Jamoatchilik nazorati
Reja:
1. Jamoatchilik nazoratining mohiyati
2. Jamoatchilik nazorati tizimi
3. Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari
4. Jamoatchilik nazoratining shakllari
Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar mazmun- mohiyati.
Millat tushunchasi va unga turli xil yondoshuvlar . Millat ( arabcha – xalq ) tushunchasi – muayyan
hududda istiqomat qiladigan , umumiy til , madaniyat, urf - odat , qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi
etnoijtimoiy birlikni anglatadi . Millat — til , ma’naviyat, milliy o‘zlikni angash ruhiyati , urf - odatlar , an’analar va
qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil sub’ekt
sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarningetnik birligidir . Millat ma’lum
hududda barqaror yashab , tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib , kishilarning ma’naviy - ruhiy sal ohiyat
yagonaligi asosida shakllanadi . U faqatgina “ kapitalistik jamiyattning muqarrar mahsuli” emas , balki
insoniyatning dunyoga kelishi va taraqqiyotining mahsulidir. Millatning shakllanishi va rivojlanishida moddiy
omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi , ammo ular millat abadiyligini ta’minlashning birdan - bir imkoniyati
emas . Ular millat taraqqiyoti uchun faqat zaruriy shartlardan birigina hisoblanadi . Millatning abadiyligi , uning
barqarorligini ta’minlashning asosiy omili uning ichki ma’naviy - ruhiy salohiyatidir . Millatlarning ichki - ruhiy
salohiyati , yaratuvchilik qobiliyati , matonati, tinimsiz mehnati, tadbirkorligi va o‘ziga xosligini rivojlantirish
asosida hozirgi zamon sivilizatsiyasi yuzaga kelgan . Mutaxassislarning fikricha , er yuzida uch minga yaqin millat
bo‘lib , insoniyatning o‘rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi . Qolgan 4 foiz elat va qabilalardir . Har bir millat
aholisi bir necha o‘n mingdan bir necha yuz milliongacha boradi . Millatlar besh yirik guruhga bo‘linadi : 1.
Buyuk millatlar - aholi soni milliard va 100 milliondan ortiq , xitoylar , hindlar , amerikaliklar , ruslar , yaponlar . 2.
Katta millatlar — aholi soni 50 - 100 million oralig‘ida — ing liz lar , fransuzlar , ispanlar , olmonlar , turklar , arablar
va b . 3. Yirik millatlar — aholi soni 10 - 50 milliongacha — o‘zb eklar , portugallar , polyaklar , efioplar va b . 4.
O‘ rta millatlar — 1- 10 million oralig‘ida , qirg‘izlar tojiklar , turkmanlar . 5. Kichik millatlar - bir necha 10
mingdan 1 milliongacha, chechenlar , ingushlar , cherkaslar . Jahondagi 27 millat er yuzi aholisining qariyb 75
foizini tashkil qiladi .
Millatlarning soni ularning buyukligi yoki gegemonligi uchun asos bo‘la olmaydi . Zero , barcha millatlar
teng , ozod va erkindir . Ammo tamaddun taraqqiyotiga hissa qo‘shishga qodir barkamol farzandlari ko‘p
millatlargina tabiiy tanlanish asosida etakchiga aylanishlari mumkin. Ana shu tamoyil jahon xalqlari intilishining
asosini tashkil etadi . Mustaqillikka erishgan yurtimizda butungi kunda ko‘p sonli millat vakillari yashamoqda .
Mamlakatimizda bu tamoyilga amal qilinishi esa barcha millatlarning ravnaqi , gullab - yashnashi uchun xizmat
qilmokda .
187
« Millat» murakkab xarakterga ega bo‘lgan etnik birlik hisoblanadi . SHuning uchun unga ta’rif berishda
bugungi kungacha mavjud bo‘lgan ilmiy - falsafiy adabiyotlarda yakdillik yo‘q . Lekin ularni umumlashtiruvchi
tomonlar alohida qayd etiladi . « Millat»,« milliy», « milliylik» kabi tushunchalar bizning tilimizga arab tilidan VIII
asrda , ya’ni arab xalifaligi tomonidan Movarounnahrning zabt etilish davridan boshlab kirib kelgan . Ushbu
tushunchalarning negizida « mil» iborasi yotadi . « Mil» tushunchasi arab tilida « o‘zak», « tub mohiyat», « negiz»
ma’nolarini ifodalaydi . « Millat» tushunchasi esa keng miqyosda qo‘llanilib , bir necha ma’noni beradi : 1) din ,
diniy jamoa ; 2) ummat , ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar jamoasi ; 3) xalq , millat kabi ma’nolarni anglatadi
Falsafa qomusiy lug‘atida millat tushunchasiga zamonaviy ta’rif beriladi . Jumladan , unda « millat - bu til ,
ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash , ruhiyat , urf - odatlar , an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan
xududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy
boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir»
, - deyilgan . SHuningdek , boshqa xorijiy adabiyotlarda
millat deganda siyosiy va etnik munosabatlarga kirishuvchi tili , o‘z - o‘zini anglash faoliyatiga ega bo‘lgan xalq
tushunilishi ta’kidlab o‘tilgan
. Mazkur manbada millat haqidagi konseptual qarashlar K. Doych ( Natsionalizm
va ijtimoiy kommunikatsiya ), E . Gelner ( Natsiya va natsionalizm ), B . Anderson, E . Smit tomonidan ilgari
surilganligi ham alohida qayd etib o‘tiladi . Ulardagi asosiy e’tibor millatning turli o‘ziga xos ijtimoiy - siyosiy ,
ijtimoiy - iqtisodiy , ijtimoiy - huquqiy jihatlariga qaratiladi
. Biroq , ularda millatning shakllanishidagi ijtimoiy ma’naviy jarayonlar e’tibordan chetda qolganligini ham kuzatishimiz mumkin. YAna bir adabiyotda millat
tushunchasi davlat tushunchasiga uzviy bog‘liqligi , o‘z hududi , chegarasiga egaligi , boshqa millat vakillari
manfaatlarini hurmat qilishi kabilar bilan ifodalanishi ko‘rsatib o‘tilgan
S . Otamurotov fikricha , “ Millat deb yagona til , madaniyat ( keng ma’noda) milliy o‘zlikni anglash ruhiyati
( psixologiyasi va hissiyoti ), urf - odatlari va an’analariyagonaligi asosida ma’lum hududda yashovchi , iqtisodiy
aloqalar bilan bog‘langan , o‘z davlatiga ega bo‘lgan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy
boyliklarni ifodalovchi hamda yaratuvchi kishilarning etnik birligiga aytiladi ”
. Keltirilgan bu ta’rifdagi yangilik
millatning etnomadaniy va milliy munosabatlardagi o‘ziga xos sub’ekt sifatida namoyon bo‘lishini ifodalashda
qo‘l keladi . YAna bir faylasuf olim A. Ochildiev «... har qanday millat muayyan ijtimoiy - iqt isodiy aloqalar tizimi
bilan bog‘langan etnoijtimoiy birlikdir »
– degan xulosaga keladi . Darhaqiqat, millat tushunchasiga etnik va
ijtimoiy birlikning uyg‘unligi nuqtai - nazardan qaralishi uning umumilmiy asoslarini har tomonlama o‘rganishga
imkon beradi . Hozirgi davrda biz , millat deganda umumiy tilda so‘zlashib , bir butun umumiyhududda istiqomat
qilib turgan , birga iqtisodiy hayot kechiradigan , umumiy maydoni, ma’naviyva ruhiymuhitga ega kishilarning
tarixiy shakllangan barqaror birligini tushunamiz .
Millatlararo munosabatlarni o‘ziga xos , murakkab va serqirra tizim sifatida qarash mumkin. Bu o‘ziga
xoslik birinchidan , jamiyat milliy tuzilishining tarkibiy qismi hisoblangan etnoslarning siyosiy , ijtimoiy - itstisodiy ,
madaniy ehtiyoj manfaatlarini ruyobga chiqarish na ikkinchidan , millatlararo munosabatlarda kechayotgan
jarayonlarni to‘g‘ri baholash hamda mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan , kompleks xarakterga ega
chora - tadbirlarni ishlab chikishdek bir - biri bilan uzviy bog‘liq vazifalarni hal etishni zarur qilib qo‘yadi . Ularning
muvaffaqiyatli hal qilinishi esa milliy hayotda kechayotgan o‘zgarishlarning xarakteri va yo‘nalishini oldindan
ko‘rish na nazoratini tashkil etish qamda davlat hokimiyati , siyosiy partiyalar , harakatlar va jamoat
tashkilotlarining ma’naviy - ma’rifiy , iqtisodiy va tashkiliy - texnik salohiyatini mavjud muammolarni hal qilishga
yo‘naltirish imkonini beradi . Qayd etilgan vazifalarning qandaymaqsadlarni ko‘zlab hal etilishi mohiyat e’tibori
bilan stixiyalilikka deyarli urin krldirmaydigan , ijobiy yoki salbiy mazmunga ega millatlararo munosabatlarning
muayyan tipini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi . Xususan, milliy tengsizlik , o‘zga millatlarga nisbatan
bepisandlik bilan qarash , muayyan hollarda esa antagonizmni ng ustuvorligi millatlararo munosabatlarning salbiy
mazmunga egaligidan dalolat beradi . Mamlakatimizga tatbiqan olinganda esa , etnik munosabatlar millatlararo totuvlik deb ta’riflanishi mumkin bo‘lgan ijobiy mazmunga egaligi bilan ajralib turishini qayd qilish lozim . SHu
o‘rinda etnos , xalq vaelat tushunchalari mazmuniga ham to‘xtalib o‘tish joiz .
“ Etnos ” tushunchasi yunon tilidan olingan bo‘lib , uning etimologik ma’nosi xalq , qabila , to‘da , kishilar
guruhi degan ma’nolarni anglatadi . Siyosatshunoslik fanlari doktori N. Mamanazarov yozganidek , bu termin
( ya’ni “ demos ” - O. M.) kishilar guruhining muayyan ijtimoiy - siyosiy jarayonlardaaktiv qatnashuviqismini
anglatsa , “ etnos ” termini muayyan joy , ya’ni hududda yashovchi xalqning lokal guruhini anglatadi . Hozirgi
paytda “ etnos ” termini faqatgina ilmiy doira va ilmiy adabiyotlardagina qo‘llansa , “ xalq ” termini esa ,
kundalikhayotning barcha ijtimoiy - siyosiy , madaniy , iqtisodiy va ma’naviy jabhalarida aktiv qo‘llaniladi .
SHujihatdan ham “ etnos ” va “ xalq ” tushunchalari ma’lum ma’nodabir- biriga yaqin bo‘lsa - da , ammo mazmun va
mohiyat jixatidan bir - biridan farq qiladi .
239
Tor ma’noda xalq atamasiel , elat , millat, aholi , xaloyiq , olomon , muayyan guruh vakillarini anglatadi .
Xalq so‘zi muayyan lokal hududda istiqomat qiluvchi aholiga nisbatan ham qo‘llaniladi . Masalan, qishloq xalqi ,
shahar xalqi va h . k . Kasb, muayyan mashg‘ulot yoki ma’lum tabaqaga mansub bo‘lgan kishilarga nisbatan
o‘qituvchi xalqi , savdogar xalqi , dehqon xalqi kabi so‘zlar ishlatilishi uch raydi . Zamonaviyxalqaro huquqda ham
xalq atamasi keng qo‘llanadi . Xalq birinchi marta xalqaro huquq sub’ekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida
" Xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash " tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan .
Hozirgi vaqtda xalqaro huquqda xalqlar huquqi turli konvensiya va deklaratsiyalarda o‘z aksini topgan . SHu
bilan birga , xalqaro hamjamiyat tomonidan umumiy tan olingan yagona " xalq " tushunchasi hozirga qadar ishlab
chiqilmagan , faqat xalqaro huquqda emas , balki etnografik adabiyotda ham " xalq " tushunchasiga oid bahs munozaralar XIX asrdan buyon davom etib kelmoqda . Xalq so‘ziga berilgan ko‘pgina tavsiflardan kelib chiqib
( xalqaro huquq doktrinasida 100 dan ortiq tavsiflar mavjud) shunday ta’riflash mumkin: xalq ma’lum bir davlat
fuqarolarining umumiy birligini anglatadi . muayyan hududda tarixan tarkib topgan , boshqa guruhlardan o‘z tili ,
ruhiy - psixologik holati va madaniyati, shuningdek , umumiy ongi va nomlanishi bilan farq qiluvchi siyosiy yoki
etnoijtimoiy birlik yig‘indisi esa - etnosdir . Xalq atamasi gohida millat tushunchasiga sinonim sifatida ham
ishlatiladi . O‘zbekiston xalqining tarixiy shakllanish jarayoni etnotarixiy makon bilan chambarchas bog‘langan
bo‘lib , ushbu zaminda xalq sifatida rivojlanib kelayotgan etnik birlikdir . Birinchi Prezidentimiz I . A. Karimovning
« Biz jahon maydonida kuni - kecha paydo bo‘lgan xalq emasmiz . Bizning millatimiz, xalqimiz ko‘hna
Xorazm zaminida « Avesto» paydo bo‘lgan zamonlardan buyon o‘z hayoti , o‘z madaniyati, o‘z tarixi
bilan yashab keladi », degan fikrlari o‘zbek millati vakillarining ushbu hudud xalqi sifatida etnotarixiy ildizining
teranligidan dalolatdir . Darhaqiqat, tarixiy ildizlari mustahkam bo‘lmagan xalq etnosiyosiy maydonda yirik ,
qudratli bir davlatchilikni shakllantirib , kelajak avlodlarga milliy davlatchilik negizlarini , osmono‘par madaniy
yodgorliklarni meros sifatida qoldira olmas edi . SHu jihatdan ham o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni va
rivojlanish bosqichlari ushbu zamin bilan mustahkam bog‘liklikda bo‘lib , qadimiydir .
Umuman ilmiy adabiyotlarda “ etnos ” tushunchasi va hodisasiga o‘ttizga yaqin ta’riflar uchrasa - da , ularda
ma’lum bir yaqinlik , mushtaraklik mavjud. YA’ni, “ etnos - bu bir tilda so‘zlashuvchi , o‘zlarining bir xil kelib
chiqishi va mushtarak shakllanish jarayonini tan oluvchi , boshqa xalqlardan farq etuvchi qator urf - odat va
an’analarga ega bo‘lgan kishilar guruhidir .”
( muloqot tili , e’tiqod ob’ekti , kundalik yurish - turish me’yorlari ham shunga kiradi ), umumiy istiqomat
makonining ( landshaftni qamrab oluvchi ) mavjudligi yoxud mavjud bo‘lganligi hamda boshqa etnoslarga
nisbatan o‘zining yagonaligini anglash va qayd qilingan nomga egalik ( etnonim ) asosida shakllangan ijtimoiy
birlik ham nazarda tutiladi . Ay rim etnoslarni bir - biridan farqlovchi muhim belgisi ularning o‘ziga xos madaniy
xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi . Bu xususiyatlar har bir xalqning tarixiy - madaniy rivojlanishi jarayonida
shakllanadi va avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadi . Fanda bu jarayon « etnik an’analar » yoxud « etnik vorislik»
deb ataladi . Bunday an’analar har bir xalqning ijtimoiy - iqtisodiy turmushi hamda u yashayotgan tabiiy geografik
muhit bilan bog‘liq holda shakllanadi . Faqat alohida xalqlar emas , balki ularning shakllanish jarayonida ishtirok
etgan qarindosh guruhlar ham etnos deb ham ataladi .
Etnos , xalq ijtimoiy - siyosiy liderlarsiz yashamaydi , ularga strategik maqsad, xatti - harakatlariga dasturiy
mohiyat va yo‘nalish beruvchi etakchilar kerak . Bunday faoliyatni « passionarlik» konsepsiyasi orqali atroflicha
o‘rganish mumkin. Unga ko‘ra dunyoning yagona axborot - energetik manzarasida tarixda chuqur iz qoldirgan
« buyuk odamlar va xalqlar » ning faoliyati mexanizmlarini to‘g‘ri tushunish etnosni to‘liq ilmiy manzarasini
yoritishda qo‘l keladi . CHunki ko‘pincha ijtimoiy - tarixiybosqichlar , siyosiy yutuqlar ana shunday liderlarning
hayoti va ijodi orqali , ularning etnos , xalq hayotiga optemistik g‘oyalarni olib kirgani va ularni birlashtirib , yangi
ijtimoiy birlikka aylantir gani bilan o‘lchanadi .
Bu nazariyaga ko‘ra , etnos , millat tarixan shakllangan ijtimoiy
bir butunlik bo‘lib , iqtisodiy , hududiy , lisoniy , madaniy , ijtimoiy - psixologik aspektlarning yaxlitligi bilan
xarakterlanadi . Unda yirik , buyuk shaxslar , guruhlar muhim rol o‘ynaydi . Etnos , millat o‘zining xususiyatlarini ,
o‘zining ichidan etishib chiqqan va boshqalar tan oladigan buyuk vakillari orqali namoyon qiladi . Masalan,
o‘zbek xalqi , millati boshqa xalqlar nazarida Imom al - Buxoriy , Amir Temur , Ulug‘bek, Bobur , Navoiy kabi
buyuk insonlar avlodlari sifatida gavdalanadi . Bundan tashqari , xalq , millat haqida gap ketganda , ularni
birlashtirib turadigan mentalitet, yashaydigan hudud , ulardagi o‘ziga xos xususiyatlar , insoniyat ijtimoiy
taraqqiyotida tutgan o‘rni , tarixiy merosi, ahloqiy qadriyatlari va ijtimoiy - siyosiy tajribasi ham nazarda tutiladi .
Bizga ma’lumki, dunyoda ikkita bir xil odam bo‘lmaganidek , ikkita bir xil millat ham bo‘lmaydi . SHuning
uchun ularning xarakterlari , manfaatlari, dunyoqarashlari , ichki - ruhiy olami turlicha , bu - aksioma . Bu esa
millatlar mavjud ekan millatlararo munosabatlardagi muammolar ham saqlanib qolinishidan darak beradi .
Millatning o‘ziga xosligi uning ichki ma’naviy - ruhiy olamini tashkil etuvchimilliy erkinlik , or - nomus , qadr qimmat , izzat - nafs , g‘urur kabi tuyg‘ularda namoyon bo‘ladi . Agar ularga tashqaridan yoki boshqa millatlar
tomonidan salbiy ta’sirlar ko‘rsatilsa , millatlararo, hatto , davlatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar paydo
bo‘ladi va ular og‘ir musibatlarga olib kelishi mumkin.
Etnos , xalq ijtimoiy borliqqa munosabatlarini huquqlariorqali ifoda etadi . Demokratik davlatlarda aynan
Konstitutsiya( Asosiy Qonun) va unga tayanib ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan qonunlar etnosning
ijtimoiy borliqdagio‘rnini , huquq va burchlarini belgilab beradi . Masalan, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiq “ Xalq davlat hokimiyatining birdan - bir manbaidir”. (7 - modda); “ Davlat xalq
irodasini ifoda etib , uning manfaatlariga xizmat qiladi ”; “ Davlat organlari vamansabdor shaxslar jamiyat va
fuqarolar oldida ma’suldirlar”. (2 - modda). “ Jamiyat va davlat siyosatining eng muhim masalalari xalq
muhokamasiga taqdim etiladi , umumiy ovozga ( referendumga ) qo‘yiladi .” (9 - modda). “ O‘zbekiston
Respublikasi da ijtimoiy hayot siyosiy institutlar , mafkuralar va fikrlarning xilma - xilligi asosida rivojlanadi .” (12 -modda).
Elat degan tushuncha arabchadan tilimizga kirib kelgan . Elat deganda bir tilda so‘zlashuvchi , o‘ziga xos madaniyati
mavjud bo‘lgan va ma’lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o‘z tuzilmasiga ega
bo‘lgan ijtimoiy - tarixiy birlik tushuniladi . Elat — kishilarningtil , hudud , iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan
birligi . Elatga ko‘p jihatdan bir - biriga yaqin qabilalar birlashadi . Qadimda kishilarning elat bo‘lib , bir hududda yashashlari
ular orasida umumiy manfaatdorlik , qon - qarindoshlik his - tuyg‘ularini kuchaytirgan . Elatlar , kuchli qabilalarning kuchsiz
qabilalarni o‘ziga bo‘ysundirishi va ular b - n aralashib ketishi natijasida ham shakllangan . Elat o‘z qiyofasini saqlab qolishi ,
rivojlanib , millat darajasiga ko‘tarilishi uchun o‘z davlatiga ega bo‘lishi kerak . Umumiy manfaatdorlik hissi va uni himoya
qilish mas’uliyati daklatni vujudga keltirgan . Nisbatan markazlashgan dastlabki davlatlar qadimgi Misr, Bobil , Turonda va
boshqa joylarda paydo bo‘lgan . Sayyoramizning boshqa joylarida , jumladan , G‘arbiy va SHarqiy Evrupada elatlar o‘rta
asrlarda shakllangan . Dunyoda bunday jarayonlar davom etayotgan mamlakatlar hozir ham bor . SHuning uchun bo‘lsa
kerak , jonli so‘zlashuv tilida millat va elatlar degan iboralar ishlatib turiladi . Ko‘pincha, elat deganda , kamsonli , madaniyma’rifiy , iqtisodiy - siyosiy jihatdan nisbatan kam rivojlangan xalqlarham tushuniladi .
Sobiq Ittifoqda 1926 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida 230 dan ortiq millat va elat yashaydi , deyilgan
bo‘lsa , 1959 yilgi aholi ro‘yxatida bu raqam 129 taga tushib qolgan . Demak, 100 dan ortiq elat , asosan , kam sonli
xalqlar o‘z milliy qiyofalarini yo‘qotib , ko‘p sonli xalqning miqdorini oshirgan . SHo‘roviy mafkura “ o‘z
rivojlanishiga ko‘ra orqada qolgan ko‘pgina elatlar , asosan , kichik elatlar , millatga aylanmasligi ham mumkin.
Ular vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan boshqa elat va millatlar bilan yaqindan aloqa
qilishga o‘tishi natijasida ilg‘or xalqning madaniyati, tilini o‘zlashtiradi va asta - sekin o‘sha millatning tarkibiga
singib ketadi ”, deb uqtirardi . ( Bu ko‘chirma O‘zbek Sovet Ensiklopediyasining 13 - jildidan keltirildi ). Bundan
ko‘rinadiki , CHor Rossiyasida XVI asrning o‘rtalaridan boshlangan bunday siyosat sho‘ro davrida ham pinhona
davom ettirildi . SHunisi qiziqki , qaerdaki milliy uyg‘onish yuz berib , milliy mustaqillik talab etilsa , shu xalqni ,
shu xalq rahbarlarini separatizmda ayblash mustamlakachilarga xos usuldir . “ Separatizm ” lotinchadan olingan
atama hisoblanib , ajralib chiqishga , alohida bo‘lishga intilish ma’nosini bildiradi . Masalan, bir butun
mamlakatning bir viloyati ajralib chiqishni istasa — bu separatizm bo‘ladi , bu harakatning tepasida turganlarni
separatchi - ayrmachi deyish mumkin. Bunday intilishlarni sog‘lom fikrli hech bir kishi oqlamaydi va
yoqlamaydi . Bu mamlakatning yaxlitligiga rahna soladi , butun bir xalqni parokanda qiladi . Lekin tili , dini ,
turmush tarzi mutlaqo boshqacha bo‘lgan , o‘z vataniga ega bir xalqning mustaqillikni istab , hukmron tuzum
iskanjasidan ajralib chiqishi separatizm emas , balki milliy davlatchilikni tiklash yo‘lidir . O‘zbekistonning
mustaqillikka erishishi ana shu tamoyil mazmuniga mos keladi .
Elat bilan yaqin ma’noda diaspora tushunchasi ham qo‘llaniladi . Diaspora yunoncha diaspora - tarqalish
ma’nosida bo‘lib , ma’lum bir davlat hududida yashovchi , ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega ,
ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi ( masalan O‘zbekistonda yashovchi rus , ukrain millatining
diasporasi ). Konstitutsiyaviy huquqda « diaspora » tushunchasidan o‘z vatandoshlariga nisbatan davlat siyosatini
yuritishda foydalaniladi .
Millatlararo munosabatlar. Vatanparvarlik, kosmopolitizm , millatchilik. Millatlararo
munosabatlar — birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o‘rtasida amalga oshadigan turli - tuman
shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir . Ma’lumki, bugun jahonda mavjud 200 dan ziyod mamlakatda
ikki mingga yaqin millat, elat va qabila yashaydi . Ular 5 yarim mingdan ortiq tilda so‘zlashadi . Bu tillarning 100
dan ko‘prog‘igina o‘z yozuviga ega . Millatlararo jarayonlarning eng xarakterli tomon i shundaki , insoniyat aql zakovati yuksalgani sayin millatlar o‘zaro assimilyasiyalashish tomon emas , balki o‘zlarining “ men” ini
namoyish qilish , tasdiqlash sari jadal sur’atlar bilan harakat qilmoqda . Hali jahonda mavjud birorta millat, yoki
elat ixtiyoriy ravishda boshqa millatlar bilan qo‘shilib ketgan emas , aksincha ayrim millatlar qashshoqlikning
og‘ir kulfatlariniboshidan kechirishga majbur bo‘lsalar - da ozodlik , erkinlik kabi qadriyatlardan voz
kechmaganlar . Ular ozod , mustaqil yashab , o‘z urf - odatlari , an’ana va qadriyatlarini muqaddas bilib , fidoyilik
ko‘rsatib kelganlar . Millatlararo munosabatlar deganda turli millat va elatlarning iqtisodiy - siyosiy va madaniy ma’rifiy sohalarda sodir bo‘ladigan o‘zaro aloqalar majmuini tushunmoq kerak . Bunday aloqalar , ko‘p millatlar
yashaydigan ayrim bir mamlakat ichki hayotida yoxud turli mamlakatlarda yashaydigan millatlar o‘rtasida
amalga oshadi . Bugungi kunda jahonda aholisining tarkibi faqat birgina millatdan tarkib topgan mamlakatni yoki
davlatni t opish qiyin . Xuddi shu ma’noda ham mamlakatlar, davlatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan turli
sohalardagi aloqalarda ularda yashayotgan millatlarning do‘stona munosabatlari har qanday davlat
taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi . Ana shu omil qanchalik mustahkam bo‘lsa , davlatlar o‘rtasida olib
boriladigan turli sohalardagi aloqalar xam shu darajada mustahkam bo‘ladi va har ikki tomon kutayotgan
natijalarni beradi . Ko‘p millatli davlatlarda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish shu mamlakatda
barqarorlik va taraqqiyotning kafolati , uning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omildir . CHunki har qanday davlatda
milliy nizolar va ziddiyatlar o‘sha davlatda barqarorlikning barbod bo‘lishiga va oxir - oqibatda uning emirilishiga
olib keladi . SHuning uchun ham , har qanday mamlakatda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirib borish
Adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |