JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–20_Issue-4_January_2023
20
FIZIKA FANINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH.
Samarqand viloyati Ishtixon tumani 53-maktab fizika fani o'qituvchisi
Azizqulova Jumagul Ravshanqul qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Fizika fanini o'qitishda zamonaviy innovatsion
texnologiyalardan foydalanish haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit
so'zlar:
Fizika,interfaol
metodlar,internet
resurslari,innovatsion
metodlar,fan,texnika.
Fizika (grekcha: — „tabiiy“, (physis) — „tabiat“)
tabiiy borliq haqidagi fan
boʻlib, tabiatning eng keng tarqalgan qonunlari, modda, uning tuzilishi, harakati va
o'zgarish qoidalarini oʻrganadi.
Fizika bu tabiiy fandir, lekin undagi qonuiyatlar va
hisob-kitoblar aniqlikka asoslangan. U quyidagi asosiy qismlardan iborat:
Klassik mexanika
Elektrodinamika va klassik maydon nazariyasi
Kvant mexanikasi
Statistik fizika va Termodinamika
Optika va
Spektroskopiya
Molekulyar fizika
Atom fizikasi
Kvant maydonlar nazariyasi
Gravitatsiya
va Kosmologiya
Kalibrlangan maydonlar va Supersimmetriya.
Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika
tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi.
Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va
yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi.Oʻrganilayotgan
obʼyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro
chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi,
yadro fizikasi, atom va
molekulalar fizikasi, gaz va suyuqliklar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi
boʻlimlaridan tashkil topgan. Oʻrganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat
shakllariga qarab, fizika moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va
statistik fizika,
elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini oʻz
ichiga oladi.
Fizika fani bizni atrofimizdagi dunyoni,
nafaqat dunyoni, boringki butun
texnologiyani qanday ishlashini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, Fizika bizga
koinotni tartibga solishga yordam beradi. U asoslar bilan shug'ullanadi va bir -biriga
o'xshamaydigan hodisalar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rishga yordam beradi. Fizika bizga