Jinssiz ko'payish va uning turlari.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 15-IDUM Biologiya fani o‘qituvchisi Sherqo‘ziyeva Shahloxon Abdug‘aniyevna
Anotatsiya:Ushbu maqolada Jinssiz ko‘payish va uning usullari,jinssiy ko‘payadigan organizmlar haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Jinssiz ko‘payish,zigota,genetik axborot,tirik organizm,shizogoniya,ko'payish,genetik material.
Ko‘payish tirik organizmlarning genetik axborotdan foydalangan holda o‘ziga ‘xshaganlarni yarata olish xususiyatidir. Tirik organizmlarning ko‘payish xususiyati tufayli tur doirasida avlodlar almashinuvi uzluksizligita’minlanadi. Ko‘payish jarayonida genetik materialning xilma-xil kombinatsiyalari hosil bo‘lishi tufayli yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydo bo‘ladi. Bu esa tur ichida xilma-xillikni ta’minlovchi omildir. Tabiatda ko‘payishning ikki xil turi: jinssiz va jinsiy ko‘payish farqlanadi:Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarda kuzatiladi. Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organism ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan aynan nusxasi bo‘ladi.Jinssiz ko‘payishning evolutsiyadagi ahamiyati. Qulay sharoitda individlarningtez va ko‘p nasl qoldirishini ta’minlashdir. Lekin jinssiz ko‘payishda organizmning yangi muhit sharoitiga moslanishni ta’minlovchi genetik axborotning o‘zgarishi, almashinishi va xilma-xillikning ortishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik organizmlar nafaqat jinssiz balki jinsiy usulda ham ko‘payadi. Oddiy binar bo‘linish prokariot organizmlarda kuzatiladi. Prokariot hujayraning halqasimon DNKsi replikatsiyalanadi, hujayra o‘rtasida to‘siq hosil bo‘lib, hujayra ikkiga bo‘linadi.Bir hujayrali sodda hayvonlardan amyoba, evglena, infuzoriya kabi hayvonlarning binar bo‘linishi mitoz jarayoniga asoslangan.Bezgak paraziti hayot siklida shizogoniya – ko‘p bo‘linish sodir bo‘ladi. Hujayra yadrosi bir necha marta mitoz bo‘linib, yosh hujayralarni hosil qiladi. Xlorella, xlamidomonada kabi suvo‘tlari,zamburug‘lar sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar mitoz usulida hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi.Infuzoriya tufelkaning binar bo‘linishi Achitqi zamburug‘ining kurtaklanib ko‘payishi Xlamidomonadaning sporalar orqali ko‘payishi Bezgak parazitining eritrotsit hujayrasidako‘payishiKurtaklanib ko‘payish mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi. Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi.Fragmentatsiya – tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi. Kurtaklanib ko‘payish g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali chuvalchanglarda kuzatiladi. Zamburug‘lar (qalpoqchali zamburug‘lar), suvo‘tlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar sporalari orqali ko‘payish xususiyatiga ega. Yengil sporalar o‘simliklarni tabiatda keng tarqalishiga imkon beradi. Gidroid polipning kurtaklanishi Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar Oq planariyaning tana bo‘laklari orqali ko‘payishi Zamburug‘ning sporadan ko‘payishi. Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi. Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir. Tabiatda o‘simliklarning vegetativ organlari – ildizi, poyasi va bargi orqali vegetativ ko‘payishi keng tarqalgan.Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ota va ona organizmlarining jinsiy hujayralari – gametalar ishtirokida hosil bo‘ladi. Erkaklik va urug‘chilik jinsiy hujayralarining qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Yangi organizm genotipi ota-ona genotipidan farq qiladi. Jinsiy ko‘payish asosida kombinativ o‘zgaruvchanlik yotadi.Jinsiy ko‘payishning ahamiyati. Jinsiy ko‘payish organizmlar evolutsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon ota-ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Hosil bo‘lgan yangi avlod ota-onasiga nisbatan yashovchan va o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi.Jinsiy ko‘payish shakllari. Izogamiya – shakli va o‘lchami bir xil, harakatchan erkak va urg‘ochi gametalarning qo‘shilishi bilan boradigan jinsiy ko‘payish shakli (ulotriks). Geterogamiya erkak va urg‘ochi gametalar harakatchan, lekin urg‘ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo‘lishi bilan xarakterlanadi (xlamidomonada). Oogamiya – jinsiy ko‘payishning bir shakli bo‘lib, urg‘ochi gametalar yirik, harakatsiz, tuxum hujayra deb ataladi, erkakgametalar mayda bo‘lib, harakatchan bo‘lsa spermatozoid (hayvonlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar), harakatsiz bo‘lsa spermiy (gulli o‘simliklar) deb yuritiladi.Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish. Gulli o‘simliklarda jinsiy hujayralar – changchining changdonida, urug‘chining urug‘kurtagida yetiladi. Chang xaltasidagi diploid mikrosporotsit hujayra meyoz yo‘li bilan bo‘linib, 4 ta mikrosporani hosil qiladi. So‘ng har bir mikrospora mitoz yo‘li bilan bo‘linib ikkita: yirik vegetativ va mayda generativ hujayralarga ega chang donasiga aylanadi. Generativ hujayra yana mitoz usulida ikkiga bo‘linib ikkita spermiyni hosil qiladi.Urug‘li o‘simliklarda erkaklik gametalarning rivojlanishi. 1 – changchi;2 – mikrosporotsit hujayra; 3 – mikrosporalar; 4 – chang donasi; 5 – vegetativ hujayra; 6 – generativ hujayra; 7 – spermiylar.Tugunchaning urug‘kurtagidagi diploid to‘plamli megasporotsit hujayra meyoz bo‘linishdan so‘ng 3 ta mayda, 1 ta yirik hujayra – megasporani hosil qiladi. Mayda hujayralar tezda nobud bo‘ladi. Megaspora 3 marotaba mitoz yo‘li bilan bo‘linadi va sakkiz yadroli murtak xaltasini hosil qiladi. Murtak xaltaning bir qutbida uchta, ikkinchi qutbida ham uchta, markazida esa ikkita hujayraning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan markaziy hujayra joylashadi. Murtak xaltasining mikropile tomonidagi uchta hujayrasining o‘rtadagi yirikrog‘i tuxum hujayra hisoblanadi.1 – urug‘chi; 2 – megasporotsit hujayra; 3 – megaspora; 4-, 5-, 6 – mitoz bo‘linish; 7 – murtak xalta; 8 – tuxum hujayra; 9 – markaziy hujayra.Changlanishdan so‘ng urug‘chi tumshuqchasiga tushgan chang asta-sekin o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o‘sib, uzun va ingichka naychachang yo‘lini hosil qiladi. Chang naychasi tez o‘sib, urug‘chi tugunchasi tomon o‘sib urug‘kurtakka yetib boradi. Hosil bo‘ lgan ikkita spermiy chang naychasi orqali urug‘kurtakdagi murtak xaltaga kiradi. Spermiylardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo‘shiladi. Bu jarayon gulli o‘simliklarda kuzatiladi.
Jinssiz koʻpayish - organizmlarning jinsiy jarayon sodir boʻlmaydigan, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydigan koʻpayish usuli. Jinssiz ko'payish. ayniqsa bir hujayrali organizmlar orasida koʻp uchraydi, ammo koʻpchilik koʻp hujayralilar: zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlar ham jinsiy koʻpayish xususiyatiga ega. Jinssiz ko'payish faqat toʻgarak chuvalchanglar va mollyuskalarda uchramaydi, boʻgʻimoyoqlilar va umurtqalilarda istisno tariqasida (poliembrioniya shaklida) uchraydi. Jinssiz ko‘payish ona organizmdan uning bir qismini ajralib chiqqan, yangi qiz organizmga aylanishi, shuningdek, koʻpayish vazifasini bajaradigan maxsus tuzilmalar (bir hujayralilarda — sporalar, gʻovaktanlilarda — gemmulalar, mshankalarda — statoblastlar) hosil qilib, keyinchalik yangi qizlik organizmini hosil qilish orqali sodir boʻlishi mumkin. Nemis biologi M. Gartman (1924) va ayrim biologlar Jinssiz ko'payish agam sitogoniya, yaʼni jinssiz hujayralarning teng ikkiga va koʻp marta (shizogoniya) boʻlinishi (bir hujayralilarda) va ayrim qujayralar (sporalar)ning boʻlinishi (koʻp hujayrali oʻsimliklarda) tarzida sodir boʻlishini koʻrsatishadi.
Xulosa qilib aytganda Ona organizmdan uning bir kiyem hujayralari ajralishi orqali koʻpayish vegetativ koʻpayish deyiladi. Odatda, birturning oʻzida Jinssiz ko‘payish bilan birga jinsiy koʻpayish ham boʻladi. Shuning bilan birga bitta tur bir necha xil usulda Jinssiz ko‘payish mumkin. Masalan,oʻsimliklar spora hosil qilish, novdasi, ildizmevasi, tuganagi orqali; gʻovaktanlilar tashqi va ichki kurtaklar (gemmulalar, statoblastlar) orqali koʻpayadi. Jinssiz ko'payish jinsiy koʻpayish bilan gallanib turishi mumkin (qarang Nasl gallanishi).
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
Biologiya 9-sinf darslik A.Zikiryayev,
A.To'xtayev