4-variant
1.Markaziy bankning Davlat
banki sifatida hukumat bilan, Banklarning banki sifatida banklar
munosabati
Javob: Markaziy
bankning huquqiy maqomi, vazifalari,
vakolatlari, tashkil etilishi va
faoliyati prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
,
ushbu Qonun hamda boshqa
qonunlar bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.
Markaziy bank — o‘z sarf-xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga
oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.
Markaziy bank va uning muassasalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi tasviri
tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhriga ega.
2.“Elektron to’lovlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni va to’lov tizimida uning
o’rni
va ahamiyati
Javob: Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan
va axborot tizimlari
xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni
amalga oshirish elektron to‘lovdir.
Elektron to‘lov to‘lov tizimining subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida
to‘lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. To’lov tizimi azolarining huquq va majburiyatlari.
Javob: To‘lov tizimi to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari
va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining
tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan
amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir.
To‘lov tizimi operatori bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi va to‘lov
tizimida
ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzgan banklar to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi.