmasdan sigirdan xabar olish uchun og’ilxonaga yo’l olibdi. U og’ilxonaga kiribdi-da,paypaslanib sherning yelkasini silabdi. Shunda sherning hayolidan shunday so’zlar o’tibdi: “Eh, ikki oyoqli nodon-a! U meni sigir deb o’yladi. Kunduz kuni bo’lganda meni ko’rib, tanamga qo’l tekkizish u yoqda tursin,qo’rqqanidan o’takasi yorilardi! “
Ey dono odam, sen eng avvalo narsalarning mohiyatini bil,ularning aldamchi shakliga ishonma!
E’tiboringiz uchun raxmat!
Yüklə 411,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin