Karving san’ati mundarija



Yüklə 5,59 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü5,59 Kb.
#192141
Презентация20.11.2023

KARVING SAN’ATI Mundarija

1.Tarixi;

2. Zamonaviy uslub va karving uchun asboblar;

3. Dunyo mamlakatlarida karvinning o’ziga xosligi;

Karving bugungi kunda to’y –tantana bazmu marosimlarda va dasturxon va taomlarni

har xil meva va sabzavotlardan yaratilgan ijod namunalari bilan bezatish

an’ana bo’lib bormoqda. Dasturxon va taomlarni meva va sabzavotlar

bilan bezatiash pzandachilik sohasida karving deyiladi.

Karving ingliz tilidan olingan bo’lib “curving”- “kesmoq, tog’irlamoq bo’lib”,

“kesiladigan naqsh, bezak” degan

ma’nolarini bildiradi.

TARIXI Ushbu san’at turi Janubiy-Sharqiy Osiyodan kirib kelgan.Qadimgi Yaponiyada ovqatni sopol idishlarda dasturxonga tortishgan,ustini bezatishda esa turli xildagi barglardan foydalanishgan. Bora-bora oshpazlar barglarni chiroyli qilib joylashtirish, ularni ovqatga qo’shimcha sifatida kesib dasturxonga tortish taomni yanada ishtaxa ochishida ko’mak berishni bildrib yaratishgan. Tarixda Evropa aholisi taomlarni bezashga ehtiyoj sezmagan. Bu yerda hatto qirollarning taom dasturxoniga birinchi o’rinda mahsulotlarning to’la-to’kisligi va taomning mazaligi muhim bo’lgan. O’zi aslida karving san’ati Tailandda eramizdan oldingi VII asrda paydo bo’lgan. Shu davrlarda odamlar yo’g’och pichoq yordamida darxtlarning barglaridan har xil o’yib bezaklar yaratishga qiziqqan.Keyinchalik mohir oshpazlar taomni faqatgina ta’miga emas balki did bilan bezatishga katta uyg’u berishgan.

Zamonaviy uslub So’nggi paytlarda karving butun dunyoda keng tarqala boshladi. Meva va sabzavotlar uyg’unligida yasalgan san’at asari har bir bayram dasturxonining to’ridan joy olmoqda. Soha mutaxassislarining takidlashicha bunday san’at namunlarini yaratish uchun insondan kuchli sabr-toqat, diqqat va eng asosiysi boy fantaziya talab qilinadi. Karving san’atini o’ziga xos chiqishida ranglar uyg’unligiga e’tibor berish eng muhim sanaladi. Uning boy ranglaridan san’at asari darajasidagi ko’rkam ko’rinishini yaratish mumkin. Oddiy karving uchun mahsus asboblar shart emas. Ko’pgina mahsulotlarni oddiy o’tkir pichoq yordamida ham kesish mumkin va turli xil shaklda kesuvchi maxsus pichoqlar ham mavjud.

Dunyo mamlakatlarida karvingning o’ziga xosligi

Osiyo karving ustalari bezak uchun tarvuz, qovun papaya, qovoqdan foydalanib ulardan asosan gular shaklini yasashadi.

Evropa karving ustalari esa bezak uchun rediska, sholg’om, sabzi, qovoqcha, bulg’or qalampiri va achchiq qalampirdan

foydalanishadi. Bu mahsulotlarga ishlov berishning bir-biridan farq qiluvchi turli tehnik usullari yuzaga kelgan.

Misol uchun yapon va xitoy karving ustalari ijodida ierogliflar, odamlar va hayvonlar suratlari ko’proq kozga tashlangan.

Ajdarlar tasviri, jang sahnalari va har xil yozuvdagi aks etgan karving san’ati namunalari juda mashhur.

Tailand davlatida esa meva, sabzavot va poliz

mahsulotlaridan gulli kompozitsiyalar

yaratishga alohida e’tibor qaratishgan.

XULOSA Karving san’atini o’rganish uchun mohir oshpaz bo’lish shart emas. Ayniqsa oshxonada biz ayollar sabzavotlardan oddiy bezakni did bilan gul yasab dasturxonga tortsak chiroyli chiqadi hamda ishtaxa ochiladi. Uning uchun avvalambor qiziqish sabr-toqat va chuqur fantaziyaga ega bo’lishi kerak.


Yüklə 5,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin