O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O‘ZBEK TILI VA O‘ZBEK ADABIYOTI KAFEDRALARI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI, O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRALARI
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
5A111201 - o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-kurs magistranti
Shamuratova Malohatning ilmiy amaliyot (stajirovka) bo‘yicha hisoboti
Mutaxassislik kafedradan stajirovka rahbari: f.f.n., dots. M.Xudayarova
Qabul qiluvchi muassasadan stajirovka rahbari: f.f.n., dots. Sh.Abdullaev
NUKUS – 2022
Stajirovka dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarning bajarilganligi haqidagi ma’lumot
(2022-yil 8-fevraldan 2022-yil 14-martgacha)
Men Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasida ilmiy amaliyotda bo‘ldim. Kafedrada 13ta o‘qituvchi bo‘lib, shulardan 7tasi dotsent-fan nomzodi, 4ta assistent va 2ta stajyor ustozlar. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri dot.f.f.n Sh.Abdullayev .
Stajirovka jarayonida universitetda bo‘lib o‘tgan majlis va bayram tadbirlarida va ilmiy konferensiyalarda ishtirok etdim. Jumladan; 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram kechasida, 22-fevral kuni universitet madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus xalq ta’limi vaziri bilan bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanda ishtirok etdim hamda ko‘plab ta’lim yangiliklariga va ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘ldim.
Amaliyot paytida ham o‘z magistrlik dissertatsiyam bo’lmish “O‘g‘uz lahjasidagi frazeologizmlarning leksik-semantik xususiyatlari “ mavzusi bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirdim.Xususan, ilmiy dissertatsiyamning kirish qismlarini hamda barcha boblarini birin-ketin yozib, ilmiy rahbarim M.Xudayarovaga ko‘rsatib undan tavsiyalar oldim hamda ilmiy ishim bo‘yicha universitet o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor o‘qituvchilaridan ham ilmiy tavsiyalar olib turdim. Ularning ilmiy ishlari bilan ham tanishib chiqishga harakat qildim.
Stajirovka amaliyoti davomida ko‘plab, professor, fan nomzodlari va stajyor o‘qituvchilar darslarini kuzatdim. Shulardan; Sh.Abdullayev,H.Abdullayev, Z.Ibragimova, N.Qilichov kabi malakali ustozlar va M.Allambergenova, L.Tajibayeva, O.Yo‘ldoshev kabi o‘qituvchilar darslarini kuzatib bordim. So‘ngra shulardan foydalangan holda amaliy va ma’ruza darslarini tashkil qildim. Jumladan, “O‘zbek dialektalogiyasi” fanidan ma’ruza darsiga tayyorlandim va tayyorlagan ma’ruzam va mavzuga doir taqdimotim bo‘yicha Ibragimova Zamira ustozdan tavsiyalar oldim.
Shuningdek, “O‘zbek tili tarixi “ fanidan M.Allambergenovadan va “O‘zbek tili” fanidan N.Yangiboyeva kabi malakali o‘qituvchilardan ko‘rsatma va tavsiyalar olib amaliy mashg‘ulot darslarini tashkil etdim. Buning uchun o‘z ustimda ishlab, mavzu bo‘yicha savollar va tarqatma materiallar tayyorladim. Darslarni fan o‘qituvchisining nazorati ostida tashkil qildim. Tashkil qilingan darslar uchun fan o’qituvchilaridan ijobiy taqriz oldim. Kafedra o‘qituvchilaridan yordam olib mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etishni va ishchi dasturlar tayyorlashni o‘rgandim. Xususan, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri hamda bizga mas’ul qilib tayinlangan ustoz Sh.Abdullayev ishchi dastur qanday tayyorlanishini va talabalarning reyting baholash mezonlarini qanday bo‘lishini tushuntirib berdi. Amaliyot jarayonida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi L.Tajiboyeva yordamida fakultetning iqtidorli talabalari va ularning faoliyati bilan ham tanishib chiqdim. Ular haqida ma’lumotlar to‘plab, yozgan she’r va maqolalarini ko‘rib chiqdim.
Men ilmiy(stajirovka) amaliyoti davomida o‘zimga keraklicha malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ldim. Universitet ustozlaridan ham ko‘plab ish yuritish va dars o‘tish usullarini o‘rgandim. Bunda amaliyotchilarga O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri Sh.Abdullayev, fan o‘qituvchilari M.Bobojonov, M.Allambergenovalar yaqindan yordam berishdi.
Shamuratova Malohatning Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidagi stajirovka rahbari M.Xudayarova f.f.n. dots. Hozirgi kunda Turkiy tillar fakultetining O‘zbek tili kafedasi o‘qituvchisi va qabul qiluvchi tashkilot Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetidan stajirovka rahbari Sh.Abdullayev f.f.n.dots. hozirgi kunda universitet O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |