Kasbiy psixologiya fanidan yakuniy nazorat uchun test savollari 1-variant



Yüklə 49 Kb.
tarix18.12.2023
ölçüsü49 Kb.
#183932
1- VARIANT


Kasbiy psixologiya fanidan yakuniy nazorat uchun test savollari
1-VARIANT

1.Psixika va uning namoyon bo’lish shakllari:


A) psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, shaxsning temperamenti;
B) psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, shaxs xarakteri;
C) psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, kobiliyat;
D) psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, shaxs xususiyatlari;

2.Psixik jarayonlarga nimalar kiradi?


A) sezgilar, idrok, emotsiyalar, xarakter, iktidor;
B) sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat;
C) sezgilar, idrok, tafakkur, emotsiyalar, temperament, diqqat, nutq;
D) sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, diqqat, nutq, temperament.

3.SHaxs psixologik xolati nimalarda ifodalanadi?


A) emotsiyalar, e’tiqod, ijodiy ruhlanish, qiziquvchanlik, tetiklik, apatiya, bardamlik, ishonchlilik, hayratlanish;
B) emotsiyalar, e’tiqod, iroda, mas’uliyat, tetiklik, apatiya, bardamlik, ishonchlilik;
C) emotsiyalar, e’tiqod, iroda, qiziquvchanlik, iqtidor, apatiya, bardamlik, ishonchlilik;
D) emotsiyalar, e’tiqod, iroda, qiziquvchanlik, tetiklik, aqliy salohiyat, bardamlik, xarakter.

4.Shaxs individual xususiyatlari tashkil etuvchilariga nimalar kiradi?


A) yo’nalishlar, temperament, qobiliyat, motivlar, mas’uliyat;
B) yo’nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, motivlar, mas’uliyat, ish uslubi, iqtidor, aqliy salohiyat;
C) yo’nalishlar, temperament, qobiliyat, motivlar, mas’uliyat; ish uslubi, iqtidor, aqliy salohiyat;
D) yo’nalishlar, temperament, xarakter, motivlar, mas’uliyat; ish uslubi, iqtidor, ustanovka.

5.Psixologiyaning predmeti:


A) konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining
o’ziga xos tomonlaridir;
B) psixik faoliyat qonuniyatlarini, uning ro’y berish mexanizmlari va omillarini o’rganadigan fandir;
C) har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil
etadi;
D) barcha ta’riflar to’g’ri.
6.Psixologiyaning shunday maxsus sohasiki, psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadi:
A) umumiy psixologiya;
B) pedagogik psixologiya;
C) ijtimoiy psixologiya;
D) oila psixologiyasi.

7. Psixologiyaning maxsus sohasi bo’lib, odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni o’rganadi:


A) umumiy psixologiya;
B) pedagogik psixologiya;
C) ijtimoiy psixologiya;
D) oila psixologiyasi.

8. Psixologiyaning maxsus sohasi bo’lib, kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi:


A) umumiy psixologiya;
B) pedagogik psixologiya;
C) ijtimoiy psixologiya;
D) oila psixologiyasi

9. Psixologiyaning maxsus sohasi bo’lib, turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi, o’zaro munosabatlari qonunlarini yoshga mos tarzda o’zgarishi tamoyillarini o’rgandi:


A) umumiy psixologiya;
B) pedagogik psixologiya;
C) Yosh davrlar psixologiya;
D) oila psixologiyasi.

10. Psixologiyada qo’llaniladigan asosiy metodlar:


A) kuzatish, so’roq, test, tajriba, o’rganish, so’zlashish;
B) kuzatish, so’roq, test, tajriba, modellashtirish;
C) kuzatish, anketa, test, tajriba, so’zlashish;
D) kuzatish, so’roq, test, tajriba, intervьyu, metodika.

11. Kuzatish metodining turlari:


A) tashqi, ichki, erkin, standartlashtirilgan, gurux ichida, gurux tashqarisida;
B) ob’ektiv, sub’ektiv, erkin, standartlashtirilgan, gurux ichida, gurux tashqarisida;
C) tashqi, ichki, birgalikda, standartlashtirilgan, gurux ichida, gurux tashqarisida;
D) ob’ektiv, sub’ektiv, erkin, standartlashtirilgan.

12. So’roq metodining turlari:


A) og’zaki, yozma, erkin, standartlashtirilgan;
B) og’zaki, yozma, suhbat, interyu, standartlashtirilgan;
C) og’zaki, yozma, erkin, anketa, standartlashtirilgan;
D) ) og’zaki, yozma, erkin, anketa.

13. Test metodining turlari:


A) so’rov, topshiriq, proektiv, og’zaki, yozma;
B) so’rov, topshiriq, proektiv, sotsiometrik;
C) og’zaki, erkin, so’rov, topshiriq, proektiv;
D) so’rov,savol, vaziyat, vazifa.

14. SHaxs bilan jamiyat munosabatlarini ifodalovchi yo’nalishlar:


A) nativizm, empirizm;
B) negativizm, empirizm;
C) empirizm, konformizm;
D) nativizm, negativizm.

15. Jamiyat o’z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan xarakatlar talablari nimadir?


A) ijtimoiy sanktsiya;
B) ijtimoiy rol;
C) ijtimoiy norma;
D) ijtimoiy vaziyat.

16.Jamiyat o’z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan xarakatlarini nazorat qiluvchi jazo va rag’batlantirish tizimi nimadir?


A) ijtimoiy sanktsiya;
B) ijtimoiy rol;
C) ijtimoiy ustanovka;
D) ijtimoiy harakat.

17. SHaxsning konkret xayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat xarakatlar majmui:


A) ijtimoiy sanktsiya;
B) ijtimoiy rol;
C) ijtimoiy norma;
D) ijtimoiy faollik.

18. SHaxsning o’zi, xulq-atvori xususiyatlari va jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obrazi:


A) refleksiya;
B) pertseptsiya;
C) apatiya;
D) Men obrazi;

19. Shaxs tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot-faoliyat jarayonida uni o’zlashtirish jarayoni:


A) refleksiya;
B) sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi);
C) apatiya;
D) simpatiya.

20. Shaxs ijtimoiylashuvi institutlari:


A) oila, bog’cha, maktab, tashkilotlar, maxalla;
B) oila, bog’cha, maktab, mehnat jamoalari, mahalla;
C) oila, bog’cha, maktab, nodavlat tashkilotlar, maxalla;
D) oila, bog’cha, maktab, xalqaro tashkilotlar.

21. SHaxsning ijtimoiy xodisalarni idrok etish, qabul qilish va boshqalar bilan munasabatlar o’rnatishga qaratilgan ruhiy ichki hozirligi:


A) ma’naviyat, ma’rifat;
B) mafkura;
C) dunyoqarash;
D) ijtimoiy ustanovka;

22. SHaxsga xos bulgan, jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi eng muhim va umumiy xususiyat:


A) faoliyat;
B) faollik;
C) xulk;
D) vaziyat.

23.Inson xulk-atvori, yunalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmui:


A) motivatsiya;
B) motiv;
C) shaxsiy dispozitsiyalar;
D) talab.

24. Xilma-xil predmet va hodisalar orasida kerak bo’lgan ob’ektni xossa va xususiyatlari bilan aks etishni ta’minlaydigan psixik jarayon:


A) dikkat;
B) idrok;
C) tafakkur;
D) hayol.

25. Shaxs ongining narsa va xodisalarga yo’nalganligini aks ettiradigan psixik jarayon:


A) dikkat;
B) idrok;
C) tafakkur;
D) sezgilar.



S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

J





































B







































13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25














































































F.I.O._______________________________


GURUH_______________________________
IMZO__________________________
Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin