Jizzax-2023 Mavzu: Qurilishni boshqarishda xorijiy



Yüklə 8,38 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü8,38 Kb.
#179870
  1   2

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI POLITEXNIKA INSTITUTI
JIZZAX-2023
Mavzu: Qurilishni boshqarishda xorijiy Investitsiya
TAQDIMOT
Reja:
02
1. Investitsiya haqida tushuncha.
2. Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari.
3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.
Investitsiya haqida tushuncha.
03
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi.
Keng ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi.
Ko‘pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko‘rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.
«Chet el investitsiyalari» tug‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Qonunining 3- moddasida «CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir xuquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi».
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday shakldagi mulkni to‘la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki xisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki xisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
04
Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarida investitsiyalarni moliyalashtirishning o‘ziga xos manbalari shakllantirilgan bo‘lib, bunday manbalar korxonalarning o‘z o‘zini moliyalashtirish tamoyillariga asoslanadi.
Hozirgi kunda Respublikamizda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjuddir:
1. Korxona va jismoniy shaxslar jamg‘armalari.
2. Bank kreditlari xisobidan moliyalashtirish.
3. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish.
4. Xorijiy investitsiyalar.
So‘nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan investitsiyalar va bank kreditlari ahamiyati keskin o‘zgardi. Monetar siyosatning kuchaytirilishi, korxonalar moliyaviy ahvolining barqaror emasligi korxona va jismoniy shaxslar mablag‘laridan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarning hajmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning korxonalar uchun samarali bo‘lishiga iqtisodiy infratuzilmaning markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan soliqlar mexanizmi xisoblanadi. CHunki soliqlar ham, har bir korxona miqyosida tuzilgan investitsiya loyihalarning iqtisodiy samarasi takdirini hal qilishda asosiy o‘rinni egallaydi.
07
1) iqtisodiy omillar:
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining bir maromda ushlab turilishi;
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagii chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi);
-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;
-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o‘sib borishi (AQSH transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining maxsulot ishlab chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar.
2) siyosiy omillar:
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshqalar);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan kurollanish, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir. Aynan xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdoshlar tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bo‘lishiga olib keladi.

Yüklə 8,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin