1-bob. Umumiy qoidalar
1.
8-sonli umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi
o’rinlarda DMTT deb ataladi). Andijon viloyati Bo’ston
tuman hokimligining
20___ yil «___»__________
№
____-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
2.
DMTTning yuridik manzili: Bo’ston tumani, Nurafshon MFY Xuriyat
ko’chasi 108.
3.
DMTTning ta’sischisi: tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi.
4.
Mazkur Ustav
DMTTning maqsad va vazifalari, huquqlari,
majburiyatlari
va javobgarligi, shuningdek, uning
faoliyatini tashkil etish
tartibini belgilaydi.
5.
DMTT O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining
(keyingi o’rinlarda vazirlik deb yuritiladi) idoraviy va tarkibiy bo’ysunuvida
hisoblanadi. DMTT Ustavi qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda tasdiqlanadi
va ro’yxatdan o’tkaziladi.
6.
DMTT o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va
qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majliy
Qonunchilik palatalari
qarorlari,
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
farmon,
qarorlari
va
farmayishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari,
maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari hamda mazkur
Ustavga muvofiq amalgan oshiradi.
7.
DMTT
yuridik
shaxs
hisoblanib,
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitusiyasi gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o’z nomi yozilgan muhr va
shtamp, byudjet va byudjetdan tashqari g’aznachilik
shaxsiy hisob raqamiga
egadir.