Kasalxona xonalari havosining antropogen ifloslanishi haqida tushuncha



Yüklə 23,81 Kb.
səhifə1/2
tarix18.03.2023
ölçüsü23,81 Kb.
#88591
  1   2
Kasalxona xonalari havosining antropogen ifloslanishi haqida tushuncha


Kasalxona xonalari havosining antropogen ifloslanishi haqida tushuncha
Kasalxona xonalari havosida amalda hamma vaqt turli xildagi kimyoviy moddalar hamda mikroorganizmlar uchraydi.Kimyoviy moddalar palatalar havosida antropogen kelib chiqishiga ega bolgan turli mahsulotlar ko‘rinishida bo’ladi: (ammiak, vodorodsulfit, merkaptanlar, indol va b.) hamda dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar, kichik konsentratsiyalarda bo’lsa ham dorivor moddalardan iborat.Kasalxonalar palatalari havosi tarkibidagi kimyoviy moddalar kichik konsentratsiyalarda bolganligi sababli o‘tkir zaharlanishlarni keltirib chiqarmaydi, ammo bemorlarning umumiy holatiga ta’sir etib,bosh og‘rishi, toliqish sezgisi, kam quvvatlilik, uyquning buzilishi kabi ko‘rinishlarda namoyon boladi. Kasalxona xonalari havosining antropogen ifloslanishi tibbiy xodimlarning ish qobiliyatiga ta’sir etadi,bundan tashqari havo muhitining dorivor moddalar bilan ifloslanishi tibbiy xodimlarda allergik kasalliklarni shakllanishida asosiy omillardanbiri boiib qolishi mumkin. Qoida bo‘yicha, kasalxona xonalari havosining antropogen ifloslanish darajasi ularning shamollatilish sifatini ta’riflaydi.Kasalxona xonalari havosi muhitining mikroblari ham saprofit mikroblar va ham patogen mikroblardan iborat boiib, ularning asosiy manbai ham bemorlar, ham tibbiy xodimlar va ayrim hollarda bemoroldiga keluvchilar boiishi mumkin. Kasalxonalar havosining mikrobli ifloslinishi katta gigiyenik ahamiyatga ega, chunki havoning patogenmikroblar bilan ifloslanish sharoitida bemorlarda kasalxona ichi infeksiyalarini kelib chiqishi xavfi ortadi. Bunga asosiy sabab, shundayham bemor organizmi nomuvofiq omillar ta’siriga qarshi kurashishqobiliyati susaygan boiib, har qanday infeksiya uchun juda beriluvchanholatda boiadi. Havoning mikrobli ifloslanganligi jarrohlik, tug‘uruqxonalar, bolalar bolimlari uchun eng katta ahamiyatga egadir. Shunga bogliq holda kasalxonalardagi xonalar havosining mikrobli ifloslanishdarajasini muntazam nazorat qilish katta ahamiyat kasb etadi. Operatsiyaxonalari va tug‘ruq zallarida havo toza deb aytilishi mumkin, qachonki havoda operatsiyadan avval umumiy mikroorganizmlar soni 200dan oshmasligi, tug‘ishdan keyingi palatalarda esa, 1000 dan oshmasligi shart.Kasalxona xonalari havosining tozalik ko‘rsatkichlari ko‘pincha karbonat angidridgazining miqdori, hamda 1m3 havodagi mikroblar sonidan foydalaniladi.Karbonat angidrid gazi - C 0 2 – yashash va jamoat binolari havosining antropogen ifloslanish ko‘rsatkichi sifatida baholanadi,chunki bu gaz konsentratsiyasining ortishi karbonat angidrid gazining konsentratsiyasini ortishi bilan bir vaqtda havoning namligi, boshqa ko‘rinishdagi antropogen kimyoviy ifloslanishlar va mikroorganizmlar sonini ortishi bilan boradi. Shuning uchun jamoat binolari, kasalxonalar havosi uchun karbonat angidridning konsentratsiyasi 0,1% gacha bo‘iishiga ruxsat etiladi, bu qiymatdan ortishi esa,xona havosining yaxshi shamollatilmasligidan dalolatdir

Yüklə 23,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin